Account

Posts of Bek Olimjon

newest first

#1184Text
Views11,400−50%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1183Link preview
Views13,300−42%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1182Text
Views14,200−38%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1181Photo
Views18,300−20%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1180Photo
Views24,300+6%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1178Text

Germaniyaga keladigan juda ko'p shifokorlar qiladigan xato Bir amallab til topshirib, yordamchi lavozimida ish topishadi, viza oladi va kelib ish boshlaydi. Aslida oladigan oyligi ancha past, ammo hozirga qadar buncha oylik olmagan. Shu sabab juda ko'pdek tuyuladi. Shunda ular nima qilishadi? Shart O'zbekistonda kreditga uy olishadi. Katta xato. Kredit bu kishan. O'sha odam Germaniyada shifokor bo'lishi uchun hali bir nechta imtihonlardan o'tishi kerak. Ishlarga topshirishi kerak. Uzun mashaqqatli yo'l turipti hali. Bu imtihonlarga tayyorlanish uchun vaqt kerak. Vaqt orttiraman desa ishni kamaytirishi kerak. Ishni kamaytiray desa kredit bor. Yoki uyiga pul yuborishi kerak. Shu zayilda yillar o'tib ketadi. Na imtihon topshira oladi, na shifokor bo'la oladi. Aslida shimni qo'yib tayyorlansa 6 oyga qolmasdan topshirsa bo'ladigan imithonlar ular. Yillar ketadi. Chunki tayyorlana olmaydi. To'liq shifokorlik litsenziyasini olsa, yaxshigina oylikka ishlashni boshlaydi. Yo'q, bunday uzoqni o'ylab ish tutmaydi ko'pchilik, ming afsuslar bo'lsin. Shuning uchun azizlar, kredit olishga shoshilmang. Imkon qadar tezroq shifokor degan maqomni oling. Uni beradigan maoshi sizga kreditsiz ham uy olish imkonini beradi. Agar mutaxassis degan maqomni olsangiz, sizga 3 ta uy olish imkonini beradi. Uydagilarga sabr qilishni tushuntiring azizlar. Bitta uyni kreditini yopaman deb 4-5 yil umringizni sarflab qo'ymang. Yanada achinarlisi, o'sha umr vaqtida ko'pchilikda yosh bolasi ham bo'ladi. Unga ham vaqt yo'q. Ayoliga ham vaqt yo'q. Muammolar domino effekti bo'ladi keyin. Bu fikrlar yakka voqealar emas, men qayta-qayta guvohi bo'layotgan voqea. Bek Olimjon 08.11.2026 Norvegiya

Open in Telegram
Views29,200+28%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1176Link preview
Views26,200+15%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1174Text
Views35,900+57%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1172Text

Metakognitsiya - fikrlash haqida fikrlash (yohud juft bilan suhbat) Metakognitsiya - bu odam o'z fikrlash jarayonini kuzatishi, baholashi va ongli ravishda o'z fikrlarini boshqarish qobiliyati. Osonroq aytadigan bo'lsak - qanday fikrlayotganimiz haqida fikrlash. Aytaylik kimdir kitob tavsiya qildi. Uni o'qidik. Tushungandek bo'ldik. Ammo negadir tadbiq qila olmaymiz. Bu yerda o'sha eski "o'qish bilan uqish boshqa-boshqa" degan gapni eslaymiz. O'qish bu tanishish, uqish esa anglab yetish degani. Metakognitsiya bu biror mavzuni anglab yetishimizga yordam beradi. Inson biror narsani o'rgansa o'ziga ishonchi ortadi, men buni bilaman degan xulosaga keladi. Metakognitsiya esa men haq ekanligimni qayerdan bilaman degan savol berishga undaydi. Shu sabab ko'p insonlar o'z fikrlariga qarshi fikrlar, tanqidlar qidirib yurishadi. Maqsad o'z fikrlarini yaxshilab taftish qilish. Chunki odam o'z miyasiga ishonsa u o'z-o'ziga qarsak chalishga usta. Shuning uchun atroflicha fikrlash muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishimiz juda muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishdagi muammo bu fikrlarimiz juda tezligi. Bir soniyada bir nechta fikrlar keladi, aralashib ketadi va emotsional holatimizdan kelib chiqib tez xulosaga borib qolamiz. Fikrlarni kuzatishimiz uchun yozish foydali deymiz. Bir usuli bu bloknot yozish. Yozish haqiqatdan ham odam o'z fikrini turli tomondan ko'rishga yordam beradi. Bu uchun uzun-uzun insholar yozish shart emas. Qisqa bo'lsada "balki bunday emasdir" degan yondashuv bilan qarab ko'rish va fikrlarni shunchaki yozib qo'yish ham yordam beradi. Bloknot albatta yaxshi. Ammo undanda yaxshiroq usul bor. Bloknot yozishdagi muammo shuki biz fikrga qanchalik atroflicha qarashga harakat qilmaylik, baribir o'z aql-idrokimizdan tashqariga chiqib fikrlay olmaymiz. O'sha avvalgi bilimlarimiz atrofida aylanib fikrlayveramiz. Yozuvchi ham o'zimiz, o'quvchi ham. Metakognitsiya rivojlantirishda bloknotdan yaxshiroq usul bu o'z jufti bilan suhbatlashish. Nega unday? Chunki bloknotdagi gaplar bizga juftimiz beradigan savollarni bermaydi. Juft bilan suhbat biror fikr bildirganimizda mantiqdagi bo'shliqlarni, ko'r nuqtalarni (blindspots) yaqqolroq yuzaga kelishiga yordam beradi. Undan tashqari inson suhbat davomida fikrini teranroq tushuntirishga harakat qiladi. Sababi suhbat davomida yuz ifodalari, hissiyotlar qorishgan bo'ladi. Yana bir foydali tomoni "birgalikda fikrlash" imkonini beradi. Bitta kalladan, ikkita kalla yaxshi... Bloknot bu yolg'izlikdagi tafakkur bo'lsa, juft bilan suhbat birgalikda bo'ladi. Feedback olishimiz uchun yozganimizni qayta o'qishimiz kerak, juft bilan esa feedback o'sha zahoti bo'ladi. Juft bo'lishi shartmi? Bo'lmasa nima ham qilar edik. Bo'ydoqlarga bloknot ham yaxshi albatta. Do'st bo'lsa ham bo'ladimi? Ha, bo'ladi albatta. Ammo o'zga jins vakilida fikrlarga biz ko'rmaydigan tomondan qarash xislati berilgan. Do'stimiz gormonlari biznikiga o'xshash bo'lgani uchun, miyasi ham biznikiga yaqinroq bo'ladi. Endi farq faqat gormon bilangina o'lchanmasligi aniq. Undan tashqari rostgo'ylik, adolat, hammaqsadlilik, tanqidni qabul qila olish kabi ijobiy xislatlar bo'lishi ham muhim. Boshqa yana bir qator ijobiy xislatlar bilan birgalikda. Shunday ekan azizlar, juft tanlashda bizni fikrlashimizni challenge qila oladigan, bizni "yo'lga soladigani" bo'lishiga e'tibor beramiz? 😁 Shu bilan birga o'zimiz ham shunday bo'lishga harakat qilamiz. Juda qiyin qivordima?! 😁 Bek Olimjon 24.10.26 Norvegiya

Open in Telegram
Views35,900+57%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1171Text
Views27,600+21%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1170Photo
Views31,100+36%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1164Photo
Views35,900+57%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1162Text
Views32,500+42%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—