Account

Posts of Javohir Berdiyev | IT

newest first

#3196Photo
Views2,220−31%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
#3182Photo

🚀 Google Gemini 4 Neon'ni taqdim etdi. Argon qayerga ketdi? 🤔️️ Google kecha yangi Gemini 4 Neon modelini chiqardi. Eng qizig‘i, model ayrim testlarda Claude Opus 5.5 va GPT-6.2 Sol’dan ham yuqori natija ko‘rsatmoqda. Bu safar Google faqat modelning aqlliligiga emas, balki murakkab vazifalarni tezroq va arzonroq bajarishga ham e’tibor qaratgan. Nimalar qila oladi? • Katta loyihalarda kod yozish va xatolarni tuzatish • Bir nechta fayl bilan mustaqil ishlash • PDF, Excel, rasm va videolarni tahlil qilish • Murakkab vazifalarni rejalashtirib, AI agent sifatida bajarish • 3D simulyatsiyalar va interaktiv dasturlar yaratish 📊 Benchmark natijalari: Artificial Analysis Intelligence Index: - Gemini 4 Neon — 61 ball - Claude Opus 5.5 — 59 ball - GPT-6.2 Sol — 57 ball Bu testda Neon oldinda, lekin barcha coding testlarida birinchi emas. Eng qiziq yangilik — Orchestrator. Google Antigravity'da Neon murakkab vazifani rejalashtiradi, Hydrogen esa kod yozish kabi ishlarni bajaradi. Ya’ni bir nechta AI model birgalikda ishlay oladi. Model 1 million token kontekstni qo‘llab-quvvatlaydi. API narxi esa 1 million input token uchun $3, output uchun $15. Argon nima bo‘ldi? Argon butunlay yo‘qolgani yo‘q. Google Antigravity'da u hali ham mavjud. Neon esa Carbon asosida yaratilgan yangi, samaraliroq model. Menimcha, AI modellari o‘rtasidagi raqobat endi faqat kim aqlliroq ekanligida emas. Kim katta loyihani tezroq, sifatliroq va arzonroq bajara olishida. Neon'ni hali o‘zim katta loyihada sinab ko‘rmadim. Lekin natijalariga qaraganda, ayniqsa dasturchilar uchun qiziqarli model bo‘lishi mumkin. ✅ @javohir_webdev

Open in Telegram
Views3,090−4%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—