📖Dars #139 So'roq olmoshlarining qo'llanishi ✳️ Soʻroq olmoshlari ingliz tilida asosan soʻroq gaplarni hosil qilishda ishlatiladi. Quyida eng koʻp ishlatiladigan soʻroq olmoshlari keltirib oʻtiladi. ✅ what - nima? ✅ who - kim? ✅ which - qaysi? ✅ when - qachon? ✅ where - qayerga/da? ✅ why - nimaga? ✅ how - qanday? ✅ whose - kimning? kimniki? 🔸What do you want? 🔸Who is the least popular man around here? 🔸Which is better exercise—swimming or tennis? 🔸When are you going home? 🔸Where are we going? 🔸Why hasn't he brought the book? 🔸How do you manage to keep the place so tidy? 🔸Whose is this? It’s Mick's. ✳️ what soʻroq olmoshi otlardan oldin kelganda qanday deb tarjima qilinadi. 🔸What colour is your car? (Mashinangiz qanday rangda) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in TelegramPosts of Grammar Notes
📖Dars #138 this/that/these/those kabi ko'rsatish olmoshlarining qo'llanishi 1️⃣ this + birlikdagi ot va these + koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari bu, mana shu degan ma'noda yonginamizda, yaqinda turgan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllanadi. 🔸This book is mine. (Bu kitob meniki) 🔸These books are mine. (Bu kitoblar meniki) 2️⃣ that+birlikdagi ot va those+ koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari u/anavi degan ma'noda uzoqroqda, yaqinimizda boʻlmagan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllaniladi. 🔸A: That table is nice, isn't it? (Anavi stol yaxshi, shunday emasmi?) ➖B: But I don't like those chairs. (Lekin menga anavi kursilar yoqmayapti.) ✳️ this/that olmoshlari sanalmaydigan otlar bilan ham qoʻllanadi. 🔸The taste of this soup is bad. 🔸That water is very cold. ✳️ this olmoshi insonlarni tanishtirishda, that olmoshi insonlarni koʻrsatishda qoʻllaniladi. 🔸James, this is my friend Rita. 🔸That's Andrew over there. ✳️ Telefon suhbatida ham this/that olmoshlari qoʻllanishi mumkin. 🔸Hello. This is Laura speaking. 🔸Whoʻs this/that, please? ✳️ that/those olmoshlari oldin tilga olingan otlarni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. 🔸The salary of teachers are higher than that of doctors. (Oʻqituvchilarning maoshi doktorlarnikiga qaraganda balandroq) 🔸The stories written by OʻHenry are as full of life as those written by M.Twain. ✅ Birinchi gapda that of so'zi salary so'zini, ikkinchi gapda those so'zi the stories so'zini qayta takrorlamaslik uchun ishlatilmoqda. 💡 Bu soʻzlar bilan keladigan odatiy iboralar: ✅ that's right/that's it - toʻgri ✅ that will do - toʻg'ri keladi, boʻladi, yetadi ✅ that won't do - toʻg'ri kelmaydi, boʻlmaydi, yetmaydi ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #137 one so'zining qo'llanishi ✳️ one olmoshi ingliz tilida otlarni oʻzini qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. Sanaladigan otlar uchun birlikda one, koʻplikda ones shaklida qoʻllaniladi. O'zbek tiliga mazkur so'z birlikda -si, ko'plikda -lari qo'shimchasi sifatida ishlatiladi. 🔸Don't use that cloth. Use this clean one. (Anavi matoni ishlatma. Mana bu yangisini ishlat) 🔸I don't want to wear my old shoes. I want to wear my new ones. (Men eski oyoq kiyimlarimni kiyishni xohlamayman. Men yangilarini kiyishni xohlayman) 🔸Can I take this book ? No, take that one. (that one=that book) ✳️ this/that/these/those/each/another/which olmoshlari yoki orttirma darajadagi sifatdan keyin ones/one soʻzlari tushib qolishi mumkin. 🔸I don't like these sweaters. I prefer those over there. (=those ones) 🔸I tried all these numbers, and each was engaged. (=each one) 🔸The last question is the most difficult. (=the most difficult one) ✳️ Ammo one/ones soʻzlarini the/every yoki oddiy darajadagi sifatlardan keyin ishlatilishi shart. 🔸The film wasn't as good as the one we saw last week. 🔸I rang all the numbers but every one was engaged. (every one = har biri) ⚠️ everyone va every one soʻzlarini farqlay bilish lozim. everyone – hamma, barcha degan ma’nolarda faqat insonlar uchun qoʻllaniladi. 🔸Everyone is ready to begin the test. every one – har biri(si) degan ma’noda narsalar va insonlar uchun ham qoʻllaniladi va of bilan birikmalarda kela oladi. 🔸Jack is invited to a lot of parties and he goes to every one. 🔸I have read every one of these books. (Men bu kitoblarning har birini o'qib chiqqanman) ✳️ one olmoshini yolg'iz oʻzini noaniq artikl bilan qoʻllab boʻlmaydi, uning oldida sifat boʻlishi yoki hech qanday soʻz boʻlmasligi lozim. 🔸I have been looking for a coat, but I can't find a nice one. 🔸I have been looking for a coat, but I can't find one. ✳️ one olmoshi ega oʻrnida kelib rasmiy uslubda odamlarga nisbatan qoʻllanishi mumkin. Oʻzbek tilida shaxsi noma'lum gaplar sifatida tarjima qilinadi. 🔸One cannot have 30 eggs for breakfast. (Nonushtaga 30 ta tuxum yeb boʻlmaydi) 🔸One mustn't be late for the lesson. (Darsga kech qolmaslik kerak.) 🔸One shouldn't believe what one reads in the newspapers. (Gazetada oʻqiydigan hamma narsalarga ishonavermaslik kerak) ✳️ one+payt so'zi – noaniqlikni bildirish uchun oʻtgan yoki kelasi zamonlarda ishlatilishi mumkin. 