‼️EPİLEPSIYA BORLIGI UCHUN AJRALMANG Yaqinda bir yosh, aqlli va dono qizga epilepsiya tashxisi qo‘yilganidan so‘ng, turmush o‘rtog‘i: «Men tutqanog‘i bor inson bilan yashamayman», deb undan ajralganini ko‘rdim. Men 35 yillik tajribam davomida bir fikrni aytib kelaman: epilepsiya irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi! Epilepsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan farzandlarda bu kasallik albatta kuzatiladi, degan fikr noto‘g‘ri. 📚 Kitobimda epilepsiya bilan yashagan buyuk va mashhur shaxslar haqida ham yozganman. Ularning hayotiga bir nazar soling! Yana bir muhim jihat: o‘z kuzatuvlarim davomida epilepsiya bilan kasallangan ayollardan tug‘ilgan ko‘plab farzandlarning aqlli, dono va o‘z yoshidan ilgarilab ketganini ko‘rganman. 35 yildan buyon bemorlarni kuzatib kelayotgan mutaxassis sifatida sizlarga murojaatim: ❗️«Sening tutqanog‘ing bor, bolalarimda ham bo‘ladi», deb ajralish haqida o‘ylamang! 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in TelegramPosts of Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali
Vatanimizni, millatimizni va ona tilimizni hurmat qilishimiz shart! Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram‼️ Fibromialgiya: surunkali og‘riqlarga e’tiborli bo‘ling! Bugun men 43 yoshli ayol bemor misolida fibromialgiya haqida gapirmoqchiman. Fibromialgiya — butun tana bo‘ylab, jumladan bo‘yin, yelka, qo‘l-oyoqlar va mushaklarda surunkali og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladigan murakkab holat. ⚕️ Bunday bemorlarni davolashda faqat og‘riq qoldiruvchi dorilarga tayanib qolmaslik kerak. Ayniqsa, yosh shifokorlar va psixiatrlarni dori vositalarini uzoq muddat qo‘llash masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqiraman. Bunday bemorlarga kompleks yondashuv, to‘g‘ri tashxis va individual davolash rejasi zarur. 💡 Neyroirritativ terapiya, jumladan, maxsus trigger nuqtalariga farmakopunktura usulini qo‘llash haqida ham fikr yuritish lozim. Eng muhimi, surunkali og‘riq bilan murojaat qilgan bemorning shikoyatlarini shunchaki og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan bostirish emas, balki uning asl sabablarini aniqlashdir. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🇺🇿O‘zbekistonda klinik psixologiya rivojlanishining yangi bosqichi! Biz umumiy psixologlar negizida klinik psixologlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ydik. Albatta, bunga turli e’tirozlar bo‘ldi: «Qanday qilib umumiy psixologdan klinik psixolog tayyorlash mumkin?» degan savollar yangradi. Men esa bu savolga oddiy javob berdim: Yevropa, AQSh, Kanada, Yaponiya va Koreya tajribasiga qaraylik. Bu masala dunyoda allaqachon o‘z yechimini topgan. Velosipedni qaytadan ixtiro qilish shart emas! 🏥 Klinik psixologlar shifokorlar bilan hamkorlikda nevroz, depressiya va psixosomatik muammolarda bemorlarga psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin. Har bir muammoni faqat dori bilan davolash shart emas. 📚 Shu maqsadda qariyb 500 betlik darslik yaratdik. 6 oylik maxsus kursni tamomlagan ilk klinik psixologlarga diplom topshirdik. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram#jarayon Klinikamizda faoliyat yurituvchi neyropsixolog va klinik psixolog Azizjon Ibodullayev insonning ruhiy holati hamda kognitiv funksiyalarini maxsus testlar yordamida baholash bo‘yicha malakali mutaxassis hisoblanadi. U 🇫🇷 Fransiyada tajriba orttirgan, Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan va magistratura bosqichida tahsil olgan. 📊 Maxsus testlar yordamida quyidagi holatlar baholanadi: ✔️ Xotira va diqqat bilan bog‘liq buzilishlar; ✔️ Altsgeymer kasalligi bilan bog‘liq kognitiv o‘zgarishlar; ✔️ Xavotir, qo‘rquv va vahima darajasi; ✔️ Depressiya, jumladan, yashirin depressiya belgilari; ✔️ Nevrotik va boshqa hissiy buzilishlar. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🧠 XANTINGTON XOREYASI — KAM UCHRAYDIGAN IRSIY KASALLIK 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahridan bizga juda kam uchraydigan kasallikka chalingan bemor murojaat qildi. 📌 Hozirda bemorga Xantington xoreyasi (Huntington's disease) tashxisini qo‘ymoqdamiz. 🔬 Bemorning otasida ham xuddi shunday kasallik kuzatilgan. Bu esa kasallikning irsiy xususiyatini ko‘rsatishi mumkin. 🩺 Asosiy klinik belgilar: ✔️ Beixtiyoriy, ortiqcha harakatlar — giperkinezlar; ✔️ Fikrlash jarayonining sekinlashishi; ✔️ Aqliy faoliyatning pasayishi — demensiya. ❗️Ushbu belgilar birgalikda kuzatilishi va oilaviy xarakterga ega bo‘lishi Xantington xoreyasiga xos klinik ko‘rinishlardan hisoblanadi. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram‼️ Davolash samaradorligini 50–60 foizga oshirish mumkin Men bir guruh yoshlarni 🇫🇷 Fransiyadagi Oliy psixomotor reabilitatsiya institutiga olib borganman. U yerda insult, parkinsonizm, Alsgeymer kasalligi va bolalar serebral falajligi kabi kasalliklarda psixomotor terapiya qo‘llanilishiga guvoh bo‘lganman. 🧠 Ushbu metodning samaradorligi shu qadar yuqoriki, men buni olim va neyropsixolog sifatida katta mas’uliyat bilan ayta olaman. Agar insult, parkinsonizm, Alsgeymer kasalligi, bolalar serebral falajligi, hatto xavotirli-fobik nevrozlar va boshqa patologik nevrologik sindromlarda psixomotor terapiyani keng qo‘llasak, reabilitatsiya hamda davolash samaradorligini hozirgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 50–60 foizga oshirishimiz mumkin. 📊 Bu ko‘rsatkich xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari ekspertlari tomonidan tasdiqlangan. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in TelegramToshkent shahridagi EMU University’da Psixomotor reabilitatsiya oliy institutining (ISRP) Toshkentdagi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda doimiy hamkorimiz — Psixomotor reabilitatsiya oliy instituti (ISRP) bosh direktori janob Jerar Erman ishtirok etdi. Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🏥 Sog‘lom tuman — sog‘lom jamiyat! Men bir fikrni doimo ta’kidlayman: agar malakali shifokor tuman hokimini davolasa, o‘sha tumandagi bemorlar ham tezroq tuzaladi. Bu, albatta, obrazli ma’no kasb etadi. Chunki tuman rahbari nafaqat jismonan, balki ruhan ham sog‘lom, tetik va faol bo‘lishi kerak. Menimcha, har bir rahbarning e’tiborida uchta muhim yo‘nalish bo‘lishi shart: 🇺🇿 Vatan himoyasi; 📚 Ta’lim; 🛌 Sog‘liqni saqlash. Rahbar kunni shifoxona, maktab va bog‘chalar holatini o‘rganishdan boshlashi kerak. Xalq salomatligi uchun toza havo, obod xiyobonlar, sport maydonchalari, yashil hududlar va sifatli oziq-ovqat muhitini yaratish zarur. Men bir ma’ruzamda shunday degan edim: "Shifokor bemorni davolaydi, rahbar esa kasallikning oldini oladi". Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🧠 Neyropsixologik testlar — ruhiyat laboratoriyasi! Klinikamizda neyropsixologik va psixologik testlarni professional darajada o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Bu yo'nalishda yosh, tajribali mutaxassisimiz Azizjon Ibadullayev faoliyat yuritadi. U 🇫🇷Fransiyada tajriba orttirgan, Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan, magistratura bosqichini tugatgan, nevrologiya va klinik psixologiya bo'yicha mutaxassis. Men doimo ta'kidlayman: 🩺 qon tahlili organizmdagi o'zgarishlarni ko'rsatganidek, neyropsixologik testlar ham insonning ruhiy holatini obyektiv baholashga yordam beradi. 📊 Testlar orqali: ✔️ Xotira va diqqat buzilishlari; ✔️ Alsgeymer kasalligi bilan bog'liq kognitiv o'zgarishlar; ✔️Xavotir, qo'rquv va vahima darajasi; ✔️ Depressiya, jumladan yashirin depressiya; ✔️ Nevroz va hissiy buzilishlar aniqlanadi. 📎 Maxsus psixologik testlar yashirin muammolarni ham aniqlashga yordam beradi. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in TelegramForwarded from Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali
Onalar dono boʻladi❗️ Haligacha ilm-fan tagiga yetmagan bir fenomen bor. Bu - Onalar donoligi haqida! Oʻgʻli rektor, vazir, oʻzining sohasi boʻyicha professional, professor, mashhur yozuvchi va kitoblar yozgan. Lekin Onasi oddiy farrosh, oddiy bogʻcha opa... Shunday bo'lsa- da, Onasi dono inson! Qayerdan bu donolik? Bu psixogenetikami yoki ilohiyot?! Ertadan kechgacha kitob oʻqimagan boʻlsa, fan nomzodi yo doktori boʻlmasa. Biroq Ona dono, Ona zukko! Onamning aytganlari doimo toʻgʻri chiqardi. Ona oldindan ko'p narsani bilib-sezib turadi. Men buni koʻp bora guvohi boʻlganman. Onam tushimga kirardi, ertasi kuni telefon qilardilar: “Bolam, bezovta boʻlib chiqdim, ehtiyot boʻlgin”, derdilar. Nimadir voqea roʻy berardi. Uch kun oldin bilib turardilar, Onam va Otam bezovta boʻlib tushimga kiraveradilar, ikki-uch kundan keyin nimadir boʻlardi. Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz
Open in Telegram🧠 Ayol kishi stressni ichiga yutaversa, qanday oqibatlar kelib chiqadi? Ilmiy tadqiqotlarda uzoq davom etgan stressning organizmga ta’siri o‘rganilgan va stress bilan ta’sirlangan ichak sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan. ⚠️ Stressni ichiga yutib yuradigan ayollarda: • Neyrorespirator sindrom — nafas olish qiyinlashishi; • Kardiosenestopatik sindrom — yurak bezovtaligi; • Ta’sirlangan ichak sindromi — ichak faoliyati buzilishi kuzatilishi mumkin. 👩 Ayollar ko‘pincha «uyat bo‘lmasin», «oilada tinchlik bo‘lsin» deb siqilishlarini ichiga yutadi. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in TelegramSinfdoshdan uzilma❗️ 🎓 Sinfdoshlaridan uzoqlashgan odam o‘z bolaligidan uzoqlashgan bo‘ladi. Katta lavozimga erishib, sinfdoshlarini tan olmagan odam aslida o‘z bolaligini tan olmagan bo‘ladi. Men uchun sinfdoshlarim — bolaligimni eslatib turadigan insonlar. Biz matematika sinfida o‘qiganmiz, sakkizinchi sinfdan keyin daryo bo‘yiga chiqib, pul yig‘ib, birga vaqt o‘tkazganmiz. Bugun kimdir professor, kimdir oddiy qishloq ishida. Lekin sinfdoshlar davrasida mansabning ahamiyati yo‘q. «Professor bo‘lsa, o‘ziga! Qani, pulingni cho‘z», degan hazillarning o‘zi bir olam. Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram👨👩👧👦 FARZANDLARIMIZGA VAQT AJRATAYLIK! ⏰ Har kuni atigi 12 daqiqa bo‘lsa ham, telefonni chetga qo‘yib, bolamizni bag‘rimizga bosaylik, dardini tinglaylik, u bilan chin dildan suhbatlashaylik. 💼 Biz esa ko‘pincha tirikchilik, ish va telefon bilan ovora bo‘lamiz. Unutmaylik, farzandlarimiz bizga aynan bugun muhtoj! ❤️ Quyosh oila uchun botadi, tong oila uchun otadi. Vaqtimizni oilamizga ham bag‘ishlaylik! 🏡 Oila mustahkam bo‘lsa — jamiyat mustahkam bo‘ladi! 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in TelegramForwarded from XORAZMLI
"Manga garak amas!" — Fransiyaning faxriy unvonini rad atgan özbek professori! "XORAZMLI" kanalinda hamma kutgan mehmon — professor Zarifboy Ibodullayev! ❓ Bugungi tibbiyot biznesa aylanib qaldimi ? ❓ Nuchun oddiy tozalik xodimini yo qorovulni mensimimiz? ❓ Jurnalistlara söllaşa majbur bölğan haqiqatlar novvilardan iborat adi . Ilm, vijdon, milliy ğurur va ata xotirasi haqqinda yurakka yetib boradiğon gurung . ⏰ Premyera vaqti: 25-oktabr, soat 20:00 da! 🎞 XORAZMLI YouTube kanalida tomosha qiling.
Open in Telegram🌡 Doimiy isitmaga kuchli stress sabab bo‘lishi mumkinmi? Ba’zi bemorlar tana harorati doimo 37,5–38,5 daraja bo‘lishidan shikoyat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ular ishga borib-kelaveradi. Aspirin yoki paratsetamol ichsa ham, isitmasi tushmaydi. 🔴 Bunday holatda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin: 🔹 Bo‘g‘imlarda og‘riq; 🔹 Ishtahaning pasayishi; 🔹 Ko‘p terlash; 🔹 Qo‘rquv, xavotir va vahima. 🧠 Bemor bilan suhbatlashsam, ko‘pincha bu holat kuchli stressdan keyin boshlanganini aniqlayman. Stress tana haroratini boshqaruvchi gipotalamus faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. 💊 Maxsus tekshiruvlar orqali tashxis tasdiqlansa, tegishli davolash belgilanadi va bemor ahvoli yaxshilanadi. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK 🇺🇿 🌿 Qadrli yurtdoshlar Sizlarni Klinik Psixologiya Markazi jamoasi nomidan O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz, tariximiz va qalbimiz ifodasidir. U bizni ajdodlarimiz bilan bog‘laydigan, qadriyatlarimizni avlodlardan avlodlarga yetkazadigan bebaho boyligimizdir. Tilimizni asrash, uning sofligini saqlash, go‘zalligi va boyligini kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir. Zero, ona tiliga bo‘lgan hurmat — Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir 💚 Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz ✨ Ona tilimiz doimo e’zozda, qadri baland, kelajagi porloq bo‘lsin Hurmat bilan, Klinik Psixologiya Markazi jamoasi. 💙🇺🇿 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🩺 Tez-tez ich ketishi yoki qabziyat — asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinmi? Tibbiyotda ta’sirlangan ichak sindromi degan tashxis bor. Bu muammo bilan menga ko‘plab bemorlar murojaat qiladi. 🔹 Tez-tez ich ketishi yoki bir necha kunlab qabziyat; 🔹 Ovqatdan keyin qorinda noqulaylik; 🔹 Og‘izga achchiq ta’m kelishi, ishtaha o‘zgarishi; 🔹 Doimiy hojatxona izlab yurish va xavotirlanish. 🧠 Bunday holatlar ichak va asab tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan aloqador bo‘lishi mumkin. 💊 Bemorning alomatlariga qarab, asab tizimiga ta’sir qiluvchi maxsus dorilardan foydalanamiz. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🍐 Behining qanday foydali xususiyatlari bor? 🍯 Behining o‘rtasini o‘yib, ichiga toza asal solib, mantiqosqonda dimlab iste’mol qilishni ko‘p tavsiya etishadi. 🫁 Dimlangan behi, ayniqsa, doimiy quruq yo‘tal va surunkali bronxitni tez yengishda samara beradi. Shuningdek, behining suyak to‘qimalari, paylar va qon tomirlari uchun ham foydasi katta. 🌿 Men anjir, qovoq va behining foydalilik darajasini bir qatorga qo‘ygan bo‘lardim. ✅ Hozir ayni behi mavsumi! Arzon, sarg‘ayib pishgan behilardan ko‘proq tanovul qilishni tavsiya etaman. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🧠 Fibromialgiya: nega butun tanada og‘riqlar paydo bo‘ladi? ❗️ Fibromialgiya — mushaklar, bo‘g‘imlar va paylarda, tananing deyarli barcha qismlarida og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladigan kasallik. 💊 Uzoq muddat nevroz va depressiyadan aziyat chekayotgan bemorlarda fibromialgiya kuzatilishi mumkin. 💉 Biz bunday holatlarda vegetativ asab tizimi nuqtalariga mikroinyeksion terapiya qo‘llaymiz. Bu usul orqali organizmning o‘zida serotonin, noradrenalin va atsetilxolin ishlab chiqarilishini faollashtirishga yordam beradi. 📌 Fibromialgiya juda injiq va davolash murakkab bo‘lgan og‘riq sindromlaridan biridir. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram