Посты канала kitobchi
Bir paytlar bir juft poyabzalni orzu qilgan sahro qizi keyinchalik dunyoning eng mashhur podiumlarida porladi Bu — Varis Diriening hayot hikoyasi. Dunyoga mashhur somalilik supermodel Varis Dirie bolaligida bir juft poyabzali bo‘lishini orzu qilgan. U ko‘chmanchi oilada dunyoga kelgan, har kuni suruv-suruv qo‘ylarni sahroning jaziramasida yalangoyoq boqib ulg‘aygan. Ismi sahro chechagi ma‘nosinini anglatgan Varisning bolaligi oson kechmagan. 13 yoshida otasining do‘sti tomonidan tazyiqqa uchragan Varisni o‘zidan ancha katta erkakka majburan turmushga bermoqchi bo‘lishadi. Bunga rozi bo‘lmagan qiz uyidan qochadi va o‘z taqdirini mustaqil belgilash uchun mashaqqatli yo‘lga otlanadi. Bolaligi oson kechmagan oddiy sahro qizi dunyo podiumlarida porladi. U boshidan kechirgan og‘riqlari sabab ayollarga nisbatan shafqatsiz an’analarga qarshi ovoz ko‘tardi va minglab ayollarning dardini dunyoga yetkazdi. BMTning maxsus elchisi sifatida faoliyat yuritdi. U butun dunyo ayollari uchun kuchli ayol timsoliga aylandi. Ammo Varisning hikoyasi shunchaki muvaffaqiyatga erishgan model haqida emas. Bu — jasorat, erkinlik va o‘z ovozini butun dunyoga eshittira olgan ayolning haqiqiy hayotiy hikoyasi. Real voqealarga asoslangan ushbu asarni ishga borish-kelishda metroda, poyezdda o'qib boshladim. "Sahro qizi" yuragimga o'ynoqilik beradigan asar sifatida mutolaa ro'yhatimdan joy oldi. Varis bilan hayajonlandim, qo'rqdim, hayratlandim, yashadim. Bu kabi "jonli" asarni hali o'qimagan edim... 🔖@kitobxoncha
Открыть в Telegram"Hozir kitob davri oʻtib ketyapti..." Hamid Ismoilov bilan yaxshi suhbat boʻlibdi, tavsiya qilaman: https://youtu.be/TMWnJXv9lEA?si=CtSciAOafR4wDwoe Avvalroq u kishi haqida post yozgan edim. 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramNega barmoqlarimiz ikki yoki to'rt emas, aynan uch bo'g'imli qilib yaratilgan? Nima uchun ko'z yoshimiz chuchuk emas, aynan sho'r? Hech o'ylab ko'rganmisiz? 🔖@kitobxoncha
Открыть в Telegram▶ Video: "Kichkina shahzoda"ning 80 yildan keyingi "vorisi" Bu kitoblardan biri — savollar bilan qoldiradigan chuqur falsafa. Ikkinchisi — javob bilan quchoqlaydigan sodda haqiqat. Bugun kitob haqidagi ilk video sharhimizni chiqardik. Video to‘liq AI bilan tayyorlangan, qahva ichib, kitob o‘qiyotganimda "yordamchim" o‘zi tayyorlab beribdi :) Ko‘ring, sizga manzur kelsa, xursandmiz! Qaysi birini oʻqigansiz? 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramПереслано из Jalilov. Qaydlar
Hikoya oqqushlar haqida. Lekin asar shunday tuzilganki, birinchi marta oʻqiyotgan (asar yakunini bilmaydigan) oʻquvchi asar insonlardan oilasi haqida deb oʻylaydi. Men, masalan, hikoya mutolaasi paytida odamovi, oʻta kambagʻal sharoitda yashaydigan, boshligʻi (ota) oʻta qattiqqoʻl va onasi oʻta itoatkor bir oilani tasavvur qilgandim. Insonda shunday xususiyat bor: bizning oldingi tajribalarimiz, bilimlarimiz, stereotiplarimiz va ular asosidagi kutuvlarimiz reallikni qanday idrok qilishimizga taʼsir qiladi. Masalan, biron bir ijtimoiy yoki etnik guruh haqida umuman olganda salbiy tasavvurga ega boʻlsak, bu guruhning aʼzosi qilayotgan istalgan xatti-harakatni salbiy qabul qilamiz. Psixologiyada buni appersepsiya deydi. Umuman olganda, inson miyasi muttasil gipotezalar yaratadi (keyin nima boʻlishini bashorat qiladi) va atrof-muhitdagi "kalit"larni shu gipotezaga moslaydi. Bu gipoteza esa bizning bilimlarimiz va oldingi tajribamizga boʻliq. Bu jarayon ilmda prediktiv kodlash deb ataladi. "Qariya" hikoyasida bu qanday