🛰️ SpaceX kompaniyasiga kosmik sun’iy intellekt ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida bir millionta sun’iy yo‘ldosh uchirishga ruxsat berildi. Starmind sun’iy yo‘ldoshlari kuchli chiplar va quyosh panellari bilan jihozlanadi. Ular ma’lumotlarni Yerga Starlink tarmog‘iga ulangan yuqori tezlikdagi lazerlar orqali uzatadi. Hozirda orbitada jami 17 500 ta sun’iy yo‘ldosh mavjud bo‘lib, shulardan 11 mingtasi SpaceX kompaniyasiga tegishli. Sun’iy intellektga asoslangan yangi sun’iy yo‘ldoshlar tizimini 2033-yilga borib ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram
KOINOT TILSIMI ℹ️
🤫 Olam sirlarini birgalikda o‘rganamiz 🚀 Koinot sirlaridan ⚛️ Kvant dunyosigacha 🕵♂️ Muallif: @ClCADA3301 Reklama: https://t.me/+danMe-AnmMA3NGEy Instagram: https://instagram.com/koinot_tilsimi
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 15, 2026 | 1,250 |
| Nov 16, 2026 | 1,265 |
| Nov 17, 2026 | 1,360 |
| Nov 18, 2026 | 1,332 |
| Nov 20, 2026 | 1,198 |
| Nov 22, 2026 | 1,200 |
| Nov 23, 2026 | 1,110 |
| Nov 26, 2026 | 724 |
Most viewed this month
- 01Views1.69KForwards—Reactions28Comments—
- 02Views1.39KForwards—Reactions16Comments—
- 03Views1.36KForwards—Reactions16Comments—
- 04Views1.36KForwards—Reactions22Comments—
Latest posts
#konspirologiya 🦎 REPTILOIDLAR: INSONIYAT ORASIDA YASHIRINIB YURGAN BEGONA MAVJUDOTLARMI? Tasavvur qiling: siz har kuni ko‘chada uchratadigan, televizorda ko‘radigan yoki dunyoni boshqarayotgan insonlardan biri aslida odam bo‘lmasa-chi? Balki u inson qiyofasiga kirgan boshqa bir sivilizatsiya vakilidir? Aynan shunday g‘alati taxmin Reptiloidlar gipotezasi deb ataladi. Konspirologik nazariyaga ko‘ra, reptiloidlar — sudralib yuruvchilarga o‘xshash, yuqori intellektga ega va inson qiyofasiga kira oladigan mavjudotlar. Ular haqida quyidagi da'volar mavjud: 🔹 Insonlar orasida ming yillardan beri yashab kelishadi. 🔹 O‘z tashqi ko‘rinishini inson qiyofasiga o‘zgartira olishadi. 🔹 Jahon siyosati, moliya va yirik tashkilotlarga yashirin ta'sir o'tkazishadi. 🔹 Insoniyatdan ancha rivojlangan texnologiyalarga ega. 🔹 Ayrim nazariyalarga ko‘ra, ular boshqa sayyoradan kelgan. Reptiloidlar haqidagi zamonaviy konspirologik qarashlarni britaniyalik yozuvchi David Icke 1990-yillarda keng ommalashtirgan. Uning fikricha, ayrim qudratli sulolalar va siyosiy elitalar orasida inson qiyofasidagi reptiloidlar mavjud. Qizig‘i shundaki, qadimgi xalqlar mifologiyasida ham ilon va inson aralash mavjudotlar uchraydi: • Hind mifologiyasidagi Naga. • Mezoamerika mifologiyasidagi Quetzalcoatl. • Qadimgi Misrning ilon timsolidagi xudolari. • Mesopotamiya afsonalaridagi ilonsimon mavjudotlar. Konspirologlar bularni qadimda insoniyat begona mavjudotlar bilan uchrashganining belgisi sifatida talqin qilishadi. Hozirgi kunga qadar reptiloidlarning Yerda yashayotgani yoki insonlar orasida yashirinib yurganini tasdiqlovchi ishonchli ilmiy dalil topilmagan. Boshqa sayyoralarda aqlli hayot mavjudligi esa hanuz ochiq ilmiy savol bo‘lib qolmoqda. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#qoratuynuk 📹 Qora tuynukga tushib qolganimizda nimani ko'rgan bo'lardik? 