Account

Posts of kitobchi

newest first

#704Photo

Bir paytlar bir juft poyabzalni orzu qilgan sahro qizi keyinchalik dunyoning eng mashhur podiumlarida porladi Bu — Varis Diriening hayot hikoyasi. Dunyoga mashhur somalilik supermodel Varis Dirie bolaligida bir juft poyabzali bo‘lishini orzu qilgan. U ko‘chmanchi oilada dunyoga kelgan, har kuni suruv-suruv qo‘ylarni sahroning jaziramasida yalangoyoq boqib ulg‘aygan. Ismi sahro chechagi ma‘nosinini anglatgan Varisning bolaligi oson kechmagan. 13 yoshida otasining do‘sti tomonidan tazyiqqa uchragan Varisni o‘zidan ancha katta erkakka majburan turmushga bermoqchi bo‘lishadi. Bunga rozi bo‘lmagan qiz uyidan qochadi va o‘z taqdirini mustaqil belgilash uchun mashaqqatli yo‘lga otlanadi. Bolaligi oson kechmagan oddiy sahro qizi dunyo podiumlarida porladi. U boshidan kechirgan og‘riqlari sabab ayollarga nisbatan shafqatsiz an’analarga qarshi ovoz ko‘tardi va minglab ayollarning dardini dunyoga yetkazdi. BMTning maxsus elchisi sifatida faoliyat yuritdi. U butun dunyo ayollari uchun kuchli ayol timsoliga aylandi. Ammo Varisning hikoyasi shunchaki muvaffaqiyatga erishgan model haqida emas. Bu — jasorat, erkinlik va o‘z ovozini butun dunyoga eshittira olgan ayolning haqiqiy hayotiy hikoyasi. Real voqealarga asoslangan ushbu asarni ishga borish-kelishda metroda, poyezdda o'qib boshladim. "Sahro qizi" yuragimga o'ynoqilik beradigan asar sifatida mutolaa ro'yhatimdan joy oldi. Varis bilan hayajonlandim, qo'rqdim, hayratlandim, yashadim. Bu kabi "jonli" asarni hali o'qimagan edim... 🔖@kitobxoncha

Open in Telegram
Views225−58%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#699Video
Views629+17%vs avg
Forwards—
Reactions39
Comments—
#698Text

Forwarded from Jalilov. Qaydlar

Hikoya oqqushlar haqida. Lekin asar shunday tuzilganki, birinchi marta oʻqiyotgan (asar yakunini bilmaydigan) oʻquvchi asar insonlardan oilasi haqida deb oʻylaydi. Men, masalan, hikoya mutolaasi paytida odamovi, oʻta kambagʻal sharoitda yashaydigan, boshligʻi (ota) oʻta qattiqqoʻl va onasi oʻta itoatkor bir oilani tasavvur qilgandim. Insonda shunday xususiyat bor: bizning oldingi tajribalarimiz, bilimlarimiz, stereotiplarimiz va ular asosidagi kutuvlarimiz reallikni qanday idrok qilishimizga taʼsir qiladi. Masalan, biron bir ijtimoiy yoki etnik guruh haqida umuman olganda salbiy tasavvurga ega boʻlsak, bu guruhning aʼzosi qilayotgan istalgan xatti-harakatni salbiy qabul qilamiz. Psixologiyada buni appersepsiya deydi. Umuman olganda, inson miyasi muttasil gipotezalar yaratadi (keyin nima boʻlishini bashorat qiladi) va atrof-muhitdagi "kalit"larni shu gipotezaga moslaydi. Bu gipoteza esa bizning bilimlarimiz va oldingi tajribamizga boʻliq. Bu jarayon ilmda prediktiv kodlash deb ataladi. "Qariya" hikoyasida bu qanday ishlaydi? Hikoyada biron joyda insonlar oilasi haqida gap ketayotgani aytilmagan. Hikoya oilani kuzatayotgan roviy tilidan bayon qilinadi. Roviy "oila", "ota-ona", "farzandlar" singari soʻzlarni ishlatishi bilan oʻquvchi (tinglovchi) miyasi insonlar oilasini tasavvur qiladi va keyingi hamma detallarni shu tasavvurga moslashtiradi: odamovi, kambagʻal oila, qattiqqoʻl ota, itoatkor ona, besoʻnaqay oʻgʻil va hokazo. Aslida, hikoyada qushlar haqida gap ketayotganini bildiruvchi yashirin detallar bor, lekin miya yoki ularga eʼtibor bermaydi, yoki ularni ham "insonlar oilasi" degan tasavvurga moslab oladi. Aslida esa hikoyada oqqush oilasi, uning oʻz hududini himoya qilishi - hatto voyaga yetgan farzandidan ham himoya qilishi tasvirlangan. Xullas, har doim ham birinchi tasavvur toʻgʻri boʻlmasligi, bizning oldingi tajribalarimiz reallikni bizga "buzilgan" (distorted) shaklda taqdim qilayotgan boʻlishi mumkin.

Open in Telegram
Views614+14%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#696Text
Views743+38%vs avg
Forwards—
Reactions24
Comments—
#690Text
Views623+16%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#686Photo

Hozir Instagramʼda shu videoga koʻzim tushib qoldi va seskanib ketdim. Gʻazodagi jonli efirda uzatilayotgan genotsid ummonidan bir tomchi bu, xolos. Yozishlaricha, qizaloq atigi 3 yoshda — yongʻin payti onasi uning koʻz oʻngida yonib ketgan... Dostoyevskiy "Aka-uka Karamazovlar"da "Butun dunyo uygʻunligi bitta goʻdakning toʻkkan koʻz yoshiga ham arzimaydi", degan edi. Bugun esa goʻdakning shunchaki koʻz yoshi emas, uning koʻz oʻngida butun boshli olami — onasi, yaqinlari yonib kul boʻlmoqda. Urushlarni boshlaganlar omon qoladi, ammo uning eng ogʻir badalini hech narsadan bexabar goʻdaklar toʻlaydi. Butun dunyo uchun navbatdagi xabar boʻlib koʻringan bu olov — bir goʻdakning yagona tayanchi va koinoti yonib kul boʻlishidir. Tasavvur qiling: qoʻshni uyda kutilmaganda oʻt chiqib, shu holat roʻy berdi. Yuguramiz, dahshatga tushamiz. Ammo yovuzlik odatiylashgan zamonda fojia har kuni, har qadamda va aynan qayerlarda roʻy berishini aniq bilgan holatda ekran ortidan hech narsa qilolmay qarab turish — odamni oʻzidan jirkantiradigan, ojiz va yoqimsiz holat ekan. Sharq donishmandlari insoniyatni bir tana aʼzolariga oʻxshatgan edi: bir aʼzoga tikan kirsa, boshqalarida halovat yoʻqolishi kerak. Biroq boshqa bir burchakda goʻdaklar olovda qovrilayotgan bir paytda bundan bexabar boʻlib, oddiy va mayda narsalar uchun dunyoning bor tashvish-u ilojsizliklari oʻziga yuklangandek siqilib yurgan ey men — qanchalik noshukr va ojizsan, qanchalik gʻaflatdasan?! Inson dardini anglash uchun har doim ham mutolaa shart emas: baʼzi kitoblar jild-jildda, oylab oʻqigach yetkazadigan haqiqat va uygʻonishni ayrim tasvirlar soniyalar ichida ayta olar. Alloh kifoya qilsin! Video: Jurnalist Ali Al-Jafarawi sahifasidan.

Open in Telegram
Views596+11%vs avg
Forwards—
Reactions25
Comments—