Posts of Iman invest
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
IMAN Invest бўйича янги аудит хулосалари маълум қилинди Молиявий аудитор “20 млн долларлик камомад” ҳақидаги шубҳаларни рад этди ва компания фойда билан ишлаётганини маълум қилди. Юридик ва шаръий аудит бўйича дастлабки натижалар ижобий, якуний хулоса чиқариш учун ўрганишлар ҳали давом этмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/91942208 Kun.uz расмий канали
Open in TelegramForwarded from IMAN
17-noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida IMAN kompaniyasining faoliyati bo‘yicha o‘tkazilayotgan shar’iy audit jarayonlari haqida ham xabar berilgan edi. Quyidagi videoda Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid, hamda Usmani’s kompaniyasi hammuassisi Shehzad Ahmedning videomurojaatlarini ko‘rishingiz mumkin
Open in TelegramForwarded from IMAN
https://youtu.be/qHCm-y3bnJs?si=DHwAVdN1WCrM4LOT Videodagi nutqning o‘zbekcha tarjimasi: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Bismillahir rohmanir rohiym. Nahmaduhu va nusolli ’ala rosulihil kariym. Ammo ba’d. Avvalo, shariat auditi nimalarni qamrab olishi va nima ish qilishi haqida gapirib beray. Shar’iy audit quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tranzaksiyalar, IMAN’da joriy etilgan va hozirda ishlab turgan mahsulot(xizmat)larning shariatga muvofiqligini tekshiramiz. Barcha mahsulotlar, jarayonlar va tranzaksiyalar ko‘rib chiqiladi. Tranzaksiyalarni tekshirishning birinchi bosqichi o‘tkazildi, bu ish hozirda ham davom etmoqda. Biz ushbu tranzaksiyalar va jarayonlarni tekshirdik. Hammasi joyida, belgilangan talablarga mos. Shu bilan birga, mahsulotlar tomonida bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklar bor. Menimcha, avvalgi shariat kengashi ularni e’tibordan chetda qoldirgan. Shuning uchun biz IMAN’ga tavsiya va kuzatuvlar ko‘rinishida ba’zi vazifalarni yukladik. IMAN ular ustida ishlamoqda. Ular ushbu takliflarga rozi bo‘lishsa o‘z fikr-mulohazalari va qabul qilingan yechimlarni bizga yuborishadi. Shundan so‘ng biz kuzatuvlarning ikkinchi qismini taqdim etamiz. Hozircha biz tomondan shular. Assalomu alaykum va rahmatulloh."
Open in TelegramForwarded from IMAN
1. Maxsus moliyaviy masalalar bo‘yicha audit xulosalari UZ: https://news.imanum.app/auditorlik-hisoboti RU: https://news.imanum.app/ru/auditorlik-hisoboti EN: https://news.imanum.app/en/auditorlik-hisoboti 2. Soliq to‘langanligi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasidan olingan hujjatlar https://news.imanum.app/soliq-kochirmalari 3. Kompaniya xodimlari uchun nasiya asosida olingan mulklar, ularning holati va tasdiqlovchi hujjatlar https://news.imanum.app/hujjatlar
Open in TelegramForwarded from IMAN
Итоги независимых аудитов: IMAN — прибыльная компания, без дефицита На брифинге 17 ноября были представлены результаты независимых проверок (Due Diligence) по 5 направлениям: 1. Аудит по специальным финансовым вопросам (Russell Bedford): недостача в $20 млн не выявлена. Эта цифра — сумма трёх разных показателей, и она не отражает размер убытка. Выручка за 9 месяцев — 1 032,6 млрд сумов, резервы — 82,5 млрд сумов. Учёт ведётся в соответствии с национальными стандартами (НСБУ). 2. Налоги (Turon Himoyasi): с начала 2024 года в государственный бюджет уплачено 67,4 млрд сумов налогов. 3. Юридическая (Baker Tilly): по предварительному заключению, деятельность законна, признаков финансовой пирамиды не выявлено. 4. Регуляторная (Centil Law): компания переходит под надзор Национального агентства перспективных проектов. 5. Шариатская (Usmani’s): предварительные выводы аудита положительные. Результаты аудита по специальному финансовому вопросу опубликованы на официальном сайте компании. Отчёты по остальным направлениям будут публиковаться полностью на официальном сайте по мере завершения проверок. Подробнее — в пресс-релизе.
