Кабинет

Посты канала Hasanov kundaligi 📘

сначала новые

#3965Текст

Qimmatga tushgan ko‘nikma! Oxirgi paytlar Frontdan kamroq gapiryapmiz ;) Buning sababi oddiy: sun’iy intellekt dizayn va brending bozorini o‘zgartiryapti, biz esa shunga qarab agentlik modelini qayta quryapmiz. Agentlik biznesidagi eng katta og‘riq — cash-flow (pul oqimi). Brendingda xizmatlar odatda bir martalik, mijozning qaytish sikli esa uzoqroq. Buning ustiga, AI bozorda xizmatlar narxini tushira boshladi. Shu muammoni yechish uchun obuna (subscription) modelidagi va biznesga doimiy qiymat beradigan yangi xizmatlarni test qilyapmiz. Do‘stlarim hazillashib: "Siz doim nimanidir sinab yurgan bo‘lasiz", deb qo‘yishadi. LOOOK, MaxWay kabi fast-food tarmoqlari hamda SKECHERS, Anta kabi riteyllarga chiqib, yangi takliflar berib ko‘rdim. Uchta muvaffaqiyatsiz xizmat turidan so‘ng, to‘rtinchi xizmat turi sekin-asta ishlashni boshladi. Shu jarayonda olgan eng katta darsim — moslashuvchan bo‘lish. Buni oldin ham bilardim-u, lekin mohiyatiga endi tushungandayman. Chunki bungacha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydim: — Agentlikni noto‘g‘ri strukturada ochish; — Pulni noto'g'ri ishlatish; — Mijoz oqimi va xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtira olmaslik. Shu xatolardan kelgan zararni qoplash, ko‘plab rad javoblarini hazm qilish va bitta qarorga yopishib olmasdan, bozorga qarab tez o‘zgarish — shu yil egallagan eng asosiy ko‘nikmam bo‘ldi. To‘g‘ri, bu ko‘nikmaning narxi men to‘laganlarim ichida eng qimmati bo‘ldi. Lekin qiymati shunga arzirkan. 📌 telegram.me/hasanovblog

Открыть в Telegram
Просмотры407+7%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3960Текст
Просмотры1 150+201%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3959Текст
Просмотры919+141%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3957Текст
Просмотры861+126%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3956Текст
Просмотры1 010+165%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3953Текст

Cheksiz energiya sohiblari Shaxsiy brending xizmatimiz doirasida kuchli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan tez-tez muloqotda boʻlaman. Ularni kuzatar ekanman, boshqalarda kam uchraydigan bir muhim koʻnikmani oʻrganyapman. Tajribali rahbar yoki mutaxassisning ham boshqalar kabi shaxsiy hayoti, muammolari va ichki qiyinchiliklari boʻladi. Lekin ularning zimmasida bundan tashqari ham katta masʼuliyatlari bor: jamoa, loyihalar, mijozlar, biznes jarayonlar... Eng qizigʻi — bunday insonlardan hamma natija, motivatsiya, yechim va yoʻnalish kutadi. Hamma! Oʻzim agentlik ochganimdan beri buni yanada chuqurroq his qilyapman. Men barchani ruhlantirishim, energiya berishim, jarayonlarni nazorat qilishim, daromad va sifat uchun qaygʻurishim, muammolarni eshitib, ularga yechim topishim shart. Shu bilan birga, shaxsiy oʻsishni ham unutmasligim kerak. Yoʻlda har xil holat boʻladi: kimdir xarakter koʻrsatadi, kimdir vaʼdasida turmaydi. Kimdir sizga yelkadosh boʻlsa (shu oʻrinda jamoamga rahmat), kimdir energiyangizni soʻradi. Shu jarayonda eng qiyini — bularni bildirmay, har qanday tushkun holatdan rahbar oʻzini-oʻzi olib chiqishi kerakligida. Odatda hamma undan nimadir olishni kutadi, berishni emas. Stressga berilish yoki energiyasiz yurish esa faqat va faqat zararga ishlaydi. Men ulardan oʻrganayotgan eng kuchli koʻnikma — oʻz-oʻzini tinimsiz ruhlantira olish va energiyasini qayta tiklash. Har safar yiqilganda qayta turishga, har qanday qiyinchilikda davom etishga sabab topa bilish. Tobora anglab yetyapmanki, haqiqiy liderlik bu — qurbon pozitsiyasiga tushib qolmaslik, dono bo‘lish, qoʻl ostidagilarni qiynash emas balki, ulardan mashaqqatlarni aritish, qiyinchilikni ketkazish va shu jarayonda o'zi hamda qolganlarni doimo ruhlantira olish. 📌 telegram.me/hasanovblog

Открыть в Telegram
Просмотры1 010+165%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3950Фото
Просмотры728+91%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3949Текст
Просмотры948+148%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3948Текст
Просмотры914+140%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3945Текст
Просмотры1 160+204%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—