👩💻 Biz kuni kecha "45 daqiqalik mo'jiza" qo'llanmasini maktabi bilan sotib olgan Yuksalish maktabi ustozlari uchun BONUS sifatida onlayn metodik trening tashkil qildik. 2.5 soatlik treningda bugun ta'limdagi eng dolzarb mavzular va ularning yechimlari ustida to'xtaldik! "Qanday usullardan foydalansam, darslarim yanada samarali bo'ladi", deb izlanib, yangi narsalarni o'rganayotgan barcha ustozlarga ta'zimdaman. Navbatdagi treningni Samaraqandda, oflayn tarzda o'tkazishga tayyorgarlik ko'ryapmiz. ♻️ Maktabingizga borsam qaysi mavzularda trening o'tib berishimni istaysiz?
Open in Telegram
Nazokat Yusufjonova| ProfGid
Raqamli avlod ta'limining yangi tendensiyalarini o'rganamiz. Interaktiv metodlardan o'qituvchi quvvatini oshirishgacha bo'lgan yangi ilmlarni yangicha oling! Bog'lanish uchun: @NazokatProfGid
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 31, 2026 | 3,575 |
| Nov 4, 2026 | 1,980 |
| Nov 5, 2026 | 1,600 |
| Nov 6, 2026 | 1,720 |
| Nov 8, 2026 | 1,900 |
| Nov 9, 2026 | 1,610 |
| Nov 13, 2026 | 1,500 |
| Nov 14, 2026 | 1,370 |
| Nov 15, 2026 | 1,300 |
| Nov 16, 2026 | 1,370 |
| Nov 19, 2026 | 1,910 |
| Nov 23, 2026 | 526 |
Most viewed this month
- 01Views8.81KForwards—Reactions18Comments—
- 02Views2.17KForwards—Reactions15Comments—
- 03Views1.99KForwards—Reactions14Comments—
- 04Views1.98KForwards—Reactions32Comments—
Latest posts
O‘qituvchilar har 5 yilda (garchi bu juddda uzoq vaqt oralig'ida bo'lsa ham) malaka oshiradi. 📍 Ota-onalar-chi? Ular qaysi ota-onalik oliygohini bitirganki, bir umr bilimlarini yangilashga hojat yo‘q? Nega ota-onalar uchun malaka oshirish kurslari yo‘q? Bola yelkasida faqat og‘ir papkasini emas, uyidagi hissiy muhitni ham ko‘tarib keladi. Janjalli, nosog‘lom oiladan chiqqan bolaning qonida kortizol (stress garmoni) darajasi doimiy yuqori bo‘ladi. Natijada uning miyasi o‘rganish rejimida emas, psixolog Jon Gottman aytganidek, omon qolish rejimida ishlaydi. Afsuski, ko‘plab asabiy kattalar uchun ichidagi g‘azab va stressni chiqarishning eng oson manbai - o‘z farzandi. Chunki bola hali kichkina, ojiz va himoyasiz. Baqirsangiz indamaydi. Ursangiz qarshilik qilolmaydi. U kattalarning kesatiqlari, zaharxanda gaplari iste’molchisi. Buncha narsani yutgan bolaning maktabga kelib matematika, biologiya, adabiyot, xullas, katta kognitiv yuklamani o'zlashtirishi shunchaki xomxayol. Nega? Chunki uning miyasi band! Neyrobiolog Jon Medina o‘zining "Miya qoidalari" asarida ta’kidlaganidek, surunkali stress va qo‘rquv tufayli ajralgan kortizol miyadagi xotira markazi - gippokampni falajlab qo‘yadi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri neyronlarga hujum qilib, ularning uzilishiga va hatto nobud bo‘lishiga olib keladi. Bolaning asab tizimi ota-onasining bir-biriga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab shakllanadi. Shuning uchun agar maktablar haqiqatan ham aqlli, sog‘lom fikrlovchi bolalarni istasa, avvalo ularning ota-onalarini o‘qitishi kerak. Ota-onalar majlislari baholar va tashkiliy masalalar muhokamasi emas, balki