📖Dars #139 So'roq olmoshlarining qo'llanishi ✳️ Soʻroq olmoshlari ingliz tilida asosan soʻroq gaplarni hosil qilishda ishlatiladi. Quyida eng koʻp ishlatiladigan soʻroq olmoshlari keltirib oʻtiladi. ✅ what - nima? ✅ who - kim? ✅ which - qaysi? ✅ when - qachon? ✅ where - qayerga/da? ✅ why - nimaga? ✅ how - qanday? ✅ whose - kimning? kimniki? 🔸What do you want? 🔸Who is the least popular man around here? 🔸Which is better exercise—swimming or tennis? 🔸When are you going home? 🔸Where are we going? 🔸Why hasn't he brought the book? 🔸How do you manage to keep the place so tidy? 🔸Whose is this? It’s Mick's. ✳️ what soʻroq olmoshi otlardan oldin kelganda qanday deb tarjima qilinadi. 🔸What colour is your car? (Mashinangiz qanday rangda) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram
Grammar Notes
✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz. ✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes Donat uchun karta raqami: 8600332998853000 🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 3, 2026 | 2,490 |
| Nov 8, 2026 | 1,950 |
| Nov 12, 2026 | 1,620 |
| Nov 14, 2026 | 1,510 |
| Nov 18, 2026 | 1,330 |
| Nov 20, 2026 | 1,210 |
| Nov 24, 2026 | 659 |
Most viewed this month
- 01Views2.49KForwards—Reactions20Comments—
- 02Views1.95KForwards—Reactions13Comments—
- 03Views1.62KForwards—Reactions10Comments—
- 04Views1.62KForwards—Reactions7Comments—
Latest posts
📖Dars #138 this/that/these/those kabi ko'rsatish olmoshlarining qo'llanishi 1️⃣ this + birlikdagi ot va these + koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari bu, mana shu degan ma'noda yonginamizda, yaqinda turgan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllanadi. 🔸This book is mine. (Bu kitob meniki) 🔸These books are mine. (Bu kitoblar meniki) 2️⃣ that+birlikdagi ot va those+ koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari u/anavi degan ma'noda uzoqroqda, yaqinimizda boʻlmagan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllaniladi. 🔸A: That table is nice, isn't it? (Anavi stol yaxshi, shunday emasmi?) ➖B: But I don't like those chairs. (Lekin menga anavi kursilar yoqmayapti.) ✳️ this/that olmoshlari sanalmaydigan otlar bilan ham qoʻllanadi. 🔸The taste of this soup is bad. 🔸That water is very cold. ✳️ this olmoshi insonlarni tanishtirishda, that olmoshi insonlarni koʻrsatishda qoʻllaniladi. 🔸James, this is my friend Rita. 🔸That's Andrew over there. ✳️ Telefon suhbatida ham this/that olmoshlari qoʻllanishi mumkin. 🔸Hello. This is Laura speaking. 🔸Whoʻs this/that, please? ✳️ that/those olmoshlari oldin tilga olingan otlarni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. 🔸The salary of teachers are higher than that of doctors. (Oʻqituvchilarning maoshi doktorlarnikiga qaraganda balandroq) 🔸The stories written by OʻHenry are as full of life as those written by M.Twain. ✅ Birinchi gapda that of so'zi salary so'zini, ikkinchi gapda those so'zi the stories so'zini qayta takrorlamaslik uchun ishlatilmoqda. 💡 Bu soʻzlar bilan keladigan odatiy iboralar: ✅ that's right/that's it - toʻgri ✅ that will do - toʻg'ri keladi, boʻladi, yetadi ✅ that won't do - toʻg'ri kelmaydi, boʻlmaydi, yetmaydi ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #137 one so'zining qo'llanishi ✳️ one olmoshi ingliz tilida otlarni oʻzini qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. Sanaladigan otlar uchun birlikda one, koʻplikda ones shaklida qoʻllaniladi. O'zbek tiliga mazkur so'z birlikda -si, ko'plikda -lari qo'shimchasi sifatida ishlatiladi. 