AI ChatbetaAccount

Olloyorov Mansurbek Polvonzoda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining rasmiy sahifasi

Username
@mansurbekolloyorov
Category
Politics
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers6,705−6 in 1 day
Avg views per post, 7d14,300+73% vs prev 7d
ERR213.27%last 7 days

Subscribers, 30 days

Nov 23 – Nov 24−6 (−0.1%)

Show as table
DateSubscribers
Nov 23, 20266,711
Nov 24, 20266,705

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 5, 20264,150
Nov 8, 202613,900
Nov 9, 202615,000
Nov 13, 20262,395
Nov 17, 202614,140
Nov 20, 202614,300

Most viewed this month

  1. 01
    Views18.3K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  2. 02
    Views15K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  3. 03

    Sirdaryo viloyatida ijtimoiy muassasalar faoliyati, xizmatlar sifati va aholiga ko‘rsatilayotgan manzilli yordam natijalari bilan tanishdik. “G‘amxo‘rlik” markazlari faoliyati, kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalari hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdik. Shuningdek, uzoq yillardan buyon ushbu muassasalarda yashab kelayotgan, dastlabki tashxislari va tibbiy xulosalari qayta ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan insonlar taqdiriga ham e’tibor qaratdik. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 200 nafardan ortiq shunday fuqaro bor. Ular uchun uy sharoitiga yaqin muhitda yashash, parvarish olish, mehnat qilish va jamiyatga qayta qo‘shilish imkonini beruvchi “Kichik hajmli guruhli uylar” xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Guliston shahrida yangi ochilgan hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdik. Bu yil respublika bo‘yicha 20 ta shunday markaz tashkil etiladi, kelgusi yilda esa yana 40 ta markaz ochilishi rejalashtirilgan. Bu orqali reabilitatsiya, kunduzgi parvarish va boshqa ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish ko‘zda tutilgan. “Buyuk kelajak” mahallasida oilalar bilan ishlash natijalarini ham o‘rgandik. Ularga nafaqa, moddiy yordam, davolanish va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatildi, tadbirkorlikni boshlashlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan. Oilalarning yashash sharoiti va ko‘rsatilgan yordamlar natijasini ham ko‘rdik. Yetti nafar nogironligi bo‘lgan insonni parvarishlayotgan oilada geokollector va quyosh panellari o‘rnatilishi orqali xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikka erishishga ko‘maklashildi. Oilaning katta farzandini ishga joylashtirish masalasi ham belgilandi. Nogironligi bo‘lgan farzandini parvarishlayotgani sababli ishlay olmayotgan boshqa bir onaga nafaqa tayinlash va parvarish davrini mehnat stajiga hisoblash masalasi hal etildi. Shuningdek, “Nurli maskan” maktabidagi ta’lim sharoitlari va Guliston shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishib, fuqarolar hamda ijtimoiy xodimlar bilan suhbatlashdik. Biz uchun eng muhimi - har bir insonning ehtiyojini tushunish, unga manzilli yordam ko‘rsatish va bu yordamning hayotida real o‘zgarishlarga olib kelishini ta’minlash. Ijtimoiy xizmatlar insonning imkoniyatlarini kengaytirishi, mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi uchun xizmat qilishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram

    Video
    Views14.3K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  4. 04
    Views13.9K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—

Latest posts

#1534Video

Open in Telegram
Views14,300+42%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
65 h13,800
69 h14,300
  1. Total to date14,300
#1531Photo
Views18,300+82%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1526Photo

