📢 EʼLON Toşkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi şöbasi «Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktni bajarişda konstitutsiyaviy va xalqaro huquqiy mexanizmlar» mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov quyidagi bosqiçlarda ötkaziladi: 1️⃣ Mazkur mavzu böyiça ilmiy maqolalar tanlovi eʼlon qilinadi. 2️⃣ Oliy taʼlim muassasalarida tanlov iştirokçilari taqdim etgan maqolalar qabul qilinadi va saralanadi. 3️⃣ Saralangan ilmiy maqolalar ekspertlar hayʼati tomonidan baholanadi. Tanlovda oliy taʼlim muassasalarining professor-öqituvçilari, tadqiqotçilari va talabalarini faol iştirok etişga taklif qilamiz! Mazkur eʼlon böyiça qöşimça maʼlumotlar uşbu kanalda eʼlon qilib boriladi! #TDYU #MaʼmuriyVaMoliyaHuquqi #IlmiyTanlov #XalqaroPakt #TDYU #NamDU #MamuriyVaMoliyaHuquqiSho_ba #MasterKlass #XorijdaTalim #Grantlar #AkademikHamkorlik #Magistratura Yangi o‘quv yilida yana birgalikda yuksak natijalarga erishamiz! 📸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱Instagram 📱 Facebook
Open in Telegram
Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step
🇺🇿: Kanal TDYU Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi kanali hisoblanadi va unda Siz: ✅ Ommaviy huquqning asosiy sohalariga oid ✅ Kafedraga oid ✅ Talabalarni va aholini rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Murojaat: @Zoilboyev
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 12, 2026 | 223 |
| Nov 17, 2026 | 274 |
Latest posts
❤️Hayot ulaşing – donor böling! ⚖️ Hurmatli professor-öqituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoşlar! 🗓 Joriy yilning 12-noyabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Töşkent davlat yuridik universitetining 3-binosi, 121-A xonasida onkologik kasalliklarga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida beg‘araz donorlik aksiyasi taşkil etiladi. ❤️🩹 Har bir topşirilgan qon namunasi kimningdir hayotini saqlab qolişga, oğ‘ir xastalik bilan kuraşayotgan bolalarga umid va küç bağişlaşga xizmat qilişi mumkin. Barchangizni uşbu ezgu taşabbusda faol iştirok etişga, insonparvarlik va saxovat namunasini körsatishga çorlaymiz! ❤️ Bir tomçi qon – bir inson hayoti uçun umid! @TDYU_Yoshlarvasport
Open in Telegram❗️MA’MURIY SUDLARNING VAKOLATLARI KENGAYTIRILMOQDA 🏢 Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida Özbekiston Respublikasining Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksini tasdiqlaşga oid qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. ✅Ta’kidlanganidek, davlat organlari faoliyati ustidan sud nazoratini örnatişda ma’muriy sudlar muhim örin tutib, aholining ularga bölgan işonçi yil sayin ortib bormoqda. Şu bilan birga, sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar hamda töplangan amaliy tajriba amaldagi Kodeksni zamon talablariga moslaştiriş, fuqaro va tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. ✅Loyiha bilan, avvalo, fuqaro va tadbirkorlar uçun sudga murojaat qiliş ança yengillaştirilmoqda. Arizadagi formal kamçiliklar uçun ariza qaytarilmaydi — aksinça, sud arizaçiga kamçiliklarni bartaraf etiş va ariza talabini töğri şakllantirişda kömaklaşadi. Agar ariza yanglişib boşqa hududdagi sudga topşirilsa, sud uni qaytarmasdan, «yagona darça» tamoyili asosida tegişli sudga özi ötkazadi. ✅Eng