Account

Posts of DARVESHONA

newest first

#4411Photo

UYQU ARALASH Tun. Shamol uyqu bermas, tuyg‘u berar botmon-botmon, uyur-uyur. Namatak o‘y, naqsholma his sharbatidan quyib-quyib tilim qayrar. Bulut kavlab berkinar oy — g‘ampesha, yurakka qon purkak hayrat, tun qushlari hamshisha. Derazani katta ochib dovsh qilaman: daraxtlar, sizni tog‘ chaqirdimi? Zarg‘aldoq chaqirdimi? (Qulog‘imiz tom bitgan!) Sizni gul chaqirdimi? Bir ko‘ngil chaqirdimi? (Qulog‘imiz tom bitgan!) Qorong‘uda pildir-pildir boshchasida palagi, qo‘lchasida malagi kelayotgan bahormi? (Ko‘zimiz shapog‘ bosgan!) Xay, mevasi bozirgon, belab yumshoq huzurga, kim allalar shaharni? (Aqlimizga qurt tushgan!) Uff! Ko‘rpaga burkanib uyqu tashir qo‘zilarni sanayman: bir, yetti, o‘n besh, sakson... Qasdam-qasd yomg‘ir urar oynamga qitmir shamol. (Uyqum qaylarda sarson?) Bahor shamollab qolmasa go‘rga! So‘z — burga, xayol — burga, talar tasavvurim sochini. Ruhim ketar yuz ohanga sochilib: Yelin solgan bo‘g‘oz toklar shingili bilan maqtanar emish, pichilgan qul xojasining dingili bilan maqtanar emish, men sen bilan maqtanayin, kel, uyqu! Gulga kirgan bodomlarni o‘ptiray, sir ko‘pchigan tushlarimga cho‘ktiray, men sen bilan maqtanayin, kel, uyqu! ... Odamlar saharlikka turdi. Asabimga yomg‘ir yog‘ar: shitir-shitir, shitir-shitir. Xo‘rozlar qichqirdi, ko‘ppaklar hurdi, ... shitir-shitir, shitir-shitir. Quchog‘imda to‘lg‘angan bu lo‘lami ilon? Ko‘rpachaga kim bittalab qadagan nina? Suti qochgan kechalarda (g‘alati siylov) ko‘rshapalak suti bilan boqqanmi enam? To‘qson bir, bir yuzi to‘rt, Uyqu tashir qo‘zichoqlar qo‘chqor bo‘ldi, tun! So‘yib bersam daming o‘charmi, shamol? Og‘zinga palov, yomg‘ir! Og‘zinga palov, tuyg‘u! ... G‘ira-shira. Boshida jiyagi, qo‘lida malagi, shilta etagidan suv chakillab kelayotgan bahormi? Yakkam-dukkam barglarila tasdiqlaydi chinorlar. Qizg‘ish osmon, sarg‘ish osmon, shitir-shitir, shitir-shitir... So‘fining azoniga qo‘shilib oqaman... Derazamdan bosh suqib, ming‘irlaydi daraxtlar: seni tong chaqirdimi? Zag‘izg‘on chaqirdimi? (Ux-pish, ux-pish.) Seni nur chaqirdimi? Maysa-mo‘r chaqirdimi? (Ux-pish, ux-pish.) Boshida jelagi, qo‘lida malagi, etagidan suv chakilllab atrofimda aylanar bahor... Jontemir @Jontemir_t

Open in Telegram
Views91−89%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4410Text