🔸Don't use that cloth. Use this clean one. (Anavi matoni ishlatma. Mana bu yangisini ishlat) 🔸I don't want to wear my old shoes. I want to wear my new ones. (Men eski oyoq kiyimlarimni kiyishni xohlamayman. Men yangilarini kiyishni xohlayman) 🔸Can I take this book ? No, take that one. (that one=that book) ✳️ this/that/these/those/each/another/which olmoshlari yoki orttirma darajadagi sifatdan keyin ones/one soʻzlari tushib qolishi mumkin. 🔸I don't like these sweaters. I prefer those over there. (=those ones) 🔸I tried all these numbers, and each was engaged. (=each one) 🔸The last question is the most difficult. (=the most difficult one) ✳️ Ammo one/ones soʻzlarini the/every yoki oddiy darajadagi sifatlardan keyin ishlatilishi shart. 🔸The film wasn't as good as the one we saw last week. 🔸I rang all the numbers but every one was engaged. (every one = har biri) ⚠️ everyone va every one soʻzlarini farqlay bilish lozim. everyone – hamma, barcha degan ma’nolarda faqat insonlar uchun qoʻllaniladi. 🔸Everyone is ready to begin the test. every one – har biri(si) degan ma’noda narsalar va insonlar uchun ham qoʻllaniladi va of bilan birikmalarda kela oladi. 🔸Jack is invited to a lot of parties and he goes to every one. 🔸I have read every one of these books. (Men bu kitoblarning har birini o'qib chiqqanman) ✳️ one olmoshini yolg'iz oʻzini noaniq artikl bilan qoʻllab boʻlmaydi, uning oldida sifat boʻlishi yoki hech qanday soʻz boʻlmasligi lozim. 🔸I have been looking for a coat, but I can't find a nice one. 🔸I have been looking for a coat, but I can't find one. ✳️ one olmoshi ega oʻrnida kelib rasmiy uslubda odamlarga nisbatan qoʻllanishi mumkin. Oʻzbek tilida shaxsi noma'lum gaplar sifatida tarjima qilinadi. 🔸One cannot have 30 eggs for breakfast. (Nonushtaga 30 ta tuxum yeb boʻlmaydi) 🔸One mustn't be late for the lesson. (Darsga kech qolmaslik kerak.) 🔸One shouldn't believe what one reads in the newspapers. (Gazetada oʻqiydigan hamma narsalarga ishonavermaslik kerak) ✳️ one+payt so'zi – noaniqlikni bildirish uchun oʻtgan yoki kelasi zamonlarda ishlatilishi mumkin. 🔸One day Robin Hood met a poor peasant. 🔸One day I hope to see flying cars. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #136 there/it so'zlarining qo'llanishi ✳️ There +to be + ot qurilmasi biror predmet/shaxs borligini, mavjudligini bildirish uchun qoʻllaniladi. 🔸There are some eggs in the fridge. ✳️ There + to be +ot qurilmasi a lot of, many, much, more, enough soʻzlari va sonlar bilan qoʻllaniladi. 🔸There were a lot of problems to discuss. 🔸Will there be enough chairs ? 🔸There are thirty days in April. ✳️ It olmoshi ingliz tilida predmet/harakat/vaziyat/fikr o’rnida qo’llaniladi. 🔸You have bought a new coat. It's very nice. (it = the coat, predmet) 🔸A: You have to do all the exercises from 1 to 100 in this lesson. ➖B: It is impossible. (it=doing all the exercises) 🔸I find astrology fascinating. I am really interested in it. ( it=astrology, predmet) ✳️ It olmoshi vaqtni/ob-havoni/masofani/miqdorni bildirish uchun gapda nominal ega bo’lib qoʻllaniladi. 🔸It was much warmer yesterday. (ob-havo) 🔸It is half past five already. (vaqt) 🔸It is fifty miles from here to Brington. (masofa) ⚠️ Biror predmet haqida birinchi marta gapirilganda, uning mavjudligini bildirish uchun there soʻzini qoʻllanadi. Ikkinchi marta tilga olganda predmetni bildirish uchun birlikda it soʻzini qoʻllash kerak. 🔸There was a picture on the wall. It was an abstract painting. ⚠️ Ba'zan ob-havoni tasvirlashda ham yuqoridagi soʻzlar oʻxshash tarzda qoʻllaniladi. Unda quyidagi qurilma boʻyicha ish koʻramiz. ▪️It + to be + sifat 🔸It was very foggy that night. ▪️There + to be + ot 🔸There was a lot of fog everywhere. ⚠️ Agar there soʻzidan keyin bir necha ot kelsa, kesim ularning birinchisi bilan moslashadi. 