🛰️ SpaceX kompaniyasiga kosmik sun’iy intellekt ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida bir millionta sun’iy yo‘ldosh uchirishga ruxsat berildi. Starmind sun’iy yo‘ldoshlari kuchli chiplar va quyosh panellari bilan jihozlanadi. Ular ma’lumotlarni Yerga Starlink tarmog‘iga ulangan yuqori tezlikdagi lazerlar orqali uzatadi. Hozirda orbitada jami 17 500 ta sun’iy yo‘ldosh mavjud bo‘lib, shulardan 11 mingtasi SpaceX kompaniyasiga tegishli. Sun’iy intellektga asoslangan yangi sun’iy yo‘ldoshlar tizimini 2033-yilga borib ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in TelegramPosts of KOINOT TILSIMI ℹ️
#konspirologiya 🦎 REPTILOIDLAR: INSONIYAT ORASIDA YASHIRINIB YURGAN BEGONA MAVJUDOTLARMI? Tasavvur qiling: siz har kuni ko‘chada uchratadigan, televizorda ko‘radigan yoki dunyoni boshqarayotgan insonlardan biri aslida odam bo‘lmasa-chi? Balki u inson qiyofasiga kirgan boshqa bir sivilizatsiya vakilidir? Aynan shunday g‘alati taxmin Reptiloidlar gipotezasi deb ataladi. Konspirologik nazariyaga ko‘ra, reptiloidlar — sudralib yuruvchilarga o‘xshash, yuqori intellektga ega va inson qiyofasiga kira oladigan mavjudotlar. Ular haqida quyidagi da'volar mavjud: 🔹 Insonlar orasida ming yillardan beri yashab kelishadi. 🔹 O‘z tashqi ko‘rinishini inson qiyofasiga o‘zgartira olishadi. 🔹 Jahon siyosati, moliya va yirik tashkilotlarga yashirin ta'sir o'tkazishadi. 🔹 Insoniyatdan ancha rivojlangan texnologiyalarga ega. 🔹 Ayrim nazariyalarga ko‘ra, ular boshqa sayyoradan kelgan. Reptiloidlar haqidagi zamonaviy konspirologik qarashlarni britaniyalik yozuvchi David Icke 1990-yillarda keng ommalashtirgan. Uning fikricha, ayrim qudratli sulolalar va siyosiy elitalar orasida inson qiyofasidagi reptiloidlar mavjud. Qizig‘i shundaki, qadimgi xalqlar mifologiyasida ham ilon va inson aralash mavjudotlar uchraydi: • Hind mifologiyasidagi Naga. • Mezoamerika mifologiyasidagi Quetzalcoatl. • Qadimgi Misrning ilon timsolidagi xudolari. • Mesopotamiya afsonalaridagi ilonsimon mavjudotlar. Konspirologlar bularni qadimda insoniyat begona mavjudotlar bilan uchrashganining belgisi sifatida talqin qilishadi. Hozirgi kunga qadar reptiloidlarning Yerda yashayotgani yoki insonlar orasida yashirinib yurganini tasdiqlovchi ishonchli ilmiy dalil topilmagan. Boshqa sayyoralarda aqlli hayot mavjudligi esa hanuz ochiq ilmiy savol bo‘lib qolmoqda. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#qoratuynuk 📹 Qora tuynukga tushib qolganimizda nimani ko'rgan bo'lardik? 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#tumanlik Eskimos tumanligi Mana bizning Quyoshimizni evolyutsion sayohatining oxirida nima kutayotganiga yorqin misol. Ha, bir kun bizning Quyoshimiz o'lib, ortda rang-barang sayyora tumanligini qoldiradi, uni kimdir tashqaridan shunday kuzatishi mumkin. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#oy 🌕 Yevropa Oyda navigatsiya stansiyasini qurmoqchi. NovaMoon — Yevropa kosmik agentligi (ESA) loyihasi bo‘lib, uning doirasida Oy yuzasiga atom soatlari bilan jihozlangan yuqori aniqlikdagi navigatsiya stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu stansiya Oy yuzasida va uning orbitasida ishlayotgan kosmik apparatlarga o‘z joylashuvini 1 metrdan ham yuqori aniqlikda aniqlash imkonini beradi. NovaMoon’ning to‘liq tizimi quyidagi qurilmalarni o‘z ichiga oladi: * Navigatsiya qabul qilgichi. * Hisoblash bloki. * Atom soatlari. * Sinxronizatsiya tizimi. * Lazerli qaytargich. * Radi interferometrik o‘lchov uskunalari. Masofani o‘lchashning to‘rtta usulidan birgalikda foydalanish orqali tayanch stansiyaning joylashuvini bir necha santimetr aniqlikda belgilash mumkin bo‘ladi. Loyihaning asosiy qo‘llanilish hududi — Oyning janubiy qutb mintaqasi bo'lib aynan shu hududda kelajakdagi robotlashtirilgan va inson ishtirokidagi kosmik ekspeditsiyalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha dastlab 2 yil davomida ishlashga mo‘ljallangan, biroq zaruratga qarab uning xizmat muddatini 5 yilgacha uzaytirish mumkin. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#saturn Saturnning eng katta tabiiy yo'ldoshlari 🪨 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#news 🥔 Kartoshka simulatsiya qilingan Oy tuprog‘ida kompost yordamida hosil berdi. Tadqiqotda aralashmaning 30 foizini kompost tashkil etganida, kartoshka o‘simliklari xuddi Yer tuprog‘idagidek rivojlangan. Hosil bo‘lgan kartoshka tuganaklari o‘zining oziqaviy qiymatini saqlab qolgan, tabiiy toksinlar (zaharli moddalar) miqdori esa oshmagan. Agar bu usul Oy bazasida ham samarali ekanligi tasdiqlansa, astronavtlar Yer sayyorasidan oz miqdorda kompost olib borib, keyinchalik uni oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilaridan qayta tayyorlashlari mumkin bo‘ladi. Kelajakda Oyda yashaydigan insonlar o‘zlari yetishtirgan kartoshkani iste’mol qilishlari mumkin! 🌕🥔 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#voyajer "Voyager-1" Yerdan bir yorug‘lik sutkasi masofasini bosib o‘tdi — bu insoniyat ishlab chiqqan obyektlar orasidagi rekord natijadir. U 1977-yilda uchirilgan edi. Dastlab Yupiter va Saturnni tadqiq qilgan zond, keyinchalik geliosferaning tashqi chegaralari sari yo‘l oldi. Hozirda u 25,9 milliard kilometr masofada bo‘lib, unga radiosignal yetib borishi uchun qariyb 24 soat vaqt ketmoqda. Qurilmaning o’zi esa 49 yildan buyon ishlab kelyapti. Uning ortidan "Voyager-2" uchyapti, u 2035-yilning noyabrida Yerdan bir yorug‘lik sutkasi uzoqligiga yetadi. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#fakt Quyosh sistemasi kabi obʼektlar koinotda juda kam uchraydi Bunday xulosaga kelish uchun olimlar bir nechta sayyoralar joylashgan 853 ta yulduz tizimini o‘rganishdi. Astronomlar kosmosda mavjud bo'lgan to'rtta asosiy sayyora tizimlarini aniqladilar: Olimlarning fikricha,sayyora tizimlari kosmosda eng keng tarqalgan tizimlardir. Taxminan bir xil o'lchamdagi bir nechta sayyoralar yulduz atrofida aylanadi va ko'pincha ular Yerga o'xshashdir. Tartibli sayyoralar tizimlari - bu yulduz atrofida undan yaqin masofada joylashgan toshli kichik sayyoralar guruhi va undan keyin kattaroq gaz va muz gigantlari mavjud bo'lgan tizimlar. Olimlarning fikricha, bu sayyoralarning joylashuvi nuqtai nazaridan eng kam uchraydigan tizim turi va Quyosh tizimi bu guruhga kiradi. Tartibsiz sayyora tizimlari - bu, aksincha, katta sayyoralar yulduzga yaqinroq, kichikroqlari esa sezilarli darajada uzoq masofada joylashgan tizimlardir. Aralash sayyora tizimlari - aniq konfiguratsiyaga ega bo'lmagan va buning sababi hali ma'lum bo'lmagan tizimlar. Hozirgi kunda Quyosh sistemamizda 8 ta sayyora mavjudligi ma'lum (Pluton 2006 yildan beri mitti sayyora hisoblanadi). Ammo barcha ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bizning yulduz tizimimizning chekkasida, to'qqizinchi sayyora yashiringan 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#titan Titanda uchadigan robot — hayotning kelib chiqish sirlarini ochish yo‘lida... Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, Yer yuzida hayot qanday paydo bo‘lgan? Olimlar bu savolga javob topish uchun Saturnning eng sirli yo‘ldoshlaridan biri — Titanga yo‘l olishmoqda. NASA Dragonfly deb nomlangan noyob uchuvchi robotni yuborishni rejalashtirgan. Lekin Titan oddiy muz va metandan iborat osmon jismi emas. Uni go‘yo milliardlab yillar avvalgi Yerning muzlatib qo‘yilgan nusxasi deyish mumkin. Olimlarning fikricha, u yerda hayot paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan kimyoviy jarayonlar haqida muhim izlar saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Missiya 2028-yilda boshlanadi. Uchar qurilma Selk krateriga qo'nishi rejalashtirilgan. Uning diametri qariyb 80 kilometr. Taxminlarga ko‘ra, bu hududda qadimda suyuqliklar va murakkab kimyoviy jarayonlar hukm surgan. Dragonfly taxminan avtomobil kattaligidagi, 8 ta parragiga ega uchuvchi robot. U bir joyda turib qolmaydi, balki Titanning turli hududlariga uchib, ularni o‘rganadi. Olimlar bitta katta savolga javob izlashmoqda: Biz koinotdagi hayot mavjud bo‘lgan yagona sayyoramizmi yoki hayot uchun kerakli sharoitlar paydo bo‘lsa, u boshqa joylarda ham vujudga kelaveradimi? Balki Dragonfly bizga hayotning o‘zi qayerdan boshlanganini tushunishga yordam berar... 