HUDUD | Rishton RISHTONDA LIMONCHILIK AHOLI DAROMADI VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLAMOQDA Farg‘ona viloyati Rishton tumanining Yoyilma qishlog‘ida limonchilik ko‘plab xonadonlar uchun daromad manbaiga aylangan. Bu yerda dorivor xususiyatlari bilan qadrlanadigan hamda kundalik iste’mol uchun mo‘ljallangan limon navlari yetishtirilib, ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Ayniqsa, hosilni saralash va qadoqlash jarayonlarida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda. Ular 10–15 kunlik mavsumiy mehnat evaziga 5 million so‘mgacha daromad topmoqda. Ayni paytda limonning narxi 25 ming so‘mgacha baholanmoqda. Tajribali dehqonlar hosilning bir qismini muzlatkichli omborlarda saqlab, erta bahorda bozorga chiqarish orqali uni ikki-uch barobar yuqori narxda sotish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ayrim xonadonlarda bir mavsumda 80 million so‘mdan ortiq daromad olinayotgani ham limonchilikning iqtisodiy salohiyatini ko‘rsatadi. Eng muhimi, bu faoliyat qishloq aholisining daromadini oshirish bilan birga, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Muxbir: Hilola Abduqodirova ⏰16:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramPosts of HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal
HUDUD | Sayxunobod SIRDARYODA NOQONUNIY BALIQ OVLAGAN IKKI NAFAR SHAXSGA SUD HUKMI O‘QILDI Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida taqiqlangan usulda baliq ovlagan ikki nafar fuqaro jinoiy javobgarlikka tortildi. O‘zaro oldindan kelishib harakat qilgan tog‘a va jiyan elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida 46 dona baliq va ov jarayonida foydalanilgan vositalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur qonunbuzarlik oqibatida tabiatga 519 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudida ish ko‘rib chiqilib, aybdorlarga nisbatan jazo tayinlandi. Mutaxassislar elektr qarmoqdan foydalanish nafaqat baliqlarga, balki suvdagi boshqa tirik organizmlarga ham zarar yetkazib, tabiiy muvozanatni buzishini ta’kidlamoqda. Shu bois baliq ovlash qoidalariga rioya qilish suv ekotizimini asrashning muhim shartidir. Muxbir: Sevara Ahmadqulova ⏰16:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent DAVLAT KORXONALARI FAOLIYATINI TAHLIL QILUVCHI YANGI RAQAMLI PLATFORMA TAQDIM ETILDI Toshkent shahrida Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan UZSOE raqamli platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tizim davlat ulushidagi korxonalar faoliyatini kuzatish, moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ehtimoliy xatarlarni oldindan aniqlash imkonini beradi. Mamlakatimizda 1 800 ga yaqin davlat portfelidagi faol korxona mavjud bo‘lib, yangi platforma ularning faoliyatini yagona tizim orqali baholashga xizmat qiladi. U yordamida energetika, temir yo‘l va infratuzilma sohalaridagi korxonalar faoliyatini har olti oyda tahlil qilish, samaradorligi past tashkilotlar uchun rivojlanish rejalari ishlab chiqish mumkin. Loyiha ustida bir yil davomida hamkorlik olib borilgan bo‘lib, taqdimotda tizimning sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlari namoyish etildi. Platforma o‘zbek va ingliz tillarida ishlab chiqilgan. Yaqin kunlarda undan keng jamoatchilik foydalanishi uchun ochiq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Muxbir: Muxlisa Abdujalilova ⏰16:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent DEPUTATLAR LIZING VA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID QONUN LOYIHALARINI MUHOKAMA QILDI Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Xususan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, lizing oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan taqdirda, lizingga olingan mulk lizing beruvchi tashkilot balansida hisobga olinadi. Bu esa tadbirkorlarga zarur uskuna va boshqa mulklarni lizing asosida olishda qulaylik yaratadi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga oid davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarga Apellyatsiya kengashiga murojaat qilish bilan bir qatorda bevosita sudga murojaat etish huquqini berish taklif etildi. Qonun loyihasida xodimlar xizmat vazifasini bajarish davomida yaratgan asar va dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni belgilash tartibini ham o‘zgartirish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, bu masala ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi shartnoma asosida hal etiladi. Yalpi majlisda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi ham ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Muxbir: Mirzaolim Rustambekov ⏰16:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent O‘ZBEKISTON 2026-YILDA JSTGA A’ZOLIK BO‘YICHA MUZOKARALARNI YAKUNLASHNI REJALASHTIRMOQDA Toshkent shahrida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonining joriy holati va navbatdagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning tashkilotga a’zo bo‘lishi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, muzokaralar natijalari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Bugungi kunda JSTga 166 ta davlat a’zo bo‘lib, ular jahon savdosining 97 foizini qamrab oladi. 