🔸One day Robin Hood met a poor peasant. 🔸One day I hope to see flying cars. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #136 there/it so'zlarining qo'llanishi ✳️ There +to be + ot qurilmasi biror predmet/shaxs borligini, mavjudligini bildirish uchun qoʻllaniladi. 🔸There are some eggs in the fridge. ✳️ There + to be +ot qurilmasi a lot of, many, much, more, enough soʻzlari va sonlar bilan qoʻllaniladi. 🔸There were a lot of problems to discuss. 🔸Will there be enough chairs ? 🔸There are thirty days in April. ✳️ It olmoshi ingliz tilida predmet/harakat/vaziyat/fikr o’rnida qo’llaniladi. 🔸You have bought a new coat. It's very nice. (it = the coat, predmet) 🔸A: You have to do all the exercises from 1 to 100 in this lesson. ➖B: It is impossible. (it=doing all the exercises) 🔸I find astrology fascinating. I am really interested in it. ( it=astrology, predmet) ✳️ It olmoshi vaqtni/ob-havoni/masofani/miqdorni bildirish uchun gapda nominal ega bo’lib qoʻllaniladi. 🔸It was much warmer yesterday. (ob-havo) 🔸It is half past five already. (vaqt) 🔸It is fifty miles from here to Brington. (masofa) ⚠️ Biror predmet haqida birinchi marta gapirilganda, uning mavjudligini bildirish uchun there soʻzini qoʻllanadi. Ikkinchi marta tilga olganda predmetni bildirish uchun birlikda it soʻzini qoʻllash kerak. 🔸There was a picture on the wall. It was an abstract painting. ⚠️ Ba'zan ob-havoni tasvirlashda ham yuqoridagi soʻzlar oʻxshash tarzda qoʻllaniladi. Unda quyidagi qurilma boʻyicha ish koʻramiz. ▪️It + to be + sifat 🔸It was very foggy that night. ▪️There + to be + ot 🔸There was a lot of fog everywhere. ⚠️ Agar there soʻzidan keyin bir necha ot kelsa, kesim ularning birinchisi bilan moslashadi. 🔸When I opened the fridge, there was a bottle of milk, some eggs and some butter. 🔸When I opened the fridge, there were some eggs, a bottle of milk and some butter. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram🚀 Ingliz tilini BEPUL o’rganmoqchimisiz? Unda sizni Learnable kanaliga taklif qilamiz! 👋 Bu yerda nimalar bor: 📺 Video darslar — grammatikani sodda va tushunarli tilda tushuntiramiz 📘 PDF materiallar — har bir dars uchun tayyor konspekt va mashqlar 💡 “Did you know?” — kundalik hayotda ko’p xato qilinadigan qoidalar haqida qisqa maslahatlar 📖 O’qish materiallari — lug’at boyitish va o’qish ko’nikmasi uchun ✅ Mutlaqo bepul ✅ Boshlovchilar ham, o’qituvchilar ham uchun ✅ Har bir mavzu qisqa va aniq Ingliz tilini bugundan boshlang — kichik qadamlar katta natija beradi! 💪 👉 Tezroq kirib oling! 🚀
Open in Telegram📖Dars #135 another/other so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ another soʻzi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan qoʻllaniladi va quyidagi ma'nolarni anglatadi: ➖ boshqa 🔸Come another day. (Boshqa kuni keling) ➖ yana bir, qoʻshimcha 🔸Give me another example. (Yana bir misol keltiring) 🔸We need another day to complete the work. ⚠️ one after another birikmasi ketma-ket degan ma’noda qoʻllaniladi. 🔸The bills kept coming one after another. ⚠️ another - yana degan ma'noda miqdor/masofa/og'irlikni bildiruvchi koʻplikdagi otlar oldidan qoʻllaniladi: 🔸He gave me another fifty dollars. (U menga yana ellik dollar berdi) 🔸We have to walk another six miles to reach the station. (Biz stansiyaga yetib borishimiz uchun yana olti mil yurishimiz kerak.) 2️⃣ other soʻzi koʻplikdagi sanaladigan otlar va sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda boshqa degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸It is interesting to read about other countries. (Boshqa davlatlar haqida oʻqish maroqli) ⚠️ other sozi otlashib boshqalar degan ma'noni berishi mumkin. 🔸He is very selfish. He doesn't care about others. ⚠️ other olmoshi some (ba'zi) so'zi bilan qoʻllanilganda qarama-qarshi fikrlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. 🔸Some holidays are cheap and other holidays are expensive. (Ba'zi ta'tillar arzon va boshqa ta'tillar esa qimmat) ⚠️ other olmoshi no/any/one/many so'zlaridan keyin qo'llaniladi. 🔸 There is no other work available at the moment. 🔸There is only one other person who could help us. 🔸 Are there any other people we should ask? 3️⃣ the other olmoshi narigi/qolgan/ikkinchi degan ma'noda birlikdagi, koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar bilan qoʻllaniladi. 🔸This one is mine and the other one is yours. (Bu meniki va narigisi sizniki.) 🔸John went cycling and the other boys went with him. (Jon velosiped haydab ketdi va qolgan bolalar ham u bilan ketishdi) ⚠️ the other/the others olmoshi narigisi/qolgani/narigilari/qolganlari degan ma'nolarda birlikdagi yoki koʻplikdagi otlarni ifodalashi mumkin. 🔸John went cycling and the others went with him. (qolganlar) 🔸I met two strangers on the way to work. One of them greeted me and the other didn't. (ikkinchisi) ✳️ the other day soʻzi bir necha kun oldin degan ma'noda oʻtgan zamonni ifodalaydi. 