#mardlar_sözi Kun tugadi, ammo burç heç qaçon töxtamaydi. Hozir postda turgan birodarlaringni esla — ular sen uçun huşyor. Ertaga sen ham ular uçun şunday tayanç bölasan! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Open in Telegram
Mudofaa — LIVE
⚡️Foto, audio, video, qisqa va tezkor xabarlar. ⚡️"Mudofaa — LIVE" kanali Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga tegişli bölib, unda e'lon qilinayotgan materiallar rasmiydir. 📌 Yangiliklar: @mudofaavazirligi
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 23, 2026 | 10,012 |
| Nov 24, 2026 | 5,675 |
| Nov 25, 2026 | 2,452 |
Most viewed this month
- 01Views11.1KForwards—Reactions19Comments—
- 02Views10.1KForwards—Reactions10Comments—
- 03Views9.75KForwards—Reactions20Comments—
- 04Views9.68KForwards—Reactions17Comments—
Latest posts
⚡️⚡️⚡️Konstitutsiya — erkin hayot va yangi kelajak poydevori Surxondaryo viloyatida “Özbekiston – özimizniki!” şiori ostida ötkazilayotgan “Ma’rifat haftaligi” doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izçil davom etmoqda. Xususan, Xayrabod garnizonida joylaşgan harbiy qismlardan birida “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” loyihasi doirasida mazmunan teran, tarbiyaviy ahamiyatga ega uçraşuv taşkil etildi. 👉@mudofaalive
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 771 |
| 2 h | 2,740 |
| 3 h | 3,730 |
- Total to date3,730
Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
⭐️Milliy armiyamiz — mustaqil davlatning mustahkam tayançi, tinçlik va farovonlik garovidir! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 1,400 |
| 3 h | 2,170 |
- After 1 hour1,400
- Total to date2,170
Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉Kibersport, dron va robot texnologiyalari bo‘yicha “Mudofaa vaziri” kubogi uchun final bahslari ötkaziladi 1–4-dekabr kunlari Toşkent şahridagi “Jar” sport kompleksida kibersport, dron va robot texnologiyalari yönalişlarida “Mudofaa vaziri” kubogi uçun final bahslari bölib ötadi. Musobaqaning final bosqiçida quyidagi jamoalar ğoliblik uçun bahslaşadi. • Mudofaa vazirligi; • Içki işlar vazirligi; • Favqulodda vaziyatlar vazirligi; • Davlat xavfsizlik xizmati; • Milliy gvardiya. Musobaqa yönalişlari: • Kibersport; • Dron texnologiyalari; • Robot texnologiyalari. 🔗Boş mukofot — “Mudofaa vaziri” kubogi! Ğolib jamoaning har bir a’zosiga 50 million söm miqdorida biryöla pul mukofoti topşiriladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 676 |
| 5 h | 1,390 |
| 7 h | 1,960 |
- After 1 hour676
- After 6 hours1,960
- Total to date1,960
⚡️⚡️⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Kriptologiya böyiça Respublika fan olimpiadasining final bosqiçi bölib ötdi. Bellaşuvda mamlakatimizdagi 30 ta oliy ta’lim muassasasidan 80 nafardan ortiq talaba iştirok etdi. Nufuzli bilimlar musobaqasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti ikki jamoa bilan qatnaşib, umumjamoa hisobida faxrli II va III örinlarni egalladi. Yakka tartibdagi bahslarda esa institutning 3-bosqiç kursanti, «Axborotlarni kriptografik himoyalaş va maxfiylik rejimi» kafedrasi vakili Keldiyev Fayozbek Otabek öğli barça iştirokçilar orasida yuqori natija körsatib, I öringa sazovor böldi. Ğolib va sovrindorlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomlari, pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi. 👉@mudofaalive
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 1,400 |
| 2 h | 2,580 |
| 6 h | 3,490 |
- After 1 hour1,400
- After 6 hours3,490
- Total to date3,490
⚡️⚡️⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlaş, tabiiy boyliklarni asrab-avaylaş hamda yaşil hududlar kölamini kengaytirişga qaratilgan "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi kökalamzorlaştiriş tadbiri ötkazildi. Unda institut rahbariyati hamda kursantlar jamoasi iştirok etib, ta’lim muassasasi hududiga turli manzarali daraxt köçatlarini ötqazdi. Hududning tuproq-iqlim şaroiti va tabiiy xususiyatlari inobatga olingan holda tanlangan manzarali daraxt köçatlarining ekilgani ularning yaxşi tutib ketişi, barqaror rivojlanişi hamda uzoq yillar davomida yaşil muhitni boyitişiga zamin yaratadi. 👉@mudofaalive
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 2,110 |
| 7 h | 3,590 |
- After 1 hour2,110
- After 6 hours3,590
- Total to date3,590
Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
⭐️Özbekiston Ziyolilari kengaşi qanday işlaşi kerak? Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston Ziyolilari kengaşining ilk respublika yiğilişida nutq sözladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 302 |
| 2 h | 1,340 |
| 4 h | 1,700 |
| 7 h | 2,060 |
- After 1 hour302
- After 6 hours2,060
- Total to date2,060
⚡️⚡️⚡️Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati kengaşida tantanali tadbir ötkazildi. Unda soha mutasaddilari, taşkilotning tuman bölimlari rahbarlari, hamkor taşkilotlar vakillari hamda tizimda köp yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar iştirok etdi. Tadbirda “Vatanparvar” taşkilotining 35 yillik faoliyati, erişilgan natijalar hamda mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlaşdagi örni haqida söz yuritildi. Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni Vatan himoyasiga tayyorlaş, aholi örtasida texnik va amaliy kasblarni ommalaştiriş taşkilotning muhim yönalişlari sifatida qayd etildi. Yakunda taşkilot rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh xodimlar, faxriylar va hamkor taşkilotlar vakillariga “Vatanparvar” taşkilotining 35 yillik yubiley esdalik nişonlari topşirildi. 👉@mudofaalive
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 19 h | 6,250 |
| 24 h | 7,380 |
- After 24 hours7,380
- Total to date7,380
Forwarded from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
⭐️Yangi alifboga ötiş: hujjatlar, darsliklar va yorliqlar nima böladi? Özbekistonda yangi alifboga ötiş tartibi muhokamaga qöyildi. Loyiha böyiça takliflar 6 dekabrgaça qabul qilinadi. Alifbodagi Ö → Ö, Ğ → Ğ, Ş → Ş, Ç → Ç özgarişlarini belgilagan qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Unga ötiş böyiça quyidagi tartiblar taklif qilinmoqda: ✔️ Hujjatlarni şoşilinç almaştiriş şart emas. Pasport, ID-karta va boşqa amaldagi hujjatlar öz kuçini saqlaydi. Ism-familiya eski harflarda yozilgani uçun davlat xizmatini rad etiş mumkin bölmaydi. ✔️ Yangi hujjatlarda yangi harflar işlatiladi. Avval tayyorlangan blankalardan 2028-yil 1-yanvargaça foydalanişga ruxsat beriladi. ✔️ Darsliklar bosqiçma-bosqiç yangilanadi. Birinçi sinflar yangi alifbodagi kitoblarga 2027/2028 öquv yilidan, qolgan sinflar esa belgilangan jadval asosida 2027–2031 yillarda ötadi. ✔️ Öquvçilarga imlodan yengillik beriladi. 5–11-sinflarda 2028-yil 1-avgustgaça vaqtinçalik yengilliklar qöllaş rejalaştirilgan. Ularning aniq tartibi alohida belgilanadi. ✔️ Rasmiy hujjatlar va OAV yangi alifboga ötadi. Bu talab rasmiy yozişmalar, OAV materiallari va bosma naşrlarga tatbiq etilişi közda tutilgan. ✔️ Sayt, elektron poçta va loginlar özgarmaydi. Ularni alifbo sababli majburan almaştiriş yoki qayta röyxatdan ötkaziş talab etilmaydi. ✔️ Tadbirkorlarga qadoqlarni yangilaş uçun vaqt beriladi. 2028-yil 22-aprelgaça eski va yangi alifbodan parallel foydalaniş mumkin böladi. Şundan keyin yangi buyurtmadagi qadoqlar yangi alifboda çiqariladi. Eski qadoq zaxiralaridan 2029-yil 22-aprelgaça foydalanişga ruxsat beriş taklif qilinmoqda. ✔️ Peşlavhalar, ilovalar va klaviaturalar moslaştiriladi. Yöl körsatkiçlari va axborot yozuvlari yangilanadi. Yangi harflarni teriş uçun qulay klaviatura, bepul imlo tekşiriş va matn ögiriş dasturlari tayyorlanadi. Ma'lumot uçun, ötiş tartiblari hali yakuniy tasdiqlanmagan — qaror loyihasi muhokamada. Siz ham unga öz fikringizni bildirişingiz mumkin. ➡️ https://regulation.adliya.uz/project/11980/39284?contentLang=uz 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 21 h | 3,680 |
| 24 h | 3,970 |
- After 24 hours3,970
- Total to date3,970
⚡️⚡️⚡️Samarqand garnizonidagi harbiy qismlardan birida “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan muddatli harbiy xizmatçilarga davlat namunasidagi sertifikatlarni topşiriş marosimi bölib ötdi. Harbiy qism va Samarqand şahar 2-sonli texnikumi hamkorligida taşkil etilgan maşğulotlar davomida askarlar xizmatdan ajralmagan holda qisqa muddatli kasbiy tayyorgarlikdan ötdilar. Yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirgan yoşlarga tanlagan yönalişlari böyiça malaka sertifikatlari topşirildi. 👉@mudofaalive
Open in TelegramConnections
Similar channels
Mudofaa vazirligi rasmiy kanali@mudofaavazirligiNews and media183K
🎥UZvideo | Расмий@uzvideoNews and media123K
ZAMON.UZ | РАСМИЙ КАНАЛ@zamonuzNews and media123K
DARAKCHI.UZ | Rasmiy kanal@darakchiNews and media125K
Ipaknews.uz (RU)@ipaknewsNews and media113K
UzA | Rasmiy kanal@uzauzlotNews and media135K
UZBOOM@uzboomNews and media111K
Водий Савдо@vodiysavdoNews and media135K
Mentioned by
Mentions
Mudofaa vazirligi rasmiy kanali@mudofaavazirligi4 mentions, 4 reposts
Saida Mirziyoyeva@sshmirziyoyeva1 mention