Account

Posts of huquqplus.uz

newest first

#3646Photo
Views1,210−53%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
#3637Photo

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!! 🚺 25-noyabr kuni butun dunyoda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik kampaniya boshlandi. Kampaniya 10-dekabr, Inson huquqlari kunigacha davom etadi. Shu munosabat bilan Huquq+ podkastining navbatdagi sonini juda muhim, lekin kam gapiriladigan mavzuga bag‘ishladik. 🎙Ertaga 27-noyabr (juma) soat 17:00 da "Nogironligi bor ayollar va qizlar o‘zlarini zo‘ravonlikdan qanday himoya qilishlari mumkin?" mavzusida Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi eksperti va malakali treneri — Ermetova Venera Urinbayevna bilan ochiq suhbat qilamiz. 💁🏻‍♀️ Podkastda quyidagi masalalarni muhokama qilamiz: 🔹 zo‘ravonlikning qanday turlari bor va ularni qanday tanish mumkin; 🔹 nogironligi bor ayollar va qizlar nima uchun ko‘proq xavf ostida qoladi; 🔹 zo‘ravonlikka uchragan ayol qayerga murojaat qilishi mumkin; 🔹 qonun qanday himoya beradi va uning amalda ishlashi uchun nimalar qilish kerak. 🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov 📱 Suhbatimiz Zoom orqali vebinar shaklida tashkil etiladi. Ulanish uchun havola: 👉 https://shorturl.at/Cje88 🎥 Telegram kanalimizda ham Zoomdan jonli efirni uzatamiz. ❓ Iltimos, mavzuga oid barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. ❗️Agar siz yoki yaqiningiz zo‘ravonlikka duch kelgan bo‘lsa, jim turmang. Yordam so‘rash sizning huquqingiz! Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #HuquqPlus #16kun #ZoravonlikkaYoqQ #NogironligiBorAyollar #InsonHuquqlari

Open in Telegram
Views1,860−28%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#3633Photo

Forwarded from O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi 🇺🇿

⁉️ I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat tomonidan bir martalik yoki oylik moddiy yordam ajratiladimi? ✔️ Ha, ularga har oylik nafaqalar, kompensatsiyalar, şuningdek, belgilangan şartlar asosida bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar ajratiladi. 😀 Har oylik tölovlar: ▪️ Nogironlik nafaqasi: Yetarli iş stajiga ega bölmagan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga har oy nafaqa tölanadi. ▪️ Uy-joy-kommunal xizmatlari kompensatsiyasi: Köriş qobiliyati böyiça I guruh nogironligi bölgan şaxslarga beriladi. ▪️ Avtomobil benzini uçun kompensatsiya: Tegişli asoslar böyiça nogironligi bölgan, yengil avtomobil yoki mototsiklga ega şaxslarning benzin xarajatlari qisman qoplanadi. ▪️ Pensiyani qayta hisoblaş: Kamida bir yil qöşimça iş stajiga ega bölgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarning pensiyasi har ikki yilda qayta hisoblanişi mumkin. 😀 Bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar: ▪️ “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi tegişli oilalarga moddiy yordam, dori-darmon va jarrohlik amaliyotlari uçun mablağ ajratiladi. ▪️ “Yoşlar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bölgan yoşlarga moddiy yordam va davolaniş uçun subsidiya beriladi. ▪️ Mehnat migrantlarining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi nogironligi bölgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravaçasi va eşitiş apparatlari uçun BHMning 5 baravari miqdorida yordam beriladi. 😀 Alohida toifadagi şaxslarga: ▪️ Yadro poligonlari va radiatsiya obyektlarida xizmat qilgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga har yili BHMning 3 baravari miqdorida yordam tölanadi. ▪️ Çernobil AES halokati oqibatida nogiron bölib qolgan şaxslarga har yili soğliğini tiklaş uçun moddiy yordam ajratiladi. ▪️ Kasb-hunarga öqib, tadbirkor yoki özini özi band qilgan nogironligi bölgan yoşlarga asbob-uskunalar xaridi uçun subsidiya beriladi. ❗️Muhim: Uşbu yordamlar barça I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga bir xil tartibda berilmaydi. Har bir yordam turi uçun alohida talab va şartlar belgilangan. 🔖 Huquqiy asos: Nogironligi bölgan şaxslar va ularga ğamxörlik qiluvçi fuqarolar uçun qonunçilikda belgilangan yagona imtiyozlar röyxatining 30, 32, 48, 55, 56, 71, 74, 75, 78, 80, 81, 82, 98 va 99-bandlari. Uşbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) "Özbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilişni mustahkamlaş" loyihasi doirasida, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Taşqi işlar vazirligining moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan Kiçik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam oliş uçun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn 📱 Veb-sayt

Open in Telegram
Views2,790+8%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#3628Link preview
Views2,960+15%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—