Sport bilan haftasiga 12-14 soat shug’ullanish vaqt qadrini shunday bilintirib qo’yadiki, har bir kundan unumli foydalanadigan bo’lib qoladi odam. Kecha Norvegiyada oftalmologlar jamiyati yig’ilishiga borgan edim. Ikkita ma’ruza bo’ldi, keyin banket, ovqatlar… Jami 7 soat vaqtim ketdi. Uyga kechasi 12 dan keyin keldim. Kechadan beri shu ketgan vaqtimga achinyappan. Oldinlari unday emas edi. Kechagi juda foydali bo’lmagan vaqt sarfi uyquga, kayfiyatga, bugungi kunga salbiy ta’sir qildi. Networking uchun bunday davralarda ko’p vaqt sarflash noto’g’ri degan xulosaga kelganimga yillar bo’lgan aslida. Undan ko’ra yaxshi mutaxassis bo’lib, qiymat yaratish networkingdan ko’ra ko’proq manfaat beradi. *** Bir hamkasb bilan bir mavzuda gaplashgani borgan edim. Yaxshisi uni alohida ovqatga taklif qilib, maks 2 soatda maqsadga erishishim mumkin edi. *** Xato qilish va undan o’rganishda davom etaveramiz ekan o’lgunga qadar. Bek Olimjon 18.11.26 Norvegiya
Открыть в TelegramПосты канала Bek Olimjon
Sportda eng ko'p so'raladigan savollardan biri bu zonalar bilan mashg'ulot qilish. O'tgan yakshanba kuni Gordo mana shu bo'yicha 2 soatlik seminar o'tib berdi. U sizlar uchun albatta yozib olindi. Turli zonalar haqida juda yaxshi ma'lumotlar berilgan. Seminar davomida aytilayotgan fikrlarni hammasini tushunishingiz qiyin bo'lishi mumkin. Sababi Gordo 30+ yillik tajribasiga asoslangan holda fikr yuritadi. Shunday bo'lsada, sport bilan jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lgan odamlar uchun bu albatta foydali bo'ladi bu seminar. Marhamat https://youtu.be/rO_aMJvhPv0?si=l2DPcuqp_7tw4XtD Savollarni video izohlarida qoldirsangiz ham bo'ladi. Bek Olimjon 17.11.2026 Norvegiya Youtubedagi Juda ko'pchilik urak urish zonalari haqida
Открыть в TelegramOdatda dushanba kunlari ishlayman. Bugun ishga bormadim. Kundan unumli foydalanay deb ertaroq sport zalga chiqdim va hayron qoldim. Soat 11 ham bo’lgani yo’q hali. Parkovkada joy yo’q. Velosport xonasi to’la. Yugurish yo’lakchalari aksari band. Yugurish xonasi to’la. Toshlar ko’raradigan bo’lim ham navbat. Tavba… Dushanba ish kuni bo’lsa desam, bu yerdagi aksari pensiya yoshidagi amaki va xolalar. Pensiya yoshi 67… Bek Olimjon 16.11.26 Norvegiya
Открыть в TelegramO’tgan kuni qizim (9) bilan progressiya haqida gaplashayotgan edik. Linear, eksponensial, arifmetik, geometrik progressiyalar mohiyati haqida. (aynan ular ta’rifi haqida emas) Progres bu dunyo bilan cheklanganmi yoki narigi dunyoga ham o’tishi mumkinmi, shu haqida gaplashdik. Uyda doska bo’lishi qulay. Shart chizib yoki yozvorish, tushunishga rosa yordam beradi. O’zimga ham, qizimga ham. Bek Olimjon 14.11.26 Norvegiya
