Account

Posts of Kitob nuri

newest first

#6299Text
Views3,970−51%vs avg
Forwards—
Reactions111
Comments—
#6294Text
Views8,0700%vs avg
Forwards—
Reactions110
Comments—
#6293Text
Views8,250+3%vs avg
Forwards—
Reactions134
Comments—
#6289Text
Views9,950+24%vs avg
Forwards—
Reactions53
Comments—
#6287Text
Views10,500+31%vs avg
Forwards—
Reactions72
Comments—
#6286Text

🌸Ovqatlanish odoblari Ey, farzand! Ovqatlanishdan oldin ikki qo‘lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak. Dasturxon yerga yozilgan bo‘lsa, o‘ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o‘tiriladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan. Avval «Bismilloh» aytilib, ovqatlanish o‘ng qo‘l bilan boshlanadi. Sahobayi ikromdan ba’zilari so‘rashdi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Bizga ovqatlanish duolarini o‘rgatsangiz». Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat etdilar: «Biz qulmiz, qul kabi odob va arkon bilan ovqatlanishimiz kerak». Dasturxonning hamma tomoniga uzanavermasdan, taomni oldidan, luqmani kichik olish odobdandir. Og‘izda luqma bo‘lsa, gapirmagan yaxshi. Boshqalarning luqmalariga qaramaslik, ko‘ngilni qoldiradigan harakatlar qilmaslik, qahqaha otib kulmaslik, og‘izni chapillatmaslik, burun qoqmaslik kerak. Bular yomon odat va gunohdir. Ovqatlanib bo‘lgach, og‘iz va qo‘llarni yuvish sunnatdir. Bu sog‘liq uchun ham juda foydali. Suv ichayotganda kishi bir nafasda emas, sekin-sekin uch bo‘lib ichish va ichishda, «Bismilloh» aytish kerak. Ichilayotgan suvga tuflamaslik, o‘tirib yoki tiz bukib ichmoq yaxshiroqdir. Suvni terlab turganda va uyqudan uyg‘onar-uyg‘onmas darhol ichish to‘g‘ri emas. Bu avvalo odobga, so‘ng esa sog‘liqqa to‘g‘ri kelmaydi. Farzandning ota-onasiga, ustoziga, er-xotin bir-biriga, shogird va xalifaning ustasi va piriga suv berishida bir zarar yo‘q, aksincha bu odobdir. Duch kelgan, tasodifiy kishidan suv so‘rash to‘g‘ri emas. ©️"Ey, farzand!" kitobidan 📚 @kitob_nuri

Open in Telegram
Views9,200+14%vs avg
Forwards—
Reactions71
Comments—
#6285Text

🌸QISSADAN IBRAT Ibnu Abdilbarr rohimahulloh o‘zining "Bahjatul majolis" nomli kitobida keltiradi: "Uyayna ibn Abu Sufyon aytadi: "Meni otam ziynatlab, chiroyli kiyintirib amakim Utbanikiga uning qiziga sovchi qilib yubordilar. Amakim meni huzurida o‘tirishga taklif qilib dedi: "Marhabo sovchi bo‘lib kelgan yaqinlarning yaqini, suyuklilar suyuklisi! Men seni rad qila olmayman. Albatta sening hojatingni ravo qilaman. Qizimni senga berdim. Sen menga qizimdan ham azizroqsan. Qizim esa qalbimdan sendan ko‘ra nasibaliroq. Uni hurmat qilginki, tilim seni gapirib shirin bo‘lsin. Uni xor qilmaginki, qadring mening oldimda baland bo‘lsin. Sen menga yaqin bo‘lsangda, qizimni senga berib seni yanada o‘zimga yaqin qildim. O‘zingni qalbimdan uzoq qilma!". Allohga qasamki, agar otalarning qalbida qizlarining o‘rni qandayligini bilganingizda yer yuzida biror-bir ayol xorlanmas edi. Kechalari ko‘zlari yoshli ayollar uxlay olmasdan, qalbi singan holatda bedor bo‘lishmas edi. Qizlar ota qalbining hammasi bo‘lishmasa-da, bir parchasidir. Ular qalb suvidan ozuqa olgan nozik nihollardir. Ular kipriklar ila qo‘riqlanadigan zaif qovurg‘alardir. Agar qizlarni turmushga berish hayot qonuni, insoniyat fitrati bo‘lmaganida birorta ota qizini boshqa birovga bermagan bo‘lar edi. Ulardan ayrilish g‘urbat. Ulardan uzoqlashish mashaqqatdir. Ularsiz uy g‘amgindir. Ammo nachora, bu hayot ekanda. Shu bilan hayot to‘g‘ri bo‘ladi. Ba’zan firoqdan o‘zga chora qolmas ekan. Kamon o‘qi kamondan ajralmagunicha nishonga tegmas ekan. Alloh sizga rahm qilsin, ularga yumshoq muomalada bo‘ling. Ular go‘yo asirlar singaridir. Ularni faqatgina muhabbat arqonlari bilangina bog‘lang. Ularni yaxshilik qilish bilan kishanlang. Ularni qaynoq quchoqlaringiz ila zanjirband qiling. Ana shunda o‘zingizga ham ularga ham hayot kengayib ketadi. Eng keng makon quchoqdir, shuni unutmang. Aziz otalar! Voqelik fitratingizni buzmasin. Jamiyatdagi eski odatlar, bo‘lmag‘ur urf-odatlar tufayli qalbingizdagi muhabbat beshiklariga xiyonat qilmang. Qizlar kim ko‘p pul bersa sotib yuborilaveradigan mato emas. Qizlar omonatdir. Bu omonatni dinidan, xulqidan o‘zingiz rozi bo‘lgan, ularni avaylaydigan, saodatli qiladigan yigitlarga ado qiling. Ularni ahlidan olganlar ularga ahl bo‘lishsin. Yo‘qsa qizingizni o‘z huzuringizda qoldirganingiz yaxshi. Siz ularga qilgan qilmishlaringizdan javobgarsiz. Uni qanday joyga berganingizdan so‘ralasiz. Kimga turmushga berganingizdan siz mas’ulsiz! 📚 @kitob_nuri

Open in Telegram
Views8,150+1%vs avg
Forwards—
Reactions67
Comments—
#6280Text
Views10,400+29%vs avg
Forwards—
Reactions142
Comments—