Account

Posts of Mening Prezidentim

newest first

#1251Videoalbumedited

🇺🇿🇴🇲 Ömon matbuoti Özbekiston Prezidentining taşrifiga keng e’tibor qaratmoqda Ömon sultonligida Özbekiston Prezidentining taşrifiga bağişlangan turli xil maqolalar çop etilgani böldi. Arab va ingliz tilidagi markaziy naşrlar uşbu taşrifni ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş imkoniyati sifatida körsatmoqda. Ulardan biri — Ömonning asosiy ingliz tilidagi naşri “Oman Daily Observer”. Gazetaning taşrifga bağişlangan maqolasida Özbekiston va Ömon örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 22-aprelda örnatilgani, ikki xalq aloqalari esa tarixiy Ipak yöli bilan çambarças boğliqligi eslatiladi. Maqolada sönggi yillarda sarmoya va savdodan tortib transport, logistika, energetika va turizmgaça bölgan sohalarda hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlangan. Jumladan, ikki mamlakat qiymati 5 milliard dollardan ortiq bölgan qariyb 35 ta qöşma loyiha ustida işlayotgani qayd etilgan. Ömon–Özbekiston investitsiya kompaniyasi ham sarmoyaviy hamkorlikning muhim yönalişlaridan biri sifatida tilga olingan. Hamkorlikning amaliy qadamlaridan biri — Maskat va Toşkent örtasida 2026-yil iyulidan haftasiga ikki marta töğridan-töğri reyslar yölga qöyilgani. Gazeta taşrifni savdo va sarmoyani oşiriş, transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyat sifatida baholaydi. Taşrifning ahamiyati ham şunda: tarixiy yaqinlikni aniq iqtisodiy natijalar, yangi loyihalar va kengroq hamkorlikka aylantiriş. Mening prezidentim

Open in Telegram
Views590−70%vs avg
Forwards1
Reactions33
Comments—
#1250Photo
Views2,299+17%vs avg
Forwards12
Reactions55
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
61 h2,277
74 h2,299
  1. Total to date2,299
#1247Video
Views2,907+48%vs avg
Forwards13
Reactions23
Comments—
#1245Video

🌍 Sayyoramiz taqdiri hal bo‘ladigan sammit haqida 4 muhim savolga javob 1. COP nima va nima uchun kerak? COP — BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasiga a’zo davlatlar yig‘iladigan anjuman. U konvensiyaning eng yuqori qaror qabul qiluvchi organi bo‘lib, davlatlar har yili iqlim bo‘yicha kelishuvlar ijrosini ko‘rib chiqadi va keyingi umumiy qadamlarni muhokama qiladi. 2015-yilda Parijda o‘tgan COP21’da tarixiy Parij kelishuvi qabul qilingan. Unga ko‘ra, davlatlar issiqxona gazlari chiqindisini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha milliy rejalarini taqdim etib, har besh yilda yangilab boradi. Shu bois COP — shunchaki nutqlar minbari emas: unda kelishuvlar, moliyalashtirish va texnologiyalarni amaliyotga olib kirish masalalari ham hal qilinadi. 2. Bu yilgi sammitda nimalar muhokama qilinmoqda? Asosiy maqsad — avval berilgan va’dalarni amaliy ishga aylantirish. Kun tartibida iqlim loyihalarini moliyalashtirish, toza energiyaga o‘tish, chiqindi va metanni kamaytirish, qishloq xo‘jaligini iqlimga moslashtirish hamda shaharlarni jazirama va suv toshqinlariga chidamli qilish bor. 3. Sammitda kimlar qatnashyapti? Tashkilotchilar e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, COP31’da 196 davlatdan 80 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Shuningdek, 95 davlatdan yuqori darajadagi rahbarlar va 7 yirik xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etyapti. Davlat rahbarlari orasida 37 mamlakat yetakchisi va 35 mamlakat hukumat rahbari bor. 4. COP31 O‘zbekiston uchun nimasi bilan muhim? O‘zbekiston iqlim o‘zgarishining ta’sirini allaqachon his qilyapti: suv tanqisligi, qurg‘oqchilik, jazirama, cho‘llanish, chang bo‘ronlari va Orolbo‘yi ekologik muammolari qishloq xo‘jaligi, aholi salomatligi hamda iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatmoqda. BMTning Atrof-muhit dasturi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 60 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha harorat 1,6°C ga ko‘tarilgan — bu global o‘rtacha o‘sishdan qariyb uch baravar yuqori. Jahon banki esa iqlimga moslashish choralari ko‘rilmasa, 2050-yilga borib O‘zbekiston iqtisodiyoti iqlim ta’siri bo‘lmagan ssenariyga nisbatan 10 foiz kichikroq bo‘lishi mumkin, deb baholagan. Demak, COP31 O‘zbekiston uchun suvni tejash, iqlimga mos qishloq xo‘jaligi, toza energiya hamda moslashuv loyihalariga mablag‘ va texnologiya jalb qilish masalalarini xalqaro maydonda ilgari surish imkonidir. COP muammolarni bir kunda hal qilmaydi. Ammo suvni tejaydigan texnologiyalar, toza energiya va iqlimga mos qishloq xo‘jaligiga sarmoya hamda xalqaro hamkorlarni topishga yo‘l ochishi mumkin. Mening prezidentim