2026-yilda o‘tkazilgan ishchi guruhning 12- va 13-yig‘ilishlarida a’zo davlatlar tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan 400 dan ortiq savol ko‘rib chiqilib, 30 dan ziyod hujjat taqdim etildi. Mamlakatimizda 2023-yildan buyon 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, tashqi savdoni liberallashtirish va xususiy sektor imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston muzokaralarni joriy yil yakunigacha tugatish va 2027-yilda JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lishni maqsad qilgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu jarayonda xalqaro savdo qoidalariga moslashish bilan birga, milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish va mahalliy korxonalarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. Muxbir: Sug'diyona Po'latova ⏰16:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Buxoro BUXORODA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH VA INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA YIRIK LOYIHALAR BELGILANDI Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi turmush darajasini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ichimlik suvi va oqova tizimlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan amalga oshirilayotgan 385 million dollarlik loyihaning ikkinchi bosqichiga qo‘shimcha 248 million dollar jalb etilishi natijasida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrovni 80 foizdan 95 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Transport infratuzilmasi yo‘nalishida joriy yilda A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi, kelasi yili esa M-37 yo‘lining 69 kilometrlik qismini yangilash boshlanadi. Qiymati 200 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrlik aylanma yo‘l ham quriladi. Shuningdek, viloyatga xorijiy sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish, Eski shahar, Yetti pir, Chor Bakr, Poykent, Varaxsha va Vardonze kabi tarixiy maskanlarni yagona turizm konsepsiyasi asosida bog‘lash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, sakkizta markaziy ko‘cha yangilanib, oltita xiyobon barpo etiladi. Davlat rahbari mutasaddilarga loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Muhimi, amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlar Buxoro iqtisodiy salohiyatini kengaytirish bilan birga, aholi hayotida ham ijobiy natijalar berishi lozim. Muxbir: Umida Olimova ⏰16:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramEndi Samarqanddan Buxoroga 90 daqiqada yetib olish mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroda muhim tashabbuslarni ilgari surdi Byurokratiyasiz sud va tadbirkorlarga lizing: Parlamentda tadbirkorlarni xursand qiladigan yangiliklar yangradi! Ushovidan tushovi qimmat! Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlarga yarim milliard so‘m jarima yozildi! Kulollar yurti Rishtonda yangi biznes. Mahalliy aholi limonchilikdan yuqori daromad topayotgani rostmi? Shov-shuvli bayonot: Ispaniya transport vaziri nega saylovlardan voz kechdi? Anons |⏰SOAT 16:00 | Jonli efir 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇨🇳 XITOYDA GUMANOID ROBOTLAR AVTOMOBIL ZAVODIDA 8 SOATLIK ISH SMENASINI BAJARDI Xitoyning Xiaomi kompaniyasi robototexnika sohasidagi navbatdagi yutug‘ini namoyish etdi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan CyberOne 02 gumanoid robotlari avtomobil zavodida sakkiz soatlik ish smenasini uzluksiz bajardi. Sinov davomida robotlar ishlab chiqarish liniyasida ehtiyot qismlarni saralash va joylashtirish vazifalarini mustaqil amalga oshirdi. Ular 100 ming soatlik UMI ma’lumotlari asosida o‘qitilgan tizim yordamida ishlaydi. Ushbu tajriba gumanoid robotlarni real ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. 🇰🇷 JANUBIY KOREYA VA TURKIYA YADROVIY ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA Seul shahrida Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashdi. Muzokaralarda yadroviy energetika, mudofaa sanoati, savdo va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ilm-fan, texnologiyalar va yadroviy loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha to‘rtta kelishuv imzolandi. Shuningdek, Janubiy Koreya Turkiyada rejalashtirilayotgan Sinop atom elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. 🇺🇸 GAVAYIDAGI KILAUЕA VULQONI FAOLLASHDI AQShning Gavayi orollarida joylashgan Kilauea vulqonida faollik yana kuchaydi. AQSh Geologiya xizmati tarqatgan videolarda Halemaumau krateridagi yoriqlardan qizg‘ish lava oqib chiqayotgani aks etgan. Mutaxassislar vulqonning shimoliy qismida yangi lava oqimlari va past balandlikka ko‘tarilgan lava favvoralarini qayd etdi. Faollik ortishi sababli aviatsiya uchun ogohlantirish kodi sariqdan to‘q sariq darajaga o‘zgartirildi. Hozircha vulqon otilishi krater hududi bilan cheklanmoqda. 🇭🇰 GONGKONGDA 150 METRLIK AJDARHO ISHTIROKIDA AN’ANAVIY BAYRAM O‘TKAZILDI Gongkongning Koulun hududidagi Tay Kok Tsuy ibodatxonasida an’anaviy xalq sayli tashkil etildi. Bayram dasturidan rang-barang parad, akrobatik chiqishlar va ko‘cha taomlari namoyishi o‘rin oldi. Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri o‘nlab san’atkorlar ko‘tarib harakatlantirgan 150 metr uzunlikdagi ajdarho paradi bo‘ldi. Yigirmanchi bor o‘tkazilgan ushbu bayramga taxminan 180 ming nafar mahalliy aholi va sayyoh tashrif buyurdi. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent OTABEK MADRAHIMOV IJODINING 35 YILLIGINI KATTA KONSERT DASTURI BILAN NISHONLAMOQDA O‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xonanda Otabek Madrahimov ijodiy faoliyatining 35 yilligini katta konsert dasturi bilan nishonlamoqda. 15 yillik tanaffusdan so‘ng katta sahnaga qaytgan san’atkorning muxlislar tomonidan kutilgan konsertida uning eng sara va yangi taronalari yangramoqda. Konsert dasturi xonandaning ko‘p yillik ijodiy faoliyati va san’atga sadoqatining yorqin ifodasiga aylandi. Muxbir: Farangiz Karayeva ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI Bugungi kunda dasturlash, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar iqtisodiyot bilan bir qatorda mudofaa sohasida ham yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Ushbu jarayonda bilimli, tashabbuskor va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yoshlarning o‘rni muhim. Shu maqsadda Milliy gvardiya qo‘mondoni Toshkent shahridagi yetakchi raqamli ta’lim maskanlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida raqamli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent TOSHKENT METROSI: BEKATLAR SONI 50 TAGA, LINIYALAR UZUNLIGI 71 KILOMETRGA YETDI Qariyb 40 yil davomida Toshkent metrosida 29 ta bekat va 38 kilometrlik liniya mavjud bo‘lgan. So‘nggi yillarda metro tarmog‘i kengayib, bekatlar soni 50 taga, liniyalar uzunligi esa 71 kilometrga yetdi. 2024-yilda 14 ta yangi poyezd tarkibi — jami 56 ta vagon xarid qilindi. 2027-yilda yana 14 ta zamonaviy, besh vagonli poyezd olib kelish rejalashtirilgan. Ayni paytda metro bekatlarini nogironligi bo‘lgan va harakatlanishi cheklangan fuqarolar uchun moslashtirish masalasi ham dolzarb. 2030-yilga borib bekatlar sonini 79 taga, metro tarmog‘i uzunligini esa 103 kilometrga yetkazish ko‘zda tutilgan. Muhimi, metro rivoji nafaqat yangi bekatlar qurilishi, balki barcha yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bilan ham baholanishi lozim. Muxbir: Sug'diyona Po'latova ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Qarshi PIYODALAR XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ So‘nggi vaqtlarda piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari yo‘l harakati xavfsizligiga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayrim fuqarolarning belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan foydalanmasdan, yo‘lni istalgan qismidan kesib o‘tishi esa hayot va salomatlik uchun xavf tug‘dirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon viloyatda yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan 6 mingga yaqin ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu holatlar yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyatini oshirish hamda yo‘llarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi Muxbir: G'olib Amirov ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Termiz SURXONDARYODA KIBERFIRIBGARLIK HOLATLARI OQIBATIDA 30 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ MABLAG‘ O‘ZLASHTIRILGAN