muhim yangiliklardan biri — fuqaro va tadbirkorlarning haqligi prezumptsiyasi kengaytirilmoqda. Ya’ni, davlat organi qabul qilgan qarori qonuniy va asosli ekanligini, qöllanilgan jarima yoki boşqa çora qilmişga mutanosib ekanligini özi isbotlaşi şart böladi. Sud esa işni faqat rasmiy jihatdan emas, balki qöllangan çora qonunda közlangan maqsadga mos va yetarli ekanligi nuqtai nazaridan ham tekşiradi. ✅Şu bilan birga, buzilgan huquqni tezkor tiklaş uçun 4 turdagi da’vo instituti joriy etilib, ularni berişning aniq muddatlari belgilanmoqda. Bundan taşqari, ma’muriy organ qarori bilan bir guruh şaxslar huquqlari buzilgan hollarda 20 nafar va undan ortiq şaxs birgalikda jamoaviy da’vo berişi mumkin böladi. Savdo-sanoat palatasiga esa, garçi u birinçi instantsiya sudida iştirok etmagan taqdirda ham, tadbirkor manfaatida sud qarori ustidan yuqori instantsiyaga töğridan-töğri şikoyat kiritiş huquqi berilmoqda. ✅Qonun loyihasida davlat organlarida qonuniylikni ta’minlaş maqsadida sud mansabdor şaxslar faoliyatida korruptsiya alomatlarini aniqlasa, materiallarni vakolatli organlarga yuborişi aniq belgilanmoqda. Sud qarorlari ijrosi uçun mas’uliyat ham kuçaytirilmoqda. Mansabdor şaxsga jarima qöllanilganidan keyin ham qaror takroran ijro etilmasa, sudga jinoyat işi qözğatiş uçun prokurorga xabar beriş vakolati berilmoqda. ✅Şuningdek, ma’muriy sudlarning vakolatlari kengaytirilmoqda. Endi fuqaro va tadbirkorlar hokimliklarning normativ-huquqiy hujjatlari ustidan ham ma’muriy sudga şikoyat qilişi mumkin böladi. Bunday şikoyatlar viloyat darajasidagi sudlarda sudyalar hay’ati tomonidan prokuror iştirokida köriladi. ✅Deputatlar qayd etganidek, mazkur normalar fuqaro va tadbirkorlar huquqlarining samarali sud himoyasini ta’minlaş, ortiqça byurokratiya va ovoragarçiliklarni kamaytiriş, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlaş hamda aholining ma’muriy sudlarga bölgan işonçini yanada oşirişga xizmat qiladi. 🌐Telegram || 👥Facebook
Open in Telegram📢 MASTER-KLASS: XORIJDA TA'LIM OLISH, GRANTLAR YUTISH VA TAJRIBA ORTIRISH IMKONIYATLARI! Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basining xorijda tahsil olgan tajribali ustozlari tomonidan Namangan davlat universiteti magistrantlari uchun mahorat darsi (master-klass) tashkil etildi. 🎯 Mavzu: “Xorijda ta'lim olish, grantlar yutish, faoliyat olib borish” 💡 Master-klass davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar yoritib berildi: • Xalqaro grant va stipendiyalar: Dunyoning yetakchi universitetlari hamda nufuzli jamg‘armalar (masalan, Fulbright, Chevening, DAAD, El-yurt umidi va b.) grantlarini qo‘lga kiritish bosqichlari; • Hujjatlarni muvaffaqiyatli tayyorlash: Motivatsiya xati (Motivation Letter/Personal Statement), tavsiyanomalar olish va ilmiy tadqiqot rejasini (Research Proposal) xalqaro standartlar bo‘yicha tuzish sirlari; • Xorijda ta'lim va amaliyot: Xorijiy akademik muhitga moslashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyot bilan uyg‘unlashtirish; • Karyera va shaxsiy rivojlanish: Xorijda olingan bilim va erishilgan natijalar asosida muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat olib borish imkoniyatlari. ❓ Interaktiv savol-javob: Namangan davlat universiteti magistrantlari xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish hamda ilmiy stajirovkalardan o‘tish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga sho‘ba ustozlaridan amaliy tavsiyalar va batafsil javoblar olishdi. #TDYU #NamDU #MamuriyVaMoliyaHuquqiSho_ba #MasterKlass #XorijdaTalim #Grantlar #AkademikHamkorlik #Magistratura Yangi o‘quv yilida yana birgalikda yuksak natijalarga erishamiz! 📸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱Instagram 📱 Facebook