Open in Telegram
Views3,225+64%vs avg
Forwards11
Reactions67
Comments—
#1244Video
Views3,113+58%vs avg
Forwards13
Reactions59
Comments—
#1243Video
Views2,707+38%vs avg
Forwards10
Reactions69
Comments—
#1238Photoalbum
Views695−65%vs avg
Forwards1
Reactions70
Comments—
#1237Photo

Янги Ўзбекистон тарихида илк бор 5 миллион тоннадан зиёд пахта хирмони бунёд этилди — Президент Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон деҳқон ва фермерлари ҳамда барча қишлоқ хўжалиги ходимларига табрик йўллади. Унда жорий йилда пахтачилик соҳасида рекорд натижа қайд этилиб, илк бор 5 миллион тоннадан зиёд пахта ҳосили етиштирилгани таъкидланди. Кейинги йилларда пахта майдонлари 38 фоизга қисқартирилган бўлса-да, ҳосилдорлик 2,7 баробар ошиб, гектарига 21 центнердан 56 центнерга етди. Бу йил етиштирилган ҳосилнинг 85 фоизи машиналар ёрдамида 30–35 кунда териб олинди. “Бу ютуқнинг ижодкори сизлар – азамат деҳқон ва фермерларимиз, моҳир агроном, сувчи, механизатор, олим ва мутахассисларимиз, кластер ходимлари, десак, адолатли фикрни айтган бўламиз. Фурсатдан фойдаланиб, барчангизга ўз номимдан, бутун халқимиз номидан чуқур миннатдорлик билдириб, энг эзгу тилакларимни изҳор этаман. Сизлар билан бутун халқимиз фахрланади, ғурурланади”, — деди давлат раҳбари. Шунингдек, фермерлар жорий йил пахтадан 13–14 триллион сўм соф фойда олиши кутилаётгани қайд этилди. Келгуси йилда эса ўртача ҳосилдорликни 65–70 центнерга етказиш мақсад қилинган. Mening prezidentim

Open in Telegram
Views2,729+39%vs avg
Forwards14
Reactions68
Comments—
#1236Photo

“Бундан буён ‘камбағал оила қолмади’ деган ҳисобот ўтмайди” — Шавкат Мирзиёев Президент Бухоро вилоятига ташрифи доирасида ҳудуд иқтисодиётини ривожлантириш ва аҳоли турмуш даражасини ошириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказмоқда. Бухоро вилоятидан 99 минг нафар фуқаро меҳнат миграциясида. Хориждан қайтган 24 минг киши ҳали иш топмаган. Вилоятда ишсизлар сони 40 мингга яқин, яна 270 минг нафар аҳолининг даромади ўртача кўрсаткичдан паст. Шу муносабат билан давлат раҳбари бундан буён “камбағал оила қолмади” деган ҳисобот ўтмаслигини таъкидлади. Масъулларга хорижда кам иш ҳақига ишлаётган юртдошларни касбга ўқитиб, юқори даромадли ишга жойлаштириш, шунингдек, 270 минг нафар аҳолининг даромадини ўртача ва ундан юқори даражага олиб чиқиш бўйича туманлар кесимида режа ишлаб чиқиш топширилди. Mening prezidentim

Open in Telegram
Views2,778+41%vs avg
Forwards13
Reactions75
Comments—
#1233Photo
Views2,933+49%vs avg
Forwards15
Reactions74
Comments—