Posts of Creative Tech
👀 «Hali ro‘yxatdan o‘tmaganman…» deganlar, keyingi post siz uchun! So‘rovnomada ayrimlaringiz ro‘yxatdan o‘tishni rejalashtirayotganingizni, boshqalaringiz esa batafsil ma’lumot kerakligini bildirdingiz. Sizni eshitdik! 💬 Creative Tech akademiyasiga qanday ro‘yxatdan o‘tishni keyingi postda bosqichma-bosqich tushuntiramiz.
Open in Telegram🚀 Siz sevgan qahramonlar ham birinchi eskizdan boshlangan! Personajning ko‘rinishi, kiyimi va ranglari uning xarakterini ochib beradi. Har bir detal: yangi hikoyaning bir qismi. ✍️ Creative Tech’dagi darslardan lavhalar: o‘quvchilarimiz personaj dizayni bilan tanishib, grafik planshetda o‘z g‘oyalarini tasvirga aylantirmoqda. Siz ham xayolingizdagi qahramonlarni yaratishni xohlaysizmi? 🌐 Ro‘yxatdan o‘ting: https://creativetech.uz/ 💬 Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring!
Open in TelegramUlarning soatlab qilgan mehnatini biz bir necha soniyada ko‘ramiz. Bir qarash, bir tabassum, bir sakrash… Ekranda tabiiy ko‘ringan har bir harakat ortida animatorning mahorati, sabri va tasavvuri bor. 🥳 28-oktabr — Xalqaro animatorlar kuni! Creative Tech jamoasi barcha animatorlarni, ustozlarimizni va bu kasbni o‘rganayotgan bo‘lajak ijodkorlarni bayram bilan tabriklaydi!
Open in Telegram✍️ Creative Tech — yangi bilimlar sari ilk qadam! Har bir yangi yo‘nalish ortida savollar, izlanishlar va yangi imkoniyatlar bor. Creative Tech bilan tanishuv ham aynan shundan boshlanadi — tushunish, savol berish va yangi bilimlarni kashf etishdan. 🎬 Akademiyamizdagi jarayondan kichik lavha. 💬 Creative Tech haqida savollaringiz bormi? Ularni izohlarda yozib qoldiring — sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz!
Open in Telegram🔥 SHREK’DAGI AJDARHO OLOVI ASLIDA… PUFAKLARDAN YARATILGAN! Ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz. 🐉 Shrek (2001) filmida ajdarho Shrek va Eshakni quvib, ularga olov purkaydigan sahna bor. Animatorlar avval oddiy CGI olovini sinab ko‘rishgan, ammo u ajdarhoning og‘zidan otilganda tabiiy ko‘rinmagan. Ular qanday yechim topishgan? 🔥 Jamoa maxsus simulyatsiya yordamida jo‘shqin, aylanib harakatlanuvchi pufakchalar oqimini yaratgan. Keyin uning ustiga olov ko‘rinishini berishgan. Natijada ekranda biz ko‘rgan ajdarho olovi paydo bo‘lgan. Bu shunchaki animatsiya emas — VFX (Visual Effects): fizika, simulyatsiya va kompyuter grafikasini birlashtirib, imkonsiz narsalarni ishonarli ko‘rsatish san’ati. 🎮 Creative Tech’da aynan shunday texnologiyalar o‘rganiladi: olov, tutun, portlash, suv va boshqa vizual effektlarni yaratish. ➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://CreativeTech.uz/
Open in Telegram🚀 Kelajak kasblari bugundan boshlanadi! 💻 Creative Tech’da nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashadi! Akademiyamizda yoshlar zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganish, soha mutaxassislaridan bilim olish va o‘z ijodiy salohiyatini rivojlantirishda davom etmoqda. 🎯 Bizning maqsadimiz - shunchaki bilim berish emas, balki kreativ industriyada o‘z o‘rnini topa oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash. 🎬 Creative Tech’dagi haqiqiy muhitni ko‘rishga tayyormisiz? 🔥 Videoni hoziroq tomosha qiling, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishing va kelajak sari ilk qadamni biz bilan qo‘ying! ➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://CreativeTech.uz/
Open in Telegram🚀 MIYAMDA SHEDEVR. EKRANDA NOL. Har bir katta loyiha kichik bir g‘oyadan boshlanadi. Ammo g‘oyani haqiqiy mahsulotga aylantirish uchun bilim, amaliy ko‘nikma va to‘g‘ri yo‘nalish kerak. 🎨 Creative Tech - yoshlarning ijodiy salohiyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan birlashtiruvchi ta’lim tashabbusi. 🎮 GameDev, 3D Modeling, animatsiya va boshqa kreativ texnologiyalar yo‘nalishlarida yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib, g‘oyalarini real loyihalarga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 💡 Maqsadimiz - O‘zbekistonda yangi avlod raqamli ijodkorlarini tayyorlash, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimiz kreativ industriyasining rivojlanishiga hissa qo‘shish. Tasavvurdagi g‘oyalarni ekranga olib chiqish vaqti keldi! ➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://CreativeTech.uz/
Open in TelegramBir necha soniyada tomosha qilasiz. Biz esa har bir detalini yaratamiz. Qahramonning yuz ifodasi, sahnaga tushgan yorug‘lik, o‘yindagi harakat: bularning har biri ortida izlanish, sinov va jamoaning mehnati bor. Creative Tech’da g‘oyalar shu tariqa shakl oladi: dastlabki eskizdan 3D modelgacha, tekstura va animatsiyadan tayyor loyihagacha. Jarayonda muhokama qilamiz, xatolarni tuzatamiz, qayta sinaymiz. 📸 Bugun sizga natijaning ortidagi jarayonni va uni yaratayotgan insonlarni ko‘rsatamiz. Suratlarni varaqlang! Sizni qaysi bosqich ko‘proq qiziqtiradi: 3D modellashtirish, animatsiya yoki o‘yin yaratish?
Open in Telegram