🔽Birov sovchi qo‘yib turgan joyga uning ustidan sovchi qo‘yish haromdir Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z birodarining sovchiligi ustiga, undan oldingi sovchi tark qilmaguncha yoki unga izn bermaguncha sovchi qo‘ymas», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. ✍️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 «Baxtiyor oila» kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramПосты канала Kitob nuri
Shayx hazratlari biror ayolni maqtamoqchi bo‘lsalar, maqtov o‘lchovlari: "U o‘qigan, u ilmli ayol" derdilar. ©️ 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramTa’bi aybjo‘ylik bo‘lsa agar, bas - Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas! ©️Sa’diy Sheroziy 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram"Vafotingizdan soʻngra sizni qanchalik tez unutishlarini bilganingizda, Allohdan boshqasini rozi qilish uchun yashamas edingiz". 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram🔽Muhtaram erlar! Ayolingiz yoqtirmaydigan holatlardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling. Ayolingizning dilini og‘ritadigan, uning g‘azabiga sabab bo‘ladigan mavzularda gap ochmang. Ayolingiz ko‘rishni istamaydigan ishlarni uning huzurida qilmang. 🔽Muhtaram erkaklar! Gʻazablangan vaqtingizda umr yo‘ldoshingiz sizni boshqa suratda ko‘rmasligi uchun qobig‘ingizga o‘ralib olmang. Masalani yanada chigallashtiradigan gaplardan, xunuk javoblardan tiyilingiz. 📖«Oila – saodat maskani» kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramOqila ayol! Oqila ayol turmush o‘rtog‘ini tushunishda o‘zining mas’uliyatini chuqur anglashi kerak. Arzimas narsaga ham g‘azablanaverishi to‘g‘ri emas. Badjahl bo‘lish ayollik latofatiga to‘g‘ri kelmaydi. Hayotda ba’zi ayollar unchalik go‘zal bo‘lmasligi yoki husnuda o‘rtacha bo‘lishi mumkin, ammo u quvnoq bo‘lsa, eri uning chehrasida doim tabassum va ochiqlikni ko‘rsa, shirin so‘z bilan yengil hazil qiladigan bo‘lsa, bunday ayol – erining ko‘zida eng go‘zal ayoldir. Qovog‘idan qor yog‘adigan, hayot tashvishlariyu farzandlar muammosiga botib qolgan ayol esa buning tamoman teskarisidir. U dunyoda eng chiroyli ayol bo‘lsa da, eri buni his qila olmaydi. 📖 «Oila – saodat maskani» kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramAyolning muammosi shundaki, u o‘ziga munosib erkakka, qachonki erkak nomunosib xotinga uchragandan keyin yo‘liqadi. ©️Ayman Yog‘iy 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramEy oqila ayol! Erning g‘azabi kelganda, asablari taranglashganda ba’zi muammolarni gapirsangiz, ularni hal qilish o‘rniga kattalashtirib yuborishingiz mumkin. Suhbat muvaffaqiyatli tugashi uchun munosib vaqtni tanlang. 📖«Oila – saodat maskani» kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramEr vafot etdi. Uning shkafda osiliq turgan kiyimining cho‘ntagiga ayoli sakkiz yilgacha pul solib qo‘yardi...
