Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
BAXMAL TUMANI 31-TOŞKENT XALQARO TURIZM YARMARKASIDA IŞTIROK ETMOQDA Ayni kunlarda Toşkent şahridagi CAEx körgazmalar majmuasida 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi — “Ipak yölida turizm” öz işini boşladi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Jizzax viloyati qatorida Baxmal tumani ham faol iştirok etmoqda. Yarmarka doirasida tumanning boy turistik salohiyati, betakror tabiati, tarixiy-madaniy merosi, ziyoratgohlari hamda sayyohlar uçun jozibador maskanlari keng tarğib qilinmoqda. Xususan, Baxmalning öziga xos tabiati, sölim toğ manzaralari, ekologik va ziyorat turizmi imkoniyatlari, şuningdek, istiqbolli sayyohlik yönalişlari mahalliy va xorijiy mehmonlar e’tiboriga havola etilmoqda. Uç kun davom etadigan xalqaro yarmarka doirasida yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, turizm sohasidagi investitsion loyihalarni ilgari suriş hamda Baxmal tumanining sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda keng tarğib etişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur iştirok Baxmalni nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro turizm xaritasida ham öziga xos sayyohlik maskani sifatida tanitiş yölidagi muhim qadamlardan biridir. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 42 |
| 1 h | 157 |
| 4 h | 259 |
| 7 h | 276 |
- After 1 hour157
- After 6 hours276
- Total to date276













