Account
Kompyuter lingvistikasi, dasturlaş va tilşunoslik

Kompyuter lingvistikasi, dasturlaş va tilşunoslik

17.08.2020 Umumiy tilşunoslik va kompyuter lingvistikasiga doir materiallar, ilmiy va şaxsiy kuzatuv xulosalari berib boriladi. https://github.com/mokhiya Fikrlar: https://t.me/mokhiya_thoughts

Username
@komp_ling_uz
Category
Linguistics
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,069
Avg views per post, 7d362−26.4% vs prev 7d
ERR33.89%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 19, 2026502
Nov 20, 2026463
Nov 22, 2026413
Nov 23, 2026337
Nov 24, 2026286

Most viewed this month

  1. 01
    Views592
    Forwards—
    Reactions20
    Comments—
  2. 02
    Views468
    Forwards—
    Reactions6
    Comments—
  3. 03
    Views463
    Forwards—
    Reactions15
    Comments—
  4. 04
    Views447
    Forwards—
    Reactions38
    Comments—

Latest posts

#1037Photo
Views398−7%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#1030Photo
Views463+8%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#1029Video
Views592+39%vs avg
Forwards—
Reactions20
Comments—
#1027Link preview
Views468+10%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#1021Text

Bu post amaldagi alifbo asosida yozilmoqda Yangi o‘zbek alifbosi: nimaga roziman-u, nimaga savollarim bor? Ha, 21-oktaybr — o‘zbek tiliga rasmiy til maqomi berilgan kuni yangi alifboga o‘tishimiz to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kirishi belgilangan. Hozircha o‘zimiz bilgan alifbo amalda ishlab turadi. Oxirgi kunlarda yangi alifbo atrofida ancha bahs ketmoqda. Kimdir islohotni to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti, kimdir esa hamma narsani boshidan o‘zgartirishga qarshi. Menimcha, masalaga biroz boshqacharoq qarash kerak: har bir o‘zgarishni alohida ilmiy-amaliy baholash lozim. Shuning uchun mutaxassis sifatida vaziyatimiz bo'yicha xolis tahlilni taqdim etmoqchiman. 1. O‘ va G‘ → Ö va Ğ Bu o‘zgarish aslida mantiqli, uni tushunaman va qo‘llab-quvvatlayman. Hozirgi yozuvimizda o‘ va g‘ uchun ishlatiladigan belgi turli klaviaturalarda turlicha yoziladi: ', ‘, ’, ba’zan esa `. Buning ustiga, tutuq belgisi bilan bu harflarning belgisini farqlashda ham muammolar bor. Natijada bitta so‘z turli ko‘rinishlarda yozilishi mumkin (O'zbekiston va O‘zbekiston bitta so'z emas, masalan). Bu esa matnlarni qidirish, solishtirish, qayta ishlash va NLP tizimlarida normalizatsiya qilishni murakkablashtiradi. Yangi belgilar bu muammoni kamaytirishi mumkin. Tokenizatsiya nuqtayi nazaridan ham ayrim yozuv shakllarini soddalashtirish foydali ekanligini Qilichbek aka amaliy tahlil bilan isbotlab beribdilar, garchi aniq natija model va tokenizerga bog‘liq bo‘lsa ham. 2. Sh va Ch → Ş va Ç Bu qismida esa menda savollar ko‘proq. Albatta, sh va ch o‘rniga bittadan harf ishlatishning mantiqi bor: harf birikmalari o‘rniga alohida grafemalar paydo bo‘ladi. Kompyuter lingvistikasi bilan shug‘ullangan odam sifatida sh va ch bilan bog‘liq ayrim tokenizatsiya muammolariga shaxsan duch kelganman. Ba’zan so‘zlarni qismlarga ajratishda kutilmagan, ma’nosiz ko‘rinadigan segmentlar paydo bo‘ladi. Lekin bugungi kunda LLMlar ancha rivojlandi. Shuning uchun bu muammoni hal qilish uchun butun yozuv tizimini o‘zgartirish qanchalik zarur edi? Buning foydasi amaliy tadqiqotlar bilan ko‘rsatilishi kerak, deb o‘ylayman. Bu islohotga qarshi chiqish emas, balki savolga javob topish tadqiqotchi sifatida kaminaga qiziqligidan o'rtaga tashlandi. 3. Xorijiy so‘zlar va transliteratsiya masalasi Meni eng ko‘p o‘ylantirayotgan masalalardan biri shu. Masalan, yangi harflarni joriy qilganimizdan keyin xorijiy nomlarni qanday yozamiz? ChatGPT Chevrolet Chanel Chrome Chatbot Charles Dickens Sherlock Holmes Shakira Shell Shopify Shazam Bularning barchasi boshqa tillarda shakllangan nomlar yoki atamalar. Ularning asl yozilishi xalqaro miqyosda tanilgan. Agar ch va sh ni har qanday matnda avtomatik ravishda ç va ş ga almashtirsak, ChatGPT → ÇatGPT, Shakespeare → Şakespeare kabi shakllar paydo bo‘lishi mumkin. Bu shakllar o‘zbek tilining yangi imlosida qanday maqomga ega bo‘lishi kerak? Xorijiy nomlar original yozilishida qoladimi yoki o‘zbek imlosiga moslashtiriladimi? Menimcha, bu savollarning javobi yangi alifboga rasman o'tganimizda aniq bo'ladi. Yuqoridagi misollar rasmiy istisnolar ro‘yxati emas, balki qoidalar aniqlashtirilishi zarurligini ko‘rsatadigan misollardir. 4. O‘tish davri Alifbo faqat kitob va hujjatlardagi harflardan iborat emas. U qidiruv tizimlari, elektron lug‘atlar, korpuslar, ASR, OCR, NLP modellari, ta’lim platformalari va boshqa ko‘plab tizimlarga bog‘langan. Eski yozuvdagi millionlab matnlar, yangi yozuvdagi matnlar va aralash shakllar bir muddat yonma-yon yashaydi. Bunda transliteratsiya, qidiruv, matnlarni taqqoslash va ma’lumotlarni birlashtirish masalalari paydo bo‘ladi. Bu muammolarni hal qilish mumkin. Lekin ular uchun aniq standartlar, sifatli konvertorlar va o‘tish rejasi kerak. Alifbo — millionlab odamlar har kuni foydalanadigan tizim. Shuning uchun har bir o‘zgarishning ilmiy asosi, amaliy foydasi va o‘tish mexanizmi aniq bo‘lishi kerak. Tez orada barcha savollarga javob topamiz, degan umiddaman. Nima bo‘lmasin, ona tilimiz — o‘zbek tili o‘lmasligi kerak. @komp_ling_uz

Open in Telegram
Views1,200+181%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—

All posts

Connections