Iqlim o‘zgarishi sharoitida bolalarni himoya qilish - bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. 14-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida COP31 doirasida o‘tkazilgan yuqori darajadagi tadbirda O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi tajribasi va yondashuvlarini xalqaro hamjamiyat bilan o‘rtoqlashdik. Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi hamda UNICEF hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bolalar huquqlarini himoya qilish, iqlim o‘zgarishining ularning hayotiga ta’siri va yoshlarning qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan Adaptiv ijtimoiy himoya strategiyasini xalqaro hamjamiyatga taqdim etdik. Strategiya iqlim xavflarini oldindan aniqlash, ularning oqibatlarini baholash va eng ehtiyojmand oilalarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirishga qaratilgan. Bunda raqamli ijtimoiy reyestrlar, iqlim ma’lumotlari va barvaqt ogohlantirish tizimlari muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda qariyb 9,5 million nafar bola ekstremal issiq harorat ta’siriga duch kelmoqda. Bu esa iqlim o‘zgarishini nafaqat ekologik, balki bolalar salomatligi va ijtimoiy farovonligiga bevosita ta’sir qiluvchi masala sifatida ko‘rib chiqishimiz zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Samarqandda o‘tkazilgan “Bolalar farovonligiga investitsiyalar” Butunjahon sammiti natijalari va BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan Samarqand deklaratsiyasining ahamiyatini ta’kidladik. Samarqand platformasini COP jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish tashabbusini ham ilgari surdik. Ishonamanki, iqlim siyosatining samaradorligi nafaqat bugungi qarorlar, balki ularning kelajak avlodlar hayotiga ta’siri bilan ham belgilanadi. Bolalarni himoya qilish - bugungi kun oldidagi vazifamiz va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir. Telegram | Facebook | Instagram

Open in Telegram
Views9,980−1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1525Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun korreksion sinf tashkil etganlarga subsidiya beriladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarga nodavlat talim xizmatlari ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 619-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan, “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibini belgilaydi. Nodavlat ta’lim tashkiloti korreksion sinf tashkil etish maqsadida bitim tuzish uchun umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari ko‘rsatiladigan hududdagi hududiy boshqarmaga “YAMIH” AT orqali belgilangan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. ✅ Arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan 1 ish kuni ichida: 🟢bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida bitim tuzish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va bitim imzolanadi. ✅ Nodavlat ta’lim tashkilotining har bir korreksion sinfidagi o‘quvchilar soni 12 nafardan oshmasligi lozim. 💵 Korreksion sinfda ta’lim oladigan har bir bola uchun to‘liq bir oyda quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi: 🟢Toshkent shahrida BHMning 11 baravari; 🟢viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari; 🟢boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari miqdorida. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views2,690−73%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1524Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Mahkuma ayollar farzandlari uchun “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi 🖋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-noyabrdagi “Jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkuma ayollar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–395-son qarori qabul qilindi. ✅ Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimidagi 21-son koloniyaning Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi. Markazlarning asosiy maqsadi — bolalarga sifatli parvarish ko‘rsatish, ularning sog‘lom o‘sishi va yoshiga mos rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, ona va bola o‘rtasidagi yaqinlikni saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Mahkuma ayollarga ishdan bo‘sh vaqtlarida, jumladan, tunda farzandlari bilan birga bo‘lish imkoniyati yaratiladi. ✅ Markazlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritadi. Ularda kecha-kunduz ishlaydigan, 5 nafargacha bolani qamrab oluvchi guruhlar tashkil etiladi. ✅ Bolalar belgilangan me’yorlar asosida oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda emlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni tasdiqlangan bolalarni rivojlantirish dasturi asosida olib boriladi. ✅ Ijtimoiy himoya milliy agentligi ona va bola uchun yaratilgan sharoitlarni har chorakda monitoring qilib boradi. Zarur hollarda bolaga vasiylik belgilash yoki uni muqobil joylashtirish shakllaridan biriga joylashtirish choralari ko‘riladi. Markazlar xodimlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shartlar asosida ish haqi to‘lanadi. Alohida mehnat sharoitlari uchun har oy 100 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi. Eng muhimi, bolalar onalarining huquqiy maqomi sababli parvarish, ta’lim, tibbiy xizmat va rivojlanish imkoniyatlaridan chetda qolmaydi. Ularga sog‘lom va munosib muhitda voyaga yetish, onalariga esa farzandlari tarbiyasida bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views2,100−79%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1517Photo
Views15,000+49%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1516Photo
Views13,900+38%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1509Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ehtiyojmand shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish va xorijda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov xususiy bandlik agentliklari rahbarlari va vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash hamda ularni xorijda qonuniy, xavfsiz va munosib ish o‘rinlariga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu jarayonlarda xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ishga joylashtirish bosqichlarini o‘zaro muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish va til tayyorgarligini tashkil etish, nomzodlarni tanlash hamda ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘qitish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ishga yuborish jarayonlarida uchrayotgan to‘siqlar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xususiy bandlik agentliklari vakillarining takliflari tinglandi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va xavfsiz mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views4,150−59%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—

All posts

Connections