stressni boshqarish, sog‘lom muloqot va bolalar psixologiyasi bo‘yicha haqiqiy psixologik suhbatlar maydoniga aylanishi shart. Tasavvur qiling: xotirjam, mehrli va o‘zini xavfsiz his qiladigan oiladan kelgan bolaning ustoziga munosabati, darsdagi natijalari qanday bo‘lardi? Javobi ma’lum. Tasavvur qiling, maktabga bola emas, uning ota-onasi kelishyapti. O'qishga! Kelajak ta’limining manzarasi aynan shunday bo‘ladi. Chunki ertami-kechmi maktab rahbariyati va jamiyat buning hal qiluvchi ahamiyatini anglab yetadilar. Chunki bu faktorni hisobga olmaslik, qumga suv quyish bilan teng! Siz ham hech shu haqda o'ylab ko'rganmisiz, fikrlaringizni yozing👇
Open in Telegram#45daqiqamo'jizasi TA’LIMDA “EKSPERT KO‘RLIGI” Oʻz sohamizning ekspertlari sifatida biz turli ma’lumot lar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni tez va oson tushunib yetamiz, ammo oʻquvchilarimiz oʻz-oʻzidan bunday darajaga chiqib qolmaydi. Ularga zinalar va kuchli ustoz kerak. Afsuski, har doim ham fanning asoslarini chuqur biladigan mutaxassislardan yaxshi o‘qituvchi chiqmaydi. Psixologiya ilmida “Ekspert ko‘rligi” degan atama bor, ya’ni inson o‘z sohasining haqiqiy ustasiga aylangach, yangi o‘rganuvchi uchun materialni ilk bor qabul qilish, xotirada saqlab qolish va o‘zlashtirish qanchalik qiyin, mashaqqatli jarayon ekanini unutib qo‘yadi. Siz uchun “ikki karra ikki”dek oson tushunchalar o‘quvchiga yetib bo‘lmas tog‘dek ko‘rinadi. “Nima uchun shunday oddiy narsani ham tushunmaysan?!”, “Axir bu shundoq ham ko‘rinib turibdi-ku!” degan asabiy va zardali xitoblar aynan mana shu psixologik “ko‘rlikning” mevasidir. "45 daqiqalik mo'jiza" kitobidan. P.S. Surat telefonim arxividan, Germaniya.
Open in TelegramForwarded from Muxtasarxon Arzikulova
Бу иловани кириб кордим жудаям яхши менга йокди.Айникса дарс таййорлашда 2 та мавзуни таййорлаб кордим жуда тез ва сифатли таййорлаб берди.катта рахмат.
Open in Telegram✨ Uzoq kutilgan yangilik! 📍 Endi Siz minglab ustozlarning sevimli kitoblariga aylangan "Sizda 45 daqiqa bor!" "45 daqiqa mo‘jizasi" nomli metodik qo'llanmalarining elektron variantini xarid qilishingiz mumkin. Nega aynan elektron variant? 📮 Tezkorlik: Pochtani haftalab kutmaysiz. To‘lov qilgan zahotingiz kitob qo‘lingizda (telefoningiz yoki kompyuteringizda) bo‘ladi. 💰 Hamyonboplik: Bosma nashrga qaraganda ancha arzon va yetkazib berish xarajatlari yo‘q. 📲 Har doim yoningizda: Maktabda, yo‘lda yoki darsga tayyorlanayotganda istalgan vaqtda ochib foydalanishingiz mumkin. @EduLiderHub_bot ga kirasiz, registratsiyadan o'tib, to‘lovni amalga oshirasiz va kitob shu zahoti sizniki bo‘ladi. ✅ Har ikkala kitobda ham o‘quvchilarni "uyg‘otadigan", ularni tanqidiy fikrlashga majbur qiladigan va 45 daqiqani ko‘z ochib yumguncha o‘tkazib yuboradigan sinalgan instrumentlar jamlangan. Darslaringizga quruq qo‘l bilan kirmang. O‘zingizga va o‘quvchilaringizga eng yaxshi metodik qurolni sovg‘a qiling! P.S. Kitoblarni yuklab olishda savollar tug‘ilsa, izohlarda yozib qoldiring, jamoamiz darhol yordam beradi!
Open in Telegram"45" soni sizga begona emas, men uchun ham qadrli. Ayni shu nuqta bizni birlashtiradi. Oddiy va quruq ma’ruzalar, enerjayzerSIZ darslar, interaktiv metodlarSIZ mashg‘ulotlar tarixda qoldi, desam ham bo‘ladi. 📚 Zamonaviy ustozlarga o‘quvchini majburlab yo zeriktirib olib o‘tirish emas, yondirib, zavq berib ishlatadigan, vaqt o‘tganini sezdirmaydigan aniq instrumentlar kerak! Shu kungacha minglab ustozlar bilan darslarni "45 daqiqalik mo‘jiza"ga aylantirish ustida ishladik. Endi esa bu tajriba, metodlar va izlanishlar bir manzilda jamlandi! 💃 Bugun siz bilan katta va quvonchli yangilikni bo‘lishmoqchiman! Mening rasmiy saytim, Ta’lim liderlari klubi — eduliderhub.uz platformasi rasman ishga tushdi! 👉 Platforma bilan tanishib, hoziroq obuna bo'ling: @EduLiderHub_bot
Open in Telegram🌾 Xayrli kun azizlarim! Bugun siz uchun ajoyib xabar bor! ✨ Yakshanbaning eng yaxshi yangiligini bilishga tayyormisiz?
Open in TelegramFarzand tarbiyasi faqat maktabning ishi emas! Shu sababli bugun maktablarda ota-onalar uchun treninglar tashkil etish har qachongidan ham muhim. Nega deysizmi? - Treninglar ota-onalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar haqida tushuncha beradi; - bolaning maktabdagi va uydagi tarbiya muhiti bir-birini to‘ldirib, yaxlit tizimni hosil qiladi; - zamonaviy axborot asrida bolalar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo'ladilar; - cheklovlar va erkinlik o‘rtasidagi oltin o‘rtalikni topish; - maktab ota-onalar bilan ishonchli hamkorlik yo'lga qo'yiladi! 👇 Siz nima deb o‘ylaysiz, bugungi kunda ota-onalar uchun qaysi mavzudagi treninglar eng dolzarb? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!
Open in TelegramBugun sirtqi ta'lim talabalari bilan oxirgi darslarimizni o'tdik. Ochig'ini aytsam, menga bakalavr yo'nalishidan ko'ra sirtqi guruhlar bilan ishlash yoqadi. Chunki ular men aytayotgan har bir gapimni gubkadek shimib olishadi, har bir metodik tahlillarimni chanqoqlik bilan tinglashadi, chunki ularga bu kerak, chunki ular shu damda katta 'qozonda qaynayaptilar'!. Bakalavrlar esa hali 1 kun ham o'qituvchi bo'lib ishlab ko'rmagan, uning mas'uliyatini his qilmagan, shuning uchun ancha bemalol, biroz beparvo qarashadi. Bu tabiiy, miyamiz ma'lumotni unga ehtiyoj sezgandagina qabul qiladi. Boshiga tushganda, qizil qor yoqqanda, xullas, qachooondir kerak bo'lib qolishi mumkin bo'lgan bilimni olishga quvvat sarflab o'tirmaydi. Miyaning usiz ham qiladigan ishi ko'p!
Open in Telegram🎙 Yana 1 soat va biz EduLiderHub loyihasi ishtirokchilari bilan metodika ilmidagi yangi pog'onani zabt etamiz!
Open in TelegramConnections
Similar channels
INNOVATSION METODIKA@innovatsionmetodikaEducation27.4K
O'rta guruh tarbiyachisi@orta_guruhEducation4.86K
TRM - Rasmiy kanal@trm_uzEducation4.86K
Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boşqarmasi@ktbandijonEducation4.95K
Angren universiteti (rasmiy)@angrenuniversitetiEducation4.76K
Yoşlar Markazi | Ziyo Forum@youthcenterziyoEducation5.02K
GulDPI. uz | Rasmiy@guldpiuzEducation4.74K
Tarix va huquq@tarix_vahuquqEducation5.02K
Mentioned by
JIZZAXLIKLAR🇺🇿@jizzax1 mentionLatest post