Open in TelegramForwarded from IMAN
Mustaqil auditlar natijalari: IMAN’da kamomad yoʻq, aksincha u sof foydada. 17-noyabr kuni o‘tkazilgan brifing uchrashuvida 5 yoʻnalish boʻyicha mustaqil tekshiruvlar (Due Diligence) natijalari taqdim etildi: 1. Maxsus moliyaviy masala bo‘yicha tekshiruv (Russell Bedford): 20 million dollarlik kamomad aniqlanmadi. Bu raqam uchta turli koʻrsatkich yigʻindisi boʻlib, zarar miqdorini aks ettirmaydi. 9 oylik tushum — 1 032,6 mlrd soʻm, zaxiralar — 82,5 mlrd soʻm. Hisob milliy standartlarga (BHMS) muvofiq yuritilgan. 2. Soliq (Turon Himoyasi): davlat byudjetiga 2024-yil boshidan beri 67,4 mlrd soʻm soliq toʻlangan. 3. Yuridik (Baker Tilly): dastlabki xulosaga ko‘ra faoliyat qonuniy, moliyaviy piramida belgilari aniqlanmadi. 4. Regulyator (Centil Law): kompaniya Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazoratiga oʻtmoqda. 5. Sharʼiy (Usmani’s): auditning dastlabki xulosalari ijobiy. Maxsus moliyaviy masalalar bo‘yicha audit natijalari kompaniya rasmiy saytida e’lon qilindi. Qolgan yo‘nalishlardagi auditlar yakunlanishi bilan, hisobotlar toʻliq eʼlon qilib boriladi. Batafsil — press-relizda.
Open in TelegramForwarded from IMAN
IMAN faoliyatiga oid mustaqil auditorlik xulosalarini e’lon qilishni boshladik. Kompaniya faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha jami 5 ta auditorlik tashkilotidan xulosalar oldik. Ushbu xulosalar moliyaviy holatimiz, faoliyatimiz va hisobotlarimizga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga amal qilgan holda, auditorlik xulosalarini bosqichma-bosqich, ketma-ket e’lon qilib boramiz. Biz uchun muhim jihat — investorlarimiz va jamoatchilik barcha ma’lumotlar bilan tanishish hamda xulosalarni mustaqil baholash imkoniyatiga ega bo‘lishidir. Shaffoflik — mas’uliyatimiz.
Open in TelegramForwarded from IMAN
Bugun IMAN kompaniyasida ommaviy axborot vositalari vakillari, iqtisodchilar va mustaqil ekspertlar uchun rasmiy brifing bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda moliyaviy audit bo‘yicha xalqaro auditorlik tashkiloti Russell Bedford, Baker Tilly Legal va Centil Law yuridik kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Shariat va Kuzatuv kengashlari a’zolari ishtirok etdi. Brifing davomida mustaqil ekspertlar tomonidan IMAN Holding’ning moliyaviy va soliq hisobotlari, shartnomaviy bazasi hamda shariat talablariga muvofiqlik jarayonlari hujjatlar asosida tahlil qilindi. Tekshiruvlar davomida kompaniya faoliyati barqaror ekani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «moliyaviy kamomad» haqidagi da’volar asossizligi va barcha investitsiya loyihalari real aktivlar bilan ta’minlangani qayd etildi. Uchrashuvda ko‘tarilgan barcha asosiy masalalar, xalqaro va mahalliy mutaxassislarning xulosalari hamda jurnalistlar savollariga berilgan javoblar yuzasidan batafsil tahlil va videomateriallar tez orada e’lon qilinadi. IMAN uchun ochiqlik, shaffoflik va minglab sarmoyadorlarimiz ishonchi — oliy qadriyat. Biz barcha savollarga rasmiy hujjatlar, mustaqil audit va professional xulosalar asosida javob berishda davom etamiz.
Open in TelegramForwarded from IMAN
IMAN investorlaridan iborat kengash tashkil etiladi. Ochiqlik va shaffoflik — IMAN kompaniyasining asosiy qadriyatlaridan biridir. Shu maqsadda investorlarimiz manfaatlarini himoya qiluvchi yangi nazorat kengashini tashkil etish ustida ishlayapmiz. Siz ham kengash a’zosi bo‘lishni xohlaysizmi? Agar belgilangan talablar sizga mos kelsa, quyidagi forma orqali ariza qoldiring. ____ Будет создан совет, состоящий из инвесторов IMAN. Открытость и прозрачность — одни из основных ценностей компании IMAN. Следуя этим принципам, мы работаем над созданием нового наблюдательного совета, который будет защищать интересы наших инвесторов. Хотите стать членом совета? Если вы соответствуете установленным требованиям, оставьте заявку, заполнив форму по ссылке ниже: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScqpkRoB3rQP1ep-2gjea74H5gRwoP4wlT0H9gJJBiITV1opg/viewform
Open in TelegramForwarded from IMAN
Chiqarishga ariza berilgan investitsiyalar qachon qaytariladi? So‘nggi paytlarda eng ko‘p berilayotgan savollarga ushbu videoda javob berildi.
Open in TelegramForwarded from IMAN
IMAN: ayni paytda ishlar qanday ketmoqda? - So'nggi voqealarga IMAN jamoasi qanday munosabat bildirdi? - Kompaniyada ishlar qanday ketmoqda? - Investorlar pullarini qaytarib olishyaptimi? Yuqoridagi savollarga javob topish uchun IMAN kompaniyasi ichkarisidan ekskluziv rolik tayyorladik. Videoni YouTube kanalimiz orqali tomosha qiling. 👉 Videoni tomosha qilish @imanumapp
Open in Telegram