Tadbirkorlar uçun energiya samaradorligini oşiriş va davlat subsidiyalaridan foydalaniş imkoniyatlari taqdim etildi
“Özsanoatqurilişbank” ATB boş ofisida sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va davlat tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlariga bağişlangan seminar bölib ötdi. Tadbir Energiya samaradorligi milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yaşil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi hamda “Özsanoatqurilişbank” ATB hamkorligida taşkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlarini korxonalarda energiya sarfini kamaytiriş, işlab çiqariş jarayonlarini modernizatsiya qiliş va energiya samarador texnologiyalarni joriy etiş böyiça mavjud imkoniyatlar bilan taniştirişdan iborat böldi. Unda Energiya samaradorligi milliy agentligi vakili Saidmurod Tulaşov sanoat korxonalari uçun belgilangan davlat subsidiyalari va moliyaviy rağbatlantiriş çoralari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagiçining B, C va D toifalariga mansub korxonalar uçun energiya auditidan ötkaziş xarajatlarining 50 foizini, biroq 100 million sömdan oşmagan miqdorda qoplaş mexanizmi nazarda tutilgan. Şuningdek, energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun 2 milliard sömgaça bölgan kreditlar böyiça uç yilgaça muddatga foiz stavkasining 10 foizlik punktini kompensatsiya qiliş imkoniyati mavjud. Mazkur çoralar korxonalarga energiya iste’molini tahlil qiliş, mavjud yöqotişlarni aniqlaş va samaradorlikni oşiriş loyihalarini moliyalaştirişda qöşimça imkoniyat yaratadi.
Tadbirda yengil sanoat korxonalarida qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etiş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, issiqxona xöjaliklari uçun issiqlik nasoslari, kaloriferlar va boylerlarni xarid qiliş hamda örnatiş xarajatlarining 20 foizini subsidiyalaş mexanizmlari tuşuntirildi. Seminar doirasida subsidiyalarni rasmiylaştiriş uçun möljallangan raqamli platforma namoyiş qilinib, elektron ariza topşiriş, hujjatlarni körib çiqiş, uskuna yetkazib beruvçilarni tanlaş va bajarilgan işlarni tasdiqlaş jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida iştirokçilar bilan mavzu yuzasidan qizğin savol-javoblar bölib ötdi. Unda tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar, xususan, davlat subsidiyalaridan foydalaniş şartlari, kredit foizlarini kompensatsiya qiliş tartibi va energiya samarador loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga batafsil tuşuntirişlar berildi.
Kanallarimizga ulaning:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook