Juda ko'plab sport turlarida professional sportchilarning karyerasini tugatish yoshi o'rtacha 27 yoshdan 32 yoshgacha ekan. Hatto shaxmatchilar ham taxminan shu yoshlardan boshlab karyerasining cho'qqisidan tushishni boshlashadi. Ilm bilan shug'ullanishda esa aynan teskarisi: olimlar taxminan 30-32 yoshlargacha talaba bo'lib yurib, PhDdan keyin ilk mustaqil ilmiy faoliyatni boshlashadi. Shunchaki, qiziq kontrast.
Open in Telegram
Islom Urolov
Research Analyst at IMF Contact: [email protected]
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 13, 2026 | 1,040 |
| Nov 16, 2026 | 1,470 |
| Nov 17, 2026 | 573 |
Most viewed this month
- 01Views1.47KForwards—Reactions24Comments—
- 02Views1.04KForwards—Reactions5Comments—
- 03Views573Forwards—Reactions39Comments—
Latest posts
XVIII asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada birinchi sanoat inqilobi boshlangan. Shu davrda uyda yoki kichik ustaxonada qo‘l mehnati bilan bajarilgan ko‘plab ishlar asta-sekin mashinalar yordamida fabrikalarda bajarila boshlandi. Bu o‘zgarish ayniqsa to‘qimachilikda yaqqol ko‘rindi. Yangi yigiruv mashinalari bir ishchiga bir vaqtning o‘zida bir necha marta ko'proq ip yigirish imkonini berardi. Ya'ni ishlab chiqarish samaradorligi oshdi, ammo uning ta'siri ishchilar uchun bir xil bo‘lmadi. Ayrim ish beruvchilar yangi uskunalar yordamida ilgari ko‘p yillik tajriba talab qilgan ishlarni kamroq malakali va kamroq haq oladigan ishchilarga topshira boshladi. Natijada ko‘p yillar hunar o‘rgangan to‘quvchichilar ishidan ayrilish yoki pasaytirilgan haq evaziga ishlash xavfiga duch keldi. Ustiga ustak kelgan 1811-1812-yillardagi iqtisodiy tanglik bu bosimni yanada kuchaytirdi. Oqibatda, ishchi guruhlarning noroziligi ortadi. 1811-yilda Nottingemshirda ishchilar ish haqining pasaytirilishiga va malakali mehnatni siqib chiqarayotgan yangi ishlab chiqarish usullariga qarshi chiqadi. Ular arizalar yozishadi, namoyishlar uyushtirishadi va hatto ish beruvchilarning to‘quv dastgohlarini sindirishadi. Namoyishchilar o'zlarini Ned Ludd izdoshlari, ya'ni ludditlar deb nomlashadi. Ludditlar qo‘zg‘oloni hukumat tomonidan kuch bilan bostiriladi, ishlab chiqarishdagi mexanizatsiya esa davom etadi. O'sha davrda, 1755-yildan 1802-yilgacha jismoniy mehnat bilan shug'ullangan ishchilarning real daromadlari deyarli ikki baravarga kamayadi. Real daromadlar 1820-yilga kelibgina, ya'ni 65 yildan so'ng 1755-yil darajasiga qaytadi. U paytlarning muammosi inson kapitalining sohalar orasidagi mobilligi juda qiyinligida va bunga katta vaqt talab qilishida bo'lgan. Bugungi kunda esa bu mobillik bir necha o'n baravar tezroq va osonroq. Ya'ni menimcha, sun'iy intellekt inqilobi natijasida ish yo'qadiganlar aynan shu sun'iy intellekt yordamida boshqa sohalardan ish topib ketishi imkoniyati ancha yuqori. Ularning real daromadlari ham avvalgi darajaga chiqishi uchun (agar tushgan bo'lsa) 65 yildan ancha kam vaqt ketsa kerak. Inqilobiy yangiliklar doimo o'zgarishga uchrayotgan soha ishchilari mehnatiga qisqa muddatda tahdid tug'dirib kelgan. Lekin uzoq muddatda esa insoniyat tamadduni hamisha bundan yutgan va rivojlanishning yangi darajasiga chiqqan.
Open in TelegramForwarded from Заметки Профессора К
Академическая карьера в Штатах: PhD - учишься делать науку. Postdoc - делаешь науку почти самостоятельно. Assistant Professor - создаёшь свою группу, привлекаешь гранты, руководишь группой. Через 5-7 лет проходишь главный экзамен - tenure. Associate Professor - получил tenure: постоянную позицию и больше академической свободы. Professor (Full Professor) - следующая ступень. Обычно означает сильное научное влияние и лидерство. На каждом этапе меняется работа.
Open in TelegramMen Afrikadagi Sao Tome and Principe (STP) davlati bo'yicha ishlayman. STP Afrika g'arbidagi juda kichik orol davlat. Iqtisodiyoti turizmga juda bog'langan. STPga turistlar oqimi bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilib turib, bir qiziq ma'lumotga ko'zim tushib qoldi. O'zbekistondan STPga so'nggi 10 yildan oshiq vaqt ichida bor yo'gi 5 kishi tashrif buyurgan ekan.
Open in TelegramForwarded from Ko’rinmas Qo’l
O’zbekistonning iqtisodiy o’sishi juda qimmat 2025-yildagi O’zbekistonning real YaIM o’sishi 7.7%ni tashkil qildi. Mintaqada bundan yaxshi natija misollari kam. Lekin bu o'sish bizga arzon kelmadi. Muhim savol: bir foiz o’sish uchun biz YaIMning necha foizini sarmoyaga kiritishimiz kerak? Buni o’lchaydigan ko’rsatkich ICOR (incremental capital output ratio) deb ataladi. Uni hisoblash oddiy: investitsiyaning YaIMdagi ulushini o'sish sur'atiga bo'lamiz. 2025-yilda O'zbekiston uchun bu 38.4% : 7.7% = 5.0. Ya’ni, biz har bir qo’shimcha $1 real o’sish uchun iqtisodiyotga $5 sarmoya kiritishimiz zarur. Bu ko’rsatkich 2018-yilda 3ga teng bo’lgan. Demak, 7 yil ichida, bizning sarmoya samaradorligimiz 67%ga pasaygan. Taqqoslaydigan bo’lsak, Qozog’iston, Vetnam, Armaniston va Gruziya bizdan sarmoya jihatidan samaradorroq. Muhimi esa, “iqtisodiy mo’jiza”ga erishgan Xitoy va Janubiy Koreya o’z rivojlanish davrlarida 3.7 va 3.1 ICOR ko’rsatkichlariga ega bo’lgan. Sabab nimada? Past samaradorlikning uchta asosiy sababi bor: 1. Subsidiyalangan ipoteka. 2024-yilda berilgan ipoteka kreditlarining 56% markazlashtirilgan davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan. Natijasi ko'rinib turibdi: Markaziy bank baholashicha, uy-joy narxlari haqiqiy qiymatdan 28% yuqori. 2. Yo’naltirilgan kreditlash. Bank kreditlarining 24% imtiyozli dasturlar doirasida beriladi. Davlat banklari tizim aktivlarining 65% nazorat qilishini hisobga olsak, bizning bank sektor kredit sifatini emas, davlat rejasini bajarishga kattaroq ahamiyat beradi. Bu, o’z o’rnida, past sifatli kreditlarni keltirib chiqadi. 3. Tashqi qarz taqsimoti. Sarmoyaning asosiy qismi (66%) chet eldan keladi. Qaysi loyiha davlat tomonidan kafolatlanadi, va qaysi biri kutadi - buni bozor emas, davlatning fiskal va ijtimoiy siyosati hal qiladi. Biz chet eldan qarz olib, uni samaradorligi past bo’lgan sohalarga yo’naltiryabmiz. Buning asl sababi esa - iqtisodiyotga sarmoya kiritilishi bozor mantiqiga emas, balki markazlashgan qarorlarga asoslanganligi. Bu holatni to’g’irlamasak, bizning nafaqat o’sish istiqbolimiz xavf ostida qoladi, balki undan kattaroq muammolar ham chiqib kelishi mumkin. Qarzni valyutada jalb qilib, valyutada daromad topmaydigan iqtisodiy sohalarga yo’naltirishni davom etaversak - har qanday valyuta kursiga ekzogen shok (masalan, jahon bozoridagi oltin narxi keskin qulashi, yoki Rossiyadagi inqiroz) biz uchun hayot va mamot masalasi bo’lishi mumkin. Bizga bog’liq bo’lmagan omillarga kelajagimizni tikmasligimiz zarur.
Open in TelegramForwarded from Uzbekonomics
Hurmatli do‘stlar, Sizni, do'stimiz, Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan. So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin. Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin: 🔗 https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_7W1RJf0oo4jY6UK Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.