🔸John came to see me the other day. It was last Friday I think. ✳️ other than - biror shaxs/narsadan tashqari (except) degan ma'noda ishlatiladi. 🔸 The truth was known to no one other than herself. 🔸 He doesn't eat out at all, other than at Burger King. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #134 most/half so'zlarining qo'llanishi ✳️ most olmoshi koʻpchilik degan ma'noda koʻplikdagi sanaladigan otlar yoki sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸Most tourists do not visit this part of the city. (Koʻpchilik turistlar shaharning bu qismini ziyorat qilishmaydi) 🔸Most of the money was stolen. (Pulning koʻpchiligi oʻg'irlangan edi) ✳️ most+of+(my/the/these)+noun qurilmasida qoʻllanilganida most olmoshi cheklangan miqdordagi shaxs yoki narsalarning koʻpchiligi degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸Most of my friends live in Tashkent. (Doʻstlarimning koʻpchiligi Toshkentda yashashadi) 🔸I had 100 pounds and most of it was spent on PC games. (Mening 100 funtim bor edi va uning koʻpchiligi kompyuter oʻyinlariga sarflandi) ⚠️ most olmoshi yolg'iz oʻzi ham qoʻllanishi mumkin. 🔸The band sang a few songs. Most were old songs, but some were new. (Guruh bir necha qoʻshiqni kuyladi. Koʻpchiligi eski qoʻshiqlar edi, lekin ba'zilari yangi edi) ✳️ most - koʻpchilik ma'nosidagi olmoshni sifatning orttirma darajasini yasaydigan the most - eng soʻzidan farqlash lozim. most soʻzi olmosh ma'nosida oldidan hech qanday artikl olmaydi va undan keyin ot keladi. 🔸❌Most people would like to have more money. the most sifatning darajasini bildirganda sifat + ot bilan qoʻllaniladi. 🔸The most interesting book I've ever read is Tixiy Don by Sholokhov. ✳️ half - yarmi/yarmisi degan manolarda olmosh boʻlib keladi va sanaladigan otlar yoki sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. half olmoshi half + of (my/the/these )+noun qurilmasida qoʻllanadi. 🔸Half of the money (half the money) was stolen. (Pulning yarmi oʻg'irlandi.) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #133 all so'zining qo'llanishi ✳️ all - hamma olmoshi ot bilan qoʻllaniladi. ✳️ all olmoshidan keyingi ot koʻplikdagi sanaladigan yoki sanalmaydigan ot boʻlishi ham mumkin. ✳️ all + noun - all olmoshi toʻg'ridan-toʻgri ot bilan biriksa, umumiy ma'noda qoʻllaniladi. 🔸All plants need water. (Hamma oʻsimliklar suvga ehtiyoj sezadi) 🔸All matter is made up of atoms. (Hamma materiya atomlardan tashkil topgan) ✳️ all of+(my / the / these ) + noun qurilmasida all olmoshi muayyan bir guruh yoki cheklangan miqdordagi predmetlarning hammasi degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸All of the children in our street like playing football. (Bizning koʻchadagi hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi) 🔸All of the advice you gave me was useless. (Siz menga bergan hamma maslahatingiz foydasiz edi) ⚠️ Qiyoslaymiz: 🔸All children like playing football. (Hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi...umumiy ma'no) 🔸All of the children in the class like playing football. (Sinfdagi hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi... faqat sinfimizdagi) ⚠️ Yuqoridagi holatda all olmoshidan keyin of soʻzini tushirib qoldirish mumkin. ▪️all of the children = all the children 🔸All the children in the class like playing football. ⚠️ Lekin ot oʻrnida toʻldiruvchi olmosh (personal pronoun) qoʻllanilganda of qatnashishi lozim: ▪️ all of them/us/it etc. 🔸All of them must be ready for the exams. (all them emas) ✳️ all olmoshini gap oʻrtasida fe'llardan oldin yoki keyin qoʻllash mumkin. 🔸These cups are all dirty. (=All the cups are dirty.) 🔸These guests have all gone now. (=All the guests have gone now) ✳️ all olmoshi yolg'iz oʻzi everybody/everyone (hamma) degan ma'noda qoʻllanilmaydi. 🔸Everyone wanted Mary Lin's autograph. (all wanted emas) ⚠️ Ammo boshqa soʻzlar, olmoshlar bilan qoʻllanilib, all olmoshi hamma (odam) ma'nosini berishi mumkin. 🔸All of us (=We all) agreed to sign the contract. (=everybody agreed) ✳️ all soʻzini biror birikma bilan qoʻllab, hamma narsa (everything), faqatgina (the only thing) ma'nolarida ifodalash mumkin. 🔸Tell me all about your new work. (Yangi ishing haqida hamma bilganlaringni aytib ber) 🔸All I had for breakfast was a sandwich. (=the only thing I had was...Nonushtaga faqatgina sendvich yedim) ✳️ all olmoshi yolg'iz oʻzi hamma narsa (everything) degan ma'noda qoʻllanilmaydi. Bu holatda everything olmoshini qoʻllash lozim. 🔸He thinks he knows everything. (he knows all emas) ⚠️ Ammo ba'zibir iboralarda (maqollarda) all olmoshi yolg'iz oʻzi ham qoʻllanadi. 🔸All is not gold that glitters. (Yaltiraydigan hamma narsa oltin emas) ✳️ Ingliz tilida hammasi/butun bir ma'nosini beruvchi whole soʻzi ham mavjud. 🔸Did you read the whole book? (=all the book...Sen butun kitobni oʻqib chiqdingmi?) ✳️ Lekin bu soʻz faqat birlikdagi sanaladigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸He ate a whole loaf of bread. (the whole bread emas.) 