Открыть в Telegram🌸Birinchi bo’limga kiruvchi odoblar Ey, farzand! Odob bir necha ko‘rinishga ega. Inson avvalo kiyinish odoblarini yaxshi bilmog‘i lozim. Shuningdek eshik ochish, hojatini o‘rinlatish, tozalanib hojatxonadan chiqish, tahorat olib masjidga borish, namoz o‘qish, masjiddan chiqish va uyiga yoki ish joyiga kirish, odamlar bilan uchrashish kabi odoblarga ham rioya etishi kerak. Rajab, sha’bon va ramazon oylariga xos odoblar bilan birga qo‘l, oyoq, til, quloq va tanosil a’zolariga tegishli odoblarni saqlash ham zarur. Qo‘ni-qo‘shni haqlari, muhtojlarning ehtiyojlarini qondirish, bozor-o‘charga borish, qarz olish-berish, olimlarni, oriflarni, murshidlarni ziyorat etish, ularning majlislarida qatnashish odoblari ham bor. Kiyinish, yurish-turish, kimlarga qanday qarash, kimlarga qaramaslik, qanday suhbatlashish, mehmon qabul qilish va mehmon bo‘lish odoblari, taomlanish va taomlantirish odoblari, qir-adirda, tog‘u toshda va istirohat maskanlarida bo‘lish odoblari, safar va musofirlik, xasta zisrati, er-xotin munosabatlariga tegishli odoblarini bilib, ularni saqlash kerak. ©️"Ey, farzand!" kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram🌸Qaysar turmush o‘rtoq bilan muomala qilish yo‘llari: 🟢u bilan bir paytda asabiylashmang, g‘azablanmang; 🟢 so‘zi tugagunicha quloq solib turing; 🟢unga tanlash imkoniyatlarini bering, noma’qul ishi o‘rniga yaxshi takliflar bering; 🟢 kechroq qaror qabul qilsa, uni shoshiltirmang, buning yomon joyi yo‘q; 🟢 uning takliflariga past nazar bilan qaramang; 🟢 siz uchun uning fikri muhim ekanini izhor qiling; 🟢 unga e’tiroz bildirsangiz ham, «Men bu fikrga qo‘shilaman, lekin...» deb gap boshlang; 🟢 bildirayotgan fikrlarini asoslab berishini so‘rang; 🟢 qaysarligini xarakteriga aylantirib yubormang (ya’ni uni qaysarlik qilishga majbur qilavermang, yo‘qsa, bu uning xarakteriga aylanib ketadi). 📖 «Oila – saodat maskani» kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram🌸Ovqatlanish odoblari Ey, farzand! Ovqatlanishdan oldin ikki qo‘lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak. Dasturxon yerga yozilgan bo‘lsa, o‘ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o‘tiriladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan. Avval «Bismilloh» aytilib, ovqatlanish o‘ng qo‘l bilan boshlanadi. Sahobayi ikromdan ba’zilari so‘rashdi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Bizga ovqatlanish duolarini o‘rgatsangiz». Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat etdilar: «Biz qulmiz, qul kabi odob va arkon bilan ovqatlanishimiz kerak». Dasturxonning hamma tomoniga uzanavermasdan, taomni oldidan, luqmani kichik olish odobdandir. Og‘izda luqma bo‘lsa, gapirmagan yaxshi. Boshqalarning luqmalariga qaramaslik, ko‘ngilni qoldiradigan harakatlar qilmaslik, qahqaha otib kulmaslik, og‘izni chapillatmaslik, burun qoqmaslik kerak. Bular yomon odat va gunohdir. Ovqatlanib bo‘lgach, og‘iz va qo‘llarni yuvish sunnatdir. Bu sog‘liq uchun ham juda foydali. Suv ichayotganda kishi bir nafasda emas, sekin-sekin uch bo‘lib ichish va ichishda, «Bismilloh» aytish kerak. Ichilayotgan suvga tuflamaslik, o‘tirib yoki tiz bukib ichmoq yaxshiroqdir. Suvni terlab turganda va uyqudan uyg‘onar-uyg‘onmas darhol ichish to‘g‘ri emas. Bu avvalo odobga, so‘ng esa sog‘liqqa to‘g‘ri kelmaydi. Farzandning ota-onasiga, ustoziga, er-xotin bir-biriga, shogird va xalifaning ustasi va piriga suv berishida bir zarar yo‘q, aksincha bu odobdir. Duch kelgan, tasodifiy kishidan suv so‘rash to‘g‘ri emas. ©️"Ey, farzand!" kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram🌸QISSADAN IBRAT Ibnu Abdilbarr rohimahulloh o‘zining "Bahjatul majolis" nomli kitobida keltiradi: "Uyayna ibn Abu Sufyon aytadi: "Meni otam ziynatlab, chiroyli kiyintirib amakim Utbanikiga uning qiziga sovchi qilib yubordilar. Amakim meni huzurida o‘tirishga taklif qilib dedi: "Marhabo sovchi bo‘lib kelgan yaqinlarning yaqini, suyuklilar suyuklisi! Men seni rad qila olmayman. Albatta sening hojatingni ravo qilaman. Qizimni senga berdim. Sen menga qizimdan ham azizroqsan. Qizim esa qalbimdan sendan ko‘ra nasibaliroq. Uni hurmat qilginki, tilim seni gapirib shirin bo‘lsin. Uni xor qilmaginki, qadring mening oldimda baland bo‘lsin. Sen menga yaqin bo‘lsangda, qizimni senga berib seni yanada o‘zimga yaqin qildim. O‘zingni qalbimdan uzoq qilma!". Allohga qasamki, agar otalarning qalbida qizlarining o‘rni qandayligini bilganingizda yer yuzida biror-bir ayol xorlanmas edi. Kechalari ko‘zlari yoshli ayollar uxlay olmasdan, qalbi singan holatda bedor bo‘lishmas edi. Qizlar ota qalbining hammasi bo‘lishmasa-da, bir parchasidir. Ular qalb suvidan ozuqa olgan nozik nihollardir. Ular kipriklar ila qo‘riqlanadigan zaif qovurg‘alardir. Agar qizlarni turmushga berish hayot qonuni, insoniyat fitrati bo‘lmaganida birorta ota qizini boshqa birovga bermagan bo‘lar edi. Ulardan ayrilish g‘urbat. Ulardan uzoqlashish mashaqqatdir. Ularsiz uy g‘amgindir. Ammo nachora, bu hayot ekanda. Shu bilan hayot to‘g‘ri bo‘ladi. Ba’zan firoqdan o‘zga chora qolmas ekan. Kamon o‘qi kamondan ajralmagunicha nishonga tegmas ekan. Alloh sizga rahm qilsin, ularga yumshoq muomalada bo‘ling. Ular go‘yo asirlar singaridir. Ularni faqatgina muhabbat arqonlari bilangina bog‘lang. Ularni yaxshilik qilish bilan kishanlang. Ularni qaynoq quchoqlaringiz ila zanjirband qiling. Ana shunda o‘zingizga ham ularga ham hayot kengayib ketadi. Eng keng makon quchoqdir, shuni unutmang. Aziz otalar! Voqelik fitratingizni buzmasin. Jamiyatdagi eski odatlar, bo‘lmag‘ur urf-odatlar tufayli qalbingizdagi muhabbat beshiklariga xiyonat qilmang. Qizlar kim ko‘p pul bersa sotib yuborilaveradigan mato emas. Qizlar omonatdir. Bu omonatni dinidan, xulqidan o‘zingiz rozi bo‘lgan, ularni avaylaydigan, saodatli qiladigan yigitlarga ado qiling. Ularni ahlidan olganlar ularga ahl bo‘lishsin. Yo‘qsa qizingizni o‘z huzuringizda qoldirganingiz yaxshi. Siz ularga qilgan qilmishlaringizdan javobgarsiz. Uni qanday joyga berganingizdan so‘ralasiz. Kimga turmushga berganingizdan siz mas’ulsiz! 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram🌸"Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir: 1. Yaxshi turmush o'rtog'ini tanlay bilmoq. 2. Yaxshi turmush o'rtog'i bo'lmoq". ©️ Jaloliddin Rumiy 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramSatr — bu kuchdir. Odamlar o‘zlari bilmagan narsani barbod qilolmaydilar. 📚 @kitob_nuri
Открыть в TelegramTafakkur Uch kishi hajdan qaytayotib, Ashraf Ali Tahonaviy hazratlarini ziyorat qilmoqchi bo‘lishibdi, avval ular Tahonaviy hazratlarini ko‘rishmagan ekanlar. Uyiga borib kutib o‘tirishsa, hazrat chiqib kelib, ko‘rishib, biriga: - Siz kim bo‘lasiz,- desa, falonchi hoji bo‘laman debdi. Ikkinchisi ham falonchi hoji bo‘laman debdi, uchinchisi ham falonchi hoji bo‘laman. Siz o‘zingiz kim bo‘lasiz desa: - Men Ashraf namozxon bo‘laman, debdi. Shunda mehmonlar "namozxon deganingiz nimasi", deyishibdi. Hazrat esa: - Siz umringizda bir marotaba hajga borib, ismingizga hoji qo‘shib olibsiz, men esa, uzun yillardan buyon har kuni besh mahal namoz o‘qiyman. Nima, haqqim yo‘qmi?! - deb kinoyali javob bergan ekanlar. 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram#mutolaa 🌸Oqila ayol ovozini ko‘tarmaydi, o‘zining gapida qattiq turib olib, baqir-chaqir qilmaydi, eng qiyin vaziyatlarda ham bosiqlikni saqlaydi, oilaviy muammolarini hikmat va matonat bilan hal qiladi. Oqila ayol o‘rni kelganda o‘z his-tuyg‘ularini yashirishga ham o‘zida kuch topa oladi. 📖 «Oila – saodat maskani» kitobidan 📚 @kitob_nuri
Открыть в Telegram