Shaxmat. Jahon toji uchun Sindarov vs Gukesh 4-öyinni ham durrang yakunladi. Hali önta öyin bor. Sindarov zör deb dod deyotganlar, Gukesh ham pachoq emas. Milliard aholiga ega millatdan yorib chiqqan geniy! 18 yoshida jahon tojini olgan! Dahshatli darajada strategik öyinchi. Umuman tavakkal yurish qilmaydi. Miya chatoq. Uf, nega haliyam durrang deyotganlar. Ikki daho öynayapti! Hazl emas. Tabiiy durrang köp bölishi. Baribir biz Sindarov yutishini istaymiz. Aqliy öyinlarda ham dunyoni egallash boshlansin. Keyin ilmga ötamiz nasib. Sindarov — fenomen. Avvalam yozgandim. U ikki katta öziga töq oilaning loyihasi. Bir isteʼdod oyoqqa turib ketishi uchun isteʼdodning özi yetmaydi. Katta moddiy qöllov kerak. Buni tushungan ikki oila Sindarovga borini tikkani uchun bugun biz uni jahon toji uchun kurashayotganini körib turibmiz. Agar otasi yo bobosi: bor, non top, molga qara, shaxmat nima berardi deganida... Yaxshi tomoni oilani shunga qurbi yetgan. Keyin davlat qöshildi. Juda köp isteʼdodlar moddiy qöllovsiz yöq bölib ketadi. Zör yozuvchi-shoirlarni bilaman. Mansabdorga aylanib yozmay ketgan. Nega ijodkor sal közga körinsa birdan undan mansabdor yasagilari keb qoladi? Uning ishi, yöli boshqa! Ha, xat-hujjatni yaxshi qiladi. Lekin bu Qaxxor aytmoqchi, katta kuchni ötin yorishga sarflaganday gap. Masalan Sindarovni yaqinda shahmat federatsiyasiga rais qilib qöyishsa tamom. U öynashi kerak. Uning mansabi, ishi — shaxmat! Qachonki öyinni tark etsa, keyin mayli... Biz isteʼdodni hamma tösiq, qiyinchilikdan ötib, bir amallab chöqqiga chiqqanidan keyin maqtashga ixtisoslashib qolganmiz. Aslida unga to ösha yerga chiqqunicha yordam kerak. Keyin shart emas zör ekan deb qarsak chalishimiz. Avvalo oilasi. Kerak bölsa butun uruğ-aymoği birlashib özidan chiqqan isteʼdodga sharoit yaratishi kerak. Ösha butun oilani özi bilan kötarib ketadi vaqti kelib. Tarixgayam muhrlaydi, jahongayam tanitadi. Keyin albatta davlat! Isteʼdod — davlat xazinasi! Sindarov hodisasi atrofida isteʼdodlardan foydalanish, ular orqali vatan mavqeyini dunyo arenasida kötarish va hokazo masalalarni bemalol tahlil qilib berish mumkin. Endi bir shoir yo yozuvchini Nobelga borishi uchun qanchalik katta harakat, harajat qilinishini tasavvur qiling. Ilmchi? Ğaznadan yiliga ilm uchun necha foiz mablağ ajratiladi Özbekistonda? Kim izlab körgan? Sport uchun qancha? Jarimalar köpaysa, hamma öööööö deydi. Lekin katta masalalar haqida hechkim hechnima. Ishoning, jarimalar 50-80 barobar kamaysa ham hechnima özgarmaydi. Eng katta sömma ilmga, ijodga ajratilmas ekan, hechqayerda örnimiz bölmaydi. Sindarov qurolsiz, blagidagi kuchsiz kallasi bilan dunyoni qölga olay deb turibdi! Mana bu haqiqiy jang! Haqiqiy kurash. Endi olimlarimiz, ijodkorlarimiz shunday darajaga chiqsa bormi! Buning uchun bor kuchini hech yöq 60 foizini shunga yönaltirishi kerak davlat.

Open in Telegram
Views128−84%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h42
3 h128
  1. After 1 hour42
  2. Total to date128
#4409Text