Открыть в TelegramHozir qizim (9) bilan second-hand do’kondan keldik. U yerga odamlar o’ziga kerak bo’lmagan, ammo butun anjomlarni tashlab ketishadi. Donald Duck jurnallarini olgani borgan edik, borini yig’ishtirib keldik 😁 Rasmda jurnallar to’plami, har bir qizil papka ichida 15-20 ta jurnal. Bir dona to’plam narhi 100 ming so’m ekan. Qizim borib: «agar hammasini olsak arzon qilib berasizmi?» deb so’radi. 50% o’tib berishdi 😁 Hamma 8 ta to’plam, 400 ming so’m bo’ldi. Jami jurnallar soni 100 dan oshiq. Jurnal yangisi donasi 100 ming so’m atrofida. O’tgan safar borganda 40 ta Donald Duck kitobini olib kelgan edik, savdolashganda 50% o’tib berishgan edi 😁 *** 9 yoshli bola uchun 30 sekundda 400 ming foyda juda yaxshi natija 😁 Keyin «(yangi vs eski) / qiymat» tushunchasi haqida gaplashdik. Bola bilan pul haqida ochiq suhbatlar olib borish juda muhim. Bek Olimjon 11.11.26 Norvegiya
Открыть в TelegramGermaniyaga keladigan juda ko'p shifokorlar qiladigan xato Bir amallab til topshirib, yordamchi lavozimida ish topishadi, viza oladi va kelib ish boshlaydi. Aslida oladigan oyligi ancha past, ammo hozirga qadar buncha oylik olmagan. Shu sabab juda ko'pdek tuyuladi. Shunda ular nima qilishadi? Shart O'zbekistonda kreditga uy olishadi. Katta xato. Kredit bu kishan. O'sha odam Germaniyada shifokor bo'lishi uchun hali bir nechta imtihonlardan o'tishi kerak. Ishlarga topshirishi kerak. Uzun mashaqqatli yo'l turipti hali. Bu imtihonlarga tayyorlanish uchun vaqt kerak. Vaqt orttiraman desa ishni kamaytirishi kerak. Ishni kamaytiray desa kredit bor. Yoki uyiga pul yuborishi kerak. Shu zayilda yillar o'tib ketadi. Na imtihon topshira oladi, na shifokor bo'la oladi. Aslida shimni qo'yib tayyorlansa 6 oyga qolmasdan topshirsa bo'ladigan imithonlar ular. Yillar ketadi. Chunki tayyorlana olmaydi. To'liq shifokorlik litsenziyasini olsa, yaxshigina oylikka ishlashni boshlaydi. Yo'q, bunday uzoqni o'ylab ish tutmaydi ko'pchilik, ming afsuslar bo'lsin. Shuning uchun azizlar, kredit olishga shoshilmang. Imkon qadar tezroq shifokor degan maqomni oling. Uni beradigan maoshi sizga kreditsiz ham uy olish imkonini beradi. Agar mutaxassis degan maqomni olsangiz, sizga 3 ta uy olish imkonini beradi. Uydagilarga sabr qilishni tushuntiring azizlar. Bitta uyni kreditini yopaman deb 4-5 yil umringizni sarflab qo'ymang. Yanada achinarlisi, o'sha umr vaqtida ko'pchilikda yosh bolasi ham bo'ladi. Unga ham vaqt yo'q. Ayoliga ham vaqt yo'q. Muammolar domino effekti bo'ladi keyin. Bu fikrlar yakka voqealar emas, men qayta-qayta guvohi bo'layotgan voqea. Bek Olimjon 08.11.2026 Norvegiya
Открыть в TelegramOftalmologiya sohasida ishlayotgan va ishlamoqchi bo'lganlar uchun Bundan 3 yilcha oldin oftalmologiyada ultratovush tekshiruvini ishlatish mavzusida videodarslar qilgan edim. Men shu darslarni internetga joylab qo'yganman deb o'ylagan edim, ammo qarasam unday emas ekan. Shuni joylab qo'ydik. Qiziquvchilar bo'lsa, marhamat. Unda ultratovush qanday ishlashi, A va B skanni ishlatish va B skanda turli xil kasalliklar qanday ko'rish haqida. Darslar mana bu linkda Balki foydasi tegar...
