
DARVESHONA
📝 Shoir JONTEMIR ijodiy kanali
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 23, 2026 | 1,115 |
| Nov 24, 2026 | 987 |
| Nov 25, 2026 | 877 |
| Nov 26, 2026 | 1,066 |
| Nov 27, 2026 | 810 |
| Nov 28, 2026 | 445 |
Most viewed this month
- 01Views1.29KForwards—Reactions34Comments—
- 02Views1.17KForwards—Reactions13Comments—
- 03Views1.13KForwards—Reactions16Comments—
- 04Views1.08KForwards—Reactions22Comments—
Latest posts
UYQU ARALASH Tun. Shamol uyqu bermas, tuyg‘u berar botmon-botmon, uyur-uyur. Namatak o‘y, naqsholma his sharbatidan quyib-quyib tilim qayrar. Bulut kavlab berkinar oy — g‘ampesha, yurakka qon purkak hayrat, tun qushlari hamshisha. Derazani katta ochib dovsh qilaman: daraxtlar, sizni tog‘ chaqirdimi? Zarg‘aldoq chaqirdimi? (Qulog‘imiz tom bitgan!) Sizni gul chaqirdimi? Bir ko‘ngil chaqirdimi? (Qulog‘imiz tom bitgan!) Qorong‘uda pildir-pildir boshchasida palagi, qo‘lchasida malagi kelayotgan bahormi? (Ko‘zimiz shapog‘ bosgan!) Xay, mevasi bozirgon, belab yumshoq huzurga, kim allalar shaharni? (Aqlimizga qurt tushgan!) Uff! Ko‘rpaga burkanib uyqu tashir qo‘zilarni sanayman: bir, yetti, o‘n besh, sakson... Qasdam-qasd yomg‘ir urar oynamga qitmir shamol. (Uyqum qaylarda sarson?) Bahor shamollab qolmasa go‘rga! So‘z — burga, xayol — burga, talar tasavvurim sochini. Ruhim ketar yuz ohanga sochilib: Yelin solgan bo‘g‘oz toklar shingili bilan maqtanar emish, pichilgan qul xojasining dingili bilan maqtanar emish, men sen bilan maqtanayin, kel, uyqu! Gulga kirgan bodomlarni o‘ptiray, sir ko‘pchigan tushlarimga cho‘ktiray, men sen bilan maqtanayin, kel, uyqu! ... Odamlar saharlikka turdi. Asabimga yomg‘ir yog‘ar: shitir-shitir, shitir-shitir. Xo‘rozlar qichqirdi, ko‘ppaklar hurdi, ... shitir-shitir, shitir-shitir. Quchog‘imda to‘lg‘angan bu lo‘lami ilon? Ko‘rpachaga kim bittalab qadagan nina? Suti qochgan kechalarda (g‘alati siylov) ko‘rshapalak suti bilan boqqanmi enam? To‘qson bir, bir yuzi to‘rt, Uyqu tashir qo‘zichoqlar qo‘chqor bo‘ldi, tun! So‘yib bersam daming o‘charmi, shamol? Og‘zinga palov, yomg‘ir! Og‘zinga palov, tuyg‘u! ... G‘ira-shira. Boshida jiyagi, qo‘lida malagi, shilta etagidan suv chakillab kelayotgan bahormi? Yakkam-dukkam barglarila tasdiqlaydi chinorlar. Qizg‘ish osmon, sarg‘ish osmon, shitir-shitir, shitir-shitir... So‘fining azoniga qo‘shilib oqaman... Derazamdan bosh suqib, ming‘irlaydi daraxtlar: seni tong chaqirdimi? Zag‘izg‘on chaqirdimi? (Ux-pish, ux-pish.) Seni nur chaqirdimi? Maysa-mo‘r chaqirdimi? (Ux-pish, ux-pish.) Boshida jelagi, qo‘lida malagi, etagidan suv chakilllab atrofimda aylanar bahor... Jontemir @Jontemir_t
