👨⚖️ ♿️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar yurist-advokatlarimiz qabulida! Bugun HuquqPlus.uz veb-portali yuristlari nogironligi boʻlgan fuqarolarni “Sharoit Plyus” NNT bosh ofisidaqabul qilib, ularning huquqiy muammolari yuzasidan bepul maslahat va yordam berishmoqda. 📌Agar siz Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida istiqomat qilsangiz, HuquqPlus.uz yuristlari qabuliga yozilishingiz mumkin. 🗓 Har shanba ⏰ 10:00 dan 17:00 gacha 📲 Yurist qabulga yozilish uchun: @huquqplus_bot ga kiring va yoziling. 🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda. 🌐Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar!
Open in Telegramhuquqplus.uz
HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 @huquqplus_bot 📲 Tel: +998 (90) 358-50-60 (dushanba - shanba 9:00 - 18:00) На русском: @huquqplus_ru @sharoitplus loyihasi
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 19, 2026 | 3,520 |
| Nov 20, 2026 | 2,800 |
| Nov 21, 2026 | 2,790 |
| Nov 22, 2026 | 2,840 |
| Nov 23, 2026 | 2,550 |
| Nov 26, 2026 | 1,860 |
| Nov 27, 2026 | 1,460 |
| Nov 28, 2026 | 1,210 |
Most viewed this month
- 01Views4.09KForwards—Reactions12Comments—
- 02Views2.96KForwards—Reactions2Comments—
- 03Views2.95KForwards—Reactions10Comments—
- 04Views2.89KForwards—Reactions6Comments—
Latest posts
📣 Huquq+ podkastini boshladik! 📱 Zoom orqali ishtirok etish uchun havola: 👉 https://shorturl.at/Cje88 🎥 Jonli efirni Telegram kanalimizga uzatmoqdamiz! ❓ Mavzuga oid savollarni izohlarda yozing!
Open in TelegramAssalomu alaykum, hurmatli obunachilar!! 🚺 25-noyabr kuni butun dunyoda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik kampaniya boshlandi. Kampaniya 10-dekabr, Inson huquqlari kunigacha davom etadi. Shu munosabat bilan Huquq+ podkastining navbatdagi sonini juda muhim, lekin kam gapiriladigan mavzuga bag‘ishladik. 🎙Ertaga 27-noyabr (juma) soat 17:00 da "Nogironligi bor ayollar va qizlar o‘zlarini zo‘ravonlikdan qanday himoya qilishlari mumkin?" mavzusida Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi eksperti va malakali treneri — Ermetova Venera Urinbayevna bilan ochiq suhbat qilamiz. 💁🏻♀️ Podkastda quyidagi masalalarni muhokama qilamiz: 🔹 zo‘ravonlikning qanday turlari bor va ularni qanday tanish mumkin; 🔹 nogironligi bor ayollar va qizlar nima uchun ko‘proq xavf ostida qoladi; 🔹 zo‘ravonlikka uchragan ayol qayerga murojaat qilishi mumkin; 🔹 qonun qanday himoya beradi va uning amalda ishlashi uchun nimalar qilish kerak. 🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov 📱 Suhbatimiz Zoom orqali vebinar shaklida tashkil etiladi. Ulanish uchun havola: 👉 https://shorturl.at/Cje88 🎥 Telegram kanalimizda ham Zoomdan jonli efirni uzatamiz. ❓ Iltimos, mavzuga oid barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. ❗️Agar siz yoki yaqiningiz zo‘ravonlikka duch kelgan bo‘lsa, jim turmang. Yordam so‘rash sizning huquqingiz! Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #HuquqPlus #16kun #ZoravonlikkaYoqQ #NogironligiBorAyollar #InsonHuquqlari
Open in TelegramForwarded from O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi 🇺🇿
