Посты канала HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal

сначала новые

#45419Видео
Просмотры18−97%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии0
#45418Видео
Просмотры19−97%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии0
#45417Видео
Просмотры28−95%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии0
#45416Видео

HUDUD | Toshkent DEPUTATLAR LIZING VA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID QONUN LOYIHALARINI MUHOKAMA QILDI Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Xususan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, lizing oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan taqdirda, lizingga olingan mulk lizing beruvchi tashkilot balansida hisobga olinadi. Bu esa tadbirkorlarga zarur uskuna va boshqa mulklarni lizing asosida olishda qulaylik yaratadi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga oid davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarga Apellyatsiya kengashiga murojaat qilish bilan bir qatorda bevosita sudga murojaat etish huquqini berish taklif etildi. Qonun loyihasida xodimlar xizmat vazifasini bajarish davomida yaratgan asar va dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni belgilash tartibini ham o‘zgartirish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, bu masala ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi shartnoma asosida hal etiladi. Yalpi majlisda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi ham ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Muxbir: Mirzaolim Rustambekov ⏰16:00 4.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры31−94%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии0
#45415Видео
Просмотры33−94%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии0
#45414Видео

HUDUD | Buxoro BUXORODA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH VA INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA YIRIK LOYIHALAR BELGILANDI Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi turmush darajasini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ichimlik suvi va oqova tizimlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan amalga oshirilayotgan 385 million dollarlik loyihaning ikkinchi bosqichiga qo‘shimcha 248 million dollar jalb etilishi natijasida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrovni 80 foizdan 95 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Transport infratuzilmasi yo‘nalishida joriy yilda A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi, kelasi yili esa M-37 yo‘lining 69 kilometrlik qismini yangilash boshlanadi. Qiymati 200 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrlik aylanma yo‘l ham quriladi. Shuningdek, viloyatga xorijiy sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish, Eski shahar, Yetti pir, Chor Bakr, Poykent, Varaxsha va Vardonze kabi tarixiy maskanlarni yagona turizm konsepsiyasi asosida bog‘lash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, sakkizta markaziy ko‘cha yangilanib, oltita xiyobon barpo etiladi. Davlat rahbari mutasaddilarga loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Muhimi, amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlar Buxoro iqtisodiy salohiyatini kengaytirish bilan birga, aholi hayotida ham ijobiy natijalar berishi lozim. Muxbir: Umida Olimova ⏰16:00 4.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры38−93%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии1
#45413Видео
Просмотры714+31%к среднему
Пересылки3
Реакции—
Комментарии0
#45412Видео

HUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇨🇳 XITOYDA GUMANOID ROBOTLAR AVTOMOBIL ZAVODIDA 8 SOATLIK ISH SMENASINI BAJARDI Xitoyning Xiaomi kompaniyasi robototexnika sohasidagi navbatdagi yutug‘ini namoyish etdi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan CyberOne 02 gumanoid robotlari avtomobil zavodida sakkiz soatlik ish smenasini uzluksiz bajardi. Sinov davomida robotlar ishlab chiqarish liniyasida ehtiyot qismlarni saralash va joylashtirish vazifalarini mustaqil amalga oshirdi. Ular 100 ming soatlik UMI ma’lumotlari asosida o‘qitilgan tizim yordamida ishlaydi. Ushbu tajriba gumanoid robotlarni real ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. 🇰🇷 JANUBIY KOREYA VA TURKIYA YADROVIY ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA Seul shahrida Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashdi. Muzokaralarda yadroviy energetika, mudofaa sanoati, savdo va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ilm-fan, texnologiyalar va yadroviy loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha to‘rtta kelishuv imzolandi. Shuningdek, Janubiy Koreya Turkiyada rejalashtirilayotgan Sinop atom elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. 🇺🇸 GAVAYIDAGI KILAUЕA VULQONI FAOLLASHDI AQShning Gavayi orollarida joylashgan Kilauea vulqonida faollik yana kuchaydi. AQSh Geologiya xizmati tarqatgan videolarda Halemaumau krateridagi yoriqlardan qizg‘ish lava oqib chiqayotgani aks etgan. Mutaxassislar vulqonning shimoliy qismida yangi lava oqimlari va past balandlikka ko‘tarilgan lava favvoralarini qayd etdi. Faollik ortishi sababli aviatsiya uchun ogohlantirish kodi sariqdan to‘q sariq darajaga o‘zgartirildi. Hozircha vulqon otilishi krater hududi bilan cheklanmoqda. 🇭🇰 GONGKONGDA 150 METRLIK AJDARHO ISHTIROKIDA AN’ANAVIY BAYRAM O‘TKAZILDI Gongkongning Koulun hududidagi Tay Kok Tsuy ibodatxonasida an’anaviy xalq sayli tashkil etildi. Bayram dasturidan rang-barang parad, akrobatik chiqishlar va ko‘cha taomlari namoyishi o‘rin oldi. Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri o‘nlab san’atkorlar ko‘tarib harakatlantirgan 150 metr uzunlikdagi ajdarho paradi bo‘ldi. Yigirmanchi bor o‘tkazilgan ushbu bayramga taxminan 180 ming nafar mahalliy aholi va sayyoh tashrif buyurdi. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰12:00 4.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры148−73%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии0
#45411Видео
Просмотры122−78%к среднему
Пересылки1
Реакции1
Комментарии0
#45410Видео
Просмотры165−70%к среднему
Пересылки2
Реакции—
Комментарии0
#45409Видео
Просмотры127−77%к среднему
Пересылки6
Реакции—
Комментарии0
#45408Видео
Просмотры414−24%к среднему
Пересылки2
Реакции—
Комментарии0
#45407Видео
Просмотры128−76%к среднему
Пересылки5
Реакции—
Комментарии0
#45406Видео
Просмотры123−77%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии0
#45405Видео
Просмотры129−76%к среднему
Пересылки1
Реакции0
Комментарии0
#45404Видео
Просмотры215−60%к среднему
Пересылки2
Реакции3
Комментарии0
#45403Видео
Просмотры407−25%к среднему
Пересылки4
Реакции—
Комментарии0
#45402Видео

HUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇮🇩 INDONEZIYADA SEMERU VULQONI ATROFIDA SEL VA KUL YOPIRILDI Indoneziyaning Yava orolidagi Semeru vulqoni atrofida kuchli yomg‘ir oqibatida vulqon kuli va sel oqimlari yuzaga keldi. Natijada uylar shikastlanib, yana o‘nga yaqin xonadon qulash xavfi ostida qoldi. Taman-Sari qishlog‘ida 117 ta oila tashqi dunyodan uzilib qolgan. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Vulqon hududida xavfning uchinchi darajasi saqlanib qolmoqda. 🇳🇵NEPALDA IKKI VERTOLYOT HAVODA TO‘QNASHDI Nepalda, Everest tog‘idan uzoq bo‘lmagan Periche aholi punkti yaqinida ikki vertolyot havoda to‘qnashib, halokatga uchradi. Hodisa vertolyotlar qo‘nishga urinayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Oqibatda Hindistondan kelgan 47 yoshli sayyoh halok bo‘ldi, Yangi Zelandiya fuqarosi va ikki nafar nepallik uchuvchi jarohatlandi. Ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan. 🇨🇦 KANADALIK SPORTCHI PARASHYUTDA SAKRASH BO‘YICHA JAHON REKORDINI O‘RNATDI Kanadalik Mark-Olivye Demare parashyutda sakrash vaqtida erkin tushish holatida ketma-ket 59 marta yon tomonga aylanib, jahon rekordini o‘rnatdi. U ushbu natijaga Kvebek provinsiyasida, taxminan 4 ming 115 metr balandlikda erishdi. Sportchi rekordni qayd etish uchun 2009-yildan buyon, qariyb 17 yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan. 🇨🇳XITOYDA ROBOTLAR VA YANGI TEXNOLOGIYALAR KO‘RGAZMASI O‘TKAZILMOQDA Xitoyning Ujen shahrida o‘tkazilayotgan texnologik ko‘rgazmada robot-patrullar, odam qiyofasidagi androidlar va boshqa zamonaviy qurilmalar namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar 5G texnologiyasi asosida ishlaydigan masofaviy laparoskopik jarrohlik tizimini ham sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘rgazmada 54 mamlakatdan 670 ta kompaniya va tashkilot o‘z mahsulotlari hamda innovatsion ishlanmalarini taqdim etmoqda. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰09:00 4.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры129−76%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии0
#45401Видео
Просмотры147−73%к среднему
Пересылки3
Реакции—
Комментарии0
#45400Видео
Просмотры147−73%к среднему
Пересылки2
Реакции—
Комментарии0
#45399Видео

HUDUD | Buxoro PREZIDENT BUXORODA XALQARO TADBIRLARGA TAYYORGARLIK VA YIRIK SANOAT LOYIHALARI BILAN TANISHDI Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, yangi xalqaro aeroport qurish, 23,5 kilometrlik yo‘l barpo etish hamda vokzallarga qo‘shimcha 120 ta avtobus jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tadbirlar orqali investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Buxoroning turizm salohiyatini namoyon etish vazifalari belgilandi. Davlat rahbari tashrif davomida “Tekhnochem” neft-kimyo klasteri faoliyati bilan ham tanishdi. Korxonada 2028-yil yakuniga qadar 292 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish, qayta ishlash quvvatini qo‘shimcha 400 ming tonnaga oshirish va 700 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Prezident Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Qiymati 328 million dollar bo‘lgan loyiha natijasida zavodning yillik qayta ishlash quvvati 5 million tonnaga yetkazilib, Yevro-5 talablariga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli benzin ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari barcha loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari uchun malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Muxbir: Umida Olimova ⏰09:00 4.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры172−68%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии0
#45398Видео

HUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇲🇽MEKSIKADA YENGIL MOTORLI SAMOLYOT HALOKATGA UCHRADI Meksikaning Hidalgo shtati poytaxti Pachukada yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida uchuvchi va ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Pachuka aeroportidan Kuerna vaka shahri tomon parvoz qilgan, biroq havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib boshqaruvni yo‘qotgan. U aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan 500 metr masofada, savdo markazi va harbiy obyekt yaqiniga qulagan. Zarba oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Halokat sabablari yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlangan. 🇵🇭 FILIPPINDA MAYON VULQONI YANA FAOLLASHDI Filippinning Luson orolida joylashgan Mayon vulqonida yana faollik kuzatildi. Uning krateridan bir yarim kilometr balandlikka kul ustuni ko‘tarildi. Bu holat 30-oktabrdagi kuchli otilishdan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Mamlakat vulqonshunoslik va seysmologiya instituti xavf darajasini uchinchi bosqichda saqlab qolmoqda. Aholiga vulqon atrofidagi olti kilometrli xavfli hududga kirish taqiqlangan. Mutaxassislar lava oqimi, tosh ko‘chishi va zaharli gazlar tarqalishi ehtimolidan ogohlantirmoqda. 🇬🇧 LONDОNDA ELEKTROVELOSIPEТLARDA RITSARLAR TURNIRI O‘TKAZILDI Buyuk Britaniya poytaxti Londonning Xakni tumanida o‘rta asr ritsarlari ishtirokida noodatiy musobaqa tashkil etildi. Ishtirokchilar otlar o‘rniga elekt velosipedlarga minib, qo‘llariga nayza tutgan holda bellashdi. Besh raund davom etgan turnirni minglab tomoshabinlar kuzatdi. Musobaqada “Birinchi Kemfolomoliy” nomi bilan tanilgan ishtirokchi g‘olib bo‘ldi. Tadbir xayriya maqsadiga ham yo‘naltirilib, ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ming funt sterlingdan ortiq mablag‘ to‘plandi. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰16:00 3.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры202−63%к среднему
Пересылки1
Реакции1
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч150
13 ч202
  1. Всего сейчас202
#45397Видео
Просмотры189−65%к среднему
Пересылки9
Реакции4
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч144
13 ч189
  1. Всего сейчас189
#45396Видео
Просмотры228−58%к среднему
Пересылки6
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч154
14 ч180
24 ч228
  1. Через 24 часа228
  2. Всего сейчас228
#45395Видео
Просмотры188−65%к среднему
Пересылки2
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч122
14 ч147
24 ч188
  1. Через 24 часа188
  2. Всего сейчас188
#45394Видео
Просмотры171−69%к среднему
Пересылки5
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч122
14 ч141
24 ч171
  1. Через 24 часа171
  2. Всего сейчас171
#45393Видеоизменён
Просмотры189−65%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч129
14 ч147
24 ч189
  1. Через 24 часа189
  2. Всего сейчас189
#45392Видео
Просмотры1 855+241%к среднему
Пересылки3
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
5 ч1 270
15 ч1 552
26 ч1 855
  1. Через 6 часов1 270
  2. Через 24 часа1 855
  3. Всего сейчас1 855
#45391Видео

HUDUD | Xorij xabarlari 🌍 DUNYODA SODIR BO‘LAYOTGAN VOQEALAR — XORIJ XABARLARI 🇮🇳 HINDISTONDA “ARNAB” SIKLONI OQIBATIDA OLTI KISHI HALOK BO‘LDI Hindistonning sharqidagi Odisha shtatida “Arnab” sikloni sabab kuchli yomg‘irlar, suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Daryo bo‘yidagi uylar vayron bo‘lib, 25 ga yaqin xonadonga zarar yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yuz mingdan ortiq kishi ofatdan jabr ko‘rgan. Ayni paytda “Murasu” sikloni xavfi tufayli Andhra-Pradesh shtatining ayrim hududlarida aholi evakuatsiya qilinmoqda. 🇭🇺 PORTLASH XAVFI HAQIDAGI XABARDAN SO‘NG YO‘LOVCHI SAMOLYOTI QO‘NISHGA MAJBUR BO‘LDI Londondan Sofiyaga parvoz qilayotgan Wizz Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot portlash tahdidi haqidagi xabardan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirib, Budapesht aeroportiga qo‘ndi. Vengriya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, NATOning ALPHA signali e’lon qilingach, qiruvchi samolyot havoga ko‘tarilib, yo‘lovchi samolyotini kuzatib borgan. Qo‘nishdan so‘ng havo kemasi va yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tkazildi. Biroq hech qanday xavfli buyum yoki shubhali holat aniqlanmadi. 🇧🇷 115 MILLION YILLIK DINAZAVR QOLDIG‘IDAN QON HUJAYRALARI IZLARI TOPILDI Braziliyada topilgan 115 million yillik dinozavr suyagini o‘rgangan xalqaro tadqiqotchilar unda qizil qon tanachalari va gem molekulalarining izlarini aniqladi. Olimlarning qayd etishicha, bu topilma qadimgi organizmlarga oid biologik molekulalar millionlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tadqiqot dinozavrlarning biologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. 🇨🇳 XITOYDA DARAXTLAR SAN’AT ASARIGA AYLANTIRILMOQDA Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida fermerlar mirika daraxtlarini turli shakllarda butab, o‘ziga xos san’at asarlarini yaratmoqda. Daraxt shoxlaridan yulduz, yurak, oy va an’anaviy xitoy oltin quymalari shakllari hosil qilinmoqda. Har bir daraxtga yakuniy ko‘rinish berish uchun taxminan ikki yil vaqt talab etiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa kelgusida yangi shakllarni yaratish va mahsulot turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Muxbir: Shoista Jabborova ⏰12:00 3.11.206 😎  Telegram 😎 Instagram▶You Tube

Открыть в Telegram
Просмотры204−62%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
7 ч164
28 ч204
  1. Через 6 часов164
  2. Через 24 часа204
  3. Всего сейчас204
#45390Видео
Просмотры177−67%к среднему
Пересылки2
Реакции—
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
7 ч141
28 ч177
  1. Через 6 часов141
  2. Через 24 часа177
  3. Всего сейчас177