Account

Posts of Neomind

newest first

#7287Video
Views794−58%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
16 h716
26 h794
  1. After 24 hours794
  2. Total to date794
#7286Photo

"I want to do everything, so I do nothing" "You can do almost anything, but you cannot do everything at the same time" “Hammasini qilishni xohlayman, shuning uchun hech narsa qilmayman.” “Deyarli hamma narsaga erishish mumkin, lekin hammasiga bir vaqtning o‘zida emas.” Ba'zida muammo xohishning ko'pligida emas, balki bir vaqtning o'zida juda ko'p narsani xohlashda bo'ladi. Bir vaqtning o'zida xitoy tilini o'rganmoqchi, 100 ta kitob o'qimoqchi, yangi kasb egallamoqchi, ilm-fanni o'rganmoqchi va hayotida katta o'zgarishlar qilmoqchi bo'lasan. Bularning barchasi yaxshi, ammo ularni bir vaqtda qilishga harakat qilish muammo. Hammasiga qiziqasan. Hammasini boshlashni xohlaysan. Lekin qaysi biridan boshlashni bilmay, oxir-oqibat hech birini qilmay qo'yasan. Oldinlari TVda faqat ikkita kanal bor edi, albatta shu kanallarni ko'rgansan. Hozir esa kanal ko'pligidan biridan boshqasiga aylantiraverib, oxiri uxlab qolasan) Variantlar ko'paygani sari tanlov qilish ham qiyinlashib boradi Bunga yaqin tushuncha Analysis Paralysis deb ataladi. Ya'ni, haddan tashqari ko'p o'ylash, variantlarni solishtirish va mukammal qaror izlash natijasida harakat qila olmay qolish. Inson o'z oldiga juda ko'p maqsad qo'yib, diqqatini bir nechta yo'nalishga bo'lib yuborishi ham buning sababi. Natijada har bir ishga oz-ozdan vaqt ajratiladi, ammo hech birida sezilarli natija ko'rinmaydi. Aslida, hamma narsaga ulgurish shart emas. Hech bo'lmaganda hammasiga bir vaqtning o'zida ulgurish shart emas. Senga kerakli narsalar qat'iy tanlov qilib, harakatni boshlaganingda keladi. Motivatsiya ham. Bir narsani tanlash boshqa imkoniyatlardan butunlay voz kechish degani ham emas. Shunchaki, hozircha qolganlarini kutishga qo'yish demak. Hamma narsani bir vaqtda qilishga urinish esa oxir-oqibat hech narsa qilmaslikka olib kelishi mumkin. "Yes Man" (2008) filmida hammasiga "ha" deyish nimalarga olib kelishi mumkinligini ko'rish mumkin)

Open in Telegram
Views1,270−32%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7284Photo
Views1,230−34%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7283Photo

