Yana bitta joyda ham ko‘rinish berib turaman. U yerda ham zerikmaymiz. https://t.me/+gKlYh24L9KUwYzMy
Open in TelegramPosts of Iqtisodiyot_《total essence》
Insonni aql boshqaradi. Tananing har bir qismiga kuchi yetadi aqlni. Lekin, qalbga kuchi yetmaydi. Mutaxassislarning takidlashicha, inson qabul qiladigan qarorlarning 70%i aql bilan emas, qalb bilan ya’ni emotsiya bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ko’proq hissiyot va qadriyat ulashing deyiladi brendlarga..
Open in TelegramMenga shu stulni sot! Ko‘pchilik stulni qulayligi bilan sotishga urinadi. Yumshoqligi, materiali, dizaynini... Lekin aqlli sotuvchi boshqa yo‘l tutadi, 8 soat noto‘g‘ri o‘tirib ishlagan odamning beli qancha turishini bilasizmi deydi. Chunki odamlar stul sotib olmaydi. Ular og‘riqsiz ishlashni, qulaylikni va charchamaslikni sotib oladi. Savdoda kuchli usul shu mahsulotning o‘zini emas, odam e’tibor bermayotgan yo‘qotishni ko‘rsatish.
Open in TelegramTasavvur qiling. Siz sug‘urta kompaniyasiga borib, mashinangizni sug‘urta qildirdingiz. Har oy yoki har yili pul to‘laysiz. Bir qarashda bu juda yomon kelishuv. Ya’ni siz pul to‘lab, hech qachon foydalanmaslikka umid qiladigan mahsulotni sotib olyapsiz. Agar sug‘urta kompaniyasi sizga hech qachon pul to‘lamasa, siz uchun bu yomon kelishuvdek tuyuladi. Agar sizga katta miqdorda pul to‘lasa, demak, siz boshdan kechirgan hodisa juda yomon bo‘lgan. Ya’ni mijoz uchun eng yaxshi sug‘urta hech qachon ishlatilmaydigan sug‘urta.
Open in TelegramTasavvur qiling, bir kompaniyada 30 yil ishladingiz. Kompaniyaning barcha sirlarini bilasiz, hamma sizni taniydi. Lekin yangi ish topishdan qo‘rqasiz. Chunki yangi joyda yana hech kim bo‘lishingiz kerak..
Open in TelegramZuckerberg millionlab odamlarni bir-biriga bog‘laydigan platforma yaratdi. Filmning oxirida butun shu ulkan tizimning yaratuvchisi bitta oddiy narsaga muhtoj bo‘lib qoladi. Yoqtirgan qiziga do’stlik so‘rovi yuboradi. Sahifani yangilaydi. Yana kutadi. Yana yangilaydi. Ya’ni qanday kinoya, millionlab odamlar bir-birini topishi uchun yaratilgan platformaning asoschisi o‘zi izlayotgan inson bilan bog‘lana olmayapdi.
Open in TelegramTasavvur qiling, bir odam 15 million so‘mga telefon sotib oldi. Oradan bir hafta o‘tib, xuddi shu telefonning 12 million so‘mga sotilayotganini ko‘rdi. Uning oldida ikkita yo‘l bor, 3 million so‘m ortiqcha to‘laganini tan olish yoki o‘z telefonining qanchalik zo‘rligini tushuntirish. Ko‘pincha ikkinchisini tanlaydi. Endi u telefonning kamerasi, protsessori, dizayni va boshqa ustunliklarini ko‘proq gapira boshlaydi. Hatto ilgari e’tibor bermagan kamchiliklarini ham oqlaydi. Psixologiyada bu kognitiv dissonans deyiladi, ya’ni telefonning kamchiligi haqida aytilgan har bir gap unga o‘z qarorining xatosini eslatadi.
Open in TelegramOdamlar pulni ko‘pincha ehtiyoj uchun emas, qiziqish uchun sarflaydi. Agar xarid faqat ehtiyojga bog‘liq bo‘lganida, bozorda mahsulotlar juda kam bo‘lardi. Agar inson faqat ehtiyoj bilan yashaganida, iqtisodchilar ishsiz qolardi.
Open in TelegramForwarded from Vashington kundaligi
“Microsoft” kompaniyasi 60 ming ishchisiga ko’ngilli ravishda ishdan bo’shash haqida taklif yubordi. Bu jami xodimlarining qariyb 30 foiziga teng. Agar taklifni qabul qilsa, ishdan bo’shagan xodimlarga, vazifasi va stajidan kelib chiqqan holda, 10 oygacha bo’lgan maoshlari to’lab beriladi. Rad etsachi? Hozircha buning oqibati qanday bo’lishi ma’lum emas. @bmamadiev
Open in TelegramFilm ko‘rayotganda bosh qahramonning hayoti mutlaqo muammosiz bo‘lsa, 10 daqiqada zerikamiz. Kinoda muammo qancha katta bo‘lsa, film shuncha qiziq. Tomoshabin sifatida biz qiyinchiliklarni sevamiz. Faqat bitta shart bilan ular ekranning ichida bo‘lsa..
Open in TelegramO‘zingiz yaxshi biladigan sohada, odamlar ko‘pincha noto‘g‘ri tushunadigan bitta narsani ayting.
Open in Telegram