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#tumanlik Eskimos tumanligi Mana bizning Quyoshimizni evolyutsion sayohatining oxirida nima kutayotganiga yorqin misol. Ha, bir kun bizning Quyoshimiz o'lib, ortda rang-barang sayyora tumanligini qoldiradi, uni kimdir tashqaridan shunday kuzatishi mumkin. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#oy 🌕 Yevropa Oyda navigatsiya stansiyasini qurmoqchi. NovaMoon — Yevropa kosmik agentligi (ESA) loyihasi bo‘lib, uning doirasida Oy yuzasiga atom soatlari bilan jihozlangan yuqori aniqlikdagi navigatsiya stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu stansiya Oy yuzasida va uning orbitasida ishlayotgan kosmik apparatlarga o‘z joylashuvini 1 metrdan ham yuqori aniqlikda aniqlash imkonini beradi. NovaMoon’ning to‘liq tizimi quyidagi qurilmalarni o‘z ichiga oladi: * Navigatsiya qabul qilgichi. * Hisoblash bloki. * Atom soatlari. * Sinxronizatsiya tizimi. * Lazerli qaytargich. * Radi interferometrik o‘lchov uskunalari. Masofani o‘lchashning to‘rtta usulidan birgalikda foydalanish orqali tayanch stansiyaning joylashuvini bir necha santimetr aniqlikda belgilash mumkin bo‘ladi. Loyihaning asosiy qo‘llanilish hududi — Oyning janubiy qutb mintaqasi bo'lib aynan shu hududda kelajakdagi robotlashtirilgan va inson ishtirokidagi kosmik ekspeditsiyalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha dastlab 2 yil davomida ishlashga mo‘ljallangan, biroq zaruratga qarab uning xizmat muddatini 5 yilgacha uzaytirish mumkin. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#saturn Saturnning eng katta tabiiy yo'ldoshlari 🪨 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#news 🥔 Kartoshka simulatsiya qilingan Oy tuprog‘ida kompost yordamida hosil berdi. Tadqiqotda aralashmaning 30 foizini kompost tashkil etganida, kartoshka o‘simliklari xuddi Yer tuprog‘idagidek rivojlangan. Hosil bo‘lgan kartoshka tuganaklari o‘zining oziqaviy qiymatini saqlab qolgan, tabiiy toksinlar (zaharli moddalar) miqdori esa oshmagan. Agar bu usul Oy bazasida ham samarali ekanligi tasdiqlansa, astronavtlar Yer sayyorasidan oz miqdorda kompost olib borib, keyinchalik uni oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilaridan qayta tayyorlashlari mumkin bo‘ladi. Kelajakda Oyda yashaydigan insonlar o‘zlari yetishtirgan kartoshkani iste’mol qilishlari mumkin! 🌕🥔 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram#voyajer "Voyager-1" Yerdan bir yorug‘lik sutkasi masofasini bosib o‘tdi — bu insoniyat ishlab chiqqan obyektlar orasidagi rekord natijadir. U 1977-yilda uchirilgan edi. Dastlab Yupiter va Saturnni tadqiq qilgan zond, keyinchalik geliosferaning tashqi chegaralari sari yo‘l oldi. Hozirda u 25,9 milliard kilometr masofada bo‘lib, unga radiosignal yetib borishi uchun qariyb 24 soat vaqt ketmoqda. Qurilmaning o’zi esa 49 yildan buyon ishlab kelyapti. Uning ortidan "Voyager-2" uchyapti, u 2035-yilning noyabrida Yerdan bir yorug‘lik sutkasi uzoqligiga yetadi. 💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ DBT.uz - binokl va teleskoplar dökoni
Open in Telegram