Posts of Farkhod - AI PM
Lenny (mashhur tech bloger) Amerika bozoridagi ish o‘rinlari bo‘yicha hisobotini chiqaribdi. Nuruddinning postidan keyin Lenny nima yozganini chuqurroq o‘rgandim. Xisobot Live Data Technologies va TrueUp ma’lumotlariga asoslanib tuzilgan. 🔹 PMlarga talab oshib bormoqda. 🔹 Dasturchilarga talab platoga kelmoqda. Bu degani, talab kamaymagan ham, ko‘paymagan ham, deyarli bir xil darajada qolgan. 🔹 FDElarga talab juda oshgan. O‘zimga ham qiziq bo‘lib qoldi bular kim ekan? Forward Deployed Engineer (FDE) – ya’ni Software Engineer + Product Engineer + Solutions Architect + Customer Engineer. Qisqacha aytganda, mijozning oldiga boradi, muammoni o‘rganadi va texnik jihatdan yechim beradi. Bunday olib qarasangiz, PM + Engineer. Bir kishining o‘zi muammoni boshidan oxirigacha hal qiladi. 🔹 Afsuski, dizaynerlarga talab tushib ketmoqda. Nimaga ekanini tushunaman. Sun'iy intellekt afsuski, dizaynerlarning ishini olib qo‘ymoqda. Lekin AI qilayotgan dizaynlar hali ham AI slop. Buni bir qarashda sezasiz. Balki vaqt kelib, dizaynerlarga talab yana oshar. Oldingi postimda UX dizaynerlarga talab bo‘ladi deb yozgan edim. Mana, shu tarafga ham qarang. 🔹 UX tadqiqotchilariga talab juda pasaygan. Boyagi dizayn jarayonida "Double Diamond" modelini o‘rganganimizda, UX Researcher roli alohida edi. Endi esa ko‘rib turibmizki, AI yordamida hamma UX tadqiqotini qila oladi. Prototip yaratamiz, foydalanuvchiga ko‘rsatamiz, interview savollarini tuza olamiz. 🔹 Bozor ko‘rsatayotgan tendensiya shuki, hamma universal PMga aylanayotgandek. U o‘z ichiga dizayn, UX, biznes muammolarini o‘rganish va prototip yaratish qobiliyatlarini oladi. Lenny maqolasi https://www.lennysnewsletter.com/p/state-of-the-tech-job-market-late ——— @farkhod_com
Open in TelegramUX dizaynerni AI ishsiz qoldirmaydi O‘tgan hafta Figma’da dizayn qilishga to‘g‘ri keldi. Dizayn tizimi bor, Figma MCP’ni Claude’ga uladim. Yaxshi ishladik birga. Oldinlari bitta ekranning 2–3 ta variantini tayyorlash soatlab vaqt olgan bo‘lsa, hozir 2–3 daqiqada tayyor bo‘ladi. Qo'yil, sun'iy intellekt UI chizishda ancha oldinlabdi. Xullas, taxminan 30 ta mobil ilova ekranini chizdik. Lekin bundan oldin, lof emas 100 ta ekran variantini yaratdik. Shuni tushundimki, u taklif qiladigan yechimlarda UX yaxshi o‘ylanmagan. Qanchalik to‘g‘rilashga harakat qilmay, baribir o‘sha-o‘sha UX xatolariga yo‘l qo‘ydi. Agar siz hozir Product Designer bo‘lsangiz, UX’ni yaxshiroq o‘rganishga harakat qiling. Mana shu jihatdan siz sun’iy intellektdan ustun kelasiz. Sun’iy intellektda hissiyot yo‘q, foydalanuvchining og‘riq darajasini tushuna olmaydi. UX’ni qayerdan o‘rganaman desangiz, marhamat, ro‘yxat: 1. UX asoschilaridan biri Don Norman'ning ajoyib kitobi bor – The Design of Everyday Things; 2. O‘zbek tilida UX haqida video darsim bor: https://youtu.be/7MwzFs9V5jc?si=ewt56E9jzu2GpEyQ 3. Dizayn qilasizmi yoki boshqa ish bilan shug‘ullanasizmi, ko‘proq reference ko‘ring va nima uchun u yoki bu yechim yaxshi yoki yomonligi haqida yozing. Mana shu sizni tajribali qiladi; 4. O‘zbekiston mahsulotlaridagi UX muammolari haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin https://t.me/uzbekux Birovning xatosidan xulosa chiqarish – eng og‘riqsiz yo‘l; 5. UX qonunlari https://lawsofux.com/ 6. Growth.design bu haqida ham yozganman https://t.me/farkhod_com/60 —— @farkhod_com
Open in TelegramSocial Media Manager + Content Creator rolini eplay oladigan bir kishi qidirilmoqda. Mening Katie ismli hamkasbim bor. U ingliz va O‘zbekistonga 2 yil oldin ko‘chib kelgan. O‘z xohishi bilan ko‘chib kelgan va O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘radi. Samarqand zig’ir osh muxlisi 😊 U o‘zining ijtimoiy tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida video kontent tayyorlaydigan insonni qidiryapti. Nima qilish kerak: – Montaj, tasvirga olish va ijtimoiy tarmoqlarga joylash; – Video kontent uchun g‘oyalar taklif qilish; – Oyiga kamida 6–8 ta video chiqarish kerak bo’ladi. Qo‘shimcha ma’lumot: – Kontent asosan ko‘ngilochar mavzularda bo‘ladi; – Katie boshqa madaniyat va din vakili. Ariza qoldirishdan oldin buni inobatga olishingizni so‘rayman; – Katie faqat ingliz tilida gapiradi. O’zbekcha to’rtta so’z o’rgatganman lekin muloqot qilish uchun yetarli emas. Kimni qidiryapmiz: – Kunduzgi yoki kechki vaqtda kontent olish imkoniyati bo‘lishi kerak; – Mas’uliyatli, aytdimi bajaradigan inson; – Albatta, kreativ va hozirgi trendlarni yaxshi biladigan bo‘lishi kerak; – Ingliz tilida ozroq gapira oladigan bo‘lishi kerak. Xavotir olmang, Katie sizga ingliz tilini o‘rgatib oladi. Nima taklif qilamiz: – Oylik yoki video soniga qarab kelishilgan to‘lov; – Ingliz tilingizni yaxshilab olish imkoniyati. 👉 Ariza qoldirish https://forms.gle/WyBoCFSjpWU2CbPJ8 ——— @farkhod_com
Open in TelegramShu hafta dam olish kunlari uzunroq tuyuldi. Sababini bilaman – voqealar ko‘p bo‘ldi. Dam olish kunlari dam olish muhim. Tushunaman, ish bor vaqtda ishlash kerak, lekin odam organizmi temirdan emas. Baribir dam olish kunlarini o‘tkazib yuborganingiz bir kun o‘zini sezdiradi. O‘zim ham vaqti-vaqti bilan dam olish kunlari ishlayman, lekin aksariyat hollarda ishga bog‘liq bo‘lmagan ishlar bilan band bo‘laman. Sababi oddiy – ishni sog‘inib, kuchga to‘lib ishga qaytish. Bu hafta: 1. 12km piyoda yurdim 2. Baliq oviga chiqdim. 2. Oilaviy toqqa chiqib keldik. 3. Merkulning stendapiga bordik. 4. Ozroq ishlashga xam ulgurdim. Sizda dam olish kunlari qanday o‘tdi? Dam oldingizmi yoki vayb-koding qildingizmi? —— @farkhod_com
Open in TelegramBilaman tirikchilik, kuryerlarga qarshiligim yoq lekin shahar piyodalar uchun xavfli bo‘lib boryapti… ———- @farkhod_com
Open in TelegramTelegram Premium foydalanuvchilariga “agent”, “ai”, “app” va “game” bilan tugaydigan bot ismini ro’yxatga olishni ochibdi. Nomlarni egallab qolishga shoshilamiz ☺️ ——— @farkhod_com
Open in TelegramSocial injeneriya “Social injeneriya” degan manipulyatsiya bor. Qisqa qilib aytsam, bu sizga nisbatan turli psixologik usullarni qo‘llab, maxfiy ma’lumotlaringizni bilib olishdir. Misol uchun, biron kishiga telefon qilib: “Siz shu bankning mijozi ekansiz. Bizda pasport ma’lumotlaringiz o‘chib ketdi. Ularni yangilash uchun aytib yuborasizmi?” – deyishadi. Shunda qo‘shtirnoq ichidagi “xaker” sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ega bo‘ladi. Bularning hammasini yig‘ib, bank ilovangizga yoki boshqa servisga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin. Ayrim banklar bu borada bilib bilmasdan "social injeneriya"ga eshik qoldirishgan joyi bor. Skrinshotlarga e’tibor bering. Turli raqamlarni terish orqali bu raqam egasi shu bankning mijozimi yoki yo‘qmi bilib oldim. Agar mijoz bo‘lsa parol so‘raydi, mijoz bo‘lmasa SMS yuboradi. Xavfsiz yechim – telefon raqami yoziladi → SMS-kod kiritiladi → raqam bazada bor yoki yo‘qligiga qarab, kirish yoki ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlanadi. - - - - @farkhod_com
Open in TelegramPRD yozasizmi? Dasturchi hamkasblaringizdan yozgan PRD’ingizga yuqori baho olish juda yoqimli his. Sun’iy intellekt davrida oldinlari bir haftada yoziladigan PRD (Product Requirement Document) endi 1–2 kunda tayyor bo‘ladi. Qolgan vaqt uni jamoaga taqdim etish, sharhlarni yig‘ish va tasdiqlashga ketadi. O‘zi, shu PRD atrofida savollar rosa ko‘p: 1. Siz mahsulot menejeri sifatida PRD yozasizmi? 2. Uni qanday qilib aktual holatda saqlaysiz? 3. Startapga PRD kerakmi yoki bu ortiqcha byurokratik qadammi? 4. PRD'ni qaysi servisda saqlaysiz? 5. PRD’da nimalarni yoritib berasiz? —— @farkhod_com
Open in TelegramSiz “neyroslop” yozyapsiz Hozirgi kunda sun’iy intellekt yozgan matnlarga ko‘milib ketganmiz. Sun’iy intellekt yaratgan sifatsiz, ortiqcha va keraksiz kontent neyroslop deyiladi. Siz ham shu xatoni qilyapsizmi? Hozir biror kishiga vazifa berilsa, natijada 10 varoqli, SI yozgan matnni olib keladi. Prototip qil desa, 10 sahifalik prototip qiladi, lekin uning ichida nima bo‘layotgani, talablarga javob beradimi kabi narsalarni tushunmaydi. Har doim ham ko‘p degani yaxshi emas. Kim o‘qiydi buncha matnni? Oldinlari Slack’da hamkasblarimga savol bersam, “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob berishar edi. Endi esa SI bergan "xamsa" shaklda javob berishadi. Mayli, SI ishlatinglar, lekin promptingizga, skill’laringizga “Qisqa va lo‘nda yoz” degan talabni ham kiritinglar. Yana bir qo‘shimcha – “Xuddi g‘orda yashaydigan odamga tushuntirgandek tushuntir”, deb yozinglar, iltimos. Shunda qisqa va juda tushunarli yoza boshlaydi. O‘zi ish tartibimiz “sening SI’ing bergan natijani mening sun’iy intellektim tekshiradi” degan holatga aylanib boryapti. ------- @farkhod_com
Open in TelegramForwarded from UXER
Numeo'ga kelishimdan avval bu kompaniya tugul, uning founder'lari haqida ham yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmaganman. Job interview vaqtida ham kompaniya haqida nimalarni bilasiz degan savolga javob bera olmagandim. (Lekin sizga bunday qilishni tavsiya qilmayman 😄) Ish boshlaganimdan keyingi dastlabki 3–4 oy rosa qiyin o'tgan. Hatto o'sha paytlarda ishdan ketish fikri ham kelgandi. Sababi men o'rgangan ish muhiti bu yerda yo'q edi. Gap ish soatlari ko'pligida emas, ishga yondashuvda. Bu yerda deyarli hamma narsa boshqacha bo'lgani sababli o'zimni xuddi sohani endi boshlagan odamdek his qilib yurdim. Sal qolsa, ishga moslasha olmay haydalib ketardim 🙂 Haydalib ham ketgan bo'lardim, agar Samira opa bo'lmaganlarida. Bu haqida balki boshqa postda batafsilroq yozarman. Mana, bugun Numeo'da ishlashni boshlaganimga ham 1 yil bo'libdi. Shu vaqt ichida avvalgi ishlarimdan olgan tajribamga qaraganda 3–4x ko'proq narsa oldim, deya olaman. Eng qiyin va eng qiziq jarayon esa Akmal aka bilan ishlash bo'ldi. Qiziq tarafi, yuqorida aytganimdek, ketish fikri ham Akmal aka sababli kelgan, keyinroq qolishga qaror qilganimning sababi ham Akmal aka bo'lgan. Qiyin tarafi esa, biror g'oyani Akmal akaga pitch qilish. Tasavvur qilishingiz uchun, bu xuddi o'z startup g'oyangizni investorlarga pitch qilishingizga o'xshaydi. Akmal akani nimagadir ishontirish juda qiyin. Boshida taklif qilgan hech qaysi g'oyam qabul qilinmagan. Sababi menda bunaqa skill umuman bo'lmagan. Lekin har bir presentation'dan keyin o'zim uchun juda yaxshi feedback