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#qiziq Kosmosda suv qaynaydimi yoki muzlaydimi? Koinot juda sovuq va suvning muzlash nuqtasidan past haroratda boʻladi.Boshqa tomondan, koinot vakuumdir, shuning uchun bosim past bo'ladi, bu esa suvning qaynashi va bug'lanishiga olib keladi. Ajablanarlisi shundaki, stakandagi suv ham qaynaydi, ham muzlaydi! Darhaqiqat, u avval qaynaydi, keyin esa muzlaydi! 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#qiziq Agar o'zga sayyoraliklar mavjud bo'lsa, nega biz ularni haligacha topmadik? Quyida 3 xil faraz: 1. “Nodir yer” Ushbu nazariyaga koʻra koinotda inson yagona madaniyatli yoki “aqlli mavjudot” ekanligini aytadi.Ayni paytda Yer tirik mavjudotlarga ega bo'lgan yagona dunyodir. 2. “Gerat filtri” Ushbu nazariyaga koʻra uzoq oʻtmishda bu olamda ko‘plab madaniyatli mavjudotlar yashaganligini, ammo hozir ular yo‘q bo‘lib ketganligini,bu koinotdan yo‘q bo‘lib ketadigan oxirgi mavjudotlar esa insonlar ekanligini aytadi. 3. "Fermi paradoksi" Agar olimning paradoksi toʻgʻri bo'lsa, bu ulkan olamda juda ko'p turdagi mavjudotlar va madaniyati mavjudotlar mavjud.Masalan, bizning koinotimiz yoshi 13,7 milliard yilga teng, lekin bizning Yerimiz yoshi 4,5 milliard yilni tashkil qiladi.Bunga koʻra oʻzga sivilizatsiya liklar turli yo'llar bilan Yerga ko'p marta tashrif buyurgan bo'lishi mumkin va ular hali ham u Yerda bo'lishi mumkin, lekin hozirgi texnologiya orqali buni isbotlay olmasligimiz sababli, biz o'zga sayyoraliklarni hali topa olmadik. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram⏳ BIR XONADA IKKI XIL VAQT! EYNSHTEYN HAQ BO‘LGANMI? Tasavvur qiling: siz uyda dars qilyapsiz, onangiz esa xonaning o‘rtasida turibdi. Ikkalangiz bir xonadasiz, bir xil soatga qarayapsiz. Ammo fizikaga ko‘ra, sizlarning vaqtingiz mutlaqo bir xil tezlikda o‘tmayapti! 😳 Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, gravitatsiya vaqtning o'tish tezligiga ta'sir qiladi. Yerga yaqinroq joyda vaqt biroz sekinroq, balandroq joyda esa biroz tezroq o'tadi Masalan: - Siz onangizdan 1 metr pastroqda o'tirsangiz, sizning vaqtingiz juda oz miqdorda sekinroq o'tadi. - Onangizning vaqti esa siznikiga nisbatan biroz tezroq o'tadi. 1 metr balandlik farqi tufayli 24 soatda taxminan 9,4 pikosekund farq yuzaga keladi Bu 0,0000000000094 soniya degani! Eng hayratlanarlisi, olimlar bunday farqlarni o'ta aniq atom soatlari yordamida tajribada ham o'lchashgan Demak, siz bilan onangiz bir xonada o'tirsangiz ham, vaqt sizlar uchun mutlaqo bir xil o'tmaydi 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#qiziq Kosmonavt Al Neyadi Yer va Xalqaro Kosmik Stansiyaning (XKS) noyob manzarasini suratga oldi Sulton Al Neyadi, birinchi arab kosmonavti maqomida kosmosga chiqishni amalga oshirgan va XKSda olti oylik missiyada ishtirok etgan, SpaceX Dragon Endeavour kapsulasi ichidan hayratlanarli videoni suratga oldi. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#elon Kanadaga ketish niyatida boʻlganlar uchun Fransuz tilidan online TCF kurslari mavjud. 7-8 oyda B2 darajaga chiqarib beriladi.Yangi til o'rganmoqchi boʻlganlar uchun ham zoʻr imkoniyat. Murojaat uchun: @NazirovaFarangiz Koinot Tilsimi kanalidan keldim desangiz kurs narxiga chegirma qilib berishadi😉
Open in Telegram#qiziq Tabiiy yo‘ldoshga ega sayyoralarning massasi yo'ldoshining sayyoraga ko'rsatayotgan gravitatsiya kuchi yordamida aniqlanadi. Ammo Merkuriy va Venera kabi tabiiy yo‘ldoshlariga ega bo‘lmagan sayyoralarning massasini aniqlash qiyinroq. Ularning massasi yonidan uchib o‘tuvchi osmon jismlariga ko‘rsatadigan gravitatsion ta’siri orqali o‘lchanadi. 💠 @koinottilsimi
Open in Telegram