Open in TelegramShaxmat. Jahon toji uchun Sindarov vs Gukesh 4-öyinni ham durrang yakunladi. Hali önta öyin bor. Sindarov zör deb dod deyotganlar, Gukesh ham pachoq emas. Milliard aholiga ega millatdan yorib chiqqan geniy! 18 yoshida jahon tojini olgan! Dahshatli darajada strategik öyinchi. Umuman tavakkal yurish qilmaydi. Miya chatoq. Uf, nega haliyam durrang deyotganlar. Ikki daho öynayapti! Hazl emas. Tabiiy durrang köp bölishi. Baribir biz Sindarov yutishini istaymiz. Aqliy öyinlarda ham dunyoni egallash boshlansin. Keyin ilmga ötamiz nasib. Sindarov — fenomen. Avvalam yozgandim. U ikki katta öziga töq oilaning loyihasi. Bir isteʼdod oyoqqa turib ketishi uchun isteʼdodning özi yetmaydi. Katta moddiy qöllov kerak. Buni tushungan ikki oila Sindarovga borini tikkani uchun bugun biz uni jahon toji uchun kurashayotganini körib turibmiz. Agar otasi yo bobosi: bor, non top, molga qara, shaxmat nima berardi deganida... Yaxshi tomoni oilani shunga qurbi yetgan. Keyin davlat qöshildi. Juda köp isteʼdodlar moddiy qöllovsiz yöq bölib ketadi. Zör yozuvchi-shoirlarni bilaman. Mansabdorga aylanib yozmay ketgan. Nega ijodkor sal közga körinsa birdan undan mansabdor yasagilari keb qoladi? Uning ishi, yöli boshqa! Ha, xat-hujjatni yaxshi qiladi. Lekin bu Qaxxor aytmoqchi, katta kuchni ötin yorishga sarflaganday gap. Masalan Sindarovni yaqinda shahmat federatsiyasiga rais qilib qöyishsa tamom. U öynashi kerak. Uning mansabi, ishi — shaxmat! Qachonki öyinni tark etsa, keyin mayli... Biz isteʼdodni hamma tösiq, qiyinchilikdan ötib, bir amallab chöqqiga chiqqanidan keyin maqtashga ixtisoslashib qolganmiz. Aslida unga to ösha yerga chiqqunicha yordam kerak. Keyin shart emas zör ekan deb qarsak chalishimiz. Avvalo oilasi. Kerak bölsa butun uruğ-aymoği birlashib özidan chiqqan isteʼdodga sharoit yaratishi kerak. Ösha butun oilani özi bilan kötarib ketadi vaqti kelib. Tarixgayam muhrlaydi, jahongayam tanitadi. Keyin albatta davlat! Isteʼdod — davlat xazinasi! Sindarov hodisasi atrofida isteʼdodlardan foydalanish, ular orqali vatan mavqeyini dunyo arenasida kötarish va hokazo masalalarni bemalol tahlil qilib berish mumkin. Endi bir shoir yo yozuvchini Nobelga borishi uchun qanchalik katta harakat, harajat qilinishini tasavvur qiling. Ilmchi? Ğaznadan yiliga ilm uchun necha foiz mablağ ajratiladi Özbekistonda? Kim izlab körgan? Sport uchun qancha? Jarimalar köpaysa, hamma öööööö deydi. Lekin katta masalalar haqida hechkim hechnima. Ishoning, jarimalar 50-80 barobar kamaysa ham hechnima özgarmaydi. Eng katta sömma ilmga, ijodga ajratilmas ekan, hechqayerda örnimiz bölmaydi. Sindarov qurolsiz, blagidagi kuchsiz kallasi bilan dunyoni qölga olay deb turibdi! Mana bu haqiqiy jang! Haqiqiy kurash. Endi olimlarimiz, ijodkorlarimiz shunday darajaga chiqsa bormi! Buning uchun bor kuchini hech yöq 60 foizini shunga yönaltirishi kerak davlat.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 42 |
| 3 h | 128 |
