Posts of Kompyuter lingvistikasi, dasturlaş va tilşunoslik
Kaminaning chiqishi taxminan 11:30 larda ekan. Kelaveringlar, ko’rishamiz, tanishamiz, gaplashamiz.
Open in TelegramBugun Huquqiy masalalarga raqamli yechim berishga qaratilgan “Lex Hackathon”ning 3-kuni — finali edi. 3 kun! 3 kun jamoamiz na uxladi, na halovatini bildi, faqat mehnat qildi. 100 dan ortiq jamoa, 54 tasi saralashdan o’tib, undan yana faqat Top 10/10 tasi finalga chiqdi. Fa qolgan 10 tadan jamoa yana 7 ta kategoriya bo’yicha qayta baholanib, qayta taqdimot qildi. Mayli. Doim ham o’rin olish kafolatlanmagan. hech bo’lmasa finaldagi pitchni yuqori baholashibdi: “Eng qiziqarli taqdimot” nominatsiyasini oldik. Chunki pitchni kamina qildi-da :) Bundan battari ham bo’lishi mumkin edi-ku 🙂 Tashkilotchilarga, bizni qo’llagan volontyorlarga, Vazirimizga katta rahmat! Yaxshi bo’ladi. Kelasi safar albatta yutamiz, Justina jamoasi ❤️ @komp_ling_uz
Open in TelegramOxirgi paytlarda shunchalik bandligimdan hech bir yangilikni batafsil yozishga vaqt bo’lmayapti. Qisqa qilib aytganda, TechStarts StartUp Week doirasida ML GAP ma’ruzalari bo’lib o’tyapti. Taklif qilingan “palon-palon” spikerlar orasida kamina ham bor. 24-noyabr kuni, 10:30, Humo Arenada ko’rishamiz. Kelinglar. Yana ovozli texnologiyalar va ASR muammolari haqida suhbatlashamiz. Bu safar hammasi o’zbek tilida! Batafsil ma’lumot: https://week.techstarsuzbekistan.uz/en Va https://t.me/mlc_uz/959 @komp_ling_uz
Open in TelegramO’tgan yildan beri har bir hududda o’tkazib kelinayotgan “National AI Hackhathon” tanlovining va nihoyat 17-19-noyabr kunlari Toshkent shahri bosqichi bo’lib o’tdi. Jami 3 ta yo’nalish: ta’lim, tibbiyot va tadbirkorlik yo’nalishida 48 soat ichida jamoalardan berilgan muammoalr asosida loyiha ishlab chiqish talab qilindi. Dastlab 123 ta jamoadan 60 tasi test asosida saralandi. Keyin 60 tadan 15 ta jamoa 3 yo’nalish (sohaviy, texnik va biznes) bo’yicha baholandi. Va nihoyat 3-kuni faqat finalga chiqqan jamoalar o’rtasida loyiha taqdimoti o’tkazildi. Bizning jamoamiz — Durov’s Protocol jamoasi qurgan mahsulot tibbiyot bo’yicha eng yaxshi loyiha deb topilib, 1-o’rinni oldiiiii 🥳 Endi Grant Final — barcha hududlar g’oliblari o’rtasida o’tkaziladigan oxirgi musobaqa qoldi. Duo qilinglar, undan ham yutaylik. To’g’risi, bor yiqqan-tergan tajribamizni to’plab, uxlamay, qancha asab va vaqtimizni sarflab… natija qilganimizga o’zimiz ham ishonolmadik. Ha, hamma qatori g’alabani kutdik! Lekin eng yomoniga ham tayyor turgadik. Ko’p gapirmayman, shunchaki videoda bizning reaksiyamizdan hammasini tushunib olishingizni xohlayman… Jamoamizga ko’z tegmasin. Biz yutdiiiiik!!! Ilova: orqa fonda Konstaning “Qarang, bu yulduzlar…” degan qo’shig’i qo’yilgan deb tasavvur qilinglar @komp_ling_uz
Open in TelegramHugging Face’da o‘zbek tilining 6 milliard so‘zli korpusi e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Uzbek Language Corpus nomli matnlar to‘plamining birinchi versiyasini Hugging Face’ga joyladi. Korpus o‘zbek tilidagi til modellarini o‘qitish, matnga ishlov beruvchi dasturlar yaratish va lingvistik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan. Korpus raqamlarda: • 5,64 mln hujjat • 6,07 mlrd so‘z • 52% lotin, 46% kirill, 2% aralash yozuvdagi hujjatlar • 16,3 GB hajmdagi 136 ta Parquet fayli. Matnlar qayerdan olingan? Korpus 10 ta manbani birlashtiradi. Ular orasida Milliy