🇺🇿 PREZIDENTNING NABIRASIGA YÖLLAGAN MAKTUBI – YOŞLAR UÇUN HAYOTIY SABOQ VA EZGU NASIHATLAR
⚖️ Toşkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabalari e’tiboriga Özbekiston Respublikasi Prezidentining nabirasiga yöllagan samimiy maktubi yetkazildi.
📖 Maktubda yoş avlodning bilim olişi, ilm-ma’rifatga intilişi, vaqtni qadrlaşi, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan oqilona foydalanişi, şuningdek, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida kamol topişi kabi muhim masalalar yoritilgan.
💡 Unda, xususan, quyidagi hayotiy fikrlar alohida e’tiborga molik:
🔹 Ilm va ma’rifat – insonning eng bebaho boyligi;
🔹 Vaqt qadri – har bir daqiqadan unumli foydalaniş muvaffaqiyat garovi;
🔹 Qat’iyat va iroda – qiyinçiliklardan xulosa çiqarib, doimo olğa intiliş;
🔹 Vatanparvarlik – ona yurtga muhabbat va uning ravnaqi uçun xizmat qiliş;
🔹 Insoniy fazilatlar – halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, mardlik va olijanoblikni asrab-avaylaş.
Maktubda buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosi, bugungi yoşlarning xalqaro maydondagi yutuqlari hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyat haqida ham muhim mulohazalar bildirilgan.
🎓 Mazkur maktub yoşlarni çuqur bilim olişga, öz ustida muntazam işlaşga, vaqtni qadrlaşga va kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga undaydigan mazmunli murojaat sifatida talabalarga taqdim etildi.
Zero, yurt kelajagi – bilimli, taşabbuskor, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli yoşlar qölida!
🚀Telegram 📱Instagram