ishlaydi? Hikoyada biron joyda insonlar oilasi haqida gap ketayotgani aytilmagan. Hikoya oilani kuzatayotgan roviy tilidan bayon qilinadi. Roviy "oila", "ota-ona", "farzandlar" singari soʻzlarni ishlatishi bilan oʻquvchi (tinglovchi) miyasi insonlar oilasini tasavvur qiladi va keyingi hamma detallarni shu tasavvurga moslashtiradi: odamovi, kambagʻal oila, qattiqqoʻl ota, itoatkor ona, besoʻnaqay oʻgʻil va hokazo. Aslida, hikoyada qushlar haqida gap ketayotganini bildiruvchi yashirin detallar bor, lekin miya yoki ularga eʼtibor bermaydi, yoki ularni ham "insonlar oilasi" degan tasavvurga moslab oladi. Aslida esa hikoyada oqqush oilasi, uning oʻz hududini himoya qilishi - hatto voyaga yetgan farzandidan ham himoya qilishi tasvirlangan. Xullas, har doim ham birinchi tasavvur toʻgʻri boʻlmasligi, bizning oldingi tajribalarimiz reallikni bizga "buzilgan" (distorted) shaklda taqdim qilayotgan boʻlishi mumkin.
Открыть в TelegramQuturgan kuchukni ko‘rgani zamon, Urib haydadilar uni begumon. Odam qutursa-chi, voajab, qarang, Xushomad qilgaylar e’zozlab chunon. Abdulla Oripov 🔖@kitobxoncha
Открыть в Telegram#asardan O'nta negr bolasi bordi tushlik qilgani Biri tiqilib o'ldi, to'qqiz qoldilar bari. To'qqiz negr bolasi miriqib qildi tushlik, Biri uyg'ona olmay, sakkiz qoldilar sho'rlik. Sakkiz negr bolasi yurdilar Devon tomon, Biri ortga qaytmadi, qoldilarku yettovlon. Yetti negr bolasi o'tin yordilar birga, Biri o'zini chopdi, olti qoldi nahorga. Olti negr bolasi asalari boqishdi, Beshta qolishdi so'ngra, birini ari chaqdi. Beshta negr bolasi qozilikni boplashdi, Birini sud qilishgach, nochor to'rtta qolishdi. To'rtta negr bolasi cho'mildilar dengizda, Biri qarmoqqa tushdi, uchovlon qoldi birga. Uchta negr bolasi bordi hayvonot bog'i, Birini ayiq tutdi, ikkisi ekan sog'i. Ikki negr bolasi yotdi jaziramada, Biri kuyib bo'ldi kul, qoldi biri aftoda. So'nggi negr bolasi horg'in atrof qaradi, So'ngra o'zini osdi, keyin hech kim qolmadi. "O'nta negr bolasi", Agata Kristi✍🏼 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramAgar odamlar bir-birining dilini tugal bilsa bormi, er xotinni, xotin erni, ma’shuqa ma’shuqni, ma’shuq ma’shuqani... bo‘g‘ib o‘ldirardi! “Lolazor” romanidan✍️🏻 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramBir narsani tan olay, shu kabi maqolalar haqidagi fikringizga juda-juda qiziqyapman...)) 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramHar bir davrning o‘z odamlari, o‘z latifalari bo‘ladi. "Lolazor" asaridan✍🏼 🔖@kitobxoncha
Открыть в Telegram#toʻgʻrijavob Og'och 1. Daraxt Ko'm-ko'k og'ochlarning qalin shoxida Qanotli kuychilar sayrashda edi. ✍🏼 Mirtemir 2. Yog'och, xoda. Yigit chirik og'ochlar tirqishidan pastga qaradi. ✍🏼 Sa'dulla Siyoyev, "Yorug'lik" 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramПереслано из Ilhom Şarifov | Çoponli aka
Taqiqlangan yoki diniy ma’no-mazmunga koʻra mumkin boʻlmagan kitoblar! Oʻlganni ustiga tepgandek boʻldi. Diniy kitoblar boʻyicha oʻzimizni ehtiyotimizni qilib immunitet hosil qilib boʻlganmiz. Bugun badiiy kitobni olib ketishdi, toʻgʻri birinchi safar ogohlantirish berishdi. Lekin qachongacha kitob doʻkon egasi qiynaladi? Qachon bizga rasmiy roʻyxat beriladi? Qachon nashriyotlarni oʻzida bu masala hal qilinadi? Odamni kitob ishidan sovutvorishyapti. Qani ogʻiz koʻpirib gapirayotgan jamgʻarmanglar, qani kitobxonlik deb jar solib gapiradigan rasmiylar. Nechi yildan beri oddiy kitoblar roʻyxatini shakllantirib bera olmiyapsizlar. Hammasini kechga video qilib chiqmoqchiman.