Telefon qo‘ng‘iroqlari, shubhali xabarlar va ijtimoiy tarmoqlardagi soxta takliflar orqali sodir etilayotgan kiberfiribgarlik holatlari fuqarolarga jiddiy moliyaviy zarar yetkazmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining o‘zida 5 mingdan ortiq holatda fuqarolarning 30 milliard so‘mdan ziyod mablag‘i firibgarlar tomonidan o‘zlashtirilgan. Muammoning oldini olish va aholining raqamli savodxonligini oshirish maqsadida jurnalistlar, blogerlar hamda talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda «APK Qo‘riqchi» ilovasining imkoniyatlari, internet firibgarligining keng tarqalgan usullari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari haqida tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar fuqarolarni shubhali havolalarga kirmaslik, SMS-kodlarni begonalarga bermaslik hamda bank kartasi ma’lumotlarini sir saqlashga chaqirdi. Zero, firibgarlik oqibatida yo‘qotilgan mablag‘larni qaytarish murakkab jarayon bo‘lishi mumkin. Shu bois moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda eng samarali yo‘l — hushyorlik va profilaktikadir. Muxbir: Muqaddas Panjiyeva ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Buxoro BUXORODA METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILDI Buxoro davlat texnika universitetida metallga termik va mexanik ishlov berish texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-texnik konferensiya tashkil etildi. Unda neft-gaz, tog‘-kon va metallurgiya, muhim metallarni qazib olish hamda avtomobilsozlik sanoati vakillari, shuningdek, Germaniya, Fransiya va Chexiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda Germaniya va Yevropaning 10 ga yaqin yetakchi kompaniyasi zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari, metallarga termik ishlov berish, detallarni tozalash, toblash texnologiyalari va innovatsion yechimlarini taqdim etdi. Konferensiya mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda yosh olimlar uchun xalqaro tajriba almashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish va hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkonini yaratdi. Mazkur tashabbuslar mamlakatimiz sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va metallga ishlov berish sohasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Muxbir: Akbar Mahmudov ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent DAVLAT IDORALARIDA KOMPLAYENS-NAZORAT TIZIMI SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA O‘zbekistonda davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Yevropa Ittifoqi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida davlat idoralari komplayens xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. Qayd etilishicha, 2021-yilda davlat organlarining 91 tasida ichki nazorat tuzilmalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 200 tadan oshgan va sohada 1 500 nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Seminarda ichki nazorat tuzilmalarining mustaqilligini ta’minlash, ularning Agentlik oldidagi hisobdorligini kuchaytirish hamda xodimlarning huquqiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan yangi mexanizmlar muhokama qilindi. Shuningdek, komplayens xodimlarining vakolatlarini kengaytirish, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinib, mutaxassislar ishtirokida savol-javoblar o‘tkazildi. Muxbir: Umida Qodirova ⏰12:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Xayriya INTIZORNING SOG‘LOM HAYOT SARI KURASHIDA YORDAMGA EHTIYOJ BOR Ikki yoshli Intizor hayotining ilk kunlaridanoq jiddiy sinovlarga duch kelmoqda. Muddatidan oldin dunyoga kelgan qizaloqqa bosh miya zararlanishi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, hozirda uning jismoniy va ruhiy rivojlanishida ortda qolish kuzatilmoqda. Yutinish imkoniyati cheklangani sababli u hatto suvni ham maxsus zond orqali qabul qiladi va doimiy ravishda onasining parvarishiga muhtoj. Intizorning sog‘lig‘ini yaxshilash, rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda mustaqil harakatlana olishiga ko‘maklashish uchun muntazam tibbiy yordam va davolash muolajalarini davom ettirish muhim. Bu jarayonda saxovatpesha insonlarning ko‘magi oila uchun katta dalda bo‘lishi mumkin. 9860 0826 4447 1946 /Umida Ramazonova\ ☎️+998931463500 ⏰09:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Toshkent TOSHKENT AEROPORTIDA XALQARO AVIA SPOTTING TADBIRI O‘TKAZILDI Samolyotlarni suratga olish va ularning parvozini kuzatish bugun dunyo bo‘ylab minglab insonlarni birlashtirgan o‘ziga xos hobbi va ijodiy yo‘nalishga aylangan. Toshkent xalqaro aeroportida tashkil etilgan rasmiy spotting tadbirida 40 ga yaqin mahalliy va xorijiy professional hamda havaskor avia spotterlar ishtirok etdi. Ular orasida ushbu yo‘nalishda to‘rt yildan beri faoliyat yuritayotgan 49 yoshli Dilmurod Toshmuhamedov ham bor. Tadbirda, shuningdek, 2011-yildan buyon spotting bilan shug‘ullanib kelayotgan germaniyalik fotograf ham qatnashdi. Uning samolyotlar tasvirlangan ishlari JetPhotos va Planespotters.net kabi xalqaro platformalarda e’lon qilib boriladi. Qizig‘i, bu mashg‘ulot yosh tanlamaydi: ishtirokchilar orasida ikki yildan beri samolyotlarni suratga olayotgan 14 yoshli Ismoil ham bor. U kelajakda uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. Spotting tadbirlari mamlakatimizda 2021-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va aviasiya ixlosmandlariga o‘z qiziqishlarini namoyon etish uchun imkoniyat yaratmoqda. Muxbir: Umida Qodirova ⏰09:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇮🇩 INDONEZIYADA SEMERU VULQONI ATROFIDA SEL VA KUL YOPIRILDI Indoneziyaning Yava orolidagi Semeru vulqoni atrofida kuchli yomg‘ir oqibatida vulqon kuli va sel oqimlari yuzaga keldi. Natijada uylar shikastlanib, yana o‘nga yaqin xonadon qulash xavfi ostida qoldi. Taman-Sari qishlog‘ida 117 ta oila tashqi dunyodan uzilib qolgan. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Vulqon hududida xavfning uchinchi darajasi saqlanib qolmoqda. 🇳🇵NEPALDA IKKI VERTOLYOT HAVODA TO‘QNASHDI Nepalda, Everest tog‘idan uzoq bo‘lmagan Periche aholi punkti yaqinida ikki vertolyot havoda to‘qnashib, halokatga uchradi. Hodisa vertolyotlar qo‘nishga urinayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Oqibatda Hindistondan kelgan 47 yoshli sayyoh halok bo‘ldi, Yangi Zelandiya fuqarosi va ikki nafar nepallik uchuvchi jarohatlandi. Ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan. 🇨🇦 KANADALIK SPORTCHI PARASHYUTDA SAKRASH BO‘YICHA JAHON REKORDINI O‘RNATDI Kanadalik Mark-Olivye Demare parashyutda sakrash vaqtida erkin tushish holatida ketma-ket 59 marta yon tomonga aylanib, jahon rekordini o‘rnatdi. U ushbu natijaga Kvebek provinsiyasida, taxminan 4 ming 115 metr balandlikda erishdi. Sportchi rekordni qayd etish uchun 2009-yildan buyon, qariyb 17 yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan. 🇨🇳XITOYDA ROBOTLAR VA YANGI TEXNOLOGIYALAR KO‘RGAZMASI O‘TKAZILMOQDA Xitoyning Ujen shahrida o‘tkazilayotgan texnologik ko‘rgazmada robot-patrullar, odam qiyofasidagi androidlar va boshqa zamonaviy qurilmalar namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar 5G texnologiyasi asosida ishlaydigan masofaviy laparoskopik jarrohlik tizimini ham sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘rgazmada 54 mamlakatdan 670 ta kompaniya va tashkilot o‘z mahsulotlari hamda innovatsion ishlanmalarini taqdim etmoqda. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰09:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Kitob KITOB TUMANIDA M-39 YO‘LI USTIDAN YER USTI PIYODALAR KO‘PRIGI QURILMOQDA M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Kitob tumani hududidan o‘tuvchi qismida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi yer usti ko‘prigi barpo etilmoqda. “Qaynar” mahallasida qurilayotgan inshoot, ayniqsa, yo‘lning ikki tomonida yashovchi aholi, maktab o‘quvchilari va keksalar uchun katta qulaylik yaratadi. Uzunligi 33 metr, eni 3,3 metr bo‘lgan ko‘prik avtomobil yo‘lidan 6 metr balandlikda qurilmoqda. Loyiha “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilib, viloyatda barpo etilayotgan ikkinchi, Kitob tumanida esa birinchi yer usti piyodalar ko‘prigi hisoblanadi. Ayni paytda qurilish ishlari davom etmoqda. Muxbir: Gʻolib Amirov ⏰09:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Pekin PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING KITOBI XITOY TILIDA NASHR ETILDI Pekin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning xitoy tilida chop etilgan «O‘zbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xitoyning nufuzli «Jenmin» nashriyotida chop etilgan sakkiz bobdan iborat asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati hamda xalqaro hamkorlikdagi ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Taqdimot marosimida Xitoyning siyosiy, ilmiy-akademik, ekspert va ishbilarmon doiralari, ommaviy axborot vositalari hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari mazkur nashrni O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot modeli va islohotlar