Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
MILLIY SERTIFIKAT BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🗓 Boshlanish vaqti: 2026-yil 3-dekabr, soat 15:00 ⏳ Davomiyligi: 12 soat Ma’lumot uchun: dastlabki 60 nafar nomzod saralab olinadi. ‼️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: ✅Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog bo‘lish; ✅Qoraqalpoq tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga; ✅Rus tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga yoki TRKI C1 va undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim. 📚 Kursda yozma ishlarni baholash mezonlari va metodikasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram







