- 🇺🇸AQSHda o‘qituvchilar uchun 6 haftalik to‘liq moliyalashtiriladigan dastur Fulbright TEA — maktab, kollej va litsey o‘qituvchilariga AQSHda 6 hafta davomida malaka oshirish imkoniyatini beruvchi dastur. Kimlar qatnasha oladi? Ingliz tili, matematika, tabiiy va ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, jurnalistika va kommunikatsiya yo‘nalishlarida dars beruvchi o‘qituvchilar. Dastur nimalarni qoplaydi? — Borish-kelish aviachiptalari; — Turar joy va oziq-ovqat; — Akademik dastur xarajatlari; — Tibbiy sug‘urta; — Kundalik xarajatlar uchun mablag‘; — Yuk uchun qo‘shimcha mablag‘; — J-1 vizasini olishda yordam. Shuningdek, dastur yakunida kichik grantlarga ariza topshirish imkoniyati ham mavjud. IELTS yoki boshqa til sertifikati talab etilmaydi. Ammo ingliz tilini bilish zarur. 📆 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 15-yanvar, 2027-yil. 🔗 Hujjat topshriish uchun link P.s. O’qituvchilar uchun bundan zo’rroq dastur topolmaysiz, albatta, topshiring. @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram
Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
- Prezident e’tirofidagi yosh diplomat 🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇧🇪🇳🇱🇫🇷🇦🇪 Shu davlatlarga ta’lim granti asosida borganman va sizga ham o’rgataman - UWED (189.0) - HPAIR scholarship - "Kelajak bunyodkori" - "UZB - USA 30 years of friendship" 🤝@gulrukhbonuda_reklama
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 29, 2026 | 8,970 |
| Oct 31, 2026 | 9,960 |
| Nov 4, 2026 | 8,340 |
| Nov 10, 2026 | 6,790 |
| Nov 22, 2026 | 3,220 |
Most viewed this month
- 01Views9.96KForwards—Reactions260Comments—
- 02Views8.97KForwards—Reactions95Comments—
- 03Views8.34KForwards—Reactions61Comments—
- 04Views6.79KForwards—Reactions237Comments—
Latest posts
- Shuncha harakatim o’xshamasachi? Atrofimizda ham o’z ichimizda ham o’sha o’xshamasachi, bekorga harakat, yana yiqilsamchi, deydiganlar topiladi. Lekin o’zimiz avvalo o’xshashiga ishonaylik. Katta maqsadlar, katta orzular, katta istaklardan qo’rqma. Boshqalarni qo’y, o’zing o’zingga ishon. @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram🇺🇸To’liq moliyalashtiriladigan Community Solutions Program (CSP) ga qabul ochildi Dasturga jamiyat rivoji yo‘lida faoliyat olib borayotgan va ushbu yo‘nalishda kamida 2 yillik tajribaga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Nomzodlar ariza topshirish vaqtida 27–39 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak. To‘liq yoki yarim stavkali ish tajribasi, shuningdek, volontyorlik faoliyati ham hisobga olinadi. Dastur doirasidagi imtiyozlar: – J-1 vizasini olishda yordam; – AQShga borish va qaytish aviachiptalari; – Tibbiy sug‘urta; – Turar joy va kundalik xarajatlar uchun oylik stipendiya. Arizalar 2026-yil 24-noyabrgacha qabul qilinadi. 🔗Hujjat topshirish uchun link @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- Ikkilanyabsizmi, boshlang) Hayotimizdagi juda ko’p qarorlarga ikkilanamiz, tog’rimikan, o’xsharmikan va yana boshqa savollar. Natijada boshlash vaqtini ortga surib yuraveramiz. Mukammal paytni kutamiz, lekin u kelmaydi. Boshlab olsak, yo’limiz ko’rinadi, qaror tog’rimi yo’qmi bilamiz. Shu blogimni ochishniyam yillab o’ylaganman, ikkilanganman. Boshlab ko’ribgina to’g’riligini bilganman. Sinab ko’ravering, xato qiling, tushuning, tuzating, lekin ikkilaniiiib yuravermang miyyangizni bandlab) @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- 🇺🇿“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2026-yil 2-ochiq stipеndiya tanloviga qabul boshlandi Jamg‘arma tomonidan bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida TOP 300talikdagi xorijiy OTMlarda ta’lim uchun grant ajratilgan. 