olganman. Bular haqida ham keyinchalik batafsilroq yozaman, nasib qilsa. Aslida bu postni yozishni boshlaganimda maqsadim Numeo yoki Akmal aka haqida yozish emasdi. Lekin shu bir yilni eslab, bularni ham aytib o'tgim keldi. Endi maqsadga qaytsak 🙂 Bugun 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni. Men Farhod aka va Nodir akani tabriklamoqchiman. Bugun nimagadir erishgan bo'lsam, bunda sizlarning hissangiz ulkan. Mening hayotimga ta'siringiz qanchalik katta bo'lganini balki o'zingiz ham tasavvur qila olmassizlar 🙂 Shu sabab sizlarga cheksiz rahmat aytaman va juda minnatdorman. Bu post sizlargacha yetib boradi degan umiddaman. Men va menga o'xshagan yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan charchamanglar deb qolaman. Numeo'ga ham sizlar sababli kelib qolganman. Shu bilan birga, Numeo'dagi barcha hamkasblarimni ham tabriklayman. Barchangizdan juda ko'p narsa o'rgandim va o'rganishda davom etyapman. @uxeruz
Open in TelegramVideoni mualligini topa olmadim lekin juda zo'r qilingan video. Dam olish kunlarini yaxshi o'tkazing. ------ @farkhod_com
Open in TelegramUshbu videoni Claude’da 18 daqiqada tayyorladim. Bundoq qarab turibman, haqiqatan ham yer sotib olib, mol boqishni o‘ylash vaqti keldimi, deb... Claude’dan so‘radim: “Jigar, qanday qilib video yaratding?” deb. Bunaqa dedi: 1. Figma'dan ekranlar, logotip, ranglar va shriftni oldim. 2. 7 sahnali ssenariy yozdim. 3. Ekranlarni HTML'da qayta yasadim. 4. GSAP bilan animatsiya qildim. 5. Kadrlarni tekshirib, xatolarni tuzatdim. 6. 900 ta kadr render qildim. 7. Musiqa va ovozlarni kod bilan yaratdim. 8. Hammasini ffmpeg bilan MP4 qildim. ——- @farkhod_com
Open in TelegramMotivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masala bilan bandman. Qisqa qilib aytganda, mijozlarimizning soliqqa oid ma’lumotlarini yig‘ishimiz kerak. Talablarga muvofiqlik (compliance) va regulyator talablari bo‘yicha juda ko‘p varaqli hujjatlar bor. Ularni o‘rganish kerak. Bizda biznes analitik yo‘q, bu ishni ham o‘zim qilyapman. CRS’ga bog‘liq o‘zgarish, foydalanuvchi interfeysida 2–4 ta ma’lumot so‘raydi. Lekin shu 2–4 ta matnning tagida qancha ish yotganini ko‘rsangiz... Qiyin va chigal vazifani tushunib olish, uni aniq va tushunarli vazifaga aylantirish, turli odamlardan kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va oxirida jamoani shu vazifa atrofida birlashtirish – mana shu men uchun “challenge”. Va bilasizmi nima? Menga aynan shunisi yoqadi. Menimcha, ishdan oladigan motivatsiyamning katta qismi ham shundan keladi. Har doim ham maosh asosiy ko‘rsatgich emas. Yangi narsalarni o‘rganish, qiyin muammoni yechish, o‘zimni rivojlantirish va qilgan ishimning natijasini ko‘rish menga motivatsiya beradi. Ozroq oldin, CTO‘mizdan “Self-Determination Theory” degan tushunchasi haqida eshitib qoldim. Unda insonning ichki motivatsiyasiga uchta narsa katta ta’sir qilishi aytiladi: 🔹 autonomy – o‘zingiz qaror qabul qilishingiz 🔹 competence – biror narsada o‘sib borayotganingni his qilish 🔹 relatedness – boshqa odamlar bilan bog‘lanib, birgalikda nimadir qilish. “Self-Determination Theory” biznes egalari, rahbarlar va HR’lar uchun juda qiziq mavzu, sababi sizning qo‘l ostingizdagi odamlarning motivatsiyasi ishdagi natijalarga ta’sir qiladi. Teoriyani o‘zbekchaga tarjima qilib, asosiy joylarini qoldirdim: 👉 https://chatgpt.com/share/6ab4a526-320c-83ed-b50d-006f3f97a3ca —— @farkhod_com
Open in Telegram