- After 1 hour42
- Total to date128
Bu yil repperlar yili böldi. Bittada bijillab köpayib chiqdi. Va quvonarlisi hammasining auditoriyasi bor. Endi raqobat boshlanadi. Kamida besh-olti yildan keyin maʼlum böladi kimlar qolib, kimlar yöqolib ketishi. Hammasi yaxshi. Faqat bitlar özimizniki emas. Endi öz musiqamizni yaratishimiz kerak. Öz ohangimizni. Xullas özimizga xos repni yaratib olsak böldi taqlidlardan yorib ötib. Bunga imkoniyat köproq ularda. Sababi xomiy bor. Bugun borganim konsert ham redbul xomiyligida ekan. Zör! Sheʼriyatga bunaqa xomiy chiqishi amrimahol. Demak ularda mablağ bor. Bemalol yangilik qilishi mumkin. Sözda ham, musiqada ham. Xitmeykerlar hammaga bir qultum suvday hazm böladigan matnlarni tanlaydi. Tez esda qolsin, tez ommalashsin uchun. Ammo bu repni rivojlantirmaydi. Biz havas qiladigan jahoniy repperlarni kuzating, matnni qanday tuzadi. Juda murakkab. Inglizcha, ruscha sözlar tiqib tashlash bilangina matn boyib qolmaydi. Muomaladagi chet sözlarni qöllashlari zör. Endi özbekcha söz boyligini ham oshirish kerak. Bits-bum musiqaga emas, sözga ergashsin tinglovchi. Faqat musiqani eshitib sakrayaptimi, unda repperni nima keragi bor? Enersiyani SÖZ beradi chunki. Masalan "Qarz" degan repperni bir-ikkita matni yoqdi. Boshqalarga qaraganda kuchliroq ishlagani aniq. Lekin bu hali hech narsa emas. Rep tarixini yaxshi örganish shart. Qanday paydo bölgan? Nimalar taʼsirida? Maqsadi nima edi? Jamiyatdagi noqulay, noinsoniy muammolarga, qullikka, xullas zulmga qarshi isyon natijasida otilib chiqqan. Tagi borib sheʼriyatga taqaladi baribir. Juda köp repperlar boshida havaskor shoir bölgan. Mukammal sheʼriyatdan sodda, oğzaki nutqqa ötgan shakl — rep. Köcha tili deylik. Köcha tilini ham yuqori darajada körsatish mumkin. Sörlarni ketma-ket aytish, chiroyli qofiyalar na sheʼr na rep böloladi. Orqasida katta isyonkor RUH turmasa! Rep desa hammani xayoliga Shahriyor, Shohruh keladi. Lekin ulardan biz faqat chiroyli, yoqimli matnlar eshitdik xolos. Biror katta muammoga munosabat körmadik. Haqiqiy repga endi kiryapmiz nazarimda. Hozirgi yosh repperlar tölqini shu yölga sal bosh suqyapti. Hechyöq yoshlar ruhiyatiga murojat bor. Keyin man zörman, mandan ötadigan repper yöq, mani replarim unaqa-bunaqa deb qöshiq qilishlari kulgili tuyuladi negadir. Yosh bolani gapiday. Balki buyam boshlanishi bölgani uchun bordir. Vaqt ötib ösib, chuqurlashib ketishar. Baribir qurol — söz! Baland qöyilgan musiqa bilan böshliqni yopib ketaverish öldiradi ijodni. Repper asosan yoshlar hayoti, jamiyat ahvoli, siyosat, ijtimoiy holatimiz, jahoniy darajamiz... dan yaxshigina tanish bölishi kerak. Shunda sözida yuk böladi. U bugunning tili. Bugunning köcha tili. Oğzaki nutqning sözga köchgani. Shu maʼnoda badixagöylik qiladigan baxshilar avlodi desa böladi. U