🗓 Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 2026-yil 1-noyabrdan 15-noyabrga qadar qabul qilinadi. Agar siz TOP-300 (THE va QS ranking) universitetlardan qabul xatini olgan bo’lsangiz, shu dastur orqali barcha xarajatlardan ozod bo’lasiz, judayam zo’r imkoniyat. Magistratura uchun 22 yoshdan oshgan bo’lishingiz va 1 yillik ish stajingiz bo’lishi shart. Oldingidek “kafolat yoki tavsiya xatlari” bilan endi topshira olmaysiz. Magistratura uchun kamida 7.0, bakalavr uchun esa kamida 6.0 IELTS darajasi talab etiladi. Lekin, qabul xatingiz “unconditional” bo’lsa, bu shart emas. Avval online hujjat topshirish, so’ngra test va suhbat bosqichlari bo’lib o’tadi. EYUF oilamizga qo’shiling) @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- Aytgancha, faqat ayol-qizlar uchun blogimga qo’shilganmisiz?✨ U yerda har kunlik Amerika hayoti, shaxsiy qarashlarim va juda ko’p qiziqarli voqealarni bo’lishib boryabman. Mana linki: @qadriyatimga @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- Bu konferesiyaga 2024-yilda to’liq “scholarship” yutib qatnashgan edim) Siz ham albatta, sinab ko’ring. Konferensiya tajribam haqida batafsil shu uchta postda o’qishingiz mumkin: - 1-qism - 2-qism - 3-qism @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- 🇺🇸Harvard HPAIR 2027 xalqaro konferensiyasiga qabul ochildi! Konferensiyada talabalar, yosh mutaxassislar va yetakchilik salohiyatiga ega yoshlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar konferensiya vaqtida kamida 18 yoshda boʻlishi kerak. Tadbir 2027-yil 5–7-fevral kunlari AQSHning Garvard universiteti kampusida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Moliyaviy imtiyozlar: – Toʻliq yoki qisman moliyalashtirish imkoniyati – Saralangan ishtirokchilar uchun yoʻl va turar joy xarajatlarini qoplashga yordam beruvchi stipendiyalar – Xalqaro ekspertlar va yosh yetakchilar bilan tajriba almashish imkoniyati Arizalar va stipendiya uchun erta topshirish muddati — 2026-yil 11-noyabr. 🔗 Hujjat topshirish uchun link @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- AQSH: Oʻzbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha stipendiya dasturi🇺🇸 Bu dasturga magistrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Qabul qilingan 6 nafar ishtirokchi Vashington shahrida uch oylik (2027-yil 15-fevral – 15-may) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi (ingliz tilida). Nomzodlar belgilangan mavzularga oid tadqiqot loyihalarini taqdim qilishi kerak. Moddiy imtiyozlar: – Oyiga 4000 dollar stipendiya – Yoʻlkira xarajatlari uchun 1600 dollar mablagʻ Arizalar 2026-yil 20-oktabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun link @Gulrukhbonu_official
Open in Telegram- Manga noodatiy yana bir “approach” Bir fanimizdan ustozimiz vazifa berdilar, uni tayyorlashga berilgan muddat ichida har dars 10-15 daqiqa shu vazifani tushuntirishga sarfladik. Keyin professorimiz yana zoom orqali individual soatlar qo’yib berdi, tayyorlagan ishimizni ochib, boshidan oxirigacha o’qib, o’z fikrini bildirdi. Baholayotganimda tekshiraman, degan qarash yo’q ekan) Eng noodatiysi esa, vazifani shundayam yaxshi qilolmaganlarga past baho qo’ymay, xatolarini yozib, shularni to’g’irlab yana topshirishiga deadline berildi. Baho umuman muhimmas, muhimi siz vazifani tushunishingiz va o’rganishingiz, necha baho kerak, dedi. Bir professorimiz esa fani ertalabdan bo’lganiga har dars kuni bizga zavtrak tashkillashtirib beradi bepulga) Faqat o’qigingiz keladiya bunaqa sharoitdan keyin? @Gulrukhbonu_official
Open in TelegramConnections
Similar channels
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati@fstu_uzEducation11.7K
Kangaroo Uzbekistan Official@contest_kenguru_uzEducation11.8K
Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University@alxorazmiyuniEducation11.8K
SAMARQAND VILOYATI TA'LIM VA ILM-FAN BOŞQARMASI l RASMIY KANALI@samarqandvtifbEducation11.9K
ÇDPU | Rasmiy kanal@tvchdpi2017Education11.9K
Тоифа учун биз билан илм олинг.@jchk_toifakEducation11.9K
Namangan davlat universiteti@namdu_xabarlariEducation11.5K
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi@ilmiymarkazuzEducation11.9K