Bu yil repperlar yili böldi. Bittada bijillab köpayib chiqdi. Va quvonarlisi hammasining auditoriyasi bor. Endi raqobat boshlanadi. Kamida besh-olti yildan keyin maʼlum böladi kimlar qolib, kimlar yöqolib ketishi. Hammasi yaxshi. Faqat bitlar özimizniki emas. Endi öz musiqamizni yaratishimiz kerak. Öz ohangimizni. Xullas özimizga xos repni yaratib olsak böldi taqlidlardan yorib ötib. Bunga imkoniyat köproq ularda. Sababi xomiy bor. Bugun borganim konsert ham redbul xomiyligida ekan. Zör! Sheʼriyatga bunaqa xomiy chiqishi amrimahol. Demak ularda mablağ bor. Bemalol yangilik qilishi mumkin. Sözda ham, musiqada ham. Xitmeykerlar hammaga bir qultum suvday hazm böladigan matnlarni tanlaydi. Tez esda qolsin, tez ommalashsin uchun. Ammo bu repni rivojlantirmaydi. Biz havas qiladigan jahoniy repperlarni kuzating, matnni qanday tuzadi. Juda murakkab. Inglizcha, ruscha sözlar tiqib tashlash bilangina matn boyib qolmaydi. Muomaladagi chet sözlarni qöllashlari zör. Endi özbekcha söz boyligini ham oshirish kerak. Bits-bum musiqaga emas, sözga ergashsin tinglovchi. Faqat musiqani eshitib sakrayaptimi, unda repperni nima keragi bor? Enersiyani SÖZ beradi chunki. Masalan "Qarz" degan repperni bir-ikkita matni yoqdi. Boshqalarga qaraganda kuchliroq ishlagani aniq. Lekin bu hali hech narsa emas. Rep tarixini yaxshi örganish shart. Qanday paydo bölgan? Nimalar taʼsirida? Maqsadi nima edi? Jamiyatdagi noqulay, noinsoniy muammolarga, qullikka, xullas zulmga qarshi isyon natijasida otilib chiqqan. Tagi borib sheʼriyatga taqaladi baribir. Juda köp repperlar boshida havaskor shoir bölgan. Mukammal sheʼriyatdan sodda, oğzaki nutqqa ötgan shakl — rep. Köcha tili deylik. Köcha tilini ham yuqori darajada körsatish mumkin. Sörlarni ketma-ket aytish, chiroyli qofiyalar na sheʼr na rep böloladi. Orqasida katta isyonkor RUH turmasa! Rep desa hammani xayoliga Shahriyor, Shohruh keladi. Lekin ulardan biz faqat chiroyli, yoqimli matnlar eshitdik xolos. Biror katta muammoga munosabat körmadik. Haqiqiy repga endi kiryapmiz nazarimda. Hozirgi yosh repperlar tölqini shu yölga sal bosh suqyapti. Hechyöq yoshlar ruhiyatiga murojat bor. Keyin man zörman, mandan ötadigan repper yöq, mani replarim unaqa-bunaqa deb qöshiq qilishlari kulgili tuyuladi negadir. Yosh bolani gapiday. Balki buyam boshlanishi bölgani uchun bordir. Vaqt ötib ösib, chuqurlashib ketishar. Baribir qurol — söz! Baland qöyilgan musiqa bilan böshliqni yopib ketaverish öldiradi ijodni. Repper asosan yoshlar hayoti, jamiyat ahvoli, siyosat, ijtimoiy holatimiz, jahoniy darajamiz... dan yaxshigina tanish bölishi kerak. Shunda sözida yuk böladi. U bugunning tili. Bugunning köcha tili. Oğzaki nutqning sözga köchgani. Shu maʼnoda badixagöylik qiladigan baxshilar avlodi desa böladi. U muammoni hal qilmaydi. Özi mansub avlod ruhiyatini sodda shaklda körsatadi. Orzulari, armonlari, istaklari, alami, sevgisi, isyoni... Keyin yengil haypga örganib qolmasdan, matn ustida qattiq ishlash shart. Va qörqmay tajribalar qilish kerak. To bir yölga tushib olmaguncha tinmay tajriba qilaverish kerak. Shunda bir-biridan farq qiladi. Hozir öntasini ketma-ket eshitsang, hammasi bir-biriga öxshaydi. Sababi musiqa deyarli bir xil. Entertendan sotvoladi asosan. Özi yarata boshlasa, birdan özgaradi. Baribir xursandman. Köpaygani, tinglanayotgani va ijodi ketidan mablağ ham kelayotganidan.

Open in Telegram
Views273−66%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h137
3 h206
6 h273
  1. After 1 hour137
  2. After 6 hours273
  3. Total to date273
#4408Video message
Views443−45%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h282
5 h402
7 h443
  1. After 6 hours402
  2. Total to date443
#4407Video message
Views458−43%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h300
5 h417
7 h458
  1. After 6 hours417
  2. Total to date458
#4406Photo
Views548−32%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h304
3 h408
7 h548
  1. After 1 hour304
  2. After 6 hours548
  3. Total to date548
#4405Text
Views594−26%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h410
5 h548
7 h594
  1. After 6 hours548
  2. Total to date594
#4403Photo
Views666−17%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h251
7 h666
  1. After 1 hour251
  2. After 6 hours666
  3. Total to date666
#4402Photo
Views868+8%vs avg
Forwards—
Reactions30
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
9 h476
24 h868
  1. After 24 hours868
  2. Total to date868
#4401Voice message
Views855+6%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
17 h685
27 h855
  1. After 24 hours855
  2. Total to date855
#4400Voice message
Views857+7%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
17 h688
27 h857
  1. After 24 hours857
  2. Total to date857
#4399Voice message
Views870+8%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
17 h699
27 h870
  1. After 24 hours870
  2. Total to date870
#4393Text

