Doʻstlik xarsang toshdir. Uni xiyonat bolgʻasigina parchalay oladi. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramPosts of Hasanov kundaligi 📘
Barchamiz imtihondamiz. Vaqt esa chegaralangan. Fokusingiz o‘z imtihoningizda bo‘lsin! 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramQimmatga tushgan ko‘nikma! Oxirgi paytlar Frontdan kamroq gapiryapmiz ;) Buning sababi oddiy: sun’iy intellekt dizayn va brending bozorini o‘zgartiryapti, biz esa shunga qarab agentlik modelini qayta quryapmiz. Agentlik biznesidagi eng katta og‘riq — cash-flow (pul oqimi). Brendingda xizmatlar odatda bir martalik, mijozning qaytish sikli esa uzoqroq. Buning ustiga, AI bozorda xizmatlar narxini tushira boshladi. Shu muammoni yechish uchun obuna (subscription) modelidagi va biznesga doimiy qiymat beradigan yangi xizmatlarni test qilyapmiz. Do‘stlarim hazillashib: "Siz doim nimanidir sinab yurgan bo‘lasiz", deb qo‘yishadi. LOOOK, MaxWay kabi fast-food tarmoqlari hamda SKECHERS, Anta kabi riteyllarga chiqib, yangi takliflar berib ko‘rdim. Uchta muvaffaqiyatsiz xizmat turidan so‘ng, to‘rtinchi xizmat turi sekin-asta ishlashni boshladi. Shu jarayonda olgan eng katta darsim — moslashuvchan bo‘lish. Buni oldin ham bilardim-u, lekin mohiyatiga endi tushungandayman. Chunki bungacha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydim: — Agentlikni noto‘g‘ri strukturada ochish; — Pulni noto'g'ri ishlatish; — Mijoz oqimi va xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtira olmaslik. Shu xatolardan kelgan zararni qoplash, ko‘plab rad javoblarini hazm qilish va bitta qarorga yopishib olmasdan, bozorga qarab tez o‘zgarish — shu yil egallagan eng asosiy ko‘nikmam bo‘ldi. To‘g‘ri, bu ko‘nikmaning narxi men to‘laganlarim ichida eng qimmati bo‘ldi. Lekin qiymati shunga arzirkan. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramUrug‘ daraxtga aylanishidan oldin yer ostida chirishi kerak. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramShaxsiyati, bilimi yoki mutaxassisligi ortidan jamiyatda oʻz oʻrni hamda obroʻsini topa olmayotgan insonlar — odatda bu boʻshliqni soxta boy boʻlib koʻrinish orqali toʻldirishga urinisharkan. Hech boʻlmasa, bir muddat... 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramInsonni saviyasini maqsadlari ko‘rsatadi. O‘qigan kitob yoki kurslari emas. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramBarcha muammolarning asl sababi Ichingdagi barcha muammo, iztiroblarning asl sababi vaziyatni anglab yetgan paytingda oʻzingni goʻllikka, bilmaslikka solganing, qaygʻu vaqtida kulib, tabassum qilganing hamda soʻzlash kerak vaqtda sukut saqlaganingdir. Ahmad Xolid Tavfiq. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramInsonni hali ongi yetib kelmagan nuqtadan orzu qilishga yoki maqsad qoʻyishga undash foydasiz. Avvalo uning ilmini, dunyoqarashini va tasavvurini oʻstirish kerak. Odamga hali oʻzi bilmagan, aqli yetib bormagan ufqlarini koʻrsatuvchi va oʻsha nuqtalarga yetaklovchi inson ustozdir. Xotirlab koʻrsam, menga ilm bergan, yoʻl koʻrsatgan insonlar soni 80 ga yaqinlashib qolibdi. Hozirgacha erishganlarim, bosib oʻtgan yoʻlim va erishgan natijalarimning sababchisi aynan shu ustozlarimdir. Dunyoda sizning oʻzidan oʻtib ketishingizni chin dildan istaydigan zotlar ota-onangizdan keyin ustozlaringizdir. Har safar biror muammo va chigal vaziyatga oʻralashib qolganda taqillatib, toʻgʻri maslahat olish mumkin boʻlgan eng ishonchli eshik ham ustozlar eshigidir. Sizning qanotingiz ostida oʻsish, siz ixlos qilgan va natijalaridan quvongan shogirdlaringiz safida boʻlish nasib qilsin, ilohim. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramBepul narsaning qadri yo'qligini yana bir misoli. Kecha Marketing Club’da tadbir bo'ldi. Tadbirga 300+ kishi roʻyxatdan oʻtgan ekan, lekin amalda ularning atigi 15-20% igina keldi. "Nega kelmadingiz?" degan savolga esa: "Auditoriyaning vaqtini inobatga olish kerak edi, ish kuniga qoʻymaslik kerak edi" degan eʼtirozlarni yozishibdi. Doʻstlar, bu bepul tadbir. Unga hech kim homiylik qilmaydi, klub tashkilotchilariga bu loyiha hech qanday moddiy manfaat olib kelmaydi. Bu yerda hatto kurs ham sotilmaydi. Qayerda va qaysi kuni bepul joy berilsa, oʻsha yerda oʻtkaziladi. Bu safar Webster Universiteti joy ajratib berdi. Siz uchun mutlaqo bepulga mehnat qilayotgan insonlarga qanday qilib: "Mening boʻsh vaqtimga moslanglar va men xohlagan spikerni olib kelinglar" deb talab qoʻya olasiz?! Bilishni xohlagan va intilgan odam ishdan ham ruxsat soʻraydi, vaqt ham topadi. Kerak boʻlsa, xodimi uchun pulli kurslargacha toʻlab berishga tayyor qancha ishxonalarni koʻrdim. Oʻzimiz ham shogirdlar olganmiz. Baʼzan berayotgan ilmimizga ularning masʼuliyatsiz munosabatini va yana bunda sizni ayblashini koʻrib: "Men bularga majburmanmi oʻzi?" degan savol paydo boʻladi. Dunyoga boʻlgan qarashlarni sal oʻzgartirish kerak. Siz uchun hech kim, hech narsaga majbur emas. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramInson yutuqqa erishganda — "men" deydi. Musibatga uchrab, ilojsiz qolganini tushunganda esa — Alloh deydi. Shuning uchun ham Xudo Oʻzi sevgan bandasini musibatlar bilan Oʻziga qaytarib turarkan. Aslida esa, "Alloh" deyishni faqat musibatda emas, muvaffaqiyatda ham oʻrganishimiz kerak. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramOʻsish hech qachon yoqimli boʻlmagan va boʻlmaydi. Tishimiz chiqqan bolalik davri-yu, charchab qilingan darslar, kechalari uyqusiz oʻrganilgan koʻnikmalar-u, chekilgan mashaqqatlargacha... Umuman olganda, insonni haqiqiy oʻstiradigan har qanday jarayon uning nafsi uchun noqulay va odatda yoqimsiz kechadi. Siz oʻzingiz uchun qulay muhit, tinch va barqaror turmush tarzi yoki xotirjam daromad yoʻllarini topishingiz mumkin. Ammo bir narsani unutmang: komfort zona bor joyda hech qachon oʻsish boʻlmaydi. Ogʻriqni his qilayotganingiz har doim ham oʻsayotganingizni anglatmaydi — bu boshqa masala. Lekin haqiqiy oʻsish hech qachon ogʻriqsiz boʻlmaydi. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramOshqozon miyadan aqlliroq. Chunki u qayt qilishni biladi. Miya esa har qanday chiqindini qabul qilishi mumkin. ©Chingiz Aymatov 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramCheksiz energiya sohiblari Shaxsiy brending xizmatimiz doirasida kuchli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan tez-tez muloqotda boʻlaman. Ularni kuzatar ekanman, boshqalarda kam uchraydigan bir muhim koʻnikmani oʻrganyapman. Tajribali rahbar yoki mutaxassisning ham boshqalar kabi shaxsiy hayoti, muammolari va ichki qiyinchiliklari boʻladi. Lekin ularning zimmasida bundan tashqari ham katta masʼuliyatlari bor: jamoa, loyihalar, mijozlar, biznes jarayonlar... Eng qizigʻi — bunday insonlardan hamma natija, motivatsiya, yechim va yoʻnalish kutadi. Hamma! Oʻzim agentlik ochganimdan beri buni yanada chuqurroq his qilyapman. Men barchani ruhlantirishim, energiya berishim, jarayonlarni nazorat qilishim, daromad va sifat uchun qaygʻurishim, muammolarni eshitib, ularga yechim topishim shart. Shu bilan birga, shaxsiy oʻsishni ham unutmasligim kerak. Yoʻlda har xil holat boʻladi: kimdir xarakter koʻrsatadi, kimdir vaʼdasida turmaydi. Kimdir sizga yelkadosh boʻlsa (shu oʻrinda jamoamga rahmat), kimdir energiyangizni soʻradi. Shu jarayonda eng qiyini — bularni bildirmay, har qanday tushkun holatdan rahbar oʻzini-oʻzi olib chiqishi kerakligida. Odatda hamma undan nimadir olishni kutadi, berishni emas. Stressga berilish yoki energiyasiz yurish esa faqat va faqat zararga ishlaydi. Men ulardan oʻrganayotgan eng kuchli koʻnikma — oʻz-oʻzini tinimsiz ruhlantira olish va energiyasini qayta tiklash. Har safar yiqilganda qayta turishga, har qanday qiyinchilikda davom etishga sabab topa bilish. Tobora anglab yetyapmanki, haqiqiy liderlik bu — qurbon pozitsiyasiga tushib qolmaslik, dono bo‘lish, qoʻl ostidagilarni qiynash emas balki, ulardan mashaqqatlarni aritish, qiyinchilikni ketkazish va shu jarayonda o'zi hamda qolganlarni doimo ruhlantira olish. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramBu yil o'qishni bitirganimga 5 yil bo'ldi. Mutaxassisligim — elektr energiyasi bo'yicha muhandis. Institutdagi kursdoshlarimiz bilan juda ahilmiz, eng yaqin do'stimni ham ular orasidan orttirganman. Buxoro davlat texnika universiteti men o'qigan paytlarda o'rtacha OTMlardan biri edi. Lekin shu dargoh ham menga kutilganidan ko'p narsa o'rgatgan. Diplom uchun o'qimang. Lekin muhit, o'qituvchilar va ilm uchun, albatta, o'qish kerak! Yangi o'qishni boshlaganlarga esa omad tilayman. Savor your student days! 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramHaqiqiy mustaqillik Amerikada quldorlik keng tarqalgan paytda, 1850-yillarda Garriyet Tabmen 700 dan ortiq insonni qullikdan xalos qiladi va ozodlik harakatining eng faol yetakchilaridan biriga aylanadi. Undan “Qullarni qutqarish yo‘lidagi eng mashaqqatli ish nima?” deb so‘rashganda, u chuqur o‘ylanib: “Qulni uning qul emasligiga ishontirish”, deb javob bergan ekan. 1967-yil Boliviyada Che Gevara (Kuba ozodlik inqilobchisi) qo‘lga olingach, harbiylar uni sotib bergan mahalliy cho‘pondan so‘rashadi: “Axir u sizlarning haq-huquqingiz va ozodligingiz uchun kurashayotgan