🔸When I opened the fridge, there was a bottle of milk, some eggs and some butter. 🔸When I opened the fridge, there were some eggs, a bottle of milk and some butter. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram🚀 Ingliz tilini BEPUL o’rganmoqchimisiz? Unda sizni Learnable kanaliga taklif qilamiz! 👋 Bu yerda nimalar bor: 📺 Video darslar — grammatikani sodda va tushunarli tilda tushuntiramiz 📘 PDF materiallar — har bir dars uchun tayyor konspekt va mashqlar 💡 “Did you know?” — kundalik hayotda ko’p xato qilinadigan qoidalar haqida qisqa maslahatlar 📖 O’qish materiallari — lug’at boyitish va o’qish ko’nikmasi uchun ✅ Mutlaqo bepul ✅ Boshlovchilar ham, o’qituvchilar ham uchun ✅ Har bir mavzu qisqa va aniq Ingliz tilini bugundan boshlang — kichik qadamlar katta natija beradi! 💪 👉 Tezroq kirib oling! 🚀
Open in Telegram📖Dars #135 another/other so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ another soʻzi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan qoʻllaniladi va quyidagi ma'nolarni anglatadi: ➖ boshqa 🔸Come another day. (Boshqa kuni keling) ➖ yana bir, qoʻshimcha 🔸Give me another example. (Yana bir misol keltiring) 🔸We need another day to complete the work. ⚠️ one after another birikmasi ketma-ket degan ma’noda qoʻllaniladi. 🔸The bills kept coming one after another. ⚠️ another - yana degan ma'noda miqdor/masofa/og'irlikni bildiruvchi koʻplikdagi otlar oldidan qoʻllaniladi: 🔸He gave me another fifty dollars. (U menga yana ellik dollar berdi) 🔸We have to walk another six miles to reach the station. (Biz stansiyaga yetib borishimiz uchun yana olti mil yurishimiz kerak.) 2️⃣ other soʻzi koʻplikdagi sanaladigan otlar va sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda boshqa degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸It is interesting to read about other countries. (Boshqa davlatlar haqida oʻqish maroqli) ⚠️ other sozi otlashib boshqalar degan ma'noni berishi mumkin. 🔸He is very selfish. He doesn't care about others. ⚠️ other olmoshi some (ba'zi) so'zi bilan qoʻllanilganda qarama-qarshi fikrlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. 🔸Some holidays are cheap and other holidays are expensive. (Ba'zi ta'tillar arzon va boshqa ta'tillar esa qimmat) ⚠️ other olmoshi no/any/one/many so'zlaridan keyin qo'llaniladi. 🔸 There is no other work available at the moment. 🔸There is only one other person who could help us. 🔸 Are there any other people we should ask? 3️⃣ the other olmoshi narigi/qolgan/ikkinchi degan ma'noda birlikdagi, koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar bilan qoʻllaniladi. 🔸This one is mine and the other one is yours. (Bu meniki va narigisi sizniki.) 🔸John went cycling and the other boys went with him. (Jon velosiped haydab ketdi va qolgan bolalar ham u bilan ketishdi) ⚠️ the other/the others olmoshi narigisi/qolgani/narigilari/qolganlari degan ma'nolarda birlikdagi yoki koʻplikdagi otlarni ifodalashi mumkin. 🔸John went cycling and the others went with him. (qolganlar) 🔸I met two strangers on the way to work. One of them greeted me and the other didn't. (ikkinchisi) ✳️ the other day soʻzi bir necha kun oldin degan ma'noda oʻtgan zamonni ifodalaydi. 🔸John came to see me the other day. It was last Friday I think. ✳️ other than - biror shaxs/narsadan tashqari (except) degan ma'noda ishlatiladi. 🔸 The truth was known to no one other than herself. 🔸 He doesn't eat out at all, other than at Burger King. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #134 most/half so'zlarining qo'llanishi ✳️ most olmoshi koʻpchilik degan ma'noda koʻplikdagi sanaladigan otlar yoki sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸Most tourists do not visit this part of the city. (Koʻpchilik turistlar shaharning bu qismini ziyorat qilishmaydi) 🔸Most of the money was stolen. (Pulning koʻpchiligi oʻg'irlangan edi) ✳️ most+of+(my/the/these)+noun qurilmasida qoʻllanilganida most olmoshi cheklangan miqdordagi shaxs yoki narsalarning koʻpchiligi degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸Most of my friends live in Tashkent. (Doʻstlarimning koʻpchiligi Toshkentda yashashadi) 🔸I had 100 pounds and most of it was spent on PC games. (Mening 100 funtim bor edi va uning koʻpchiligi kompyuter oʻyinlariga sarflandi) ⚠️ most olmoshi yolg'iz oʻzi ham qoʻllanishi mumkin. 🔸The band sang a few songs. Most were old songs, but some were new. (Guruh bir necha qoʻshiqni kuyladi. Koʻpchiligi eski qoʻshiqlar edi, lekin ba'zilari yangi edi) ✳️ most - koʻpchilik ma'nosidagi olmoshni sifatning orttirma darajasini yasaydigan the most - eng soʻzidan farqlash lozim. most soʻzi olmosh ma'nosida oldidan hech qanday artikl olmaydi va undan keyin ot keladi. 🔸❌Most people would like to have more money. the most sifatning darajasini bildirganda sifat + ot bilan qoʻllaniladi. 🔸The most interesting book I've ever read is Tixiy Don by Sholokhov. ✳️ half - yarmi/yarmisi degan manolarda olmosh boʻlib keladi va sanaladigan otlar yoki sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. half olmoshi half + of (my/the/these )+noun qurilmasida qoʻllanadi. 🔸Half of the money (half the money) was stolen. (Pulning yarmi oʻg'irlandi.) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram📖Dars #133 all so'zining qo'llanishi ✳️ all - hamma olmoshi ot bilan qoʻllaniladi. ✳️ all olmoshidan keyingi ot koʻplikdagi sanaladigan yoki sanalmaydigan ot boʻlishi ham mumkin. ✳️ all + noun - all olmoshi toʻg'ridan-toʻgri ot bilan biriksa, umumiy ma'noda qoʻllaniladi. 🔸All plants need water. (Hamma oʻsimliklar suvga ehtiyoj sezadi) 🔸All matter is made up of atoms. (Hamma materiya atomlardan tashkil topgan) ✳️ all of+(my / the / these ) + noun qurilmasida all olmoshi muayyan bir guruh yoki cheklangan miqdordagi predmetlarning hammasi degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸All of the children in our street like playing football. (Bizning koʻchadagi hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi) 🔸All of the advice you gave me was useless. (Siz menga bergan hamma maslahatingiz foydasiz edi) ⚠️ Qiyoslaymiz: 🔸All children like playing football. (Hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi...umumiy ma'no) 🔸All of the children in the class like playing football. (Sinfdagi hamma bolalar futbol oʻynashni yoqtirishadi... faqat sinfimizdagi) ⚠️ Yuqoridagi holatda all olmoshidan keyin of soʻzini tushirib qoldirish mumkin. ▪️all of the children = all the children 🔸All the children in the class like playing football. ⚠️ Lekin ot oʻrnida toʻldiruvchi olmosh (personal pronoun) qoʻllanilganda of qatnashishi lozim: ▪️ all of them/us/it etc. 🔸All of them must be ready for the exams. (all them emas) ✳️ all olmoshini gap oʻrtasida fe'llardan oldin yoki keyin qoʻllash mumkin. 🔸These cups are all dirty. (=All the cups are dirty.) 🔸These guests have all gone now. (=All the guests have gone now) ✳️ all olmoshi yolg'iz oʻzi everybody/everyone (hamma) degan ma'noda qoʻllanilmaydi. 🔸Everyone wanted Mary Lin's autograph. (all wanted emas) ⚠️ Ammo boshqa soʻzlar, olmoshlar bilan qoʻllanilib, all olmoshi hamma (odam) ma'nosini berishi mumkin. 🔸All of us (=We all) agreed to sign the contract. (=everybody agreed) ✳️ all soʻzini biror birikma bilan qoʻllab, hamma narsa (everything), faqatgina (the only thing) ma'nolarida ifodalash mumkin. 