Открыть в TelegramEng yomoni — maqtovni yoqtirgani, maqtalgan paytida shamday erib tamom bo‘ladiki, taftiga qo‘lini isitib olganlar qancha! “Lolazor” asaridan✍🏼 🔖@kitobxoncha
Открыть в Telegram#miyyanicharxlaymiz 📚 Ona tilimizni qanchalik yaxshi bilamiz? "Ogʻoch" nima? 🥸 Javobingizni izohlarda yozib qoldiring! 👇🏻 🔖@kitobxoncha
Открыть в TelegramHozir Instagramʼda shu videoga koʻzim tushib qoldi va seskanib ketdim. Gʻazodagi jonli efirda uzatilayotgan genotsid ummonidan bir tomchi bu, xolos. Yozishlaricha, qizaloq atigi 3 yoshda — yongʻin payti onasi uning koʻz oʻngida yonib ketgan... Dostoyevskiy "Aka-uka Karamazovlar"da "Butun dunyo uygʻunligi bitta goʻdakning toʻkkan koʻz yoshiga ham arzimaydi", degan edi. Bugun esa goʻdakning shunchaki koʻz yoshi emas, uning koʻz oʻngida butun boshli olami — onasi, yaqinlari yonib kul boʻlmoqda. Urushlarni boshlaganlar omon qoladi, ammo uning eng ogʻir badalini hech narsadan bexabar goʻdaklar toʻlaydi. Butun dunyo uchun navbatdagi xabar boʻlib koʻringan bu olov — bir goʻdakning yagona tayanchi va koinoti yonib kul boʻlishidir. Tasavvur qiling: qoʻshni uyda kutilmaganda oʻt chiqib, shu holat roʻy berdi. Yuguramiz, dahshatga tushamiz. Ammo yovuzlik odatiylashgan zamonda fojia har kuni, har qadamda va aynan qayerlarda roʻy berishini aniq bilgan holatda ekran ortidan hech narsa qilolmay qarab turish — odamni oʻzidan jirkantiradigan, ojiz va yoqimsiz holat ekan. Sharq donishmandlari insoniyatni bir tana aʼzolariga oʻxshatgan edi: bir aʼzoga tikan kirsa, boshqalarida halovat yoʻqolishi kerak. Biroq boshqa bir burchakda goʻdaklar olovda qovrilayotgan bir paytda bundan bexabar boʻlib, oddiy va mayda narsalar uchun dunyoning bor tashvish-u ilojsizliklari oʻziga yuklangandek siqilib yurgan ey men — qanchalik noshukr va ojizsan, qanchalik gʻaflatdasan?! Inson dardini anglash uchun har doim ham mutolaa shart emas: baʼzi kitoblar jild-jildda, oylab oʻqigach yetkazadigan haqiqat va uygʻonishni ayrim tasvirlar soniyalar ichida ayta olar. Alloh kifoya qilsin! Video: Jurnalist Ali Al-Jafarawi sahifasidan.
Открыть в Telegram