‼️EPİLEPSIYA BORLIGI UCHUN AJRALMANG Yaqinda bir yosh, aqlli va dono qizga epilepsiya tashxisi qo‘yilganidan so‘ng, turmush o‘rtog‘i: «Men tutqanog‘i bor inson bilan yashamayman», deb undan ajralganini ko‘rdim. Men 35 yillik tajribam davomida bir fikrni aytib kelaman: epilepsiya irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi! Epilepsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan farzandlarda bu kasallik albatta kuzatiladi, degan fikr noto‘g‘ri. 📚 Kitobimda epilepsiya bilan yashagan buyuk va mashhur shaxslar haqida ham yozganman. Ularning hayotiga bir nazar soling! Yana bir muhim jihat: o‘z kuzatuvlarim davomida epilepsiya bilan kasallangan ayollardan tug‘ilgan ko‘plab farzandlarning aqlli, dono va o‘z yoshidan ilgarilab ketganini ko‘rganman. 35 yildan buyon bemorlarni kuzatib kelayotgan mutaxassis sifatida sizlarga murojaatim: ❗️«Sening tutqanog‘ing bor, bolalarimda ham bo‘ladi», deb ajralish haqida o‘ylamang! 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram
Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali
Professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi Professor qabuliga yozilish uchun admin @izrmedclinic bilan bogʻlaning
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 31, 2026 | 5,770 |
| Nov 2, 2026 | 4,390 |
| Nov 4, 2026 | 4,970 |
| Nov 6, 2026 | 5,340 |
| Nov 8, 2026 | 4,540 |
| Nov 10, 2026 | 4,160 |
| Nov 12, 2026 | 4,310 |
| Nov 17, 2026 | 3,430 |
| Nov 19, 2026 | 4,390 |
| Nov 23, 2026 | 2,770 |
| Nov 25, 2026 | 2,140 |
| Nov 28, 2026 | 1,520 |
Most viewed this month
- Views5.77KForwards—Reactions69Comments—
- Views5.34KForwards—Reactions50Comments—
- Views4.97KForwards—Reactions46Comments—
- Views4.54KForwards—Reactions39Comments—
Latest posts
Vatanimizni, millatimizni va ona tilimizni hurmat qilishimiz shart! Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram‼️ Fibromialgiya: surunkali og‘riqlarga e’tiborli bo‘ling! Bugun men 43 yoshli ayol bemor misolida fibromialgiya haqida gapirmoqchiman. Fibromialgiya — butun tana bo‘ylab, jumladan bo‘yin, yelka, qo‘l-oyoqlar va mushaklarda surunkali og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladigan murakkab holat. ⚕️ Bunday bemorlarni davolashda faqat og‘riq qoldiruvchi dorilarga tayanib qolmaslik kerak. Ayniqsa, yosh shifokorlar va psixiatrlarni dori vositalarini uzoq muddat qo‘llash masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqiraman. Bunday bemorlarga kompleks yondashuv, to‘g‘ri tashxis va individual davolash rejasi zarur. 💡 Neyroirritativ terapiya, jumladan, maxsus trigger nuqtalariga farmakopunktura usulini qo‘llash haqida ham fikr yuritish lozim. Eng muhimi, surunkali og‘riq bilan murojaat qilgan bemorning shikoyatlarini shunchaki og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan bostirish emas, balki uning asl sabablarini aniqlashdir. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🇺🇿O‘zbekistonda klinik psixologiya rivojlanishining yangi bosqichi! Biz umumiy psixologlar negizida klinik psixologlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ydik. Albatta, bunga turli e’tirozlar bo‘ldi: «Qanday qilib umumiy psixologdan klinik psixolog tayyorlash mumkin?» degan savollar yangradi. Men esa bu savolga oddiy javob berdim: Yevropa, AQSh, Kanada, Yaponiya va Koreya tajribasiga qaraylik. Bu masala dunyoda allaqachon o‘z yechimini topgan. Velosipedni qaytadan ixtiro qilish shart emas! 🏥 Klinik psixologlar shifokorlar bilan hamkorlikda nevroz, depressiya va psixosomatik muammolarda bemorlarga psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin. Har bir muammoni faqat dori bilan davolash shart emas. 📚 Shu maqsadda qariyb 500 betlik darslik yaratdik. 6 oylik maxsus kursni tamomlagan ilk klinik psixologlarga diplom topshirdik. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram#jarayon Klinikamizda faoliyat yurituvchi neyropsixolog va klinik psixolog Azizjon Ibodullayev insonning ruhiy holati hamda kognitiv funksiyalarini maxsus testlar yordamida baholash bo‘yicha malakali mutaxassis hisoblanadi. U 🇫🇷 Fransiyada tajriba orttirgan, Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan va magistratura bosqichida tahsil olgan. 📊 Maxsus testlar yordamida quyidagi holatlar baholanadi: ✔️ Xotira va diqqat bilan bog‘liq buzilishlar; ✔️ Altsgeymer kasalligi bilan bog‘liq kognitiv o‘zgarishlar; ✔️ Xavotir, qo‘rquv va vahima darajasi; ✔️ Depressiya, jumladan, yashirin depressiya belgilari; ✔️ Nevrotik va boshqa hissiy buzilishlar. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🧠 XANTINGTON XOREYASI — KAM UCHRAYDIGAN IRSIY KASALLIK 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahridan bizga juda kam uchraydigan kasallikka chalingan bemor murojaat qildi. 📌 Hozirda bemorga Xantington xoreyasi (Huntington's disease) tashxisini qo‘ymoqdamiz. 🔬 Bemorning otasida ham xuddi shunday kasallik kuzatilgan. Bu esa kasallikning irsiy xususiyatini ko‘rsatishi mumkin. 🩺 Asosiy klinik belgilar: ✔️ Beixtiyoriy, ortiqcha harakatlar — giperkinezlar; ✔️ Fikrlash jarayonining sekinlashishi; ✔️ Aqliy faoliyatning pasayishi — demensiya. ❗️Ushbu belgilar birgalikda kuzatilishi va oilaviy xarakterga ega bo‘lishi Xantington xoreyasiga xos klinik ko‘rinishlardan hisoblanadi. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram‼️ Davolash samaradorligini 50–60 foizga oshirish mumkin Men bir guruh yoshlarni 🇫🇷 Fransiyadagi Oliy psixomotor reabilitatsiya institutiga olib borganman. U yerda insult, parkinsonizm, Alsgeymer kasalligi va bolalar serebral falajligi kabi kasalliklarda psixomotor terapiya qo‘llanilishiga guvoh bo‘lganman. 🧠 Ushbu metodning samaradorligi shu qadar yuqoriki, men buni olim va neyropsixolog sifatida katta mas’uliyat bilan ayta olaman. Agar insult, parkinsonizm, Alsgeymer kasalligi, bolalar serebral falajligi, hatto xavotirli-fobik nevrozlar va boshqa patologik nevrologik sindromlarda psixomotor terapiyani keng qo‘llasak, reabilitatsiya hamda davolash samaradorligini hozirgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 50–60 foizga oshirishimiz mumkin. 📊 Bu ko‘rsatkich xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari ekspertlari tomonidan tasdiqlangan. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in TelegramToshkent shahridagi EMU University’da Psixomotor reabilitatsiya oliy institutining (ISRP) Toshkentdagi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda doimiy hamkorimiz — Psixomotor reabilitatsiya oliy instituti (ISRP) bosh direktori janob Jerar Erman ishtirok etdi. Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🏥 Sog‘lom tuman — sog‘lom jamiyat! Men bir fikrni doimo ta’kidlayman: agar malakali shifokor tuman hokimini davolasa, o‘sha tumandagi bemorlar ham tezroq tuzaladi. Bu, albatta, obrazli ma’no kasb etadi. Chunki tuman rahbari nafaqat jismonan, balki ruhan ham sog‘lom, tetik va faol bo‘lishi kerak. Menimcha, har bir rahbarning e’tiborida uchta muhim yo‘nalish bo‘lishi shart: 🇺🇿 Vatan himoyasi; 📚 Ta’lim; 🛌 Sog‘liqni saqlash. Rahbar kunni shifoxona, maktab va bog‘chalar holatini o‘rganishdan boshlashi kerak. Xalq salomatligi uchun toza havo, obod xiyobonlar, sport maydonchalari, yashil hududlar va sifatli oziq-ovqat muhitini yaratish zarur. Men bir ma’ruzamda shunday degan edim: "Shifokor bemorni davolaydi, rahbar esa kasallikning oldini oladi". Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram🧠 Neyropsixologik testlar — ruhiyat laboratoriyasi! Klinikamizda neyropsixologik va psixologik testlarni professional darajada o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Bu yo'nalishda yosh, tajribali mutaxassisimiz Azizjon Ibadullayev faoliyat yuritadi. U 🇫🇷Fransiyada tajriba orttirgan, Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan, magistratura bosqichini tugatgan, nevrologiya va klinik psixologiya bo'yicha mutaxassis. Men doimo ta'kidlayman: 🩺 qon tahlili organizmdagi o'zgarishlarni ko'rsatganidek, neyropsixologik testlar ham insonning ruhiy holatini obyektiv baholashga yordam beradi. 📊 Testlar orqali: ✔️ Xotira va diqqat buzilishlari; ✔️ Alsgeymer kasalligi bilan bog'liq kognitiv o'zgarishlar; ✔️Xavotir, qo'rquv va vahima darajasi; ✔️ Depressiya, jumladan yashirin depressiya; ✔️ Nevroz va hissiy buzilishlar aniqlanadi. 📎 Maxsus psixologik testlar yashirin muammolarni ham aniqlashga yordam beradi. 📞 90-043-44-99 📞 77-016-58-59 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Open in Telegram