Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#16KunFaollik #Zoravonlikka_qarshimiz 🫰“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” kampaniyasiga start berildi! 🧠 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunidan 10-dekabr — Inson huquqlari kuniga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasi doirasida qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish, ayollar huquqlarini himoya qilish va jamiyatda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan. 🟢Zo‘ravonlik faqat jismoniy tajovuz emas. Haqorat, tahdid, qo‘rqitish, ruhiy bosim, iqtisodiy cheklov va doimiy nazorat ham zo‘ravonlik hisoblanadi. Har birimiz befarq bo‘lmasligimiz, jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashimiz va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishimiz muhim. 🟢Agar zo‘ravonlikka duch kelsangiz yoki uning guvohi bo‘lsangiz, jim turmang! Siz yolg‘iz emassiz. Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashaylik, xavfsiz va zo‘ravonlikdan xoli jamiyatni birgalikda barpo etaylik! ☎️ 1146 — Ijtimoiy himoya milliy agentligining ishonch telefoni. Ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 146 |
| 7 h | 189 |
- After 6 hours189
- Total to date189