Open in TelegramO'zbekistonda bakalavr uchun mandat javoblari chiqibdi. 189 maksimum balldan 185 ball to'plab ham o'qishga kira olmay qolish hech gap emas endi. Bu raqobat kuchayib o'quvchilar darajasi oshganidan emas, tizim noto'g'ri ekanligida. Avvallari cheklangan kvotaga oshib borayotgan talab yuklamasini yengillashtirish uchun kirish imtihoni savollarini absurd darajada qiyinlashtirib borishardi. Keyin savollarni yengillashtirishga o'tildi va bir qancha eksperimentlar qilinib ko'rildi. Keyin xalaqaro tajribada SAT, IELTS, TOEFL kabi sertifikatlar bor ekan deb Milliy sertifikatlar joriy qilindi. Lekin o'sha xalqaro tajribada faqat sertifikatlarning o'zi o'qishga kirishni kafolatlamasligini o'rganishmagan shekilli. Xullas, vaziyat shunday xunuk muvozanatga kelib qoldiki, talab etilgan maksimum darajadan bor yo'g'i 2-3 foiz kamroq natija ko'rsatsang ham o'zing xohlagan joyga o'qishga kirolmay qolishing mumkin.
Open in TelegramForwarded from Markaziy bank
📚 “Kutilmalarni baholash” seminari Markaziy bank tomonidan Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari uchun navbatdagi ochiq seminar tashkil etilmoqda. Seminar mehmoni — Purdue University Mitch Daniels School of Business moliya professori Michael Weber. Professor Weberning ilmiy faoliyati makroiqtisodiyot, aktivlar narxlari, xalqaro va uy xo‘jaliklari moliyasi, xususan, inflyatsion kutilmalarni o‘rganishga qaratilgan. 🔹 Mavzu: “Inflyatsion kutilmalarni baholash va boshqarish: so‘rov metodologiyasi, empirik natijalar va markaziy banklar uchun xulosalar” 🗓 19-avgust, 2026-yil 🕚 11:00–13:00 — seminar davomiyligi 2 soat 📍 Markaziy bank, B-bino, katta majlislar zali 🌐 Seminar ingliz tilida olib boriladi. Seminarda inflyatsion kutilmalarni baholash usullari, so‘rovlarni tashkil etish, empirik natijalarni talqin qilish va ularning pul-kredit siyosatidagi amaliy ahamiyati muhokama qilinadi. 🏛 Seminarda bevosita ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi 💻 Seminarga onlayn qo‘shilish uchun havolasi Mavzuga qiziquvchi Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislarni seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Open in TelegramForwarded from Sukhrob Ilyosbekov | NEU Alumni
Yarim yildan beri ishlab kelayotgan bitta proyektimni yaqinda tugatdim. Agar ish izlayotgan boʻlsayiz va sizda Claude Code yoki Codex boʻlsa unda shu proyektni sinab koʻrishingiz mumkin. Proyektda maxsus AI agent yaratilgan va avtonom ravishda ishlaydi. AI ga oʻzizni maqsadlarizni yozasiz (masalan, senior dasturchi X, Y skillar) keyin rezyumeni joylaysiz. Keyin AI oʻzi boshlaydi: oʻzi sizga toʻgʻri keladigan vakansiyalarni izlaydi, formalarni toʻldiradi, rezyumeni vakansiyaga qarab oʻzgartiradi, kompaniya rekruterlarni izlaydi va email yuboradi. Sistema tinmasdan 24/7 ishlaydi agar AI biron bir savoli chiqib qolsa sizni telefonizga notification yuboradi. https://jobpilot.suxrobgm.net
Open in TelegramConnections
Similar channels
Uzbekonomics@uzbekonomicsEconomics21.3K
Iqtisodchi Kundaligi@iqtisodchi_kundaligiEconomics33.1K
Poytaxt Bank@bank_poytaxtEconomics1.28K
Center for Economic Research and Reforms@cerruzEconomics1.35K
AAOIFI Uzbekistan@aaoifi_uzbekistanEconomics1.24K
Xalq Banki Info@xb_infoEconomics1.47K
Bankchi Maslahati@bankchimaslahatiEconomics1.48K
Asaxiy Invest – Kelajak uchun sarmoya@asaxiy_investEconomics1.57K
Mentioned by
Mentions
Заметки Профессора К@prof_kamilov1 repost
Uzbekonomics@uzbekonomics1 repost