Kecha nima boʻldi a? Bizni davrimizda sal boʻlsayam uyalardik. Juda kech boʻlib ketaversa, hijolat boʻlib tadbirni yakunlashga urinardik. Bu yil yangi vazir yangi imkoniyatlar bergan koʻrinadi, instagramga kirsam hammayoq diskoteka. Rosa biti toʻkilibdi talabalarni. Mayli, nima boʻlsayam xayrli boʻlsin. Kech boʻlsa-da, talabalarni, ayniqsa, oʻzimning sobiq jigarlarimni tabriklayman. @hazratikursdosh
Open in Telegram
Hazrati Kursdosh | Ibtido
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️ Oila hamma narsadan ustun! ⚡️ Ijtimoiy-hajviy, ta'lim kanal. ⚡️ Aloqa: @hazrati_kursdosh ♨️LIVE — @hazratikursdoshlive
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 11, 2026 | 1,440 |
| Nov 17, 2026 | 753 |
Latest posts
Hozirgi bolalarni aldab uxlatib boʻlmaydi. Oʻlay deb bunga erishganingda legoni yoki cheyilloq ayiqchani bosib olasanmi-ye, ishqilib murakkab boʻlib boryapti bu hayot. Qonday, oʻzimni jigarlarim? 💪😁 @hazratikursdosh
Open in TelegramForwarded from Joni KUYAR
O‘zbekistondagi hech bir gazet yoki jurnal bosib chiqarishni xohlamagan yozg‘irimni nihoyat telegramdagi kichikkina kanalimizga joylashga majbur bo‘ldim. Albatta, sabringiz yetsa o‘qib chiqarsiz degan umiddaman. 📰 O‘qish uchun bosing. @jonikuyar
Open in TelegramForwarded from Joni KUYAR
Hazilkash yangalar haqida Men sizga aytsam, qishlog‘imiz kelinlari, aniqrog‘i yangalar bilan hazillashib bo‘lmaydi. Shunaqangi uyaltiradiki, xijolat bo‘lganingdan qochib qutilasan. “Oho, palonchi yigit, qalay endi hayot? Bo‘lmaganda bir, bo‘lgandi ikki-a? Kelinjonni uxlatmayapsiz shekilli, uyqusirab yurgandir? Ha, endi bu bilakdagi tomirlarga qaraganda, bir “ha” deganda jonini sug‘urib oladiganga o‘xshaysiz-ku, aylanay. Ha, o‘lmang, bo‘risiz yigit, bo‘risiz! Vajohatingizdan ko‘rganingizni bo‘g‘izlamasdan qo‘ymaysiz-a! Voy, er bo‘lsa shunday bo‘lsa-da, bo‘ri bo‘lsa shunday yesa-da!” Ana shunaqa gaplarni eshitib, beting chidamay to‘g‘ri kelgan tomonga qochib qolmasang, biqiningga barmoqlarini niqtab qoladi. Shunda seskanib, sakrab tushsang bormi, urdi Xudo. “Eya, buni hali qitig‘iyam o‘lmagan-ku! Kelin ja uyatchan chiqdi-mi, deyman-da. Keling, o‘zimiz o‘ldirib qo‘ya qolaylik!” deb barmoqlarini o‘ynatib, qoshlarini qoqa boshlaydi. Qochib qol, xushing borida! @jonikuyar
Open in TelegramYaxshimi-yomonmi, har qanday doʻst ham sening ahvolingga qarab oʻzgaradi. Lekin xotining xotinligicha qoladi. Eng yaxshi doʻst – xotin. Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan) @hazratikursdosh
Open in TelegramEh… kreditlarim ham bir kun kelib tugar, qarzlarim ham bitar. Muammolar birma-bir oxiriga yetar. Hammasi asta-sekin oʻz iziga tushib ham ketar. Lekin sen oʻzgarma, onasi. Senga bularning ogʻirligi tushmasin zinhor. Zero bundan qilman oʻzim ham or. Shunchaki yonimda jim tursang bas. Qolganiga bir oʻzim, bir Xudo ham bor… @hazratikursdosh
Open in TelegramBular odamni axmoq qilyaptimi? Yana 400 mingdan ortiq qarzdorlik boʻyicha SMS keldi. Umuman olganda har kuni bitta kelyapti. Oʻrganib qoldim. Qandi oxiri nima boʻlarkan, kuzatamiz. @hazratikursdosh
Open in TelegramAytganday, bittasi bilan amallab bogʻlandim. Qaysidir bank krediti muddati oʻtgani uchun sudga oshirilgan ekan. Oʻtgan boʻlsa, besh-olti kun oʻtgandir. Boring ana oydan-oyga qolgandir. Endi har ne boʻlishi mumkin. Ammo bari toʻlangan. Banklar ham juda bir xaromilik qilyapti-da oxirgi payt. Muomalasini rasvoligini aytmaysizmi. Muttahamga chiqarib qoʻyadi-ya odamni. Oʻzi bizga xizmat koʻrsatgani bilan “tirik” boʻlsa, qayringga katta ketasan degim keladi. MIBdan kelgan xabardagi summa davlat boji emish. Qanaqa sud, qanaqa xarajat. Shunaqa katta boj ham boʻlishi mumkinmi. Kreditim oylik toʻlovi uncha emas-ku. Keyin sudga oshirilganini men nega MIBdan bilyapman? Xullas savollar koʻp. Birma-bir javob topamiz endi. Lekin bir soʻm ham adolatsiz toʻlashga majbur boʻlsam, chin koʻngildan, ich-ichimdan qargʻayman. Chunki bu pullar qanday topilayotgani va ular kimga tegishli ekanini avvalgi postda aytdim. @hazratikursdosh
Open in TelegramMana, Xudo xohlasa 5K boʻlay deb qolibmiz. Qancha suvlar oqib, qancha yaxshi-yomon kunlar boʻldi. Hayot oʻzi shunday – birda past, birda baland. Kimda oʻxshagan, kimda oʻxshamagan. Bir kun unda bor, bir kun bunda yoʻq. Bariga shukr. Ammo shunchasi yetmagandek, oxirgi haftalarda menga MIBdan qarzdorliklar kela boshladi. Qarzdorlikki, uch-toʻrt soʻm emas, naq 4-5 millionlab. Gunohim nedur, deb ijro ishi boʻyicha qoldirilgan nomerlarga telefon qilsam, javob bermaydi. Asosiy markazga telefon qilsam, 130 nechinchidir navbatda turibman. Yoʻq. Nolimoqchi boʻlib, kimningdir yo qaysidir tizimni ayblamoqchi emasman. Bizda hamma joy gulzor boʻlsa… Shunchaki, qarz yozishdan oldin ogohlantirish yoki undan keyin soʻrovlarga javob berishga qodir tizim yaratish kerak emasmi? Axir men pulni koʻchada supurib yoki oʻgʻirlab olayotganim yoʻq. Yoki kechasi kimdir kelib, yostigʻim tagiga tashlab ketayotgani yoʻq. Peshona terim, halol mehnat bilan topyapman ularni. Ular esa oilam, xotinim, bolalarimning rizqi. Osongina xayolingga kelgan summani yozib, xabarnoma qilib joʻnatib yuborasan. Yana millionlab a? Vaqtida toʻlov boʻlmasa, yana birnimalar emish. Nima men senga aliment toʻlamay qochib yurgan erkakmanmi. Qani olib koʻrchi. Oxirigacha boraman. Hammasini shu yerga oqizmay-tomizmay, muhimi oʻzgartirmay yozib boraman. Vaqtim boʻlishi, ishdan ortishim bilan shugʻullanaman. Ungacha yana 3-4 millionga koʻpayib qolmasa… @hazratikursdosh
Open in TelegramConnections
Similar channels
QVZ | Rasmiy kanali@qvz_uzHumor and entertainment5.22K
Асанов. Форматдан ташқарида@asanovbeyondformatHumor and entertainment5.44K
FUTBOL MEMLARI@futbol_memlarHumor and entertainment4.71K
Azizbekh@azizbekhmemHumor and entertainment4.58K
Talabalar kanali@talabalar_kanaliHumor and entertainment4.2K
Repost Lifestyle@repostlifeHumor and entertainment6.85K
Душа моя Бухара ❤@tmerdgHumor and entertainment3.53K
ҚОРАХИТОЙ | QORAXITOY@qoraxitoyliklarHumor and entertainment3.17K