kutubxona, Tahrirchi, O‘zarxiv, ZiyoNET/Ziyouz, Lex.uz, o‘zbekcha Vikipediya, veb-sahifalar va ochiq Telegram kanallari bor. Telegram’dan 1,12 mln post olingan, lekin ular jami so‘zlarning 1,6% ini tashkil qiladi. So‘zlar soni bo‘yicha eng katta ulush Milliy kutubxona materiallariga to‘g‘ri keladi (30,1%). Tilshunoslar va NLP mutaxassislari uchun Matn bilan birga uning manbasi, mavzusi, uslubi, yozuvi va so‘zlar soni ham berilgan. Bu, masalan, adabiy va rasmiy matnlardagi so‘z qo‘llanishini qiyoslash yoki o‘zbekcha til modelini o‘qitish uchun kerakli matnlarni saralash imkonini beradi. Mavzu va uslub teglari avtomatik qo‘yilgan, skanerlardan olingan ayrim matnlarda esa OCR xatolari uchrashi mumkin. 🔗 Korpus sahifasi · Matn namunalarini ko‘rish #RaqamliLingvistika #OzbekTili #Korpus #NLP
Open in TelegramInnoweek.uz tadbiriga kelishni qattiq tavsiya qilaman. Bir dunyo ilmiy-amaliy ishlar, loyihalar, yuzlab yosh iste’dodlarni ko’rib hech bo’lmasa ilhomlanib ketasiz. O’zbekistonda hech nima qilinmayapti, deb salbiy kayfiyatda yuradiganlarga manzilni to’g’ri beraveringlar. Tadbir 27-29 oktyabr kunlari CAEx ko’rgazmalar zalida bo’lib o’tmoqda.
Open in TelegramBu post amaldagi alifbo asosida yozilmoqda Yangi o‘zbek alifbosi: nimaga roziman-u, nimaga savollarim bor? Ha, 21-oktaybr — o‘zbek tiliga rasmiy til maqomi berilgan kuni yangi alifboga o‘tishimiz to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kirishi belgilangan. Hozircha o‘zimiz bilgan alifbo amalda ishlab turadi. Oxirgi kunlarda yangi alifbo atrofida ancha bahs ketmoqda. Kimdir islohotni to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti, kimdir esa hamma narsani boshidan o‘zgartirishga qarshi. Menimcha, masalaga biroz boshqacharoq qarash kerak: har bir o‘zgarishni alohida ilmiy-amaliy baholash lozim. Shuning uchun mutaxassis sifatida vaziyatimiz bo'yicha xolis tahlilni taqdim etmoqchiman. 1. O‘ va G‘ → Ö va Ğ Bu o‘zgarish aslida mantiqli, uni tushunaman va qo‘llab-quvvatlayman. Hozirgi yozuvimizda o‘ va g‘ uchun ishlatiladigan belgi turli klaviaturalarda turlicha yoziladi: ', ‘, ’, ba’zan esa `. Buning ustiga, tutuq belgisi bilan bu harflarning belgisini farqlashda ham muammolar bor. Natijada bitta so‘z turli ko‘rinishlarda yozilishi mumkin (O'zbekiston va O‘zbekiston bitta so'z emas, masalan). Bu esa matnlarni qidirish, solishtirish, qayta ishlash va NLP tizimlarida normalizatsiya qilishni murakkablashtiradi. Yangi belgilar bu muammoni kamaytirishi mumkin. Tokenizatsiya nuqtayi nazaridan ham ayrim yozuv shakllarini soddalashtirish foydali ekanligini Qilichbek aka amaliy tahlil bilan isbotlab beribdilar, garchi aniq natija model va tokenizerga bog‘liq bo‘lsa ham. 2. Sh va Ch → Ş va Ç Bu qismida esa menda savollar ko‘proq. Albatta, sh va ch o‘rniga bittadan harf ishlatishning mantiqi bor: harf birikmalari o‘rniga alohida grafemalar paydo bo‘ladi. Kompyuter lingvistikasi bilan shug‘ullangan odam sifatida sh va ch bilan bog‘liq ayrim tokenizatsiya muammolariga shaxsan duch kelganman. Ba’zan so‘zlarni qismlarga ajratishda kutilmagan, ma’nosiz ko‘rinadigan segmentlar paydo bo‘ladi. Lekin bugungi kunda LLMlar ancha rivojlandi. Shuning uchun bu muammoni hal qilish uchun butun yozuv tizimini o‘zgartirish qanchalik zarur edi? Buning foydasi amaliy tadqiqotlar bilan ko‘rsatilishi kerak, deb o‘ylayman. Bu islohotga qarshi chiqish emas, balki savolga javob topish tadqiqotchi sifatida kaminaga qiziqligidan o'rtaga tashlandi. 