ÖZGAÇALIK Özimning yölimga undamayapman, Uqtirmayapman-ku falsafamni köp. Meni tuşunmaysan, indamayapman, Seni tuşunmasam, xafa bölma, xöp?! Sening işing menga xatodir, xato, Kulgingga sababçi men tuşungan ğam. Yöllarimiz tersdir şu qadar, hatto Kesishib qolmaydi röyolarda ham. Poyingga tillodan soçqi soçsalar, İşga tuşmas hatto köz qirim mening. Öngimda uçragan sof möjizalar Hatto tuşlaringga kirmaydi sening. Butkul bölak olam! Şunaqamiz biz, Taassufki, dilda özgacha niyat: Sen mening baxtimni etolmaysan his, Sening baxting menga sanalar uyat. Instagram Telegram YouTube
Open in TelegramViews448−38%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—