🔸The whole film was boring. (the whole films emas.) ✳️ Lekin ba'zibir otlar, ya'ni koʻplikdagi yoki sanalmaydigan otlar faqat all olmoshi bilan birikadi. 🔸He spent all the money. (the whole money emas.) 🔸She is 90 and she is still got all her teeth. (her whole teeth emas.) ✳️ Ba'zi otlar all yoki whole bilan ham birika oladi. 🔸She has lived all her life in London. (U butun umr Londonda yashagan) 🔸She has lived her whole life in London. (U butun umr Londonda yashagan) ⚠️ Yuqoridagi vaziyatlarda artikl va boshqa aniqlovchi soʻzlar whole soʻzidan oldin, all olmoshidan keyin qoʻllanishini ham e'tiborga olish kerak. ▪️her whole life - all her life ▪️the whole time - all the time ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram4️⃣4️⃣4️⃣ Tayyor Intermediate Grammar Course ▶️ Kurs universal: Kursda abituriyentlar yoki CEFR va IELTSga tayyorgarlik ko'rishdan oldin o'z grammatikaga oid bilimlarini mustahkamlash hamda lug'at boyligini oshirmoqchi bo'lganlar o'qishi mumkin. 📍 Kursda Siz jami 52 ta dars o'tasiz: ✅ Ingliz tili grammatikasini to'liq o'rganasiz (260 dan ortiq mavzu); ✅ Destination B1 va B2 topik lug'atlarini o'zlashtirasiz; ✅ Mavzuga oid testlarni ishlab borasiz (2000 tadan ortiq); ✅ Har bir darsdan keyin berilgan mashqlarga tahlilni eshitib, xatolaringiz ustida ishlaysiz; ➡️ Namuna dars uchun: https://t.me/grammarnotes/3999 💳 Kurs narxi 300 ming so'm. ➡️ Murojaat uchun: @kh_atajanov
Open in TelegramHurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili grammatikasi bo'yicha advanced darajaga chiqmoqchi bo'lganlar uchun maxsus tayyor kurs mavjud. ✅ Kurs Destination C1&C2 bo'yicha tuzilgan; ✅ Kitobdagi 26 ta unit bo'yicha 13 Grammar+13 Lexical Resource darslari mavjud; ✅ Har bir darsdan keyin advanced level testlar berilgan va ularning tahlillari ham keltirilgan. ( kitobdagi mashqlarni ishlovchilar uchun unit mashqlari yechimlari tahlil qilingan va tushuntirib berilgan) ✅ Demo dars: https://t.me/grammarnotesshop/376 📊 Kurs formati: maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio) 💳 Kurs to'lovi: bir martalik 150 ming so'm. 👉 Murojaat uchun: @kh_atajanov
Open in Telegram⚡️ Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari! Ko'pdan beri kanal bilan ishlay olmayapman. Kanalni sotib olishga qiziquvchilar bo'lsa, kanalni ularga topshirishim mumkin. Murojaat uchun @kh_atajanov ga yozing.
Open in Telegram📖Dars #132 every/each so'zlarining qo'llanishi ✳️ every - har degan ma'noni anglatadi va birlikdagi sanaladigan ot bilan qoʻllaniladi 🔸Every sentence must have a verb. (Har gapda (hamma gaplarda) fe'l boʻlishi lozim.) ✳️ each - har bir degan ma'noni anglatadi va birlikdagi sanaladigan otlar oldidan yoki oʻzi yolg'iz qoʻllanishi mumkin. 🔸Study each sentence carefully. (Har bir gapni diqqat bilan oʻrganing) 💡 Bu ikkala olmosh odatda bir xil qoʻllanadi. 🔸Every room/each room has a number. (Har xonaning/ har bir xonaning oʻz raqami bor) ✳️Ammo ular orasida biroz farq bor. Every umumiylik ma'nosiga, each alohidalik ma'nosiga ega. ▪️every person - hamma / har shaxs / hamma odam degan ma'noni beradi. ▪️each person - har bir odam degan ma'noni bildiradi. 🔸I go for a walk every day but each day seemed to pass very slowly. (Men har kuni sayrga chiqaman, lekin har bir kun juda sekin oʻtadigandek tuyulardi) 🔸Every guest watched as the President came in. (Hamma mehmon Prezident kirishini kuzatishdi) 🔸Each guest shook hands with him. (Har bir mehmon u bilan qoʻl berib koʻrishdi) ✳️ every olmoshi uch va undan ortiq koʻp miqdordagi otlar uchun qoʻllaniladi. 🔸There were cars parked along every street in town. ✳️ each olmoshi ikki yoki kam miqdordagi otlar uchun qoʻllaniladi. 🔸There were cars parked along each side of the street. ✳️ each olmoshi yolg'iz holda yoki of soʻzi bilan qoʻllanilishi mumkin . every olmosh yolg'iz oʻzi yoki of soʻzi bilan qoʻllanilmaydi. 🔸There are six flats. Each has its own entrance. (every has emas.) 🔸Each of the six flats has its own entrance. (every of the flats emas.) ✳️ each olmoshi gap oʻrtasida kela oladi. 🔸 We've each got our own desk. 🔸 They gave us each a desk. ✳️ every olmoshi birlikdagi, koʻplikdagi payt soʻzlari bilan kelib, biror ish-harakat qanchalik tez-tez sodir boʻlishini bildirib keladi. 🔸We go for a walk every evening. (har kuni kechqurun) 🔸The transportation system is very good. Buses run every ten minutes. (har oʻn minutda) 🔸 You should go to the dentist every six months. (har olti oyda) ✳️ every other day/week/month - har ikki kun/hafta/oydan bir degan ma'noni bildiradi. 🔸 We have an English lesson every other day. (Har ikki kundan bir ingliz tili darsimiz bor) ✳️ every soʻzidan kelib chiqqan olmoshlar quyidagilardir: ✅ everybody/everyone - hamma (odamlar uchun) ✅ everything - hamma narsa (predmetlar uchun) ✅ everytime - har vaqt, har gal (payt uchun) ✅ everywhere - har joyga, hamma yerda (joy uchun) ✳️ everyone/everybody olmoshlari birlikdagi fe'l, ammo koʻplikdagi olmosh bilan qoʻlaniladi. 