Открыть в TelegramMoliyaviy erkinlik bo’yicha qolgan 3-4 ta darslarni noma’lum vaqtga to’xtatishga qaror qildim. Kelajakda qaytarmiz balki. Hozirgacha chiqqan qismlari foydali bo’ldi va kelajakda ham foydali bo’ladi degan umiddamiz.
Открыть в TelegramBir narsani kuzatdim. Substackda o’zbek tilida yozilgan maqolalarni o’qib qolaman ba’zan. Qarasam asosan 20-25 atrofidagilar. Telegramda ham ba’zan yozayotgan yosh avlod kanallarini ko’rib qolaman. Fikr va mulohazalar orasida o’xshashlik (pattern) bor. O’xshashlik shuki, o’qiganlarimda qandaydir nolish hissi bor. Mualliflar negadir xafaroq vibe beradi. Nolish yoki norozilik hissi aslida bu juda yomon belgi emas. Norozilik hissi bo’lsa, demak muammo bor, demak yechim qidirishga harakat bor. Meni esa shu nolishlar bilan bir qatorda optimizmni ko’rgim keladi. Imkoniyatlar shu qadar ko’pki, e’tibor va harakat qilganlarni qidirib yuripti. O’ylab qoldim, balki bunday nolanomalar yozilishiga men va men kabilar ham hissa qo’shayotgandir. Pozitivroq ohangda yozishimiz kerak shekilli. Bek Olimjon 28.10.26 Norvegiya
Открыть в TelegramMoliyaviy erkinlik bo'yicha dars navbatdagisi Compounding effect haqida. Link: https://www.youtube.com/watch?v=IqYd1J0LwTs PS. Linkni qo'ysam video ko'rinadigan qila olmadim. Shunga rasmini qo'yaverdim. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman ☺️
Открыть в TelegramMetakognitsiya - fikrlash haqida fikrlash (yohud juft bilan suhbat) Metakognitsiya - bu odam o'z fikrlash jarayonini kuzatishi, baholashi va ongli ravishda o'z fikrlarini boshqarish qobiliyati. Osonroq aytadigan bo'lsak - qanday fikrlayotganimiz haqida fikrlash. Aytaylik kimdir kitob tavsiya qildi. Uni o'qidik. Tushungandek bo'ldik. Ammo negadir tadbiq qila olmaymiz. Bu yerda o'sha eski "o'qish bilan uqish boshqa-boshqa" degan gapni eslaymiz. O'qish bu tanishish, uqish esa anglab yetish degani. Metakognitsiya bu biror mavzuni anglab yetishimizga yordam beradi. Inson biror narsani o'rgansa o'ziga ishonchi ortadi, men buni bilaman degan xulosaga keladi. Metakognitsiya esa men haq ekanligimni qayerdan bilaman degan savol berishga undaydi. Shu sabab ko'p insonlar o'z fikrlariga qarshi fikrlar, tanqidlar qidirib yurishadi. Maqsad o'z fikrlarini yaxshilab taftish qilish. Chunki odam o'z miyasiga ishonsa u o'z-o'ziga qarsak chalishga usta. Shuning uchun atroflicha fikrlash muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishimiz juda muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishdagi muammo bu fikrlarimiz juda tezligi. Bir soniyada bir nechta fikrlar keladi, aralashib ketadi va emotsional holatimizdan kelib chiqib tez xulosaga borib qolamiz. Fikrlarni kuzatishimiz uchun yozish foydali deymiz. Bir usuli bu bloknot yozish. Yozish haqiqatdan ham odam o'z fikrini turli tomondan ko'rishga yordam beradi. Bu uchun uzun-uzun insholar yozish shart emas. Qisqa bo'lsada "balki bunday emasdir" degan yondashuv bilan qarab ko'rish va fikrlarni shunchaki yozib qo'yish ham yordam beradi. Bloknot albatta yaxshi. Ammo undanda yaxshiroq usul bor. Bloknot yozishdagi muammo shuki biz fikrga qanchalik atroflicha qarashga harakat qilmaylik, baribir o'z aql-idrokimizdan tashqariga chiqib fikrlay olmaymiz. O'sha avvalgi bilimlarimiz atrofida aylanib fikrlayveramiz. Yozuvchi ham o'zimiz, o'quvchi ham. Metakognitsiya rivojlantirishda bloknotdan yaxshiroq usul bu o'z jufti bilan suhbatlashish. Nega unday? Chunki bloknotdagi gaplar bizga juftimiz beradigan savollarni bermaydi. Juft bilan suhbat biror fikr bildirganimizda mantiqdagi bo'shliqlarni, ko'r nuqtalarni (blindspots) yaqqolroq yuzaga kelishiga yordam beradi. Undan tashqari inson suhbat davomida fikrini teranroq tushuntirishga harakat qiladi. Sababi suhbat davomida yuz ifodalari, hissiyotlar qorishgan bo'ladi. Yana bir foydali tomoni "birgalikda fikrlash" imkonini beradi. Bitta kalladan, ikkita kalla yaxshi... Bloknot bu yolg'izlikdagi tafakkur bo'lsa, juft bilan suhbat birgalikda bo'ladi. Feedback olishimiz uchun yozganimizni qayta o'qishimiz kerak, juft bilan esa feedback o'sha zahoti bo'ladi. Juft bo'lishi shartmi? Bo'lmasa nima ham qilar edik. Bo'ydoqlarga bloknot ham yaxshi albatta. Do'st bo'lsa ham bo'ladimi? Ha, bo'ladi albatta. Ammo o'zga jins vakilida fikrlarga biz ko'rmaydigan tomondan qarash xislati berilgan. Do'stimiz gormonlari biznikiga o'xshash bo'lgani uchun, miyasi ham biznikiga yaqinroq bo'ladi. Endi farq faqat gormon bilangina o'lchanmasligi aniq. Undan tashqari rostgo'ylik, adolat, hammaqsadlilik, tanqidni qabul qila olish kabi ijobiy xislatlar bo'lishi ham muhim. Boshqa yana bir qator ijobiy xislatlar bilan birgalikda. Shunday ekan azizlar, juft tanlashda bizni fikrlashimizni challenge qila oladigan, bizni "yo'lga soladigani" bo'lishiga e'tibor beramiz? 😁 Shu bilan birga o'zimiz ham shunday bo'lishga harakat qilamiz. Juda qiyin qivordima?! 😁 Bek Olimjon 24.10.26 Norvegiya
Открыть в TelegramHozir qabulimdan bir 70 yoshli bemor chiqib ketdi Shikoyati ko'zlari qizarishi va qurishi Surishtirsam kuniga 6-7 soat telefonda vaqt sarflar ekan Asosan facebook va youtubeda. Nimalar ko'rasiz desam, aniq bir mavzuni aytib bera olmadi. Muammo yechimi ko'z tomchi dorisi bilan yechib bo'lmaydi afsus. *** Biz bolalarni ekrandan himoya qilish haqida ko'p gapiramiz. Aslida qariyalarimiz ham bu addiksiyadan chetda qolishmagan. Algoritmga farqi yo'q: yoshu-qarini ayamaydi. Yanada katta muammo shuki ular ma'lumotlarni yaxshi filterlay olishmaydi. Spamni aniqlashda qiynalishadi. Shu sabab ham spam qurboni aksari yoshi kattalar bo'ladi. Ular keraksiz narsani bloklashni bilishmaydi. Farzandlarimiz qo'lidan telefonni tortib olib qo'ya olarmiz... Ota-onamizdanchi? *** Ijtimoiy tarmoqlarga addiksiya bo'lish qariyalardagi depressiya asosiy sabablaridan biri ekanligi qayta-qayta aniqlanmoqda (1, 2) Bek Olimjon 23.10.26 Norvegiya
