Account

Posts of ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi

newest first

#148Photo

Forwarded from Digital.uz

📈 Raqamli sakraş: Özbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksida 2020-yilga nisbatan 55 poğonaga yuqorilab, 32-örinni egalladi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, davlat boşqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş va aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. ⚡️“Özbekiston — 2030” strategiyasida mamlakatni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi (UN EGDI) böyiça dunyoning eng ilğor 30 ta davlati qatoriga olib çiqiş ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Uşbu maqsad doirasida elektron hukumat tizimini takomillaştiriş, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş va raqamli davlat xizmatlarini kengaytiriş böyiça izçil işlar olib borilmoqda. 📊 Mazkur saʼy-harakatlar natijasida Özbekiston BMTning 2026-yilgi Elektron hukumatni rivojlantiriş tadqiqoti (UN E-Government Survey 2026) böyiça 194 ta davlat orasida 32-örinni egalladi. Şuningdek, mamlakat ilk bor eng yuqori körsatkiçga ega davlatlar qatoriga — “Very High EGDI” guruhiga kirdi. 📈 Eʼtiborlisi, Özbekiston 2020-yilga nisbatan 55 poğonaga, 2024-yildagi örindan 31 poğonaga yuqorilab, xalqaro reytingda 32-örinni egalladi. ➡️Mamlakatning umumiy Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi (EGDI) 0,8930 ni taşkil etdi. 2024-yilda esa bu körsatkiç 0,7999 ga teng bölgan edi. 🆙Tadqiqotda Özbekistonning onlayn davlat xizmatlari (OSI) 0,8885, telekommunikatsiya infratuzilmasi (TII) 0,9213 hamda inson kapitali (HCI) 0,8692 ball bilan baholandi. 💬Şuningdek, fuqarolarning davlat boşqaruvidagi iştiroki (PE) körsatkiçi 0,8276 ni taşkil etdi. 🔘 Hisobotda Özbekistonning raqamli transformatsiya borasidagi tajribasi, jumladan, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslari ham ijobiy misol sifatida qayd etilgan. Xususan, Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş markazining pilot loyihalari, davlat va xususiy sektorda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, ilmiy hamkorlik va sohadagi tanlovlar eʼtirof etildi. ❗️Uşbu natija mamlakatda elektron hukumat tizimini takomillaştiriş, davlat xizmatlarini raqamlaştiriş, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş va davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosdagi eʼtirofidir. Özbekiston belgilangan strategik maqsad — BMT reytingining TOP-30 taligiga kiriş sari yana bir muhim qadam taşladi. English Русский Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Open in Telegram
Views676−42%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#147Photo
Views1,670+42%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#146Photo
Views3,950+237%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#145Photo
Views3,480+197%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#144Photo

Forwarded from my.gov.uz

❗️ Telefon raqamingizni almashtirdingizmi? ONEID’dagi ma’lumotlarni ham yangilashni unutmang! 📱 Ko‘pchilik telefon raqamini almashtirganda bank ilovalari va messenjerlardagi ma’lumotlarini yangilaydi. Ammo birinchi galda OneID akkauntiga bog‘langan raqamni o'zgartirish kerakligini unutadi. Bu nima uchun muhim? Chunki telefon raqami login yoki parolni tiklashda, shuningdek, tasdiqlash kodlarini olishda kerak bo‘lishi mumkin. 👉 AGAR ESKI RAQAMINGIZ HALI ISHLAYOTGAN BO‘LSA: 🗄 OneID tizimiga kiring: id.egov.uz 🗄 Login va parolingiz orqali shaxsiy kabinetingizga o'ting. 🗄 Shaxsiy ma’lumotlar yoki sozlamalar bo‘limidan telefon raqamini o‘zgartirish imkoniyatini izlang. 🗄 Tizim ko‘rsatmalariga muvofiq yangi raqamni kiriting va o‘zgarishni tasdiqlang. 🗄 O‘zgarish saqlanganini tekshiring. ❓ Agar eski raqamingiz ishlamasa yoki unga kira olmasangiz-chi? 💬 Bunday vaziyatda raqamni oddiy tartibda o‘zgartirish yoki parolni tiklash imkoni bo‘lmasligi mumkin. ▪️ Agar akkauntingizga kira olsangiz, shaxsiy ma’lumotlarni yangilash imkoniyatini tekshiring. ▪️ Akkauntga kira olmasangiz, OneID texnik yordam xizmatiga (1242) murojaat qiling va telefon raqamingiz o‘zgarganini tushuntiring. ▪️ Shaxsingizni tasdiqlash uchun so‘raladigan ma’lumotlarni faqat rasmiy kanal orqali taqdim eting. Yana bir muhim jihat: yangi raqam o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish va tiklashda foydalanuvchining o‘ziga tegishli raqamdan foydalanish talablari qo‘llanishi mumkin. 📲 SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini boshqa shaxsga bermang. O‘zini texnik yordam xodimi deb tanishtirgan odamga ham maxfiy kodni aytmang. 📱 Telefon raqamini almashtirganingizda, OneID’dagi bog‘langan raqamni ham tekshiring. Bu kelajakda shaxsiy kabinetingizga kirish va uni tiklashda muammolarning oldini olishga yordam beradi. 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views3,620+209%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#143Photo

Forwarded from Digital.uz

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin. ✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. 🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi. ✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi. ✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi. ✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi. ✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi. ✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi. 🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing! 🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Open in Telegram
Views2,810+140%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#142Photo
Views2,470+111%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#137Photo
Views2,550+117%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#136Text
Views1,670+42%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#134Video
Views1,480+26%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#130Photo
Views1,870+59%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#129Video
Views1,050−10%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#128Photo
Views1,220+4%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—