Eng keng tarqalgan xatolardan biri - individual tajribani umumiy qonuniyat bilan adashtirish bo‘lsa kerak. Masalan, "Bobom 90 yoshgacha chekdi, saraton bo‘lmadi" degan gapni tez-tez eshitamiz. Lekin bitta insonning tajribasi chekishning xavfliligini ko‘rsatuvchi statistik ma'lumotlarni rad eta olmaydi "Bir tanishim universitetni tashlab, millioner bo‘ldi" - bu universitetni tashlash muvaffaqiyat ehtimolini oshirishini anglatmaydi. "Men vaksina oldim, lekin baribir kasal bo‘ldim" - bu vaksina samarasiz degani emas. Statistika alohida insonning taqdirini bashorat qilmaydi. U katta guruhlardagi tendensiyalar, ehtimolliklar va xavf darajalarini ko‘rsatadi. Odamlar ko‘pincha o‘zlari ishonishni xohlagan xulosani tasdiqlaydigan misollarni eslab qolishadi, unga zid bo‘lganlarini esa e'tiborsiz qoldirishadi. Bu confirmation bias ya'ni tasdiqlash xatosi bilan ham bog‘liq. Agar sodda qilib tushuntirsam, tasavvur qiling, 100 ta chekadigan va 100 ta chekmaydigan odamni uzoq muddat kuzatdik. Faraz qilaylik, chekuvchilarning 70 tasida, chekmaydiganlarning esa 10 tasida o‘pka saratoni rivojlandi. Bunday vaziyatda ayrim odamlar chekuvchilarning saraton rivojlanmagan 30 nafariga e'tibor qaratadi, ammo saraton rivojlangan 70 nafarini unutadi. Ammo, umumiy statistik manzara aynan shu ikki guruhni birgalikda hisobga olgandagina ko‘rinadi. Yoki universitetni tashlab ketib, boyib ketgan insonlar hikoyasini olaylik. Bundaylar bor, albatta, lekin ular sanoqli. Xuddi shunday universitetni tashlab, muvaffaqiyatsizlikka uchragan, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan son-sanoqsiz odamlar haqida esa deyarli hech kim gapirmaydi. Bu yerda "omon qolganlar xatosi" ishlaydi. Bundan tashqari, oliy ta'lim olgan insonlar orasida ham juda ko‘p muvaffaqiyatli kishilar bor. Lekin bizning e'tiborimiz ko‘pincha bir nechta mashhur "omon qolganlar"ga qaratiladi. Yana bir misol, qarindoshingga uylanma yoki turmushga chiqma, desak, "Ana, qo‘shnimiz qarindoshiga uylangan, bolalari soppa-sog‘" degan javobni eshitamiz. Ha, bunday bo‘lishi mumkin. Lekin bir oilada sog‘lom farzandlar tug‘ilgani qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda genetik xavf yo‘qligini anglatmaydi. Yaqin qarindoshlar bir xil retsessiv genetik variantni tashish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Bu esa ayrim irsiy kasalliklarning farzandlarda namoyon bo‘lish xavfini oshiradi. Har bir oilaning individual holati boshqacha, ammo statistik xavfni bitta qo‘shnining tajribasi bilan inkor qilib bo‘lmaydi. Qo'shning statistik ehtimoldan omon qolganligi, sening ham omon qolishingni kafolatlamaydi. Vaksina masalasida ham xuddi shunday. "Qo‘shnimning bolasi vaksina olmagan, mana otday yuribdi" yoki "Qo‘shnimning bolasi vaksina olgandi, mazasi qochib qoldi, demak vaksina yomon" degan gaplarni eshitamiz. Ha, vaksinalar ham ba'zi holatlarda nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Lekin bu hammada shunday bo‘ladi degani emas. Muhimi, vaksinaning mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari bilan emlanmaslik natijasida kasallanish va uning asoratlariga duch kelish xavfini solishtirish kerak. Vaksina olmasdan kasal bo'lish ehtimoli ancha yuqori. Statistika aynan shunday ishlaydi. Alohida holatlarga emas, balki katta guruhlardagi umumiy manzaraga qarash kerak. Bitta insonning tajribasi statistik haqiqatni o‘zgartirmaydi. Istisnolar har doim bo‘ladi, lekin istisnolarni qoida deb qabul qilish katta xato. Shuning uchun biror hodisaga baho berayotganda umumiy statistik ma'lumotlar nima deydi? deb o‘ylashimiz kerak. Chunki haqiqat odatda bizga tanish bo‘lgan bir nechta misolda emas, balki butun manzarada yashiringan bo'ladi "Don't Look Up" filmini yana bir bor ko'rishga sabab bor endi)

Open in Telegram
Views1,370−27%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7275Photo

Shaxmat - shunchaki 64 ta katak va 32 ta figura emas. Bu strategiya, sabr, psixologiya, raqibni tushunish. O'tgan hafta shaxmat haqida filmlarni ko'rdim. Film yaratuvchilar shaxmatchi desa hayoliga psixologik muammosi bor odamlar keladi menimcha. Deyarli hamma kinoda shu narsa tasvirlangan) Shulardan ko'rishga bir nechta tavsiyalar bermoqchiman 1. The Queen's Gambit (2020) Shaxmat dahosi Beth Harmonning bolalikdan jahon chempionligigacha bo‘lgan yo‘li. Psixologiya, intellekt, raqobat, yolg‘izlik va qaramlik haqida. Serial. 7 ta qism. 2. Pawn Sacrifice (2014) Bobby Fischer va Boris Spasskiy o‘rtasidagi tarixiy jahon chempionati. 3. Searching for Bobby Fischer (1993) Yosh shaxmat dahosining rivojlanishi. Iste'dod, bolalik, ota-ona bosimi va g‘alaba uchun yashash. Shaxmat dahosi bo'lgan Fisher hayoti haqida. Daholik, ruhiy bosim va paranoid fikrlash. Fisher oddiy shaxmatni shunchaki yodlash deb hisoblagan, shu sabab o'zining shaxmat usulini yaratgan. Unda donalar turli tartibda bo'ladi, hozir u Chess960 (Fischer Random Chess) deb ataladi 4. The Dark Horse (2014) Haqiqiy voqeaga asoslangan. Ruhiy muammolarga duch kelgan shaxmatchi bolalarga shaxmat o‘rgatib, ularning hayotini o‘zgartiradi. 5. Critical Thinking (2020) Mayamidagi kam imkoniyatli maktab o‘quvchilarining shaxmat orqali AQSh chempionatiga borish hikoyasi 6. Queen of Katwe (2016) Ugandalik qiz Phiona Mutesining haqiqiy hayoti. Qashshoqlikdan shaxmat olamigacha bo‘lgan ilhomlantiruvchi yo‘l 7. Final Boss'lar - Magnus va Kasparov haqida hujjatli filmlar ham Shaxmat olamiga yengil shung'ib olish uchun The Queen's Gambit'dan boshlagan yaxshi. Shaxmatda eng yaxshi yurish eng tezkor yoki eng tajovuzkor yurish emas. Muhimi bir necha yurishni oldindan ko‘ra bilish)

Open in Telegram
Views1,470−21%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7273Photo
Views2,520+35%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#7269Photo
Views4,190+124%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7268Photo
Views2,390+28%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—