🔸Everybody was present at the meeting. They were waiting for the President. ✳️everything olmoshi predmetlar, voqealar uchun birlikdagi fe'l bilan qoʻllanadi. 🔸 Everything is clean. 🔸The holiday was terrible. Everything went wrong. 🔸Money isn't everything. ✳️ everywhere olmoshi hamma joy/joyda/joyga ma'nolarida birlikdagi fe'li bilan qoʻllanadi. 🔸Everywhere is clean. 🔸 He is afraid of flying. He goes everywhere by train. 🔸 I searched everywhere for my glasses but didn't find them. ✳️ every time/each time - har vaqt, har gal degan ma'noni anglatadi. 🔸Every time I see him, he is different . ✳️ each time/every time - har gal iborasini all the time - har doim iborasidan farqlash lozim. 🔸They never go out. They are at home all the time. (Ular hech qachon tashqariga chiqmaydilar. Ular har doim uydalar) 🔸 Every time I go out, I go to the park. (Har gal tashqariga chiqqanimda, parkga boraman) ✳️ not/nearly/almost – yoʻq/deyarli soʻzlaridan keyin faqat every olmoshi qoʻllanishi lozim. 🔸 Nearly every shop is shut today. 🔸 Not every train-driver is on strike today. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #131 both/either/neither so'zlarining qo'llanishi ✳️ both/either/neither olmoshlari faqat ikkita shaxs yoki predmet uchun qoʻllaniladi . ✳️ Quyidagi misollarda bu olmoshlarning otlar bilan ishlatilishiga e'tibor bering. 🔸We went to two restaurants. Both restaurants were excellent. (Biz ikkita restoranga bordik. Ikkala restoran ham a'lo edi....koʻplikdagi ot va fe'l) 🔸You can go to either restaurant. (Ikkalasidan xohlagan biriga borishingiz mumkin...birlikdagi ot) 🔸Neither restaurant was expensive. (Ikkala restoran ham qimmat emas edi....birlikdagi ot va fe'l ) ✳️ Bu olmoshlar savollarga javob sifatida qoʻllanishiga e'tibor bering. 🔸I see you have two books, which book can you give me? (Men koʻryapmank,i sizda ikkita kitob bor. Men qaysisini oʻqishim kerak?) ➖Both. I have already read them. (Ikkalasini ham. Men ularni allaqachon oʻqiganman.) ➖Either. (unisi yoki bunisini, lekin birini) 🔸Is he British or American? (U britaniyalikmi yoki amerikalikmi?) ➖Neither. He is Italian. (Ikkalasi ham emas. U italiyalik.) ✳️Bu olmoshlar both/either/ neither of +(my / the / these ) + noun qurilmasida ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ularning qoʻllanishi quyidagicha boʻladi. 🔸Both of these books are written by A. Christie. 🔸I didn't like either of the films. 🔸Neither of my brothers is/are married. ⚠️ Yuqoridagi ikkinchi misolda either soʻzi inkor gaplarda 'ikkalasi ham emas' degan ma'noni bildiradi. Inkor gaplarda both soʻzini qoʻllab boʻlmaydi. 💡 Yuqoridagilardan xulosa qilamizki, both olmoshi har doim koʻplikdagi fe'l bilan darak gaplarda, either boʻlishsiz fe'l bilan inkor gaplarda, neither boʻlishli fe'l bilan lekin inkor ma'no ifodalab qatnashadi. ✳️ Bu olmoshlar bog'lovchi sifatida ham qoʻllanishi mumkin, unda ular quyidagicha juftlanadi. 1️⃣ both … and - ham … ham 🔸Both European and oriental languages are taught at London University. 2️⃣either … or - yo … yo 🔸Either you apologize or I will never forgive you. 3️⃣ neither ... nor - na … na 🔸Neither Tom nor Ann wants to leave school. ⚠️ either … or va neither … nor bog'lovchilari gap egalarini bog'lab kelganida fe'l ikkinchi, ya'ni fe'lga yaqin turgan ega bilan moslashadi. 🔸Either Tom or his friends are coming to the party . 🔸Neither the Wilsons nor I am happy about the new billing system. ✳️ either soʻzi ikki tomonli predmetlar uchun qoʻllanilganda har ikki tarafda/ikkala tarafda ham degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸There were a lot of trees on either side of the road. (Yoʻlning ikkala tarafidan ham koʻp daraxtlar bor edi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #130 no/none/nobody/nothing so'zlarining qo'llanishi ✳️ Bu olmoshlar ingliz tilida inkor ma'nodagi soʻzlar hisoblanib, ular gapda boʻlishli fe'l bilan keladi. 1️⃣ no - hech qancha, yoq degan ma'noda ot bilan qoʻllanishi lozim. 🔸There is no tea in the cup. It's empty. (Chashkada choy yoʻq. U boʻsh) 🔸There were no cups in the cupboard. 🔸There is no pencil. 2️⃣ none - hech qancha degan ma'noni bildiradi. Oldindan aniq boʻlgan otga ishora qiladi va qayta takrorlanmasligi uchun qoʻllaniladi. 🔸How much money have you got ? None. (Sizda qancha pul bor? Hech qancha) 🔸All the tickets were sold and none was left. ✳️ none olmoshi ot bilan toʻg'ridan-toʻgri bog'lanmaydi va none + of + [my / the /these]+noun qurilmasida qoʻllanadi. 🔸None of my friends came to the party. (Doʻstlarimdan hech biri ziyofatga kelmadi) 🔸None of this money is mine. (Bu pulning hech qanchasi meniki emas) ⚠️ Yuqoridagi qurilmada ot koʻplikda boʻlsa, birlikdagi yoki koʻplikdagi fe'l qoʻllanishi mumkin. 