Forwarded from Ergash Abdurayimov/ Olmaliq shahar hokimining o'rinbosari
📢 OLMALIQ SHAHRIDA TEZKOR ISHCHI GURUHI TUZILDI Ta’lim tizimi tashkilotlarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, favqulodda holatlarning oldini olish, ta’lim sohasi xodimlari, o‘quvchi va talabalarni majburiy mehnatga jalb etish hamda ta’lim tizimiga aloqasi bo‘lmagan turli yig‘ilishlarga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shahar miqyosida TEZKOR ISHCHI GURUHI tashkil etildi. Mazkur ishchi guruh faoliyatiga Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari Ergash Abdurayimov rahbarlik qiladi. Ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalarida mavjud muammoli holatlarni o‘rganish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda pedagoglar va ta’lim oluvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Shuningdek, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib boriladi. 📩 Murojaat va takliflar uchun: @Abdurayimovbot
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 11 h | 153 |
| 28 h | 223 |
- After 24 hours223
- Total to date223








