Account

Posts of Ertaga Kech

newest first

#268Link preview
Views888−48%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
#265Link preview

Loyihalarimizdan birida qaysi OCR skanerlangan hujjatlarni eng yaxşi öqişini sinab kördik. Skanerlangan dalolatnomalardagi buzilgan raqamlar (soliq raqamlari, summalar, sanalar) platformada notöğri javoblarning asosiy sababi edi. Bizga keladigan skanerlarning sifati juda xilma-xil: juda past sifatli nusxalar, öçgan sahifalar, telefonda olingan suratlar, yonboşlab yoki teskari skanerlangan sahifalar, muhr va imzolarga töla sahifalar. Şuning uçun har xil turdagi 50 ta real sahifani oldik: imzolangan dalolatnomalar, mayda şriftdagi smeta jadvallari, özbek va rus tilidagi matnlar, yomon skanerlar va muhrlarga töla sahifalar. Har bir sahifa uçun tekşirilgan namuna matn tayyorladik va 5 ta OCR tizimini 4 287 ta raqam, kod va sana böyiça soliştirdik. Natijalar (aniq öqilgan raqamlar): • Xiaomi OCR-0: 94,5% • Baidu Unlimited-OCR 2: 87,0% • DeepSeek OCR: 76,8% • tesseract (hozirgi): 65,7% • PaddleOCR-VL 1.6: 64,8% Ğolib Xiaomi OCR-0 — kiçik oçiq model (0,8 milliard parametr). U jadval qatorlarini butun holida saqlaydi va bir sahifani GPUʼda 1,6 soniyada öqiydi; tesseract esa bitta CPU yadrosida taxminan 5 soniya talab qiladi. Yomon skanerlarda u raqamlarning 91 foizini öqiydi, tesseract esa 5 foizini. U teskari sahifalarni öqiy olmaydi, özbek kirill alifbosidagi baʼzi harflarni yöqotadi va şubhali raqamlarni belgilamaydi, şuning uçun tesseract va öqiliş tekşiruvi u bilan birga qoladi. Töliq hisobot: Qaysi OCR skanlarimizni eng yaxşi öqiydi? @ertagakech

Open in Telegram
Views1,220−28%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—