🎥 YOSH YOZUVCHI: KAMRONBEK SAFARALIYEV BILAN SUHBAT «Yosh yozuvchi» tanlovi g‘olibi Kamronbek Safaraliyev bilan sun’iy idrok, kelajak va yoshlarning maqsadlari haqida suhbatlashdik. U tanlov uchun sun’iy idrok taraqqiyoti, uning jamiyatga foyda va zararlariga bag‘ishlangan qissani tanlagan. 🎬 To‘liq suhbatni e’tiboringizga havola etamiz! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in Telegram
Kitobxonlik jamg‘armasi
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rasmiy Telegram kanali Kitobxonlar, yozuvchilar va tadbirkorlar uchun davlat darajasidagi imkoniyatlar, rasmiy xabarlar va yangi loyihalar maydoni instagram.com/kitobxonlik_jamgarmasi
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 16, 2026 | 1,975 |
| Nov 17, 2026 | 2,818 |
| Nov 18, 2026 | 6,085 |
| Nov 19, 2026 | 3,352 |
Most viewed this month
- 01Views9.78KForwards—Reactions25Comments—
- 02Views5.66KForwards—Reactions22Comments—
- 03Views4.08KForwards—Reactions33Comments—
- 04Views3KForwards—Reactions13Comments—
Latest posts
Yetti ijodkor. Yetti betakror tafakkur. Bir xalqning ma’naviy xotirasi. Muhammad Yusuf, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Said Ahmad, Halima Xudoyberdiyeva, Erkin Vohidov va G‘afur G‘ulom. Ularning har biri turli davrda, turli kechinmalar va dunyoqarash bilan qalam tebratgan. Kimdir millat dardini romanlarga muhrlagan, kimdir she’rga Vatan sog‘inchini joylagan, yana kimdir inson qalbining eng nozik tuyg‘ularini so‘zga aylantirgan. Ularni birlashtiradigan jihat esa bitta: ular o‘z davrining ovozi, xalqining xotirasi va kelajak avlod tafakkuriga qoldirilgan bebaho merosdir. Ularning asarlarini o‘qir ekanmiz, shunchaki adabiyot bilan tanishmaymiz. Biz o‘zligimizni, tariximizni, dardimizni va qadriyatlarimizni qayta kashf etamiz. Zero, ayrim insonlar bu dunyodan ketadi, ammo ularning so‘zi yashashda davom etadi. 📚 Siz bu ijodkorlarning qaysi asarlarini o‘qigansiz? Qaysi biri qalbingizda alohida iz qoldirgan? Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in TelegramYOSH YOZUVCHI, TERAN FIKR VA SUN’IY IDROK: KAMRONBEK SAFARALIYEV BILAN SUHBAT «Yosh yozuvchi» tanlovi g‘olibi Kamronbek Safaraliyev bilan qiziqarli suhbat qurdik. Kamronbek tanlov uchun sun’iy idrok taraqqiyoti, uning jamiyatga keltirishi mumkin bo‘lgan foyda va zararlariga bag‘ishlangan qissani tanlagan. Asarda bugungi kun va kelajak haqida o‘ylashga undaydigan qiziqarli mulohazalar o‘rin olgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, u izlanuvchanligi, teran fikrlashi va dolzarb masalalarga bo‘lgan qiziqishi bilan ajralib turadi. Suhbat davomida Kamronbek Z avlodining ayrim vakillari o‘z oldiga qisqa muddatli maqsadlar qo‘yayotgani haqida ham fikr bildirdi. Xo‘sh, rostdan ham shundaymi? Bugungi yoshlar uzoqni ko‘zlab maqsad qo‘yishni unutib qo‘ymayaptimi? 🎥 To‘liq suhbat bugun soat 20:30 da sahifamizda e’lon qilinadi. Bizni kuzatib boring! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in Telegram📚 Kutubxonachilar o‘quvchilarning o‘qish natijalariga ta’sir qilishi mumkinmi? Kutubxona — shunchaki kitob saqlanadigan xona emas. U o‘quvchilarga kerakli adabiyotlarni topish, ma’lumot izlash va mustaqil bilim olishda yordam beradigan muhitdir. 2012-yilda AQSHning Kolorado shtatida o‘tkazilgan tadqiqotda maktab kutubxonachilari sonidagi o‘zgarishlar va o‘quvchilarning o‘qish natijalari o‘rganilgan. Natijada kutubxonachisi saqlangan yoki ishga qabul qilingan maktablarda o‘quvchilarning o‘qish bo‘yicha yuqori natijalar ko‘rsatish tendensiyasi kuzatilgan. Bu kutubxonachining o‘zi natijalarni kafolatlaydi degani emas. Ammo maktab kutubxonasi va malakali mutaxassislarning ta’lim jarayonidagi o‘rni muhimligini ko‘rsatadi. Oramizda kutubxonachilar bormi? Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in Telegram🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Bayroq — bu shunchaki ranglar va ramzlar uyg‘unligi emas. U xalqning tarixi, g‘ururi, ozodligi va kelajakka bo‘lgan ishonchidir. Tarixda Najmiddin Kubro qo‘lidan bayroqni tortib olmoqchi bo‘lganlarga qarshilik ko‘rsatib, uni jonidan ustun qo‘ygani haqida hikoya qilinadi. Chunki bayroq — or-nomus va milliy iftixor timsoli. Bugun esa bu iftixor maktablarda bilim olayotgan bolalar nigohida, yangi avlodning orzu va intilishlarida, xalqaro maydonlarda baland ko‘tarilayotgan bayrog‘imizda namoyon bo‘lmoqda. Kitob — tafakkurni, tafakkur esa millat kelajagini yuksaltiradi. Zero, o‘z tarixini bilgan, ma’rifatli va kitobxon avlodgina milliy qadriyatlarini anglaydi va qadrlaydi. Bayrog‘imiz doimo baland bo‘lsin! 🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in Telegram📚 MILLIY KITOBXONLIK HARAKATI KITOBXONLARI DIQQATIGA! Mutolaa uchun kitob topishda qiynalayotgan kitobxonlarimizga qulaylik yaratish maqsadida harakatimizning ilk kunlaridanoq kitoblar saytimizga ham joylashtirilgan. Shu sababli, kitoblarni sayt orqali ham mutolaa qilishingiz mumkin. ❗️ Eslatma: Agar saytdagi kartochkalarda berilgan kitoblarni o‘qib tugatgan bo‘lsangiz-u, test ochilmasa, keyingi kartochkaga o‘tib, mutolaani davom ettiring. Test kartochkalari ochilishi bilan bu haqda alohida xabar beramiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in Telegram📚 Kitob ulashish — kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida yana bir tashabbus! Kitobulash.uz — kitobxonlarga o‘zaro bepul kitob almashish imkonini beruvchi ijtimoiy platforma. Loyiha orqali har kim o‘z uyidagi kitoblarni onlayn kutubxonasiga joylashtirishi, boshqalar esa o‘ziga kerakli kitoblarni topib, bepul olib turishi yoki o‘zida qoldirishi mumkin. Platforma faqat qog‘oz kitoblar bilan ishlaydi va to‘liq bepul. Eng muhimi, loyiha allaqachon faoliyat yuritmoqda. Bugun bizga moddiy yordam emas, ushbu tashabbusni kengroq jamoatchilikka yetkazish va ommalashtirishda ko‘mak kerak. Zero, bir inson uchun ortiqcha bo‘lgan kitob boshqasi uchun yangi bilimlar eshigini ochishi mumkin. 🌐 Veb-sayt: https://kitobulash.uz 📲 Telegram: https://t.me/Kitobulashuz Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in TelegramKitob o‘qish umr davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin! 2016-yilda Yale universiteti tadqiqotchilari kitob o‘qish va umr davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdi. Tadqiqotda 50 yoshdan katta 3 635 nafar insonning ma’lumotlari tahlil qilingan. Ishtirokchilar kitob o‘qish odatlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Natijada kuniga taxminan 30 daqiqa kitob o‘qiydigan insonlarda kitob o‘qimaydiganlarga nisbatan o‘lim xavfi 20 foizga pastroq ekani kuzatilgan. Bu kitob o‘qish umrni albatta uzaytiradi degani emas. Tadqiqot sabab-oqibatni emas, statistik bog‘liqlikni ko‘rsatgan. Xulosa: mutolaa nafaqat bilim, balki sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram
Open in TelegramConnections
Similar channels
Tiriliş Naşr@tirilishuzBooks5.85K
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi | Rasmiy@yozuvchilar_uzBooks6.14K
ма'нолисидан)@manoliysidanBooks5.29K
1000KITOB@mingkitobuzBooks5.24K
Kitobchi📚@pdf_kitoblarimdanBooks5.14K
“Аkademnashr” nashriyoti@akademnashrBooks6.75K
Birburchak@qora_yigitBooks6.78K
Qamar Ulgurji@qamar_ulgurjiBooks4.81K
Mentioned by
Yoshlar ishlari agentligi@yoshlaragentligi2 mentionsLatest post
O'zDXA rasmiy kanal@uzdxa_official1 mentionLatest post
SAMARQAND VILOYATI TA'LIM VA ILM-FAN BOŞQARMASI l RASMIY KANALI@samarqandvtifb1 mentionLatest post
RENESSANS UNIVERSITETI@renessansedu_uz1 mentionLatest post
Alisher Sadullaev@alisher_sadullaev1 mentionLatest post