⁉️ I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat tomonidan bir martalik yoki oylik moddiy yordam ajratiladimi? ✔️ Ha, ularga har oylik nafaqalar, kompensatsiyalar, şuningdek, belgilangan şartlar asosida bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar ajratiladi. 😀 Har oylik tölovlar: ▪️ Nogironlik nafaqasi: Yetarli iş stajiga ega bölmagan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga har oy nafaqa tölanadi. ▪️ Uy-joy-kommunal xizmatlari kompensatsiyasi: Köriş qobiliyati böyiça I guruh nogironligi bölgan şaxslarga beriladi. ▪️ Avtomobil benzini uçun kompensatsiya: Tegişli asoslar böyiça nogironligi bölgan, yengil avtomobil yoki mototsiklga ega şaxslarning benzin xarajatlari qisman qoplanadi. ▪️ Pensiyani qayta hisoblaş: Kamida bir yil qöşimça iş stajiga ega bölgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarning pensiyasi har ikki yilda qayta hisoblanişi mumkin. 😀 Bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar: ▪️ “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi tegişli oilalarga moddiy yordam, dori-darmon va jarrohlik amaliyotlari uçun mablağ ajratiladi. ▪️ “Yoşlar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bölgan yoşlarga moddiy yordam va davolaniş uçun subsidiya beriladi. ▪️ Mehnat migrantlarining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi nogironligi bölgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravaçasi va eşitiş apparatlari uçun BHMning 5 baravari miqdorida yordam beriladi. 😀 Alohida toifadagi şaxslarga: ▪️ Yadro poligonlari va radiatsiya obyektlarida xizmat qilgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga har yili BHMning 3 baravari miqdorida yordam tölanadi. ▪️ Çernobil AES halokati oqibatida nogiron bölib qolgan şaxslarga har yili soğliğini tiklaş uçun moddiy yordam ajratiladi. ▪️ Kasb-hunarga öqib, tadbirkor yoki özini özi band qilgan nogironligi bölgan yoşlarga asbob-uskunalar xaridi uçun subsidiya beriladi. ❗️Muhim: Uşbu yordamlar barça I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga bir xil tartibda berilmaydi. Har bir yordam turi uçun alohida talab va şartlar belgilangan. 🔖 Huquqiy asos: Nogironligi bölgan şaxslar va ularga ğamxörlik qiluvçi fuqarolar uçun qonunçilikda belgilangan yagona imtiyozlar röyxatining 30, 32, 48, 55, 56, 71, 74, 75, 78, 80, 81, 82, 98 va 99-bandlari. Uşbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) "Özbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilişni mustahkamlaş" loyihasi doirasida, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Taşqi işlar vazirligining moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan Kiçik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam oliş uçun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn 📱 Veb-sayt
Open in Telegram📣 Huquq+ podkastini boshladik! 📱 Zoom orqali ishtirok etish uchun havola: 👉 https://shorturl.at/GBQ5y 🎥 Jonli efirni Telegram kanalimizga uzatmoqdamiz! ❓ Mavzuga oid savollarni izohlarda yozing!
Open in TelegramAssalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🔜 Bugun 20-noyabr "Nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga qanday ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi?" mavzusidagi ochiq suhbatimiz yarim soatga kechroq soat 17:30 da boshlanadi. 💁🏻♀️ Eslatib o‘tamiz, bugungi mehmonimiz — “TABASSUM” inklyuziv amaliyotlar markazi asoschisi, "QUYOSHLI OLAM" nogironligi bor farzandi bor ota-onalari jamiyati raisi va Toshkentdagi «Imkoniyatlar olami» markazi rahbari — Shahnoza Ikramova. 📱 Suhbatimiz Zoom orqali vebinar shaklida tashkil etiladi. Ulanish uchun havola: 👉 https://shorturl.at/GBQ5y 🎥 Telegram kanalimizda ham Zoomdan jonli efirni uzatamiz. ❓ Iltimos mavzuga oid savollaringizni izohlarda qoldring! #podkast #imkoniyatlarolami #ijtimoiyxizmatlar
Open in Telegram