🔸None of the guests was/were enjoying the party. (Mehmonlarnig hech biri ziyofatdan zavqlanmayotgan edi) 3️⃣ Endi no soʻzidan yasalgan olmoshlarni koʻrib chiqamiz: ✅ nobody/no-one - hech kim ✅ nothing - hech narsa ✅ nowhere - hech qayerga 🔸 Nobody is perfect. (Hech kim mukammal emas) 🔸Nothing was stolen, all the things were in their place. (Hech narsa oʻg'irlanmadi, hamma narsa oʻz joyida edi) 🔸Where did you go for your holidays? Nowhere. I stayed at home. (Ta'tilga qayerga bording? Hech qayerga. Uyda qoldim) ⚠️ Yuqoridagi soʻzlar inkor ma'noga ega bo'lgani uchun ular gapda boʻlishli fe'l bilan qoʻllanishi lozim. Bu soʻzlar gapda fe'ldan keyin (toʻldiruvchi, hol) boʻlib kelganida ularni not + any (body/one/thing /where ) soʻzlari bilan almashtirib boʻladi. Masalan: 🔸 I saw nobody in the room. (boʻlishli fe'l+nobody) ↔️ I didn't see anybody. (boʻlishsiz fe'l + anybody) 🔸She took nothing with her. (boʻlishli fe'l+nothing) ↔️ She didn't take anything. (boʻlishsiz fe'l+anything) Ammo bu soʻzlar (nobody, nothing) gapda ega vazifasida kelganlarida bunday oʻrniga qoʻyish mumkin emas, bu holatda ma'no chiqmaydi. 🔸Nobody came to visit him when he was in hospital. (anybody didn't emas) 🔸The Dead sea is so salty that nothing can live in it. (anything can't emas) ✳️ nobody, no-one soʻzlari o'zidan keyin birlikdagi fe'l, ammo koʻplikdagi olmoshni talab qiladi. 🔸There was nobody at the house, so I left them a message. (Uyda hech kim yoʻq edi. Shuning uchun men ularga xat qoldirdim) 🔸Nobody in the class did their homework. ✳️ nothing soʻzi esa o'zidan keyin birlikdagi fe'l va olmoshni talab qiladi. 🔸Nothing was stolen, was it? ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #129 few (a few) va little (a little) so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ few - oz, kam degan ma'noda sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan salbiy (yetarli emas) degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸Being a newcomer, the boy had few friends there. (Yangi kelgani uchun bolaning bu yerda doʻstlari kam edi) 🔸Few customers came into the shop. It was quiet. (Doʻkonga kam xaridor kirardi. U sokin edi) ✳️ a few - bir qancha degan ma'noda sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan ijobiy (yetarlicha) ma'noda qoʻllaniladi. 🔸He enjoyed his life. He had a few friends and they met quite often. (U oʻzining hayotidan zavqlanardi. Uning yetarlicha doʻstlari bor edi va ular tez-tez uchrashishardi) 🔸A few customers have come into the shop. It has been fairly busy. (Doʻkonga bir necha xaridorlar keldilar. U biroz qizg'in) 2️⃣ little - oz, kam degan ma'noda sanalmaydigan otlar oldidan salbiy (yetarli emas) ma'noda qoʻllanadi. 🔸Hurry up! We have got little time. (Shoshiling! Bizning vaqtimiz oz) 🔸Vicky has made little progress and so is not feeling pleased. ✳️ a little - biroz degan ma'noda sanalmaydigan otlar oldidan ijobiy (yetarlicha) ma'noda qoʻllaniladi. 🔸We had a little time and went for a drink. (Bizning yetarlicha vaqtimiz bor edi va biz ichimlik ichishga ketdik) 🔸She is not hungry. She has just had a little soup. ✳️ a little/little soʻzlari gapda ravish boʻlib ham kelishlari mumkin. 🔸I was a little annoyed. (Men biroz achchiqlangan edim) 🔸She knows little about it. (U bu haqda kam biladi) ✳️ very few/ very little va so few/so little - juda oz, juda kam iboralari ham salbiy (yetarli emas) ma'noda qoʻllaniladi. 🔸We couldn't do all the work. We had very little time. (Biz hamma ishni qilolmadik. Bizning vaqtimiz juda kam edi) 🔸She had very few customers, so she had to close the shop.(Uning xaridorlari juda kam edi, shuning uchun u do'konni yopishga majbur bo'ldi) ✳️ Agar a few, a little soʻzlari oldidan only soʻzi qatnashsa, ularning ma'nolarini yana salbiy qiladi. ▪️only a few = few ▪️only a little= little 🔸London only gets a little snow in winter. (Qishda Londonda kam qor yog'adi) 🔸Only a few students were able to pass the exam. (=few students) 🔸She didn't say much, only a few words. (=few words) ✳️ few/little soʻzlarini qoʻllashdan oldin otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligi va gapda salbiy yoki ijobiy ma'noda kelayotganini aniqlash lozim. ✅ few (only a few) - sanaladigan koʻplikdagi otlar (salbiy) ✅ little (only a little) - sanalmaydigan otlar (salbiy ) ✅ a few - sanaladigan koʻplikdagi otlar (ijobiy) ✅ a little - sanalmaydigan otlar (ijobiy) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #128 much/many/a lot of so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ much - koʻp soʻzi sanalmaydigan otlar oldidan inkor va soʻroq gaplarda qoʻllaniladi. 🔸Do you get much rain here? (Bu yerda koʻp yomg'ir yog'adimi?) 🔸She didn't get much money for her car. (U mashinasi uchun koʻp pul olmadi) ✳️ much soʻzi rasmiy va badiiy uslubda darak gaplarda ham qoʻllanadi. 🔸Much was said but little was done. 🔸There is much enthusiasm for the idea. ✳️ how much - qancha soʻroq olmoshi boʻlib, sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸How much bread did you buy? ✳️ much soʻzi kuchaytirish va qiyoslash ma'nosini beruvchi too/as/so soʻzlaridan keyin kelib, darak gaplarda qoʻllanadi. 🔸I've got too/so much work to do. (Mening bajaradigan ishim juda koʻp) 🔸Your car costs as much as mine. 2️⃣ many - koʻp soʻzi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan inkor va soʻroq gaplarda qoʻllaniladi. 