edi! Nega uni harbiylarga tutib berdingiz?” Cho‘pon esa xotirjam javob beradi: “U kelganidan beri otishma ovozidan echkilarim sut bermay qo‘ydi, tinchligimiz buzildi...” Chetdan nazar solsangiz g‘alati, hatto achinarli ko‘rinadi, shunday emasmi? Bu misollar 100% aniq tarixiy fakt bo‘lmasa-da, bitta buyuk haqiqatni ochib beradi: eng yomon qaramlik — jismoniy emas, ma’naviysi. Bundan 35 yil oldin biz ham zindonda emasdik, lekin o‘z vatanimizda ma’nan qaram edik... Bugun esa ko‘z o‘ngimizda, hatto bevosita ishtirokimizda erkin va kuchli davlat barpo etilmoqda. Bu yo‘lda halol mehnat qilayotgan, ma’naviy hurlik uchun intilayotgan har bir yurtdoshimizga Alloh madadkor bo‘lsin. Mustaqilligimiz nafaqat chegaraviy, balki ham ma’naviy, ham abadiy bo‘lsin! G'oyaviy janglar maydonida, yoningizda, FRONTDAMIZ! 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramInson qachon ulg’ayadi? Ota-onasi olamdan o’tishi, moliyaviy qiyinchiliklar, judolik yoki shu kabi og’riqlar insonni ulg’aytiradi deyishadi. Balkim, ammo men hayotimizda sodir bo’layotgan muammolar emas aksincha, ulardan chiqargan xulosalarimiz bizni ma’naviy ulg’aytiradi, hayotga boshqacharoq qarashga o’rgatadi deb o’ylayman. Muammoning o’zi haqida ko’p o’ylash esa sizni ulg’aytirishdan ko’ra kasal qilish ehtimoli katta. To’g’ri xulosa qilishni o’rganganda… Shunda inson ulg’ayishni boshlaydi. 30-40 ga kirgan 17-18 yoshli odamlarni ko’rganmisiz, ya’ni yoshi 30-40 dan oshgan bo’lsada, yosh bola singari fikrlaydi. Ular o’sha 18 yoshida ilm olishdan to’xtagan, xulosa qilish qobiliyati shakllanmay qolgan. Jismoniy ulg’ayish o’zidan-o’zi bo’ladi. Biz esa ma’naviy yetuklikka intilishimiz kerak. - Inson qachon ulg’ayadi? - To’g’ri xulosa qilishni o’rganganda! 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramBa'zida hayot seni turgan joyingdan boshqa joylarga olib ketadi va: "MANA SHU JOYDAN DAVOM ET!", deydi. 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramGohida senga bir neʼmat keladi. Chunki, xuddi oʻshanday neʼmatni boshqa kishiga tilaganding, ilinganding. Shayx Shaʼroviy rahimahulloh 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in TelegramQalbimga quloq tutaymi?! Aqlimiz ojiz kelgan, qaror qilishda qiynalgan vaziyatlarimizda ko‘pchiligimiz shu savolni beramiz: "Xo‘sh, qalbim nima deyapti?" Lekin bir savol haqida o‘ylab ko‘rganmisiz: Biz aslida qalbimizni eshita olamizmi? Gap shundaki, qilingan xatolar, gunohlar asta-sekin qalbni qoraytiradi, kuchini yo‘qotadi va bora-bora u "o‘la" boshlaydi. Natijada qalbning ovozi o‘chadi. Keyin esa o‘sha deyarli o‘lib bo‘lgan qalb o‘rniga nafsimiz pichirlay boshlaydi. Biz esa uning xohishlarini adashib "qalbimning ovozi" deb o‘ylaymiz. Vaholanki, shayton bu vaziyatni poylab turgan, nafsimizga tinmay shivirlab, bizni o'z yo'rig'iga yuritishga intilayotgan bo'ladi. Oqibatda esa "qalbimni aytganini qilyapman" deb nafsimiz hiylasi ortidan adashib ketaveramiz. Unutmang: qalbingizning haqiqiy ovozini eshita olish uchun, avval uni poklashingiz kerak! 📌 telegram.me/hasanovblog
Open in Telegram