strategiyasini xitoylik kitobxonlarga tanishtirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. Kitobdan Prezident nutq va ma’ruzalari, xorijiy OAVda e’lon qilingan intervyu va maqolalari ham o‘rin olgan. Muxbir: Gulbahor Abdulhayeva ⏰09:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Buxoro PREZIDENT BUXORODA XALQARO TADBIRLARGA TAYYORGARLIK VA YIRIK SANOAT LOYIHALARI BILAN TANISHDI Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, yangi xalqaro aeroport qurish, 23,5 kilometrlik yo‘l barpo etish hamda vokzallarga qo‘shimcha 120 ta avtobus jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tadbirlar orqali investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Buxoroning turizm salohiyatini namoyon etish vazifalari belgilandi. Davlat rahbari tashrif davomida “Tekhnochem” neft-kimyo klasteri faoliyati bilan ham tanishdi. Korxonada 2028-yil yakuniga qadar 292 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish, qayta ishlash quvvatini qo‘shimcha 400 ming tonnaga oshirish va 700 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Prezident Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Qiymati 328 million dollar bo‘lgan loyiha natijasida zavodning yillik qayta ishlash quvvati 5 million tonnaga yetkazilib, Yevro-5 talablariga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli benzin ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari barcha loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari uchun malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Muxbir: Umida Olimova ⏰09:00 4.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramHUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇲🇽MEKSIKADA YENGIL MOTORLI SAMOLYOT HALOKATGA UCHRADI Meksikaning Hidalgo shtati poytaxti Pachukada yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida uchuvchi va ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Pachuka aeroportidan Kuerna vaka shahri tomon parvoz qilgan, biroq havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib boshqaruvni yo‘qotgan. U aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan 500 metr masofada, savdo markazi va harbiy obyekt yaqiniga qulagan. Zarba oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Halokat sabablari yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlangan. 🇵🇭 FILIPPINDA MAYON VULQONI YANA FAOLLASHDI Filippinning Luson orolida joylashgan Mayon vulqonida yana faollik kuzatildi. Uning krateridan bir yarim kilometr balandlikka kul ustuni ko‘tarildi. Bu holat 30-oktabrdagi kuchli otilishdan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Mamlakat vulqonshunoslik va seysmologiya instituti xavf darajasini uchinchi bosqichda saqlab qolmoqda. Aholiga vulqon atrofidagi olti kilometrli xavfli hududga kirish taqiqlangan. Mutaxassislar lava oqimi, tosh ko‘chishi va zaharli gazlar tarqalishi ehtimolidan ogohlantirmoqda. 🇬🇧 LONDОNDA ELEKTROVELOSIPEТLARDA RITSARLAR TURNIRI O‘TKAZILDI Buyuk Britaniya poytaxti Londonning Xakni tumanida o‘rta asr ritsarlari ishtirokida noodatiy musobaqa tashkil etildi. Ishtirokchilar otlar o‘rniga elekt velosipedlarga minib, qo‘llariga nayza tutgan holda bellashdi. Besh raund davom etgan turnirni minglab tomoshabinlar kuzatdi. Musobaqada “Birinchi Kemfolomoliy” nomi bilan tanilgan ishtirokchi g‘olib bo‘ldi. Tadbir xayriya maqsadiga ham yo‘naltirilib, ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ming funt sterlingdan ortiq mablag‘ to‘plandi. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰16:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 150 |
| 13 h | 202 |
- Total to date202
HUDUD | Namangan FARG‘ONA VODIYSIDAGI YAGONA AYOL ELEKTROBUS HAYDOVCHISI Namangan ko‘chalarida har kuni yo‘lovchilarni manzillariga eltib, mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarayotgan Inoyatxon Ergasheva — Farg‘ona vodiysida elektrobuss boshqarayotgan yagona ayol haydovchi. U “Otchopar – Chorsu” yo‘nalishida 14 kilometr masofani bosib o‘tib, 22 ta bekat orqali kuniga 16 marotaba qatnovni amalga oshiradi. Haydovchining ta’kidlashicha, tirbandlik, turli ob-havo sharoitlari va tig‘iz vaqtlarda 50–60 nafargacha yo‘lovchini manziliga bexatar yetkazish katta mas’uliyat va e’tibor talab qiladi. Avval “Vatanparvar” tashkilotida yo‘riqchi bo‘lib ishlagan Inoyatxon opa mehnat faoliyati bilan birga oilaviy mas’uliyatni ham zimmasiga olib kelmoqda. Uning fikricha, inson qaysi kasbni tanlamasin, avvalo, o‘z ishini sevishi va unga mehr bilan yondashishi kerak. Inoyatxon Ergashevaning faoliyati ayollarga imkoniyat va ishonch berilsa, ular har qanday sohada yuksak natijalarga erisha olishini yana bir bor namoyon etmoqda. Muxbir: Muhammadjon Begmatov ⏰16:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 144 |