Open in Telegram📢 XORIJIY MUTAXASSIS ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI: AQSHDA MA'MURITY HUQUQ VA ORGANLAR FAOLIYATI Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi o‘qituvchisi Shohboz Murodullayev tashabbusi bilan Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabalari uchun xalqaro tajribaga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. 📅 Sana: 2026-yil 20-oktabr 👨⚖️ Mehmon spiker: Mashg‘ulotga dunyoning top-100 taligiga kiruvchi Pensilvaniya davlat universiteti (Penn State) magistranti, American Bar Association (ABA) a’zosi, New York shtati advokatlik litsenziyasi sohibi hamda “Rogers Tamburro” va “Zakon & Zashita” advokatlik firmalari amaliyotchi huquqshunosi Jamshidbek Ibrokhimov taklif etildi. ✨ Ushbu mahorat darsi talabalarga xalqaro va qiyosiy ma’muriy huquq sohasidagi bilimlarni amaliyot bilan bog‘lagan holda boyitishga xizmat qildi. #TDYU #OmmaviyHuquq #MamuriyHuquq #Sho_ba #MahoratDarsi #AQShHuquqi #XorijiyTajriba Yangi o‘quv yilida yana birgalikda yuksak natijalarga erishamiz! 📸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱Instagram 📱 Facebook
Open in Telegram#konsultatsiya #dual_talim 📣 2026-2027-o'quv yili kuzgi semestri Oraliq nazorat imtihonlarining amaliy mashg'ulotlar qismini topshirishga tayyorgarlik boshlandi. 2-Oraliq nazorat imtihonlari jarayonida talabalarga amaliy ko'maklashish va imtihonlarga tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida namunaviy kazuslar, uning namunaviy javoblari va baholash me'zonlari taqdim etilmoqda. Bu sizga nima beradi? ⚖️ Kazuslarni tahlil qilishning huquqiy uslublari; 📝 Javoblarni akademik standartlar (tahliliy ketma-ketlik) asosida shakllantirishni mashq qilish; ✅ Imtihon talablari bilan oldindan tanishish imkoniyati. 📌 Namunaviy materiallar bilan tanishish. Eslatma: Mazkur kazuslar namuna xarakteriga ega bo'lib, talabalarda mustaqil tahlil qilish ko'nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Barcha talabalarga bo'lajak Oraliq nazorat imtihonlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
Open in TelegramShahboz Murodullayev приглашает вас на запланированную конференцию: Zoom. Тема: Shahboz Murodullayev: конференция Zoom Время: 15 окт. 2026 04:30 PM Исламабад, Карачи, Ташкент Присоединиться к конференции Zoom https://us05web.zoom.us/j/81197558034?pwd=UxHJ1pX4TnnRLBXOuOQ2aZaaBZZv4i.1 Подключиться (с заметками) https://us05web.zoom.us/j/81197558034?pwd=UxHJ1pX4TnnRLBXOuOQ2aZaaBZZv4i.1&mynotes=on Идентификатор конференции: 811 9755 8034 Код доступа: 2Ndre5 Инструкции по подключению https://us05web.zoom.us/meetings/81197558034/invitations?signature=94SAYOqhTLdmBjOSG0xMrs0TcqFExaTUvEir7Ol_JQM
Open in TelegramAssalomu alaykum, hurmatli talabalar, xorijda o‘qish va grant yutish mavzusiga qaratilgan mahorat darsi 10 daqiqadan so'ng boshlanadi! Quyidagi link orqali ishtirok etish mumkin..
Open in Telegram🎓 Xorijda o‘qish va grant yutishni orzu qilyapsizmi? Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Dunyoning nufuzli top-universitetlarida tahsil olgan mutaxassisdan eksklyuziv mahorat darsi! Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi o‘qituvchisi Murodullayev Shohboz tomonidan maxsus seminar-trening o‘tkaziladi. 🚀 Sizni nimalar kutmoqda? 🌍 Dunyoning TOP-300 universitetlariga 100%lik grantlar yutish sirlari; 📄 Hujjat topshirish, motivatsion xat (SOP) va rezyume tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar; 🛂 Viza olish jarayonlari va xorijda muvaffaqiyatli talaba bo‘lish yo‘llari; 💡 Spikerning shaxsiy tajribasi va savol-javob sessiyasi. 💻 O‘tkazilish shakli: Online (Zoom platformasi orqali) 📅 Sana: 15.10.2026 ⏰ Soat: 16:30 🎯 Kelajagingiz uchun muhim qadamni bugundan boshlang! Barcha qiziquvchilarni kutib qolamiz. Yangi o‘quv yilida yana birgalikda yuksak natijalarga erishamiz! 📸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱Instagram 📱 Facebook
Open in Telegram⚖️ JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHDA ILMIY YONDASHUV: TDYU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI SIRDARYO TUMANIDA Ilm-fan va amaliyot hamkorligi 2026-yil 12-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari Sirdaryo tumani “Kamolot” mahallasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy o‘rganish ishlarini olib bordilar. Ishchi guruh tarkibida Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi mudiri Sherzod Jo‘rayev shuningdek, o‘rganishda TDYU dotsenti M. Kurbanov hamda Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazi ilmiy xodimi F. Nazarov ishtirok etdilar. Muammolarni aniqlash — samarali yechimlar sari Kriminogen vaziyati og‘ir, “qizil” toifaga kiritilgan “Kamolot” mahallasida sodir etilgan jinoyatlar joyiga chiqib o‘rganildi. Tahlillar davomida daryo bo‘yidagi karerlar va qurilish obyektlarida qo‘riqlash hamda videokuzatuv tizimlarining yetarli emasligi, ayrim mulk obyektlarining qarovsiz qolishi, ish haqining kechiktirilishi va moliyaviy qiyinchiliklar kabi omillarga e’tibor qaratildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashda ilmiy yondashuv O‘rganish jarayonida vaziyatli jinoyatchilik profilaktikasi, kundalik faoliyat nazariyasi va jinoyatchilikning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Muhimi, barcha o‘rganilgan o‘g‘irlik holatlari bo‘yicha olib ketilgan mol-mulk egalariga qaytarilgani qayd etildi. Amaliy takliflar va istiqboldagi vazifalar O‘rganish natijalari asosida hududdagi xavfli obyektlarda videokuzatuv va tungi yoritishni yo‘lga qo‘yish, qarovsiz qolgan garov mulklarini muhofaza qilish, rangli metall aylanmasini nazorat qilish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Mazkur tashabbus huquqbuzarliklarning oldini olishda ilmiy tahlil, davlat organlari va mahalla hamkorligi hamda manzilli profilaktik chora-tadbirlarning muhimligini namoyon etadi. 🎓 Toshkent davlat yuridik universiteti — ilmiy salohiyatni jamiyat xavfsizligi va huquqiy madaniyat yuksalishiga yo‘naltirish yo‘lida! #TDYU @Ma’muriyVaMoliyaHuquqi #Kriminologiya #HuquqbuzarliklarProfilaktikasi #IlmFanVaAmaliyot Yangi o‘quv yilida yana birgalikda yuksak natijalarga erishamiz! 📸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱Instagram 📱 Facebook
Open in TelegramConnections
Similar channels
Namangan viloyati sudlari | Rasmiy kanal@namanganviloyatisudlariLaw1.3K
ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ@ozbek_kadin_haklariLaw1.42K
Зариф Мирзахмедов | Расмий канал@zarif_mirzakhmedovLaw1.28K
Navoiy IIB | Kiberxavfsizlik rasmiy@navcyber_102Law1.26K
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti@mahallavaoila_institutiLaw1.46K
Fayozjon Qosimov | IIB Matbuot kotibi@navoiy_iib_matbuotLaw1.19K
NHRC | НЦПЧ@nationalhumanrightscenterLaw1.15K
Toshkent shahar IIBB huquqiy targ'ibot kanali@yurist_guvdLaw1.65K