3. Xorijiy so‘zlar va transliteratsiya masalasi Meni eng ko‘p o‘ylantirayotgan masalalardan biri shu. Masalan, yangi harflarni joriy qilganimizdan keyin xorijiy nomlarni qanday yozamiz? ChatGPT Chevrolet Chanel Chrome Chatbot Charles Dickens Sherlock Holmes Shakira Shell Shopify Shazam Bularning barchasi boshqa tillarda shakllangan nomlar yoki atamalar. Ularning asl yozilishi xalqaro miqyosda tanilgan. Agar ch va sh ni har qanday matnda avtomatik ravishda ç va ş ga almashtirsak, ChatGPT → ÇatGPT, Shakespeare → Şakespeare kabi shakllar paydo bo‘lishi mumkin. Bu shakllar o‘zbek tilining yangi imlosida qanday maqomga ega bo‘lishi kerak? Xorijiy nomlar original yozilishida qoladimi yoki o‘zbek imlosiga moslashtiriladimi? Menimcha, bu savollarning javobi yangi alifboga rasman o'tganimizda aniq bo'ladi. Yuqoridagi misollar rasmiy istisnolar ro‘yxati emas, balki qoidalar aniqlashtirilishi zarurligini ko‘rsatadigan misollardir. 4. O‘tish davri Alifbo faqat kitob va hujjatlardagi harflardan iborat emas. U qidiruv tizimlari, elektron lug‘atlar, korpuslar, ASR, OCR, NLP modellari, ta’lim platformalari va boshqa ko‘plab tizimlarga bog‘langan. Eski yozuvdagi millionlab matnlar, yangi yozuvdagi matnlar va aralash shakllar bir muddat yonma-yon yashaydi. Bunda transliteratsiya, qidiruv, matnlarni taqqoslash va ma’lumotlarni birlashtirish masalalari paydo bo‘ladi. Bu muammolarni hal qilish mumkin. Lekin ular uchun aniq standartlar, sifatli konvertorlar va o‘tish rejasi kerak. Alifbo — millionlab odamlar har kuni foydalanadigan tizim. Shuning uchun har bir o‘zgarishning ilmiy asosi, amaliy foydasi va o‘tish mexanizmi aniq bo‘lishi kerak. Tez orada barcha savollarga javob topamiz, degan umiddaman. Nima bo‘lmasin, ona tilimiz — o‘zbek tili o‘lmasligi kerak. @komp_ling_uz
Open in TelegramDöstlarim ta'limga doir yangi startap boşlaşibdi. Loyiha — EXBMBA (exbmba.uz) — onlayn ta'lim platformasi. Ular hozir platforma uçun öz fani va yönalişini yaxşi biladigan, video dars yozişga qiziqişi/mahorati bor talabalar va öqituvçilarni izlaşmoqda. Tayyor video kurslaringiz bölsa yana-da yaxşi. Qonuniy şartnoma asosida hamkorlikda işlaşga taklif qilişmoqda: 1. Agar tayyor videokursingiz bölsa, uni kelişilgan narxda töliq sotib olişlari mumkin. 2. Tayyor kursingizni sotişga yordam berişlari mumkin. Kurs narxini özingiz belgilaysiz, ular esa platforma orqali sotiş va reklama qilişda yordam berişadi. 3. Agar sifatli video kursingiz bölsa, sizga oldindan tölov qilib, kurs sotuvlaridan ham uluş (royalty) berişadi. Hozirça videokursingiz bölmasa ham, muammo emas. Muhimi, öz faningizni yaxşi bilişingiz va uni boşqalarga tuşunarli qilib örgata olişingiz. Kurs yoziş uçun professional studiya kerak bölsa, u tarafdan ham yordam berişga tayyor. Video kursdan taşqari onlayn imtihonlar uçun test yarata oladigan, kuratorlik qila oladigan kadrlar ham kerak. Agar taklif qiziq bölsa, mana bu profilga xabar yozişingiz mumkin. Tengdoşlarimizni qöllab-quuvatlaş uçun heç bölmasa, postni köproq ulaşaylik. @komp_ling_uz
Open in TelegramKanalimiz mazmuniga tegişli emas-u, lekin ulaşsak, boșqalarga ham manfaatli bölar, dedik E’tibor uçun rahmat, IELTS Zone jamoasi ❤️
Open in Telegram#ilmiy_faoliyat qidirib yurgan bo'lsangiz, mana bu jurnalda barcha OAK nashrlari ro'yxati bor. @komp_ling_uz
Open in Telegram