| 13 h | 189 |
- Total to date189
HUDUD | Toshkent XAZONLARNI YOQISH — TABIAT VA INSON SALOMATLIGI UCHUN XAVFLI Kuz faslida daraxtlardan to‘kilgan barglarni yoqib yuborish holatlari uchrab turadi. Biroq bunday harakatlar atmosferaga zararli moddalar va mayda PM2.5 zarrachalarining tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, nafas yo‘llari kasalliklari, allergik reaksiyalar va boshqa xastaliklar xavfini oshiradi. Shu bois Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida respublika bo‘ylab profilaktik tadbirlar va nazorat ishlari olib borilmoqda. Xazonlarni yoqish holatlariga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilmoqda. Mutaxassislar esa to‘kilgan barg va o‘simlik qoldiqlarini kompostga aylantirishni tavsiya etmoqda. Buning uchun ularni maxsus joyda tuproqqa ko‘mish orqali tabiiy o‘g‘it hosil qilish, tuproq unumdorligi va namlikni saqlash xususiyatini oshirish mumkin. Eng muhimi, bu usul atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazuvchi moddalar tarqalishining oldini oladi. Muxbir: Gulbahor Abdulhayeva ⏰16:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 154 |
| 14 h | 180 |
| 24 h | 228 |
- After 24 hours228
- Total to date228
HUDUD | Toshkent O‘ZBEKISTONDA “MUALLIFLIK HUQUQINI HIMOYA QILISH OYI” YAKUNLARI SARHISOB QILINDI Adliya vazirligida 1–31-oktabr kunlari respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mualliflik huquqlarini buzish holatlariga qarshi ko‘rilgan choralar, huquqiy targ‘ibot ishlari va kelgusidagi vazifalar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, bir oy davomida mualliflar va huquq egalaridan 40 ga yaqin murojaat kelib tushgan, ularning qariyb 20 tasi yuzasidan ogohnomalar chiqarilgan. Aniqlangan qonunbuzarliklar orasida Bobomurod Hamdamovning musiqiy asarlari hamda Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” asarini huquq egalarining ruxsatisiz chop etish holatlari ham bor. Anjumanda mualliflik huquqini himoya qilishga oid qonunchilikdagi yangiliklar, kontrafakt mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi. Zero, ijodkor mehnati va uning intellektual mulkini himoya qilish madaniy taraqqiyotning muhim shartlaridan biridir. Muxbir: Sug'diyona Po'latova ⏰16:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 122 |
| 14 h | 147 |
| 24 h | 188 |
- After 24 hours188
- Total to date188
HUDUD | Toshkent O‘ZBEKISTONDA MEDIA ISTE’MOLI BO‘YICHA MILLIY TADQIQOT NATIJALARI E’LON QILINDI O‘zbekistonda aholining axborot olish odatlari, media iste’moli va ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonchini o‘rganishga qaratilgan milliy tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Sentabr–oktabr oylarida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 50,4 foizi mamlakatdagi voqealardan doimiy xabardor bo‘lib borishini bildirgan. Yangiliklarni olishda Telegram kanallari 51,6 foiz bilan yetakchilik qilgan, televideniye 44,6 foiz, boshqa ijtimoiy tarmoqlar esa 41,6 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, respondentlarning 67,5 foizi televizion kontentni tomosha qilishini qayd etgan. Jamoatchilik ishonchi bo‘yicha esa televideniye yetakchi o‘rinda turib, so‘rov ishtirokchilarining 52,8 foizi uni ishonchli axborot manbasi deb baholagan. Tadqiqotda aholining tezkor xabarlar bilan bir qatorda chuqur tahliliy materiallar va jurnalistik surishtiruvlarga ham ehtiyoji borligi aniqlangan. Loyiha doirasida endilikda mamlakatimizning olti hududida jurnalistlar, matbuot xizmatlari xodimlari va blogerlar uchun maxsus treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Muxbir: Mirzaolim Rustambekov ⏰16:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 122 |
| 14 h | 141 |
| 24 h | 171 |
- After 24 hours171
- Total to date171
HUDUD | Buxoro PREZIDENT BUXORO VILOYATIGA TASHRIFINI BAHOUDDIN NAQSHBAND MAQBARASI ZIYORATIDAN BOSHLADI Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni bunyodkorlik ishlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbarining tashrifi Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Bu yerda Qur’on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun duo qilindi. Har kuni o‘rtacha 15 mingga yaqin ziyoratchi tashrif buyuradigan mazkur me’moriy majmua UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Prezident majmuada amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishar ekan, Buxoroning islom ma’rifati rivojidagi tarixiy o‘rnini alohida ta’kidladi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, uni yoshlar tarbiyasida keng qo‘llash va kelajak avlodni ilm-ma’rifat ruhida kamol toptirish muhimligini qayd etdi. Muxbir: Umida Olimova ⏰16:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 129 |
| 14 h | 147 |
| 24 h | 189 |
- After 24 hours189
- Total to date189
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatning ijtimoiy - iqtisodiy holati bilan tanishdi! O‘zbekistonliklar media bozorida nimalarni yoki kimlarni ko‘proq tomosha qilmoqda? So‘rovnoma natijalari elon qilindi! Mualliflik huquqining umri uzaytirildi. Endi imzo qo‘yilgan matearillar egasiga 70 yilgacha daromad keltirishi mumkin! Xazonlarni yoqmang, aksincha ko‘mib qo‘ying! Ekologlar kuzgi xazonrezgi mavsumida barchani ogohlikka chaqirmoqda! O‘tmish va zamon to‘qnashuvi: Londonda ritsarlar ot o‘rniga velosipedda jangga kirishdi! Namanganlik ayol esa avtobus boshqarmoqda! Uni bunga nima majbur qildi? Anons |⏰SOAT 16:00 | Jonli efir 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 5 h | 1,270 |
| 15 h | 1,552 |
| 26 h | 1,855 |
- After 6 hours1,270
- After 24 hours1,855
- Total to date1,855
HUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇮🇳 HINDISTONDA “ARNAB” SIKLONI OQIBATIDA OLTI KISHI HALOK BO‘LDI Hindistonning sharqidagi Odisha shtatida “Arnab” sikloni sabab kuchli yomg‘irlar, suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Daryo bo‘yidagi uylar vayron bo‘lib, 25 ga yaqin xonadonga zarar yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yuz mingdan ortiq kishi ofatdan jabr ko‘rgan. Ayni paytda “Murasu” sikloni xavfi tufayli Andhra-Pradesh shtatining ayrim hududlarida aholi evakuatsiya qilinmoqda. 🇭🇺 PORTLASH XAVFI HAQIDAGI XABARDAN SO‘NG YO‘LOVCHI SAMOLYOTI QO‘NISHGA MAJBUR BO‘LDI Londondan Sofiyaga parvoz qilayotgan Wizz Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot portlash tahdidi haqidagi xabardan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirib, Budapesht aeroportiga qo‘ndi. Vengriya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, NATOning ALPHA signali e’lon qilingach, qiruvchi samolyot havoga ko‘tarilib, yo‘lovchi samolyotini kuzatib borgan. Qo‘nishdan so‘ng havo kemasi va yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tkazildi. Biroq hech qanday xavfli buyum yoki shubhali holat aniqlanmadi. 🇧🇷 115 MILLION YILLIK DINAZAVR QOLDIG‘IDAN QON HUJAYRALARI IZLARI TOPILDI Braziliyada topilgan 115 million yillik dinozavr suyagini o‘rgangan xalqaro tadqiqotchilar unda qizil qon tanachalari va gem molekulalarining izlarini aniqladi. Olimlarning qayd etishicha, bu topilma qadimgi organizmlarga oid biologik molekulalar millionlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tadqiqot dinozavrlarning biologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. 🇨🇳 XITOYDA DARAXTLAR SAN’AT ASARIGA AYLANTIRILMOQDA Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida fermerlar mirika daraxtlarini turli shakllarda butab, o‘ziga xos san’at asarlarini yaratmoqda. Daraxt shoxlaridan yulduz, yurak, oy va an’anaviy xitoy oltin quymalari shakllari hosil qilinmoqda. Har bir daraxtga yakuniy ko‘rinish berish uchun taxminan ikki yil vaqt talab etiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa kelgusida yangi shakllarni yaratish va mahsulot turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰12:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 164 |
| 28 h | 204 |
- After 6 hours164
- After 24 hours204
- Total to date204
HUDUD | Toshkent TOSHKENTDA “HINDISTON YAQINDAN: IPAK YO‘LI RISHTALARI” MADANIY FESTIVALI O‘TKAZILDI Poytaxtimizda Hindiston elchixonasi tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan “Hindiston yaqindan: Ipak yo‘li rishtalari” festivali tashkil etildi. Tadbirda mehmonlar hind xalqining milliy urf-odatlari, an’analari, liboslari va san’ati bilan yaqindan tanishdi. Festivalning asosiy syurprizlaridan biri afsonaviy aktyor Raj Kapurga o‘xshashligi bilan e’tibor qozongan Ulug‘bek Hamroyevning chiqishi bo‘ldi. Shuningdek, xina qo‘yish marosimi, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Ayniqsa, do‘mbira jo‘rligida ijro etilgan raqs tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Muxbir: Umida Qodirova ⏰12:00 3.11.206 😎 Telegram 😎 Instagram▶You Tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 141 |
| 28 h | 177 |
- After 6 hours141
- After 24 hours177
- Total to date177