🔸Tell me all about your new work. (Yangi ishing haqida hamma bilganlaringni aytib ber) 🔸All I had for breakfast was a sandwich. (=the only thing I had was...Nonushtaga faqatgina sendvich yedim) ✳️ all olmoshi yolg'iz oʻzi hamma narsa (everything) degan ma'noda qoʻllanilmaydi. Bu holatda everything olmoshini qoʻllash lozim. 🔸He thinks he knows everything. (he knows all emas) ⚠️ Ammo ba'zibir iboralarda (maqollarda) all olmoshi yolg'iz oʻzi ham qoʻllanadi. 🔸All is not gold that glitters. (Yaltiraydigan hamma narsa oltin emas) ✳️ Ingliz tilida hammasi/butun bir ma'nosini beruvchi whole soʻzi ham mavjud. 🔸Did you read the whole book? (=all the book...Sen butun kitobni oʻqib chiqdingmi?) ✳️ Lekin bu soʻz faqat birlikdagi sanaladigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸He ate a whole loaf of bread. (the whole bread emas.) 🔸The whole film was boring. (the whole films emas.) ✳️ Lekin ba'zibir otlar, ya'ni koʻplikdagi yoki sanalmaydigan otlar faqat all olmoshi bilan birikadi. 🔸He spent all the money. (the whole money emas.) 🔸She is 90 and she is still got all her teeth. (her whole teeth emas.) ✳️ Ba'zi otlar all yoki whole bilan ham birika oladi. 🔸She has lived all her life in London. (U butun umr Londonda yashagan) 🔸She has lived her whole life in London. (U butun umr Londonda yashagan) ⚠️ Yuqoridagi vaziyatlarda artikl va boshqa aniqlovchi soʻzlar whole soʻzidan oldin, all olmoshidan keyin qoʻllanishini ham e'tiborga olish kerak. ▪️her whole life - all her life ▪️the whole time - all the time ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Open in Telegram4️⃣4️⃣4️⃣ Tayyor Intermediate Grammar Course ▶️ Kurs universal: Kursda abituriyentlar yoki CEFR va IELTSga tayyorgarlik ko'rishdan oldin o'z grammatikaga oid bilimlarini mustahkamlash hamda lug'at boyligini oshirmoqchi bo'lganlar o'qishi mumkin. 📍 Kursda Siz jami 52 ta dars o'tasiz: ✅ Ingliz tili grammatikasini to'liq o'rganasiz (260 dan ortiq mavzu); ✅ Destination B1 va B2 topik lug'atlarini o'zlashtirasiz; ✅ Mavzuga oid testlarni ishlab borasiz (2000 tadan ortiq); ✅ Har bir darsdan keyin berilgan mashqlarga tahlilni eshitib, xatolaringiz ustida ishlaysiz; ➡️ Namuna dars uchun: https://t.me/grammarnotes/3999 💳 Kurs narxi 300 ming so'm. ➡️ Murojaat uchun: @kh_atajanov
Open in TelegramHurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili grammatikasi bo'yicha advanced darajaga chiqmoqchi bo'lganlar uchun maxsus tayyor kurs mavjud. ✅ Kurs Destination C1&C2 bo'yicha tuzilgan; ✅ Kitobdagi 26 ta unit bo'yicha 13 Grammar+13 Lexical Resource darslari mavjud; ✅ Har bir darsdan keyin advanced level testlar berilgan va ularning tahlillari ham keltirilgan. ( kitobdagi mashqlarni ishlovchilar uchun unit mashqlari yechimlari tahlil qilingan va tushuntirib berilgan) ✅ Demo dars: https://t.me/grammarnotesshop/376 📊 Kurs formati: maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio) 💳 Kurs to'lovi: bir martalik 150 ming so'm. 👉 Murojaat uchun: @kh_atajanov
Open in TelegramConnections
Similar channels
MULTILEVEL MAXIMUS@multilevel_maximusLinguistics9.31K
3-4 Ноябрь | Араб тилини ўрганишнинг осон усуллари@arabtilidan_darslik1Linguistics10.3K
Arab tilini o'rganamiz.@arabtiliniorganamizkanaliiLinguistics10.5K
Rustam Qoriyev | Ingliz tili@ingliztili_ibratLinguistics11.4K- Rus tili | So‘zlashuv@izuchaem_ruskiyiiiLinguistics7.11K
Learn English@learnenglish_uzLinguistics7.1K
Multilevel Centre | Barhayot Teacher@multilevel_centreLinguistics12.2K
🇰🇷TOPIK CHANNEL( AYUPOV ISLOM )🇰🇷@korean_topik_channelLinguistics12.4K