Ijod nasrdan boshlangan menda. Öqigan-eshitganlarimni kundalikka yozib borishimdan. Nari borsa beshinchi sinf. Bir hikoyani bus-butun köchirib oldim kitobdan. Faqat bir — tönğizni böriga özgartirib. Öqib berdim bobomga maqtanib. Jilmayib tingladi. Oxirida zör chiqibdi dedi jilmayib. Vah-vah. Bilmadi. Lekin keyin billdim. Bilgan. Uyimizdagi kitoblarni bobom allaqachon öqib chiqqan. Sinishimni istamagan. Xay. Yozaverdim. Nima körsam. Kim bilan urushsam. Kimni sevsam. Qishloqdoshlar yana. Momom: qishloğimizdagilarni yozma, balam. Xapa böladi. Yozgim keladi. Balam, otini özgartir hech bömasa. Mayli. Lekin özi öqisa biladi baribir. Bilmasin. Xay. Hikoyalar. Luqmalar. Maqolalar. Esse... Qissa nihoyat. Mistik. Keyin sheʼrga öralashib qoldim. Avvaldan u bor edi. Zanjirim qölida emasdi. Qanday, qachon berib qöydim? Shundan beri yetaklaydi itday. Bah-bah. Ramz tashlaydi. Sölagim oqib chopaman. Suykalaman oyoğiga. Bermagan tunlari ulib chiqaman. Zanjirni yechib tashladi. Baribir dumim likillab yonidaman. Qizğanchiq. Nasr uzoooqdan jovdiraydi. Kel. Xojam xafa böladi. Endi yozish qiyin. Öqiganing sari qiyin hammasi. Özgacha til kerak. Özgacha. Mayli öqilmasin. "Noyabrga ming laʼnat!" boshlaysan. Ikki qoğoz. Hafsala öladi. Sheʼrga aylanib ketaverar jumlalar. Endi qiyin. Kamiga xojam xafa böladi. Izn ber! Eshitmas. Qarab qöymas hatto. Bah-bah. Likillar dumim. Yozaman. Har tun. Miyamda. Azon öchirib tashlar. Xojam xafa böladi. Xojam... @Jontemir_t

Open in Telegram
Views1,040+29%vs avg
Forwards—
Reactions37
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
50 h984
68 h1,040
  1. Total to date1,040
#4392Text
Views870+8%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
55 h832
67 h870
  1. Total to date870
#4391Text
Views8070%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
55 h760
67 h807
  1. Total to date807
#4388Photo
Views939+17%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#4387Text
Views987+23%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
#4386Text

Boshim — tandir. Aqlim dözaxim degan bir shoir. Boshim — dözax, boshim! Uyoqda soat buyoqda miyam chiqillab halak. Soat — Sizif. Bir xil harakatidan maʼno topadi. Maʼno haqida öylamaydi. Shuning uchun baxtli u! Miyam esa köngli aynib, qayt qilolmay yotgan odamday behuzur. Milliard chumoli — fikrlar katta tezlikda tartibsiz harakatlanişini tasavvur qiling. Va ularning oyoği ostidagi miyadan çiqayotgan buğni. Keyin ikki soatlik konsert rejasi pishdi. Davomidan rahmatli shorimiz dostoniga senariy. Qöshilgani urush. Yolğonga qorişiq hayotimiz. Soatga bölsa baribir. Çiq-çiq-çiq. Boşimni muzlatkiçga solib qöysam. Rostan. Nega boş yeçib qöyiladigan qilib yaratilmagan? Masalan koptokday tepib öynasa bolalar. Mening boşim — mening dözaxim. Teping dözaxni! Bobo, kal boşingizga keçalar çertib yotişingiz şungamidi? Uuuuv! Bobo, sizlikni kötarolmayman. Söz ezar ruhimni. Kuz ezar. Ezar beqönim junun. Xörjin böş. Özim kirib olsammi? Kimning yelkasi böş ilib olsa. Qiyomatgaça. Qatooor tizzalar tasviri. Birin-ketin silashar boşim. Piçoqlang yaxşisi. Varqillab otilib çiqsin fikrlar. Menga kerak emas. Oğir. Gunohi böynimda. Isqirt soat! Qaçongacha belgilaysan hayotim çegarasin? Umrim hisobini oy qilsin. Uuuuv! Ooooğriq. Oooooğriq. Iymon keltir uyquga ey gumroh közim! Dahriyona raqs tushar qoraçiq. Noyabr şakarguftorlik qilar daraxtlar bilan. Ehtirosli hansiraşi eşitilar yafroqlarning. Bazmu Jamşid! Tunning tili boğlangan. Vovullaydi sukunat. Qaylarda sarson köngil? @Jontemir_t

Open in Telegram
Views1,080+34%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—