🔸Does he have many friends here? (Bu yerda uning koʻp doʻstlari bormi?) 🔸We don't get many storms here. (Bu yerda koʻp boʻron boʻlmaydi) ✳️ many soʻzi rasmiy va badiiy uslubda darak gaplarda ham qoʻllanadi. 🔸Many students have financial problems. ⚠️ Odatda muddatlarni bildirishda many years / many weeks / many days etc birikmalari ishlatiladi. 🔸We’ve lived here for many years. (a lot of years emas) ✳️ how many - qancha soʻroq olmoshi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan kelib, miqdorni bildirib keladi. 🔸How many eggs do we need? (Bizga qancha tuxum kerak?) ✳️ many soʻzi kuchaytirish va qiyoslash ma'nosini beruvchi too/so/as soʻzlaridan keyin kelib darak gaplarda qoʻllanadi. 🔸You have made too many mistakes in your dictation. (Siz diktantingizda juda koʻp xato qilgansiz) 🔸Bill has got as many cars as Cecilia. 3️⃣ a lot of/lots of - koʻp soʻzi sanaladigan koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan darak gaplarda qoʻllaniladi. 🔸We get a lot of storms here. (Bu yerda biz juda ko'p bo'ronlarni boshimizdan o'tkazamiz) 🔸We get a lot of rain here. (Bu yerda biz juda ko'p yomg'irni boshimizdan o'tkazamiz) 4️⃣ plenty - yetarli va undan ham ko'proq degan ma'noda sanalmaydigan va sanaladigan ko'plikdagi otlar oldidan ishlatiladi. 🔸There’s no need to hurry. We’ve got plenty of time. 🔸Plenty of shops sell batteries. 5️⃣ much/many/a lot/plenty soʻzlari otsiz qoʻllanishlari mumkin. Bunday vaziyatda ular oldin ishlatilgan otga ishora qiladilar yoki otlashadi. 🔸I take photos, but not as I used to. At one time I took a lot. (=a lot of photos) 🔸They asked me for some money but I myself haven't got much. (=much money) 🔸They have caught some fish but not many. (=many fish) 🔸There’s plenty to do in this town. ⚠️ Yuqoridagi soʻzlarni qoʻllashda asosiy e'tibor beriladigan jihati bu gapning turi va otning sanaladigan va sanalmaydigan ekanligini aniqlab olishdir. ⚠️ Grammar in Use darsligida many va a lot of barcha turdagi gaplarda ishlatila olishi ko'rsatilgan. Lekin DTM testlarida odatda many/much inkor va so'roq gaplarda, a lot of/lots of darak gaplarda degan qoida bo'yicha test tuziladi. ✳️ a lot - koʻp, tez-tez ma'nosida darak gaplarda, much esa inkor va soʻroq gaplarda ravish boʻlib kelishi mumkin. 🔸She had to study a lot to catch up with the rest. (...koʻp oʻqishiga toʻg'ri keldi) 🔸They don't go out much. (Ular tez-tez koʻchaga chiqmaydilar) 🔸We didn't enjoy the film much. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #127 Some va any so'zlarining qo'llanishi II qism ✳️ Mazkur darsda some va any soʻzlaridan yasalgan olmoshlarning qoʻllanishini ko'rib chiqamiz. Ularning qo'llanishi ham oldingi darsdagi qoidalarga amal qiladi. ▪️some so'zidan yasalgan olmoshlar: ✅ somebody - kimdir, birov ✅ someone - kimdir, birov ✅ something - nimadir ✅ somewhere - qayerdadir, qayergadir ▪️any so'zidan yasalgan olmoshlar ✅ anybody - kimdir, birov (so'roq gapda), hech kim (inkor gapda) ✅ anyone - kimdir, birov (so'roq gapda), hech kim (inkor gapda) ✅ anything - nimadir (so'roq gapda), hech narsa (inkor gapda) ✅ anywhere - qayergadir, qayerdadir (so'roq gapda), hech qayerda, hech qayerga (inkor gapda) ✳️ somebody/someone va anybody/anyone olmoshlari insonlar uchun qoʻllaniladi. Darak va soʻroq gaplarda birov, kimdir, inkor gaplarda hech kim degan ma'nolarda keladi. 🔸I think there is someone at the door. (Menimcha, eshikda birov bor) 🔸Have you seen anyone who can lift that stone? (Mana shu toshni koʻtara oladigan biror odamni koʻrganmisan?) 🔸I didn't meet anyone from our school at the party. (Men ziyofatda maktabimizdan hech kimni uchratmadim) ⚠️ Anyone/anybody olmoshlari xohlagan odam ma'nosida darak gaplarda qoʻllaniladi. 🔸The test was very easy. Anyone could have passed. (Test juda oson edi. Xohlagan odam undan oʻta olardi) ⚠️Yuqoridagi gumon olmoshlari birlikdagi fe'l va koʻplikdagi III shaxs olmoshi bilan qoʻllaniladi. 🔸Someone has left their bag. (Birov oʻzining sumkasini qoldirib ketibdi) 🔸If anyone wants to leave, they can. ⚠️Kelajakdagi noaniq vaqtni bildiradigan sometime soʻzidan sometimes ba'zan soʻzini farqlash lozim. 🔸I hope to meet you sometime in June. (Men iyunda siz bilan uchrashishni umid qilaman) 🔸He sometimes goes to the library. (U ba'zan kutubxonaga boradi) ✳️ somehow soʻzi bir amallab degan ma'noni bildiradi. 🔸We somehow got over the difficulties all by ourselves. (Biz bir amallab qiyinchiliklarni yengib oʻtdik) ✳️someone olmoshi muhim/obroʻli shaxs degan ma'noda ham qoʻllanadi. 🔸He is someone in his country. (U oʻz yurtida katta odam) ⚠️ any va some soʻzlaridan keyin of soʻzi kelib ma'lum bir miqdorni bildirish uchun qoʻllanilishi mumkin. Ammo somebody/anybody/anything/something soʻzlari of soʻzi bilan kelmaydi va miqdorni bildirmaydi. Ularning oʻzi tugal ma'noli soʻz hisoblanadi. 🔸Some of you must look after the children. (Sizlardan birortangiz bolalarga qarab turishingiz kerak...somebody of you emas.) 