Посты канала Javohir Berdiyev | IT
OpenAI GPT-6.2 modellari uchun limit sarflanishini tezlashtirdi. Kompaniya yangi modellar ishga tushirilganda billing tizimida xatolik yuz berganini aniqladi. Shu sababli GPT-6.2 Astra va Sol modellari tokenlarni odatdagidan kamroq sarflayotgan edi. Xatolik tuzatildi. Endi: - GPT-6.2 Astra limitni 40% tezroq sarflaydi. - GPT-6.2 Sol esa 25% tezroq sarflaydi. Boshqa modellarga bu o‘zgarish ta'sir qilmaydi. Avvalgi foydalanish uchun esa qo‘shimcha haq olinmaydi. Xullas, GPT-6.2 bilan ishlaganda limit tezroq tugashini endi xato tuzatildi endi yanada tezroq tugaydi degani 😁
Открыть в Telegram💀 AI sohasida 2 oy deyarli bir asrdek gap Anthropic'ning Opus 5.5 AI modeli endigina 2 oyga töldi, lekin davri allaqaçon tugadi. Hozirça esa yaşasin Neon. #AIHumor #TechHumor @naxalov
Открыть в Telegramhttps://visionary-kitten-c4e86e.netlify.app/ Claude bilan yaratilgan GTA o'yiniimni yuklab qo'ydim, sinab ko'ring. 😋 O'yin faqat kompyuterda ochiladi. Nimalarni topdingiz va qanday o'zgarishlar qilsa, o'yin yana qiziq bo'lar edi? Fikringizni izohlarga qoldiring.
Открыть в Telegram⚡️ Google hech qanday ogohlantirishlarsiz Argon'ni Neon'ga o'zgartirdi! Gemini 4 modellari endi quyidagicha tartiblangan: - Gemini 4 Helix (Flash-Lite) - Gemini 4 Hydrogen (Flash) - Gemini 4 Neon (Pro) - Gemini 4 Carbon (Ultra) Argon faqat endi antigravity bor. 6 oy yangi model chiqarmagan Google bir oy ichida 5 ta yangi model chiqardi 🤯, Argon, Hydrogen, Carbon, Helix, Neon )
Открыть в Telegram🚀 Google Gemini 4 Neon'ni taqdim etdi. Argon qayerga ketdi? 🤔️️ Google kecha yangi Gemini 4 Neon modelini chiqardi. Eng qizig‘i, model ayrim testlarda Claude Opus 5.5 va GPT-6.2 Sol’dan ham yuqori natija ko‘rsatmoqda. Bu safar Google faqat modelning aqlliligiga emas, balki murakkab vazifalarni tezroq va arzonroq bajarishga ham e’tibor qaratgan. Nimalar qila oladi? • Katta loyihalarda kod yozish va xatolarni tuzatish • Bir nechta fayl bilan mustaqil ishlash • PDF, Excel, rasm va videolarni tahlil qilish • Murakkab vazifalarni rejalashtirib, AI agent sifatida bajarish • 3D simulyatsiyalar va interaktiv dasturlar yaratish 📊 Benchmark natijalari: Artificial Analysis Intelligence Index: - Gemini 4 Neon — 61 ball - Claude Opus 5.5 — 59 ball - GPT-6.2 Sol — 57 ball Bu testda Neon oldinda, lekin barcha coding testlarida birinchi emas. Eng qiziq yangilik — Orchestrator. Google Antigravity'da Neon murakkab vazifani rejalashtiradi, Hydrogen esa kod yozish kabi ishlarni bajaradi. Ya’ni bir nechta AI model birgalikda ishlay oladi. Model 1 million token kontekstni qo‘llab-quvvatlaydi. API narxi esa 1 million input token uchun $3, output uchun $15. Argon nima bo‘ldi? Argon butunlay yo‘qolgani yo‘q. Google Antigravity'da u hali ham mavjud. Neon esa Carbon asosida yaratilgan yangi, samaraliroq model. Menimcha, AI modellari o‘rtasidagi raqobat endi faqat kim aqlliroq ekanligida emas. Kim katta loyihani tezroq, sifatliroq va arzonroq bajara olishida. Neon'ni hali o‘zim katta loyihada sinab ko‘rmadim. Lekin natijalariga qaraganda, ayniqsa dasturchilar uchun qiziqarli model bo‘lishi mumkin. ✅ @javohir_webdev
Открыть в TelegramXakerlar internetni butun dunyoda birdaniga o’chirib qo’yish haqida davolari poydo bo'ldi 17-nov Tosh asriga tayyorlaning 😂
Открыть в Telegram