Открыть в TelegramBolaga erkinlik berish yohud bizning uydagi Homeschoolingdan bir kun… Rasmda qizimni(9) kecha bir hafta uchun o’zi tuzgan dars jadvali. Dars jadvalini o’zi tuzadi, o’sha darslarni qilishga amal qiladi. Bizning aralashuvimissiz. Qilgim kelmayapti desa, o’zingiz tuzgansiz, o’zingizga va’da bergansiz, bizga kerak emas dars, biz o’rganib bo’lganmiz deymiz. Shu sabab ham, minimum qilib tuzib olgan. Jamiyatshunoslik va tabiatshunoslikni bir kunga qo’yib olgan. Sababi Ikkisini ham yoqtirmaydi. Eng minimumini qilib tez tugatishga harakat qiladi. Bizga farqi yo’q. Jadvaldagi darsdan tashqari, har kuni kitob o’qish va matem qiladi. Sababi matem yoki ingliz tilidan 1 sahifa uchun 10 minut Zelda o’ynashga kelishib olgan o’zi bilan. 6 sahifa matem = 1 soat Zelda. Qarzga o’ynash yo’q. O’yin soati chegarasi yo’q. «Self-limiting, closed loop system» Darslari uchun ota-ona kuniga 10 daqiqacha vaqt sarflaymiz. Faqat tushunmagan joyini so’raganida. Dars sabab asabiylashish yo’qligi biz uchun mazza. Asosiy mezon: oilamizda maktab darslari eng muhim narsa emas. (beshtakam professorni gapi yana bu 😀) Biz uchun muhimi bu yerda boladagi agency saqlanib qolishi, darsni bajarishi emas. Bek Olimjon 20.10.26 Norvegiya
Открыть в TelegramMoliyaviy erkinlik bo’yicha darslar navbatdagi soni. Unda investitsiya turlari haqida gaplashdik. Kuttirganimiz uchun uzr. https://youtu.be/NIaDpvHWqko?si=1MvOR85VS2i4STjp
Открыть в Telegramvatanga borganda farzandlarga kitob qidirdim. tanlov hali ham ko'p emas, ammo avvalgidan ancha yaxshi. do'stlarimiz yuqoridagi kitobni tavsiya etishdi va yetkazib berishdi. qiziq formatda ishlangan kitob. bizga ingliz tilidagi "Little People Big Dreams" kitoblar to'plamini eslatdi. mashhur insonlar hayoti qisqa qilib, bola tilida yozilgan. to'rt yoshli uchun zerikarli bo'ldi. maktab yoshidagilar uchun ko'proq mos kelar ekan. Qamar do'konida ko'rdim. boshqa kitob do'konlarida ham bor ekan. Bek Olimjon 17.10.26 Norvegiya
Открыть в Telegramqanday qilib optimist bo’lmaslik mumkin. kecha ommaga namoyish etilgan yangi Tesla mashinasi. https://youtube.com/shorts/JgBP9i5pQws?is=U1twAYUKXzLEpUYh
Открыть в Telegramhozir qabulimdan 10 yoshli bola chiqib ketdi. shikoyati boshi og'riydi, ko'zi qizaradi, narsalar ikkita ko'rinadi ba'zan onasi aytishiga ko'ra bola asabiyroq. tekshiruvlarim bola ko'zi sog'lom ko'rsatyapti. yaqinroqdan surishtirdim. kuniga faqat 2 soatgina kompyuter o'ynar ekan. yana yaqinroq surishtirdim. Youtubeda Fortnite stream ham ko'rar ekan, 1-2 soat yana yaqinroq surishtirdim. Tik-tok ham ko'rar ekan, ba'zan, 1-2 soat yana surishtirdim. maktabida iPadda dars o'tishar ekan. onasi bilan hisoblab chiqdik. kuniga 9 soat ekranda ekan bola. bola 10 yosh... Bek Olimjon 16.10.26 Norvegiya
Открыть в Telegram