Yuqoridagi tadqiqot qanday oʻtkazildi? Data qayerdan olindi? Keyingi bosqich nima? @ertagakech
Открыть в TelegramПосты канала Ertaga Kech
📊 Qaysi SI özbek tiliga eng yaxşi tarjima qiladi? 15 ta modelni 46 ta texnik maqolada sinadik: rus va ingliz tilidan özbekçaga. 🥇 GPT-6.1 Sol (86%) va Gemini 4 Hydrogen (85%) deyarli teng: ikkalasini ham tavsiya qilamiz. Hydrogen ikki baravar tezroq, Sol biroz arzonroq. 📖 Qisqa promt + atamalar luğati eng yaxşi natija berdi. Uzun uslub qöllanmasi va tahrirlaş bosqiçi esa tarjimani yaxşilamadi, faqat 2–3 baravar qimmatlaştirdi. 💻 Lokal modellar hali tayyor emas: eng yaxşisi 50%. ⚠️ Natijalar dastlabki: SI baholovçilarni hozir inson tekşiryapti. To'liq hisobot va natijalar 👉 LINK @ertagakech
Открыть в TelegramTelegramda STT ancha ravon ishlab boshlabdi. Sozlamalarda lokal modeldan foydalanishni koʻrsatish ham mumkin. @ertagakech
Открыть в TelegramLoyihalarimizdan birida qaysi OCR skanerlangan hujjatlarni eng yaxşi öqişini sinab kördik. Skanerlangan dalolatnomalardagi buzilgan raqamlar (soliq raqamlari, summalar, sanalar) platformada notöğri javoblarning asosiy sababi edi. Bizga keladigan skanerlarning sifati juda xilma-xil: juda past sifatli nusxalar, öçgan sahifalar, telefonda olingan suratlar, yonboşlab yoki teskari skanerlangan sahifalar, muhr va imzolarga töla sahifalar. Şuning uçun har xil turdagi 50 ta real sahifani oldik: imzolangan dalolatnomalar, mayda şriftdagi smeta jadvallari, özbek va rus tilidagi matnlar, yomon skanerlar va muhrlarga töla sahifalar. Har bir sahifa uçun tekşirilgan namuna matn tayyorladik va 5 ta OCR tizimini 4 287 ta raqam, kod va sana böyiça soliştirdik. Natijalar (aniq öqilgan raqamlar): • Xiaomi OCR-0: 94,5% • Baidu Unlimited-OCR 2: 87,0% • DeepSeek OCR: 76,8% • tesseract (hozirgi): 65,7% • PaddleOCR-VL 1.6: 64,8% Ğolib Xiaomi OCR-0 — kiçik oçiq model (0,8 milliard parametr). U jadval qatorlarini butun holida saqlaydi va bir sahifani GPUʼda 1,6 soniyada öqiydi; tesseract esa bitta CPU yadrosida taxminan 5 soniya talab qiladi. Yomon skanerlarda u raqamlarning 91 foizini öqiydi, tesseract esa 5 foizini. U teskari sahifalarni öqiy olmaydi, özbek kirill alifbosidagi baʼzi harflarni yöqotadi va şubhali raqamlarni belgilamaydi, şuning uçun tesseract va öqiliş tekşiruvi u bilan birga qoladi. Töliq hisobot: Qaysi OCR skanlarimizni eng yaxşi öqiydi? @ertagakech
Открыть в TelegramSI bilan samaradorlik karrasiga oshmagan boʻlsa, demak siz undan notoʻgʻri foydalanayapsiz. @ertagakech
Открыть в TelegramПереслано из MohirDev.uz
🧠 Sunʼiy intellekt miyani operatsiya qildi SI tibbiyotga ham, koinotga ham jiddiy kirib kelyapti. Oʻtgan haftadagi yangiliklarni dayjestda tomosha qiling: 👉 SI hafta yangiliklari. 17-son @mohirdev
Открыть в TelegramПереслано из MohirDev.uz
🐣 Juniorlarga ish yoʻqmi? Anthropic kompaniyasida junior xodimlarning ulushi — atigi 9% foiz. Chunki sunʼiy intellekt ~6 baravar tezroq ishlamoqda. Oʻtgan haftadagi SI yangiliklar bilan videoda tanishing: 👉 SI hafta yangiliklari. 16-son @mohirdev
Открыть в TelegramAhamiyat berdingizlarmi, hamma AyTi kompaniyalar endi SI kompaniyalarga aylanib ketdi. Avval raqobatchi boʻlmagan kompaniyalar ham endi SIda raqobtlashayapti. Bularni orasida bechora Durov yakkalanib qoldi. Bizda esa ahvol ogʻir, birorta kompaniya bunga hatto qiziqish ham bildirayotgani yoʻq. Siz nima deb oʻylaysiz, kelajakda ham SI kompaniyaga aylanadimi? Bizdachi? @ertagakech
Открыть в Telegram🦸♂️ Stack Overflow qaytdi! ChatGPT plagini yordamida u endi agentlar uchun ishlaydi. Oʻtgan haftadagi SI yangiliklari bilan videoda tanishing: 👉 SI hafta yangiliklari. 15-son @mohirdev
Открыть в TelegramYangi Drex modeli yordamida lex.uz dagi 61224 ta normativ hujjatni tahlil qilib, ichidan Qurilish sohasiga oidlarini ajratib olish 2.84$ ga tushdi. Ajoyib. @ertagakech
Открыть в TelegramПереслано из MohirDev.uz
😵 SI nazoratdan chiqib ketyapti Oʻtgan hafta sunʼiy intellekt xavfsizligi boʻyicha yangiliklarga boy boʻldi. Ular bilan batafsil tanishish uchun videoni tomosha qiling: 👉 SI hafta yangiliklari. 14-son @mohirdev
Открыть в TelegramSI sehrli tayoqcha emas. SI'ni oʻrganish va joriy qilish bosqichma-bosqich boʻladi. @ertagakech
Открыть в TelegramПереслано из Sariq Dev
Nega Oʻzbekistonda shaxsiy agentlar rivojlanmayapti? @sariqdev
Открыть в Telegram