Account
IHMA_Toşkent şahri

IHMA_Toşkent şahri

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent şahar boşqarmasining rasmiy sahifasi 🏢 Çilonzor tumani, Seul köchasi, 24-uy ☎️ (99895)-507-47-07

Username
@ihma_toshkentshahri
Category
News and media
Country
UzbekistanUzbekistan
Created
, 3 years
Subscribers2,122−4 in 1 day
Avg views per post, 7d397last 7 days
ERR18.71%last 7 days

Subscribers, 30 days

Nov 15 – Nov 16−4 (−0.2%)

Show as table
DateSubscribers
Nov 15, 20262,126
Nov 16, 20262,122

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 9, 2026532
Nov 10, 2026428
Nov 11, 2026402
Nov 12, 2026458
Nov 13, 2026400
Nov 14, 2026311
Nov 15, 2026404
Nov 16, 2026191

Most viewed this month

  1. 01
    Views556
    Forwards4
    Reactions—
    Comments—
  2. 02
    Views551
    Forwards4
    Reactions—
    Comments—
  3. 03
    Views527
    Forwards1
    Reactions—
    Comments—
  4. 04
    Views522
    Forwards6
    Reactions1
    Comments—
  5. 05
    Views498
    Forwards4
    Reactions—
    Comments—

Latest posts

#5483Videoalbum
Views192−52%vs avg
Forwards1
Reactions—
Comments—
#5482Videoalbum

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

No text

Open in Telegram
Views190−52%vs avg
Forwards1
Reactions—
Comments—
#5481Videoalbum

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

No text

Open in Telegram
Views192−52%vs avg
Forwards1
Reactions—
Comments—
#5480Photo

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi Çorsu bozori hududida keksa yoşli ayolning köchada savdo qilayotgani aks etgan xabar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent şahar boşqarmasi hamda Içki işlar organlari mas’ullari iştirokida örganiş işlari olib borildi. Örganiş davomida fuqaro M.A 1936-yilda tuğilgani, Şayxontohur tumanida istiqomat qilişi aniqlandi. Uning 6 nafar farzandi (2 nafar öğil va 4 nafar qiz) bor. Hozirda ulardan biri — 1963-yilda tuğilgan öğli M.A hamda kelini bilan bir xonadonda yaşaydi. Ma’lum bölişiça, fuqaroning öğli Çorsu bozorida velosiped ta’mirlaş faoliyati bilan şug‘ullanib, oilasiga daromad keltiradi. Örganiş jarayonida fuqaroning ruhiy va jismoniy holati yaxshi ekani, nogironligi mavjud emasligi hamda yoşga doir nafaqa olişi ma’lum böldi. Şuningdek, u öz daromadi va nafaqasini şaxsiy ehtiyojlari hamda nabiralarining zaruriy xarajatlari uçun sarflaşini bildirdi. Fuqaroning sözlariga köra, bozorga çiqib, turli mayda buyumlarni sotiş uning kundalik odatiga aylangan. Mahalla raisi va qöşnilarining ta’kidlaşiça, ayol uyda uzoq vaqt ötirişni xuş körmaydi, avvaldan savdo-sotiq bilan şug‘ullanişga qiziqadi. Örganish davomida fuqaro farzandining xonadoniga olib borildi hamda unga mavjud ijtimoiy xizmatlar va davlat tomonidan körsatiladigan yordam turlari yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi. Mahalla raisi va faollari tomonidan uşbu xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holati barqaror, oilaviy muhiti esa tinç va osoyişta ekani qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan örganiş işlari yakunida fuqaroning yaşaş şaroiti, oilaviy muhiti va ijtimoiy holati atrofliça körib çiqildi. Keksalarning manfaatlarini himoya qiliş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda zarur hollarda ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlaş masalalari doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Open in Telegram
Views404+2%vs avg
Forwards12
Reactions3
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h229
18 h404
  1. After 24 hours404
  2. Total to date404
#5479Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Nogironligi boʻlgan shaxslarni navbat asosida reabilitatsiya qilish va protezlash markazlariga yoʻllash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3974, 2026-yil 13-noyabr). ✅ Mazkur hujjatga ko‘ra: ✅ nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda, navbat asosida yo‘llanadi, navbat esa markazlardagi bo‘sh o‘rinlar hisobga olingan holda avtomatik shakllantiriladi; ✅ yo‘llanma olish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoxud bevosita oilaviy shifokorga murojaat qiladi hamda xizmatni hududiy yoki milliy markazda, ambulator yoxud statsionar sharoitda olishni o‘zi tanlaydi; ✅ so‘rovnomani ko‘rib chiqish, yo‘llanma berish hamda reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oshiriladi; ✅ oilaviy shifokor 5 ish kuni ichida tibbiy ko‘rik o‘tkazib, shaxsda 569 ta tibbiy ko‘rsatmadan birortasi mavjudligi va 26 ta qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud emasligini aniqlagan taqdirda yo‘llanmani elektron shaklda shakllantiradi; ✅ reabilitatsiya xizmatlari nogironlik muddatiga qarab ambulator sharoitda yiliga 2-3 marta, statsionar sharoitda esa yiliga 1-2 marta ko‘rsatiladi; ✅ ariza beruvchi navbat holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin hamda navbat kelishidan 10 kun oldin SMS-xabarnoma orqali ogohlantiriladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views272−31%vs avg
Forwards2
Reactions1
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h132
25 h272
  1. After 24 hours272
  2. Total to date272
#5478Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro SH.M Dyushen mushak distrofiyasi kasalligi bilan og‘rigan farzandi R.E.ga nogironlik belgilangan bo‘lsa-da, o‘zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi belgilanmagani, shuningdek, zarur BiPAP apparati va korset ajratilmagani yuzasidan murojaat qilgan. Murojaat asosida joriy yilning 13-noyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat fuqaroning ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida R.E.ga 20-oktabr kuni 130-sonli Yunusobod tumanlararo TIEK tomonidan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola maqomi belgilanganligi, shuningdek, har ikki oyoq uchun tutor, yurish apparati va xodunok vositalarini olishga vaucherlar shakllantirilganligi aniqlandi. Tibbiy hujjatlar, TIEK xulosasi va bolaning obyektiv holatiga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtojlik mezonlari mavjud emasligi hamda reabilitatsiya vositalari amaldagi nogironlikni belgilash mezonlari asosida to‘g‘ri shakllantirilgani ma’lum bo‘ldi va fuqaroga bu haqida tushuntirildi. Shuningdek, BiPAP apparati reabilitatsiya texnik vositasi hisoblanmasligi, undan foydalanish mutaxassis shifokor tavsiyasi va ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilishi tushuntirildi. Bolaning tibbiy hujjatlarida umurtqa pog‘onasi qiyshayishi qayd etilmagani sababli korset uchun vaucher shakllantirishga asos mavjud emasligi bildirildi. Bundan tashqari, Dyushen mushak distrofiyasi sababli organizm funksiyalari buzilishining III darajasi kuzatilgan holatlarda parvarish nafaqasini tayinlash masalasi bo‘yicha Agentlik tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlari olib borilayotganligi ma'lum qilindi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views322−19%vs avg
Forwards1
Reactions1
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
13 h229
27 h322
  1. After 24 hours322
  2. Total to date322
#5477Text

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

No text

Open in Telegram
Views338−15%vs avg
Forwards2
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
22 h292
36 h338
  1. After 24 hours292
  2. Total to date338
#5476Text

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

No text

Open in Telegram
Views333−16%vs avg
Forwards3
Reactions—
Comments—
#5475Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Mahkuma ayollar farzandlari uchun “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi 🖋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-noyabrdagi “Jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkuma ayollar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–395-son qarori qabul qilindi. ✅ Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimidagi 21-son koloniyaning Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi. Markazlarning asosiy maqsadi — bolalarga sifatli parvarish ko‘rsatish, ularning sog‘lom o‘sishi va yoshiga mos rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, ona va bola o‘rtasidagi yaqinlikni saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Mahkuma ayollarga ishdan bo‘sh vaqtlarida, jumladan, tunda farzandlari bilan birga bo‘lish imkoniyati yaratiladi. ✅ Markazlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritadi. Ularda kecha-kunduz ishlaydigan, 5 nafargacha bolani qamrab oluvchi guruhlar tashkil etiladi. ✅ Bolalar belgilangan me’yorlar asosida oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda emlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni tasdiqlangan bolalarni rivojlantirish dasturi asosida olib boriladi. ✅ Ijtimoiy himoya milliy agentligi ona va bola uchun yaratilgan sharoitlarni har chorakda monitoring qilib boradi. Zarur hollarda bolaga vasiylik belgilash yoki uni muqobil joylashtirish shakllaridan biriga joylashtirish choralari ko‘riladi. Markazlar xodimlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shartlar asosida ish haqi to‘lanadi. Alohida mehnat sharoitlari uchun har oy 100 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi. Eng muhimi, bolalar onalarining huquqiy maqomi sababli parvarish, ta’lim, tibbiy xizmat va rivojlanish imkoniyatlaridan chetda qolmaydi. Ularga sog‘lom va munosib muhitda voyaga yetish, onalariga esa farzandlari tarbiyasida bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views371−7%vs avg
Forwards5
Reactions2
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
38 h332
67 h371
  1. Total to date371

All posts

Connections