🔸Does any of you speak Spanish? (Sizlardan birortangiz ispancha bilasizmi?...anybody of you emas.) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #126 Some va any so'zlarining qo'llanishi I qism ✳️ some - biroz ma'nosida sanalmaydigan (Uncountable) , bir qancha ma'nosida sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan darak gaplarda keladi. 🔸There is some milk in the fridge. 🔸I met some interesting people at the party last night. ✳️ any - hech qancha ma'nosida inkor gaplarda, biroz, birqancha ma'nosida esa soʻroq gaplarda sanaladigan ko'plikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸I haven't got any stamps. 🔸Have you got any money on you? 🔸We haven't any milk at home, you should buy some. ✳️Mazkur so'zlarga taalluqli qo'shimcha qoidalar: 1️⃣ If qatnashgan shartli gaplarda any va undan yasalgan soʻzlar (anything/anybody...) ishtirok etadi. 🔸If you have any problems, you can discuss them with your group leaders. (Agar sizning biror muammoingiz boʻlsa, uni guruh rahbarlaringiz bilan muhokama qilishingiz mumkin) 🔸If you see anyone, tell them that Tom has arrived. 2️⃣ Iltimos va taklif ma'nosidagi soʻroq gaplarda esa some qoʻllaniladi. Bu vaziyatda soʻroq gapdagi taklif va iltimos ohangini oddiy soʻroq gapdagi soʻrash ohangidan farqlay bilish lozim. 🔸Have you got any money? (Puling bormi?...oddiy soʻroq gap) 🔸Can you lend me some money? (Menga biroz pul qarzga berolmaysanmi?...iltimos) 🔸Could you post some letters for me? (Men uchun bir necha xatlarni joʻnata olasizmi?... iltimos) 🔸Would you like some coffee? (Kofe ichasizmi?...taklif) 🔸Can you give me some information about the hotels in Khiva? 3️⃣ Savol berayotganda ijobiy (yes) javobi kutilganda ham soʻroq gaplarda some va undan yasalgan so'zlar (something/somebody...) soʻzlari qoʻllaniladi. 🔸Tom is on his hands and knees and looking for something under the table. You ask him: Why are you under the table? Have you lost something? (Nimaga stol tagidasan? Biror narsa yoʻqotib qoʻydingmi?...Uning javobi ha boʻlishini kutib, shu savolni beramiz.) 4️⃣ any xohlagan, xohlagan bir degan ma'noda birlikdagi otlar bilan darak gaplarda qoʻllaniladi. 🔸I am free all day. Come any time you like. (Men kuni bilan boʻshman. Xohlagan paytingiz kelavering) 🔸You can buy these maps at any petrol station. They all have them. (Siz bu xaritalarni xohlagan AYOQSHdan sotib olishingiz mumkin. Ularning hammasida bor) 5️⃣ some soʻzi ba'zi degan ma'noda hamma turdagi gaplarda, shu jumladan, inkor gaplarda ham qoʻllanishi mumkin. 🔸Some people don't like flying. (Ba'zi odamlar samolyotda uchishni yoqtirishmaydi) 6️⃣ some + son birikmasida taxminan degan ma'noda ham qoʻllaniladi. 🔸There were some fifty people at the party. (Ziyofatda taxminan 50 tacha odam bor edi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #125 Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) II qism ✳️ by + oʻzlik olmoshi - yolg' iz, hech kimning yordamisiz ma'nosida qoʻllaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat gap egasining yolg'iz oʻzi tomonidan bajarilishini bildiradi. 🔸He was sitting by himself. (U yolg'iz oʻzi oʻtirardi) 🔸Did you go to the cinema by yourself? (Kinoga yolg'iz oʻzing bordingmi?) 🔸She lives by herself. (U yolg'iz oʻzi yashaydi...alone) 🔸Jimmy tied his shoelaces all by himself. (Jimmi tuflisining bog'ichini oʻzi bog'ladi...without help) ✳️ Oʻzlik olmoshlarini birgalik olmoshlaridan (reciprocal pronouns) - each other, one another lardan farq qila olish lozim. Masalan: 🔸Tom and Ann stood in front of the mirror and looked at themselves. (Tom va Anna oyna oldida turishdi va oʻzlariga qarashdi) 🔸Tom and Ann looked at each other. (Tom va Anna bir-birlariga qarashdi) ✳️ each other - bir-birini/bir-biriga... ( ikkita shaxs yoki predmet uchun), one another - bir-birini/bir-biriga... ( ikkidan ortiq shaxs yoki predmet uchun) 🔸Tom and Ann love each other. 🔸These three boys help one another. ✳️ Oʻzlik olmoshlari gapda ta'kidlash, ma'no kuchaytirish uchun ham qoʻllanishi mumkin. Bunday holatlarda oʻzlik olmoshlari ot yoki olmoshdan keyin yoki gap oxirida keladi. 🔸You yourself saw what happened. (Siz oʻzingiz nima boʻlganini koʻrdingiz) 🔸You saw what happened yourself. (Siz nima boʻlganini oʻzingiz koʻrdingiz) 🔸The film itself wasn't very good but the music was great. (Kinoning oʻzi yaxshi emas edi, ammo musiqasi zoʻr edi) ✳️Oʻzlik olmoshlari ko’makchilardan (predlogdan) keyin ham qoʻllanilishi mumkin. 🔸Look after yourself. 🔸Take care of yourself. (Ehtiyot boʻling) 🔸I am angry with myself. ⚠️Oʻzlik olmoshlari har doim oʻzi ishora qilayotgan otga /olmoshga mos boʻlishi lozim. Oldingi darsdagi diligence, kindness, goodness... so'zlari bilan ishlatilishi holatlari bundan istisno 🔸We enjoyed ourselves very much at the party. (we - ourselves) 🔸Sarah lives by herself. (she - herself) ⚠️Quyidagi gapga e'tibor bering, bunday hollarda oʻzlik olmoshi qoʻllanilmaydi. 🔸Have you got any money on you? (Sizda biroz pul bormi?) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram