Kecha nima boʻldi a? Bizni davrimizda sal boʻlsayam uyalardik. Juda kech boʻlib ketaversa, hijolat boʻlib tadbirni yakunlashga urinardik. Bu yil yangi vazir yangi imkoniyatlar bergan koʻrinadi, instagramga kirsam hammayoq diskoteka. Rosa biti toʻkilibdi talabalarni. Mayli, nima boʻlsayam xayrli boʻlsin. Kech boʻlsa-da, talabalarni, ayniqsa, oʻzimning sobiq jigarlarimni tabriklayman. @hazratikursdosh
Открыть в Telegram
Hazrati Kursdosh | Ibtido
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️ Oila hamma narsadan ustun! ⚡️ Ijtimoiy-hajviy, ta'lim kanal. ⚡️ Aloqa: @hazrati_kursdosh ♨️LIVE — @hazratikursdoshlive
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 11 нояб. 2026 г. | 1 440 |
| 17 нояб. 2026 г. | 753 |
Новые посты
Hozirgi bolalarni aldab uxlatib boʻlmaydi. Oʻlay deb bunga erishganingda legoni yoki cheyilloq ayiqchani bosib olasanmi-ye, ishqilib murakkab boʻlib boryapti bu hayot. Qonday, oʻzimni jigarlarim? 💪😁 @hazratikursdosh
Открыть в TelegramПереслано из Joni KUYAR
O‘zbekistondagi hech bir gazet yoki jurnal bosib chiqarishni xohlamagan yozg‘irimni nihoyat telegramdagi kichikkina kanalimizga joylashga majbur bo‘ldim. Albatta, sabringiz yetsa o‘qib chiqarsiz degan umiddaman. 📰 O‘qish uchun bosing. @jonikuyar
Открыть в TelegramПереслано из Joni KUYAR
Hazilkash yangalar haqida Men sizga aytsam, qishlog‘imiz kelinlari, aniqrog‘i yangalar bilan hazillashib bo‘lmaydi. Shunaqangi uyaltiradiki, xijolat bo‘lganingdan qochib qutilasan. “Oho, palonchi yigit, qalay endi hayot? Bo‘lmaganda bir, bo‘lgandi ikki-a? Kelinjonni uxlatmayapsiz shekilli, uyqusirab yurgandir? Ha, endi bu bilakdagi tomirlarga qaraganda, bir “ha” deganda jonini sug‘urib oladiganga o‘xshaysiz-ku, aylanay. Ha, o‘lmang, bo‘risiz yigit, bo‘risiz! Vajohatingizdan ko‘rganingizni bo‘g‘izlamasdan qo‘ymaysiz-a! Voy, er bo‘lsa shunday bo‘lsa-da, bo‘ri bo‘lsa shunday yesa-da!” Ana shunaqa gaplarni eshitib, beting chidamay to‘g‘ri kelgan tomonga qochib qolmasang, biqiningga barmoqlarini niqtab qoladi. Shunda seskanib, sakrab tushsang bormi, urdi Xudo. “Eya, buni hali qitig‘iyam o‘lmagan-ku! Kelin ja uyatchan chiqdi-mi, deyman-da. Keling, o‘zimiz o‘ldirib qo‘ya qolaylik!” deb barmoqlarini o‘ynatib, qoshlarini qoqa boshlaydi. Qochib qol, xushing borida! @jonikuyar
Открыть в TelegramYaxshimi-yomonmi, har qanday doʻst ham sening ahvolingga qarab oʻzgaradi. Lekin xotining xotinligicha qoladi. Eng yaxshi doʻst – xotin. Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan) @hazratikursdosh
Открыть в TelegramEh… kreditlarim ham bir kun kelib tugar, qarzlarim ham bitar. Muammolar birma-bir oxiriga yetar. Hammasi asta-sekin oʻz iziga tushib ham ketar. Lekin sen oʻzgarma, onasi. Senga bularning ogʻirligi tushmasin zinhor. Zero bundan qilman oʻzim ham or. Shunchaki yonimda jim tursang bas. Qolganiga bir oʻzim, bir Xudo ham bor… @hazratikursdosh
Открыть в TelegramBular odamni axmoq qilyaptimi? Yana 400 mingdan ortiq qarzdorlik boʻyicha SMS keldi. Umuman olganda har kuni bitta kelyapti. Oʻrganib qoldim. Qandi oxiri nima boʻlarkan, kuzatamiz. @hazratikursdosh
Открыть в TelegramAytganday, bittasi bilan amallab bogʻlandim. Qaysidir bank krediti muddati oʻtgani uchun sudga oshirilgan ekan. Oʻtgan boʻlsa, besh-olti kun oʻtgandir. Boring ana oydan-oyga qolgandir. Endi har ne boʻlishi mumkin. Ammo bari toʻlangan. Banklar ham juda bir xaromilik qilyapti-da oxirgi payt. Muomalasini rasvoligini aytmaysizmi. Muttahamga chiqarib qoʻyadi-ya odamni. Oʻzi bizga xizmat koʻrsatgani bilan “tirik” boʻlsa, qayringga katta ketasan degim keladi. MIBdan kelgan xabardagi summa davlat boji emish. Qanaqa sud, qanaqa xarajat. Shunaqa katta boj ham boʻlishi mumkinmi. Kreditim oylik toʻlovi uncha emas-ku. Keyin sudga oshirilganini men nega MIBdan bilyapman? Xullas savollar koʻp. Birma-bir javob topamiz endi. Lekin bir soʻm ham adolatsiz toʻlashga majbur boʻlsam, chin koʻngildan, ich-ichimdan qargʻayman. Chunki bu pullar qanday topilayotgani va ular kimga tegishli ekanini avvalgi postda aytdim. @hazratikursdosh
Открыть в TelegramMana, Xudo xohlasa 5K boʻlay deb qolibmiz. Qancha suvlar oqib, qancha yaxshi-yomon kunlar boʻldi. Hayot oʻzi shunday – birda past, birda baland. Kimda oʻxshagan, kimda oʻxshamagan. Bir kun unda bor, bir kun bunda yoʻq. Bariga shukr. Ammo shunchasi yetmagandek, oxirgi haftalarda menga MIBdan qarzdorliklar kela boshladi. Qarzdorlikki, uch-toʻrt soʻm emas, naq 4-5 millionlab. Gunohim nedur, deb ijro ishi boʻyicha qoldirilgan nomerlarga telefon qilsam, javob bermaydi. Asosiy markazga telefon qilsam, 130 nechinchidir navbatda turibman. Yoʻq. Nolimoqchi boʻlib, kimningdir yo qaysidir tizimni ayblamoqchi emasman. Bizda hamma joy gulzor boʻlsa… Shunchaki, qarz yozishdan oldin ogohlantirish yoki undan keyin soʻrovlarga javob berishga qodir tizim yaratish kerak emasmi? Axir men pulni koʻchada supurib yoki oʻgʻirlab olayotganim yoʻq. Yoki kechasi kimdir kelib, yostigʻim tagiga tashlab ketayotgani yoʻq. Peshona terim, halol mehnat bilan topyapman ularni. Ular esa oilam, xotinim, bolalarimning rizqi. Osongina xayolingga kelgan summani yozib, xabarnoma qilib joʻnatib yuborasan. Yana millionlab a? Vaqtida toʻlov boʻlmasa, yana birnimalar emish. Nima men senga aliment toʻlamay qochib yurgan erkakmanmi. Qani olib koʻrchi. Oxirigacha boraman. Hammasini shu yerga oqizmay-tomizmay, muhimi oʻzgartirmay yozib boraman. Vaqtim boʻlishi, ishdan ortishim bilan shugʻullanaman. Ungacha yana 3-4 millionga koʻpayib qolmasa… @hazratikursdosh
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
QVZ | Rasmiy kanali@qvz_uzЮмор и развлечения5,23 тыс.
Асанов. Форматдан ташқарида@asanovbeyondformatЮмор и развлечения5,44 тыс.
FUTBOL MEMLARI@futbol_memlarЮмор и развлечения4,71 тыс.
Azizbekh@azizbekhmemЮмор и развлечения4,58 тыс.
Talabalar kanali@talabalar_kanaliЮмор и развлечения4,2 тыс.
Repost Lifestyle@repostlifeЮмор и развлечения6,85 тыс.
Душа моя Бухара ❤@tmerdgЮмор и развлечения3,53 тыс.
ҚОРАХИТОЙ | QORAXITOY@qoraxitoyliklarЮмор и развлечения3,17 тыс.