muammoni hal qilmaydi. Özi mansub avlod ruhiyatini sodda shaklda körsatadi. Orzulari, armonlari, istaklari, alami, sevgisi, isyoni... Keyin yengil haypga örganib qolmasdan, matn ustida qattiq ishlash shart. Va qörqmay tajribalar qilish kerak. To bir yölga tushib olmaguncha tinmay tajriba qilaverish kerak. Shunda bir-biridan farq qiladi. Hozir öntasini ketma-ket eshitsang, hammasi bir-biriga öxshaydi. Sababi musiqa deyarli bir xil. Entertendan sotvoladi asosan. Özi yarata boshlasa, birdan özgaradi. Baribir xursandman. Köpaygani, tinglanayotgani va ijodi ketidan mablağ ham kelayotganidan.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 137 |
| 3 h | 206 |
| 6 h | 273 |
- After 1 hour137
- After 6 hours273
- Total to date273
Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 282 |
| 5 h | 402 |
| 7 h | 443 |
- After 6 hours402
- Total to date443
Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 300 |
| 5 h | 417 |
| 7 h | 458 |
- After 6 hours417
- Total to date458
Yupanch Kelaman. Ketaman. Kelaman. Ketaman. Yoningda uzoq qolsam kishanga aylanar qo‘llaring, kishanga aylanar Toshkent, kishanga aylanar dunyo. Kelmasam sog‘inaman kishanga aylanguncha qo‘llaring haroratin. Yantoqqa sudrayman arosatda ruhimni. Qoqqan qoziq bo‘lsaydim, yo simyog‘och bo‘lsaydim, qalbingni ezmasdim lo‘lilar ashulasiday. "Mendan uzoqlashma!" iltijoying og‘rig‘ini o‘pib sevaman, betizginlik itlariga yem qismat zulmatiga botib sevaman. Meni ozod ko‘rmoqni istamaysanmi? Dunyoni ozod ko‘rmoqni istamaysanmi? Ehtimol sovrilar ishq kelim-ketim oralig‘ida, ehtimol o‘zing ham sezmasdan bir kun aylanib qolarsan darbadar lo‘lilar ashulasiga, ehtimol (Tangri yorlaqab) kechirilmas gunoh ham qilarman — kishanga loyiq. Hozir esa... Yana kelaman! Jontemir @Jontemir_t
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 304 |
| 3 h | 408 |
| 7 h | 548 |
- After 1 hour304
- After 6 hours548
- Total to date548
Joysning "Uliss" asarini tushunmoqchimisiz? Mana bu videoni köring. Hammasi bir paytda, bir oqimda. Xayol, hayot, harakat. Ichkaridan qaralsa hammasi tushunarli. Tashqaridan qaralsa hechnarsa tushunarsiz. https://www.instagram.com/reel/DdZCrLOMBBy/?avpt=OGQ2ZW9mOTUxdGdw
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 410 |
| 5 h | 548 |
| 7 h | 594 |
- After 6 hours548
- Total to date594
Connections
Similar channels
Bek ALI | ijod@bek_ali_ijodiArt1.24K
She'r sehri@shersehriArt1.09K
Abdurahmon Meshayan@a_meshayanArt3.64K
••••Shahina Usmonova••••@us_ijodkor_qizArt3.06K
Ўлмасбек Самарқандий🇺🇿@samarqandiy77Art3.01K
Namangan teatri@namanganteatriyangiliklariArt2.97K
Абдулла Орипов шеърияти. ✍@abdullaorifijodiArt4.12K
Театр Ильхом@ilkhomtheatreArt4.22K
Mentioned by
Bek ALI | ijod@bek_ali_ijodi1 mentionLatest post
She'r sehri@shersehri1 mentionLatest post